Pensiya
yoshiga etgan, lekin to’liq mehnat stajiga ega
bo’lmaganlarga, agar u
(hozirda
7
yil,
istiqbolda
bosqichmag’bosqich oshirish rejalashtirilgan, avval 10 yil, keyin 12
yil, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilab
berilgan mehyorga muvofiq ravishda kamida 15 yilni tashkil qilishi
rejalashtirilgan) yildan kam bo’lmasa, to’liqsiz staj bo’yicha yoshga
doir pensiya belgilanadi.
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi
o’zgarishlar, xodimlar soni (shtati)
yoki ish xususiyatining
o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud
korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va
ishsiz deb e’tirof etilgan erkaklar — 58 yoshga to’lganda va ish staji
kamida 25 yil bo’lgan taqdirda, ayollar — 53 yoshga to’lganda va ish
staji kamida 20 yil bo’lgan taqdirda yoshga doir pensiyalarni
muddatidan oldin olish huquqiga ega bo’ladilar.
Yoshga doir pensiyal
ar ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qat’i
nazar, oxirgi o’n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket
besh yil uchun (pensiya tayinlashni so’rab murojaat etgan kishining
tanlovi bo’yicha) hisoblangan bir oylik o’rtacha ish haqining 55%i
(biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam
bo’lmagan miqdorda) yoshga doir pensiyaning bazaviy miqdori
hisoblanadi (bunda bugungi kunda pensiyani hisoblash uchun
qonun hujjatlarida pensiya tayinlanadigan
sanaga belgilangan eng
kam oylik ish haqining
o’n baravari miqdoridan ortiq bo’lmagan
summadagi o’rtacha oylik ish haqi qabul qilinadi hamda pensiya
tayinlash uchun qabul qilinadigan o’rtacha oylik ish haqi eng kam
oylik ish haqi miqdoridan kam bo’lgan yoki ish haqi to’g’risidagi
ma’lumotlar to’liq mavjud bo’lmagan hollarda pensiya miqdori qonun
hujjatlarida pensiya tayinlashni so’rab murojaat qilingan kunda
belgilangan eng kam oylik ish haqidan kelib chiqib mintaqaviy
koeffitsient hisobga olinmasdan hisoblab chiqiladi) hamda pensiyani
belgilash uchun talab qilinadigan umumiy mehnat stajidan ortiqcha
bo’lgan har bir to’liq yil uchun o’rtacha oylik ish haqining 1%
miqdorida qo’shimcha o’rnatiladi. To’liqsiz stajga ega bo’linganda
(bugungi kunda kamida 7 yillik ish staji bo’lganda) pensiyaning
miqdori erkaklarga nisbatan 25 yil va ayollarga nisbatan 20
yil qilib
belgilangan
to’liq stajlarga muvofiq ravishda tayinlangan to’liq
pensiyalarga proportsional ravishda belgilanishi kerak. Biroq bunday
pensiyaning miqdori qonunchilikda belgilangan yoshga doir eng kam
pensiyaning 50 foizidan miqdoridan kam
bo’lmasligi lozim.
Yoshga doir pensiyalar bo’yicha quyidagi ustamalar belgilanishi
mumkin:
I guruh urush nogironlariga
— eng kam oylik ish haqining 150
foizi;
II guruh urush nogironlariga
— eng kam oylik ish haqining 125
foizi;
ko’rish bo’yicha I guruh nogironlariga —
eng kam oylik ish
haqining 100 foizi;
I guruh nogironlariga
— eng kam oylik ish haqining 75 foizi;
II guruh yolg’iz nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 50
foizi;
urush qatnashchilariga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga
— eng kam oylik ish haqining 50 foizi;
1941
— 1945 yillardagi urush davrida front orqasida ishlagan
va harbiy majburiyatlarni bajargan shaxslarga
— eng kam oylik ish
haqining 30 foizi;
o’limi harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish yoki ichki ishlar
organlarida xizmat qilish bilan bog’liq bo’lgan harbiy xizmatchilar va
ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohga
kirmagan beva xotinlariga (beva erlariga)
— eng kam oylik ish
haqining 30 foizi;
O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlarga ega
bo’lgan shaxslarga — xizmatlarga qarab eng kam oylik ish haqining
100 foizidan 150 foizigacha;
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
“O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni
qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
Farmonni amalga oshirish masalalari haqida» 1995 yil 28
oktyabrdagi 415-
son qarorida ko’rsatilgan tashkilotlarda ishlagan
imtiyozli pensiya olis
h huquqiga ega bo’lgan
artistlarga yoshidan
qat’i nazar — eng kam oylik ish haqining 75 foizi;
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
“O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni
qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995 yil 28
oktyabrdagi
415-
son qarorida ko’rsatilgan lavozimlarda va
tashkilotlarda ishlagan (erkaklar uchun kamida 25 yil va ayollar
uchun kamida 20 yil) teatr, kontsert tashkilotlarining artistlari va
badiiy xodimlariga, teatr va musiqa san’atining ijodiy xodimlarini
tayyorlash bilan band bo’lgan ta’lim muassasalarining professor-
o’qituvchilar tarkibiga va kontsertmeysterlariga — eng kam oylik ish
haqining 50 foizi;
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni
uchun ustamalar eng kam
oylik ish haqining 100 foizi miqdorida belgilanadi.
Respublika teatr-kontsert tashkilotlaridan yoki teatr va musiqa
san’ati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi ta’lim muassasalaridan ishdan
bo’shagandan so’ng pensiyani qayta hisoblash uchun murojaat
etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab belgilanadi.
Ustama
haqlardan
tashqari,
ishlamaydigan
pensionerlarga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faxriy unvonlar uchun
to’lovlar miqdorini oshirish to’g’risida” 2007 yil 17 dekabrdagi PF-
3942-son Farmoniga ilovaga muvofiq faxriy unvonlar uchun
qo’shimcha haq, 100 yoshga to’lgan va undan oshgan fuqarolar
pensiyasiga esa har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo’llab-quvvatlashni
yanada kuchaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”
2015 yil 14 apreldagi PF-4715-son
Farmoniga muvofiq eng kam
oylik ish haqining 100
foizi miqdorida qo’shimcha to’lov qo’shib
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: