24.4.
Sug’urta syurveyerlari, aktuariylari, adjasterlari va
assistanslari
Sug’urta bozorining jadal rivojlanishi, sug’urta xizmatlariga
bo’lgan talab va ehtiyojning yil sayin oshib borishi tufayli bozorning
sug’urtalovchilar hamda ularning mijozlari bo’lmish yuridik va
jismoniy shaxslarga sug’urta faoliyati bilan bog’liq xizmatlarni
ko’rsatishga ixtisoslashgan sug’urta syurveyerlari, aktuariylar kabi
yangi muassasalarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi.
Syurveyer inglizcha “surveyor” so’zidan olingan bo’lib, bu
tushuncha O‘zbekiston sug’urta bozorida 1997 yildan qo’llanilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi
“Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish
chora-
tadbirlari to’g’risida” 618-sonli qarori bilan tasdiqlangan
“Sug’urta bozorining professional qatnashchilari to’g’risidagi
Nizom”da
sug’urta
syurveyerining
vakolatlari,
huquq
va
majburiyatlari
o’z
ifodasini
topdi.
Shu
yili
O‘zbekiston
Respublikasining
“Sug’urta
faoliyati
to’g’risida”gi
Qonunga
qo’shimcha va o’zgartishlar kiritildi va unda sug’urta bozorining
professional ishtirokchilari qatori sug’urta syurveyerlari faoliyat
yo’nalishlarining huquqiy asoslari mustahkamlandi. Mazkur
qonunning 9
6
va 9
7
-
moddalarida sug’urta syurveyerining huquq va
majburiyatlari aniq ko’rsatib qo’yilgan bo’lib, ular quyidagilardan
iborat:
Sug’urta
syurveyeri
quyidagilar
bo’yicha
xizmatlar
ko’rsatuvchi, o’z shtatida tegishli mutaxassislarga ega bo’lgan
yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega bo’lgan
jismoniy shaxsdir:
sug’urta shartnomasi tuzilguniga qadar sug’urta ob’yektini
ko’zdan kechirish va tekshirish;
sug’urta shartnomasi tuzilguniga qadar barcha faktlarni va
tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish, tavakkalchilik darajasini
aniqlash;
tekshirilayotgan sug’urta ob’yekti bo’yicha xulosa tuzish.
Sug’urta ekspertizasini o’tkazishga vakolatli mutaxassislarning
(ekspertlarning) ish tartibi sug’urta syurveyeri tomonidan belgilanadi.
Sug’urta syurveyeri o’z faoliyatini sug’urtalovchi (sug’urta
qildiruvchi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Sug’urta syurveyeri:
sug’urtalovchi sifatida sug’urta va qayta sug’urta qilish
operatsiyalari o’tkazishga;
sug’urta bo’yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;
sug’urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli
emas.
Sug’urta syurveyeri ishining natijalari bo’yicha hisobot taqdim
etiladi, sug’urtalovchi (sug’urta qildiruvchi) bu hisobotdan sug’urta
(qayta sug’urta qilish) shartnomasi tuzish chog’ida foydalanishi
mumkin.
Sug’urta syurveyerining hisobotida ko’rsatilgan xulosalar
mustaqil sug’urta ekspertizasi jarayonida qayta ko’rib chiqilishi
mumkin.
Sug’urta syurveyeri:
xizmatlar
ko’rsatiladigan
sug’urtalovchini
(sug’urta
qildiruvchini) erkin tanlashga;
sug’urta ob’yektini o’rganish uchun sug’urta qildiruvchidan
(sug’urtalovchidan) zarur axborotni so’rash va olishga;
davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, faoliyati sug’urta
ob’ektlariga daxldor bo’lgan boshqa tashkilotlardan zarur
ma’lumotlarni so’rash va olishga haqli.
Sug’urta syurveyeri qonun hujjatlariga va o’zi tuzgan
shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham e
ga bo’lishi
mumkin.
Sug’urta syurveyeri:
sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya
etishi;
sug’urta ekspertizasi o’tkazish uchun taraflar taqdim etgan
hujjatlarning saqlanishini ta’minlashi;
mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan
ma’lumotlarning maxfiyligini saqlashi shart.
Sug’urta syurveyeri zimmasida qonun hujjatlariga va o’zi
tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi
mumkin.
Hozirgi kunda mamlakatimiz sug’urta bozorida bir nechta
syurveyer tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda.
“Aktuar” atamasi “aktuariy” tushunchasi bilan uzviy bog’langan
va inglizcha «actuaru», lotincha «actuarmus» so’zlaridan olingan
bo’lib, hisobchi, tez yozuvchi degan ma’nolarni anglatadi.
Aktuariyning
asosiy vazifalaridan biri u sug’urta turlari bo’yicha tarif
stavkalarini hisoblash usullarini ilmiy jihatdan asoslab beradi.
Ma’lumki, sug’urta tariflari sug’urtalovchilarning moliyaviy jihatdan
barqaror faoliyat ko’rsatishlarida muhim omil bo’lib hisoblanadi.
Aktuar hisob-
kitoblar o’zida statistik va iqtisodiy-matematik
usullar
asosida
tarif
stavkalarini
hisoblash
tizimini
mujassamlashtiradi.
Sug’urta
tashkiloti
tomonidan
sug’urtalanuvchiga ko’rsatiladigan xizmatlarning tannarxini
hisoblash aktuar hisob-kitob kalkulyatsiyasi deb ataladi. Aktuar
hisob-
kitob kalkulyatsiyasi shartnomadagi sug’urta to’lovlarini
aniqlash imkonini beradi.
Aktuar hisob-
kitoblar sug’urtaning quyidagi o’ziga xos
xususiyatlarini hisobga olib, amalga oshiriladi:
sug’urta hodisalari sodir bo’lishining ehtimollik xususiyatiga ega
ekanligi va ularning baholanishi. Bu sug’urta mukofotlarining
hajmiga o’z ta’sirini o’tkazadi;
sug’urtalovchi tomonidan sug’urtalanuvchiga ko’rsatiladigan
xizmatlarning to’liq tannarxi sug’urta shartnomasida ko’rsatiladigan
sug’urta mukofotlari summasida o’z aksini topadi;
sug’urtalovchining sug’urta zaxiralarini optimal hajmini aniqlash
va shakllantirishning zarurligi;
sug’urta hodisasi ro’y berishi natijasida yuzaga keladigan qisman
yoki umumiy zararlarning mavjudligi;
sug’urta risklarining guruhlarga ajratilishi;
Sug’urta faoliyatida aktuar hisob-kitoblarning vazifalari
quyidagilardan iborat:
110
jami sug’urta hajmida risk guruhlari klasifikatsiyasini o’rganish;
sug’urta hodisasi ro’y berishining matematik ehtimolligini
hisoblash;
110
I.T.Balabanov, A.I.Balabanov «Straxovaniya» Moskva izd-vo «Piter» 2004 g.
sug’urtalash jarayonini tashkil etishda kerakli xarajatlarning
matematik asoslanganligi;
sug’urtalovchilarning zaxira fondini shakllantirishning matematik
asoslanganligi;
Sug’urtalovchi tomonidan sug’urta mukofotlarini investitsiya
maqsadlarida ishlatishda foiz normalarini aniqlash;
Aktuar hisob-kitoblarning nazariy asoslari XVII asrda D.Graund,
Ya.De Vitte va E.Galley kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan
hamda hozirgi paytda ancha takomillashtirilgan. Sug’urta
tarmoqlariga ko’ra aktuar hisoblar shaxsiy sug’urta bo’yicha hisob-
kitoblar, mol-
mulk sug’urtasi va javobgarlik sug’urtasi bo’yicha
aktuar hisob-kitoblarga guruhlanadi.
Vaqt ko’rsatkichlari esa reja
asosidagi hisob-kitoblarga guruhlanadi. Bu hisob-kitoblar kelajakda
ushbu sug’urta turini amalga oshirishda sug’urtalovchiga tayanch
bo’ladi.
Shuning uchun bu aktuar hisob-kitob turi kelgusidagi hisob-
kitob deb ham ataladi. Rejali aktuar hisob-
kitoblar yangi sug’urta
turini joriy qilish vaqtida risklar kuzatuvi bo’yicha ko’rsatkichlar
mavjud bo’lmagan taqdirda qo’llaniladi. Bunday holatda sug’urta
tashkiloti tomonidan mazkur sug’urta turiga o’xshash sug’urta turlari
bo’yicha o’tkazilgan operatsiyalar natijalari asos qilib olinadi. Ma’lum
bir muddat (uch yildan kam bo’lmasligi kerak) o’tgandan so’ng
olingan statistik ma’lumotlar tahlil qilinadi va rejali aktuar hisob-
kitoblarga tegishli o’zgartirishlar kiritiladi.
Shuni alohid
a ta’kidlash lozimki, sug’urta tashkiloti tomonidan
sug’urta, o’zaro sug’urta va qayta sug’urta operatsiyalarini amalga
oshirishda har qanday sug’urta turi bo’yicha tariflar hisob-kitobi
aktuar hisob-
kitoblarga tayanilgan holda aniq sug’urta ob’yektining
qiymatiga nisbatan hisoblab chiqiladi. Umuman aktuar hisob-kitoblar
yordamida sug’urta xizmatini hamda sug’urtalovchi tomonidan
sug’urtalanuvchiga ko’rsatiladigan xizmatning qancha turishi
aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida sug’urta tashkilotlari
tomonidan sug’urta tariflarini ishlab chiqishda va sug’urta zaxiralarini
shakllantirishda aktuar hisob-kitoblarning zamonaviy uslublaridan
foydalanish qoniqarli darajada emas. Aksariyat sug’urta tashkilotlari
sug’urta tariflarini ishlab chiqishda aktuar hisob-kitoblardan etarli
darajada foydalanmaydi.
Aktuar hisob-
kitoblarni sug’urta faoliyatida, aniqroq qilib
aytganda sug’urta tariflarini ishlab chiqishda tatbiq etish sug’urta
tashkilotlarining
to’lov
qobiliyatlarini
mustahkamlash
nuqtai
nazaridan katta ahamiyatga ega. Zero, sug’urtalovchilarning
moliyaviy jihatdan barqaror faoliyat ko’rsatishi, to’lov qobiliyatining
mustahkamligi
sug’urtalanuvchilarning
manfaatlarini
himoya
qilishning kafolatidir.
O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi
Qonunining 9
4
va 9
5
–moddalarida aktuariylarning huquq va
majburiyatlari ko’rsatib o’tilgan.
Aktuariy quyidagilarni o’z ichiga oladigan aktuar xizmatlari
ko’rsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir:
sug’urta voqeasi yuz berishining matematik jihatdan ehtimolligi
hisob-kitobini
amalga
oshirish,
ham
alohida
tavakkalchilik
guruhlarida, ham umuman sug’urta majmui bo’yicha zarar
etkazilishining takroriyligini va ularning oqibatlari og’irligi darajasini
belgilash;
sug’urtalovchining (qayta sug’urtalovchining) zarur sug’urta
zaxiralari va fondlarini matematik jihatdan asoslash hamda hisob-
kitob qilish, ularni shakllantirish usullarini ishlab chiqish;
sug’urtalovchining
investitsiyalar
sifatida
to’plangan
badallardan foydalanishid
a kapital qo’yilma normasi va netto-stavka
miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni tarif stavkalarini investitsiya daromadi
summasiga kamaytirishga ko’maklashadigan tarzda aniqlash;
sug’urta jarayonini tashkil etish uchun zarur xarajatlarni
asoslash va sug’urta xizmatlari tannarxini hisob-kitob qilish;
sug’urtaning (qayta sug’urta qilishning) har bir turi bo’yicha
tarif stavkalarini sug’urtalovchilar uchun ularni o’tkazishning uzoq
muddatli va qisqa muddatli xususiyatini hisobga olgan holda
belgilash;
sug’urtalovchining (qayta sug’urtalovchining) investitsiya
faoliyati natijalarini aktuar hisob-kitoblardan foydalangan holda
baholash;
sug’urtalovchining (qayta sug’urtalovchining) daromadlarini
sug’urtaning (qayta sug’urta qilishning) har xil turlari bo’yicha
rejalashtirish.
Aktuariy sug’urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq
faqat aktuar xizmatlari ko’rsatadi.
Aktuariy, agar u aktuar tashkilot shtatida turgan bo’lsa yoki
aktuar tashkilot tomonidan u bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma
tuzilgan taqdirda, aktuar x
izmatlari ko’rsatishga jalb etilishi mumkin.
Aktuariy sifatsiz aktuar xizmatlarini ko’rsatganlik, tijorat yoki
boshqa sirni oshkor qilganlik va aktuar tashkilot zarar ko’rishiga olib
kelgan o’zga xatti-harakatlar natijasida etkazilgan zarar uchun
aktuar tashkilot oldida javobgar
bo’ladi.
Aktuar xizmatlari ko’rsatish uchun aktuariy maxsus vakolatli
davlat organi belgilagan tartibda aktuariy malaka sertifikatini olishi
shart.
Yuridik shaxs bo’lgan aktuariy o’z shtatida aktuariy malaka
sertifikat
iga ega bo’lgan kamida bitta aktuariyga ega bo’lishi kerak.
Aktuariy:
sug’urtalovchi sifatida sug’urta va qayta sug’urta qilish
operatsiyalari o’tkazishga;
sug’urta bo’yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;
sug’urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli
emas.
Aktuariy faoliyati natijalari hisobot tarzida rasmiylashtiriladi.
