Uchinchi bosqichda ariza berilgan oyning oxirgi kunidan
kechikmay, maxsus komissiyaning xulosasi inobatga olingan holda,
ariza tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash va to’lash yoki
tayinlashni rad etish to’g’risidagi masalalarni hal etish uchun
fuqarolar yig’ini yoki Komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi.
Agar oilaning mehnatga layoqatli har bir
a’zosining o’rtacha
oylik dar
omadlari to’g’risida taqdim etilgan ma’lumotlarda daromad
summasi ko’rsatilmagan bo’lsa yoki eng kam oylik ish haqining 2,5
baravaridan kam summa ko’rsatilgan bo’lsa, u holda oilaning
o’rtacha oylik jami daromadini hisoblash uchun daromadni
normativdan pas
t ko’rsatgan yoki daromadi mavjudligi to’g’risidagi
ma’lumotlarni taqdim etmagan oila a’zolarining har biriga nafaqa
yoki moddiy yordamga murojaat qilingan oyda belgilangan eng kam
oylik ish haqining 2,5 baravariga teng bo’lgan normativ daromad
miqdori qab
ul qilinadi. Ushbu qoida bola ikki yoshga to’lgunga qadar
uning parvarishi bilan band bo’lgan onalarga (ularning o’rnini
bosuvchi shaxslarga), ta’lim muassasalarida o’qiyotganlarga
(mehnat shartnomasiga muvofiq ishlarni amalga oshirish hollari
bundan mustasno), ishlamaydigan pensionerlarga, amalda shaxsiy
yordamchi (dehqon) xo’jaligini yuritish bilan band bo’lgan oila
a’zosiga, tuman (shahar) bandlikka ko’maklashish markazlarida
ishsiz sifatida ro’yxatga olingan fuqarolarga nisbatan tatbiq
etilmaydi.
Bolali
oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va
moddiy yordam fuqarolar yig’ini yoki Komissiyaning qarori
bayonnomasi asosida to’lanadi. Tegishli nafaqalar va moddiy
yordamni to’lash Xalq bankining bo’linmalarida (filiallarida)
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining maxsus bank hisob
raqamlariga o’tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti
xarajatlarining tegishli iqtisodiy tasnifi bo’yicha aks ettirilgan holda
mahalliy byudjet mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: