2. Sug’urtani amalga oshirishning huquqiy asoslari
Sug’urta kompaniyasi, sug’urta tashkiloti va sug’urtalovchi
so’zlari yagona ma’noni – sug’urta faoliyati bilan shug’ullanadigan
xo’jalik
yurituvchi
sub’yektlarini
anglatadi.
O‘zbekiston
Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunida sug’urta
tashkiloti sug’urtalovchi sifatida talqin etilgan. Fuqarolik kodeksida
esa sug’urta kompaniyasi sug’urtalovchi, sug’urta tashkiloti deb
nomlangan. “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunning 6-
moddasida sug’urta tashkilotiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Tegishli
turdagi sug’urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan va
sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovoni (sug’urta puli)
to’lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo’lgan
yuridik shaxs sug’urtalovchi deb e’tirof etiladi”
108
.
Sug’urta tashkiloti tegishli turdagi sug’urtani amalga oshirish
uchun
litsenziyaga ega bo’lishi shart. Unga litsenziyani maxsus
vakolatli davlat organi
– O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi
beradi.
Sug’urta tashkiloti yuridik shaxs maqomiga ega bo’lishi lozim.
Sug’urta tashkilotlarini yuridik shaxs sifatida davlat ro’yxatidan
o’tkazish O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan
amalga oshiriladi.
Sug’urta tashkilotlari turli mulkchilik shakllarida tashkil etilishi
mumkin. 2019 yil 10 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida 30
ta sug’urta kompaniyasi tegishli faoliyatni amalga oshirish huquqini
beruvchi litsenziyaga ega. Ularning bittasi to’liq davlat tasarrufida
(“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi), ikkitasi
davlat mablag’lari ishtirokida tashkil etilgan bo’lib, aktsiyadorlik
jamiyati s
haklida tuzilgan (“O‘zagrosug’urta” va “Kafolat sug’urta
kompaniyasi”
aktsiyadorlik
jamiyatlari).
Aksariyat
sug’urta
tashkilotlari mas’uliyati cheklangan jamiyat, shu jumladan xorijiy
investitsiya ishtirokidagi mas’uliyati cheklangan jamiyati tarzida
tashk
il etilgan. Masalan, “EVROASIA INSURANCE” mas’uliyati
cheklangan jamiyat shaklidagi qo’shma korxona, “IShONCh”
banklararo sug’urta kompaniyasi mas’uliyati cheklangan jamiyati
maqomiga ega.
Sug’urta tashkilotlarining faoliyati boshqa xo’jalik yurituvchi
sub
’yektlarning faoliyatidan tubdan farq qiladi. Avvalo, sug’urta
tashkilotlari ko’plab yuridik va jismoniy shaxslar - sug’urta
qildiruvchilar oldida o’z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish
uchun mas’ul hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda ularning
f
aoliyati davlat tomonidan nazorat qilinadi. Xususan, sug’urta
faoliyatini nazorat qilishga vakolatli davlat organi
– O‘zbekiston
108
O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuni
(qo’shimcha va o’zgarishlar bilan birga).
Respublikasi moliya vazirligi tomonidan sug’urta tashkilotlarining
to’lov qobiliyatini ta’minlashga qaratilgan me’yorlar ishlab chiqilgan.
Shuningdek, sug’urta tashkiloti rahbarlari va bosh buxgalteriga
nomzodlar uchun malakaviy talablar o’rnatilgan. Bundan tashqari,
sug’urta zaxiralarini shakllantirish, sug’urta tashkilotlarining
investitsiya faoliyatini nazorat qilish bo’yicha ham me’yoriy hujjatlar
qabul qilingan va amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi sug’urta tashkilotlari
faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi maxsus vakolatli
davlat organi bo’lib hisoblanadi.
Sug’urta tashkilotlari sug’urta faoliyatidan boshqa tadbirkorlik
faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin emas. Buni shu bilan
tushuntirish mumkinki, s
ug’urta tashkilotlari savdo-vositachilik
operatsiyalari bilan shug’ullansa, bu holat, pirovardida, uning to’lov
qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi
Qonunida sug’urta tashkilotlarining huquq va majburiyatlari
ko’rsatilgan. Mazkur qonunga asosan sug’urtalovchi quyidagi
huquqlarga ega:
- qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda
sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomalari tuzish;
-
o’z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug’urta qilish,
shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta
sug’urta qilish;
- maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va
shartlarda investitsiya faoliyatini amalga oshirish;
-
qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida
professional faoliyatni amalga oshirish. Bunda mazkur faoliyat turini
amalga oshirish uchun sug’urtalovchining litsenziya olishi talab
qilinmaydi;
-
sug’urta (qayta sug’urta qilish) sohasidagi mutaxassislar
malakasini oshirish bilan bog’liq faoliyatni, shuningdek sug’urta
agenti sifatida sug’urta vositachiligini amalga oshirish;
-
sug’urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish
chora-tadbirlarini maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan
tartibda va shartlarda moliyalashtirish;
- sug
’urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sug’urta
turlariga doir qoidalarni (shartlarni) qonun hujjatlariga muvofiq
belgilash;
-
sug’urta tovoni miqdorini belgilash uchun zarur bo’lgan tegishli
axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan,
sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya
tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda
so’rash va olish;
-
sug’urta agentlari, sug’urta va qayta sug’urta brokerlari,
sug’urta bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli
shartnomalar tuzish;
-
sug’urta tovoni to’lashni qonun hujjatlarida va (yoki) sug’urta
(qayta sug’urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda
tartibda rad etish, sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasini
muddatidan ilgari bekor qilish;
-
sug’urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni
tekshirishni, sug’urta qildiruvchining sug’urta shartnomasi talablari
va shartlarini bajarishi ustidan nazoratni sug’urta (qayta sug’urta
qilish) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirish;
-
chet el sug’urtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari
ko’rsatish;
-
ilgari sug’urtalovchi tomonidan o’z ehtiyojlari uchun olingan
yoki sug’urta shartnomasini amalga oshirish natijasida uning
ixtiyoriga o’tgan mol-mulkni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish;
-
O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el
reyting tashkilotlari reytinglarini olish;
-
o’zining alohida bo’linmalarini tashkil etish.
Sug’urtalovchi:
-
sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya
etishi;
-
sug’urta faoliyatini amalga oshirish chog’ida olingan
axborotning mahfiyligini qonun hujjatlari talablariga muvofiq
ta’minlashi;
-
o’zi vakolat bergan sug’urta agentlarining reestrini yuritishi;
- qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli
davlat organining talabiga binoan taqdim etishi;
-
sug’urta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki
sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan
muddatlarda barcha zarur hisob-kitoblarni amalga oshirishi va
sug’urta tovoni to’lashi;
- firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan eri
o’zgargan taqdirda, bu haqdagi axborotni sug’urta qildiruvchilarga
qonunda belgilangan tartibda etkazishi;
-
sug’urta zaxiralarini maxsus vakolatli davlat organi
belgilaydigan
tartibda
va
shartlarda
shakllantirishi
hamda
joylashtirishi;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili majburiy
auditorlik tekshiruvidan
o’tishi;
- maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda bir yilda
kamida bir marta aktuariyni (aktuar tashkilotni) aktuar xizmatlar
ko’rsatish uchun jalb etishi;
- maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shaklda, tartibda va
muddatlarda yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilishi;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini
yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa
hisobotlarni tuzishi shart.
Sug’urta tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdorlari
qonunchilik hujjatlarida ko’rsatilgan tartibda shakllantiriladi. Boshqa
xo’jalik yurituvchi sub’yektlardan farqli ravishda sug’urta tashkilotlari
ustav kapitalining 90 foizi pul shaklida bo’lishi talab etiladi va
litsenziya olayotgan paytda ustav kapitali 100 foiz shakllantirilgan
bo’lish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29
sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi
hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek,
ayrimlarini o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risida”gi PF-
5197-
son Farmoniga asosan sug’urta faoliyati turlariga qarab,
sug’urtalovchilarning ustav kapitali minimal miqdorlarini talab
belgilandi.
Dostları ilə paylaş: |