Aktuariy hisobotida ko’rsatilgan xulosalar mustaqil sug’urta
ekspertizasi jarayonida qayta ko’rib chiqilishi mumkin.
Aktuariy quyidagi huquqlarga ega:
aktuar xi
zmatlari ko’rsatiladigan sug’urtalovchini (qayta
sug’urtalovchini) erkin tanlash;
aktuar xulosasini tuzish uchun zarur bo’lgan axborot
sug’urtalovchi (qayta sug’urtalovchi) tomonidan taqdim etilmagan
taqdirda, aktuar xizmatlari ko’rsatishni rad etish;
boshqa aktuariylarni va
o’zga mutaxassislarni aktuar
xizmatlari ko’rsatishda ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb etish.
Aktuariy qonun hujjatlariga va
o’zi tuzgan shartnomalarga
muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Aktuariy:
sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya
etishi;
aktuar xizmatlari
ko’rsatish chog’ida olingan axborotning
maxfiyligiga rioya etishi;
aktuar xulosasida aktuar hisob-kitoblarning kamchilik faktlarini
va ularni bartaraf etishga doir takliflarni aks ettirishi shart.
Aktuariy zimmasida qonun hujjatlariga va o’zi tuzgan
shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
“Adjaster” tushunchasi inglizcha “adjuster” so’zidan olingan
bo’lib, uning asosiy mohiyati sug’urta hodisalari sodir bo’lganda
uning ro’y berish sabablarini o’rganish, tahlil etish va etkazilgan
zarar miqdorini aniqlashga qaratilgan faoliyatni anglatadi. Xalqaro
amaliyotda adjaster xizmatlaridan foydalanish keng yo’lga qo’yilgan.
Bizning respubl
ikamizda adjaster xizmatlarini ko’rsatish 2008 yildan
yo’lgan qo’yilgan.
2007 yilda amaldagi “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunga
adjasterlarning faoliyatini huquqiy tartibga solishni nazarda tutuvchi
qo’shimcha va o’zgartishlar kiritildi.
Adjaster s
ug’urtalovchining (sug’urta qildiruvchining) topshirig’i
bo’yicha quyidagi xizmatlarni ko’rsatuvchi, o’z shtatida tegishli
mutaxassislarga ega bo’lgan yuridik shaxs yoki professional bilim va
malakaga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir:
sug’urta hodisasi yuz berganidan keyin sug’urta ob’yektini
ko’zdan kechirish va tekshirish;
sug’urta hodisasi faktlarini va tavakkalchilik holatlarini tahlil
qilish;
sug’urta ob’yektining shikastlanish sabablarini va sug’urta
hodisasi mavjudligini aniqlash;
sug’urta hodisasi mavjud bo’lgan taqdirda — sug’urta hodisasi
oqibatida vujudga kelgan shikastlanish darajasi va zarar miqdorini
belgilash;
to’lanishi kerak bo’lgan sug’urta tovoni summasini aniqlash;
sug’urtalovchi uchun sug’urta hodisasi bo’yicha xulosa tuzish.
Adjaster
o’z faoliyatini sug’urtalovchi (sug’urta qildiruvchi)
bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Adjaster:
sug’urtalovchi sifatida sug’urta va qayta sug’urta qilish
operatsiyalari o’tkazishga;
sug’urta bo’yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;
sug’urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli
emas.
Adjaster xizmati ko’rsatish natijalari hisobot tarzida
rasmiylashtirilib, undan sug’urtalovchi zararlarning o’rnini qoplash va
nizolarni hal qilish chog’ida foydalanishi mumkin.
Adjasterning hisobotida ko’rsatilgan xulosalar mustaqil
sug’urta ekspertizasi jarayonida qayta ko’rib chiqilishi mumkin.
Adjaster quyidagi huquqlarga ega:
adjaster xizmatlari ko’rsatiladigan sug’urtalovchini (sug’urta
qildiruvchini) erkin tanlash;
sug’urta voqeasini (sug’urta hodisasini) o’rganish uchun
sug’urta qildiruvchidan (sug’urtalovchidan) zarur axborotni so’rash
va olish;
sug’urta hodisasi yuz berganidan so’ng sug’urta ob’yektini
ko’zdan kechirish va tekshirish;
o’zi sug’urta ob’yektini sirtdan (zarur hollarda — texnika
vositalarini qo’llagan holda) ko’zdan kechirganligi to’g’risidagi
dalolatnomani rasmiylashtirish;
faoliyati sug’urta ob’ektlariga daxldor bo’lgan davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlaridan yuridik ahamiyatga molik zarur
ma’lumotlarni belgilangan tartibda so’rash va olish.
Adjaster qonun hujjatlariga va o’zi tuzgan shartnomalarga
muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Adjaster:
sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya
etishi;
sug’urta hujjatlarining saqlanishini ta’minlashi;
mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan
ma’lumotlarning maxfiyligini saqlashi;
sug’urta hodisasiga taalluqli ma’lumotlarni o’z vaqtida tahlil
qilish uchun chora-
tadbirlar ko’rishi shart.
Adjaster zimmasida qonun hujjatlariga va o’zi tuzgan
shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
O‘zbekistonda dastlabki assistans tashkiloti 2000 yilda
“O‘zbekinvest”
eksport-import
milliy
sug’urta
kompaniyasi
muassisligida “O‘zbekinvest Assistans” nomi bilan tuzilgan.
Tashkilotning asosiy maqsadi yuridik va jismoniy shaxslarga tibbiy,
yuridik xizmatlarini ko’rsatishdan iborat. Tibbiy assistans sug’urta
tashkilotlarining
mijozlariga
tibbiy
maslahatni
tashkil
etish,
ambulatoriya va turg’un tibbiy yordam ko’rsatish, sug’urta hodisasi
sodir bo’lgan joyda tez tibbiy xizmat ko’rsatishni tashkillashtirish,
dori-darmonlarni etkazib berishdan iborat. Tibbiy assistans xizmati
tarkibiga boshqa tibbiy y
ordam ko’rsatish turlari ham kirishi mumkin.
Texnik assistans sug’urtalangan avtotransport vositasi yo’l-
transport hodisasi sodir bo’lishi oqibatida shikastlanganda uni
tuzatish va ta’mirlash ustaxonalariga olib borish hamda
avtomobillarni ta’mirlash bilan bog’liq xizmatlarni o’z ichiga oladi.
Yuridik xizmat esa mijozlarning murojaatlari asosida uning vakili
sifatida sudda mijozning manfaatlarini himoya qilish, sug’urta
hodisalari sodir bo’lishi natijasida yuzaga kelgan zararlarni tartibga
solish, adjaster
va syurveyer xizmatlarini ham ko’rsatadi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasining
“Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunida assistans xizmati
ko’rsatuvchi tashkilotlarning huquq va majburiyatlari o’z aksini
topgan. Ular quyidagilardan iborat:
Assistans sug’urta qildiruvchilarga (sug’urtalangan shaxslarga,
naf oluvchilarga) hamda sug’urtalovchilarga sug’urta shartnomasi
doirasida assistans xizmatlari, texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar
ko’rsatuvchi, shuningdek ularga moliyaviy ko’mak beruvchi yuridik
yoki jismoniy shaxsdir.
Assistans o’z faoliyatini sug’urtalovchi bilan tuzilgan
shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Assistans xizmatlariga sug’urta qildiruvchilar (sug’urtalangan
shaxslar) ishtirokisiz faqat su
g’urtalovchilar tomonidan haq to’lanadi.
Assistans:
sug’urtalovchi sifatida sug’urta va qayta sug’urta qilish
operatsiyalari o’tkazishga;
sug’urta bo’yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;
sug’urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli
emas.
Assistans quyidagi huquqlarga ega:
assistans xizmatlari ko’rsatilishi bo’yicha sug’urtalovchilar
bilan mustaqil ravishda shartnoma tuzish;
assistans xizmatlari ko’rsatilishi uchun zarur bo’lgan barcha
axborot sug’urtalovchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda,
assistans xizmatlari ko’rsatishni rad etish;
tegishli mutaxassislarni assistans xizmatlari ko’rsatishda
ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb etish.
Assistans qonun hujjatlariga va o’zi tuzgan shartnomalarga
muvofiq boshqa huquqlar
ga ham ega bo’lishi mumkin.
Assistans:
sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya
etishi;
sug’urta
qildiruvchilardan
(sug’urtalangan
shaxslardan)
sug’urta voqealari (sug’urta hodisalari) to’g’risidagi xabarlar kecha-
kunduz qabul q
ilinishini tashkil etishi va sug’urta shartnomasi
doirasida, taqdim etilgan sug’urta polisi asosida sug’urta
qildiruvchilarga
(sug’urtalangan
shaxslarga)
zarur
yordam
ko’rsatishi;
sug’urta hodisalarini ko’rib chiqish va tartibga solish chora-
tadbirlarini
ko’rishi shart.
Assistans zimmasida qonun hujjatlariga va o’zi tuzgan
shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
Hozirgi kunda respublikamizda “Bovar Service”, “Global
Assist”, “Insurance Assist Group”, “O‘zbekinvest Assistans”
assis
tans xizmatlarini ko’rsatuvchi tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda.
|