shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston
Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki
qarz oluvchi
rezidentlarning
o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi
majburiyatlari vujudga kelishini anglatadi. Odatda, davlat
o’z
rezidentlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarini
o’z vaqtida bajara
olmagan davrda ham ichki qarz vujudga keladi. Masalan,
biror bir
korxona ijtimoiy ob
’ektni o’zining yoki jalb qilingan mablag’lari hisobiga
quradi. Ammo, davlat u korxonani
o’z vaqtida moliyalashtirib bera
olmaydi. Shuningdek, byudjet muassaslarida faoliyat ko’rsatayotgan
ishchi-xodimlarga ish haqi bir, ikki oylab berilishi kechikadi. Mana
shunday vaziyat qaror topgan sharoitda ham davlatning vaqtinchalik
ichki qarzi payda bo’ladi. Bunda noxush holatlar O‘zbekistonda 1994-
2000 yillarda qisman qaror topgan edi.
Shunga o’xshash, davlatning tashqi qarzlari ham davlat
tomonidan
xorijdan mabla
g’ jalb qilish jarayonida vujudga keladi.
Davlat
tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish aktivlarni xorij
manbalaridan (xorijiy davlatlardan, norezident yuridik shaxslardan va
xalqaro moliya tashkilotlaridan) jalb etish hamda buning natijasida
O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi
rezidentlarning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi
majburiyatlarining vujudga kelishini bildiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi kelgusi moliya yili
uchun mamlakatning Davlat byudjetini qabul qilayotgan paytda
davlat ichki va tashqi qarzlarining
eng yuqori miqdorlarini
tasdiqlaydi.
Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilishga hamda
davlat qarzining ko’payishiga olib keladigan boshqa harakatlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan
organ (odatda, Moliya vazirligi yoki Markaziy bank) tomonidan
amalga oshiriladi.
Amaldagi tartibga muvofiq davlat tomonidan ichki va tashqi
mablag’larni (qarzlarni) jalb qilish quyidagi maqsadlar uchun amalga
oshirilishi mumkin:
iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalish-larini, shu
jumladan, davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish;
davlat byudjetining daromadlari bilan xarajatlari
o’rtasidagi
tushumlar
vaqtga ko’ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik
ichki tafovutni (farqni) to’g’rilash;
mavjud qarzlarni
qayta moliyalashtirish;
byudjet defitsitini moliyalashtirish;
tabiiy ofat va boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli
mablag’larga
bo’lgan ehtiyojlarni qoplash.
Davlat tomonidan ichki va tashqi qarz mablag’larini jalb qilishda
qarz majburiyatlarining bir necha turlaridan foydalanish mumkin.
Ularning asosiylari va muhimlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
qisqa muddatli (bir yilgacha bo’lgan davrga chiqariladigan),
o’rta muddatli (bir yildan besh yilgacha bo’lgan davrga
chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga
chiqariladigan) davlat g’aznachilik qog’ozlari;
kreditlar (qisqa, o’rta va uzoq muddatli);
O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari;
byudjet daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi vaqtinchalik
farqni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlar.
Xorijiy investorlar tomonidan bir
qismi sotib olinishi mumkin
bo’lishiga qaramasdan shu davlatning rezidentlari hisoblangan
yuridik va jismoniy shaxslar davlat ichki qarzlari bo’yicha asosiy
kreditorlar hisoblanadi. Bu qarzlar, odatda, milliy valyutada
muomalaga chiqariladi. Ichki qarz mablag’larini jalb qilish uchun
milliy fond bozorida
talabga ega bo’lgan qimmatli qog’ozlar emissiya
qilinadi. Investorlarni qo’shimcha rag’batlantirish uchun esa turli
soliq imtiyozlaridan foyda-laniladi.
Davlatning tashqi qarzlari boshqa
mamlakatlarning valyutasida
xorijiy
fond
bozorlarida
joylashtiriladi.
Bunday
qarzlarni
joylashtirishda joylashtirilishi lozim bo’lgan mamlakat investorlarining
o’ziga xos bo’lgan manfaatlari hisobga olinadi.
Amaliyotda qarziy mablag’larni jalb qilish, asosan, ikki yo’l bilan
amalga oshiriladi:
qarziy qimmatli qog’ozlarni joylashtirish;
ixtisoslashtirilgan moliya-kredit institutlaridan kreditlar olish.
Qarziy qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish va ularni
joylashtirish tartibi har bir mamlakatning tegishli qonuni orqali
tartibga solib turiladi. Ana shu qonunga muvofiq, faqat mamlakat
hukumatining nomidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar davlat
qimmatli qog’ozlari deb e’tirof etiladi.
Davlat qimmatli qog’ozlari bilan operatsiyalar fond bozorining
tarkibiga kiruvchi davlat qimmatli qog’ozlar bozorida amalga oshiriladi.
Bu bozor quyidagi vazifalarni bajarishga imkon beradi:
byudjet defitsitini moliyalashtirish maqsadida
yuridik va jismoniy
shaxslarning vaqtincha bo’sh turgan mablag’larini qarzga olish;
Markaziy bank tomonidan pul-
kredit siyosati o’tkazishni
ta’minlash;
tijorat banklari va moliyaviy institutlarning likvidligini tartibga
solishni amalga oshirish.
Qimmatli qog’ozlar emissiyasi natijasida vujudga kelgan va
mamlakatning
ichki
qarzini
tashkil
etuvchi
hukumatning
majburiyatlari shu mamlakatning milliy valyutasida ifodalanishi va
shu valyutada to’lanishi kerak. Shunga o’xshash, qimmatli qog’ozlar
emissiyasi natijasida vujudga kelgan va mamlakatning tashqi qarzini
tashkil
etuvchi
hukumatning
majburiyatlari
xorijiy
valyutada
ifodalanishi va shu valy
utada to’lanmog’i lozim.
Har bir mamlakatda davlat tomonidan qarziy mablag’larni jalb
qilishning yagona hisobga olish va qayd etish tizimi mavjud. Buning
uchun Moliya vazirligi hukumatning davlat ichki va tashqi qarzlari
kitobini yurgizadi.
Dostları ilə paylaş: