3. Sug’urta bozorining mohiyati, tarkibi va turlari
Iqtisodiyotning umumiy nazariyasida ham, sug’urta fanida ham
“sug’urta bozori” va “sug’urta xo’jaligi” yangi tushunchalardir.
Shunga qaramay aytish mumkinki, “sug’urta bozori” tushunchasi
o’ziga nisbatan bir muncha umumiy hisoblangan “sug’urta xo’jaligi”
tushunchasining pog’onalaridan biri bo’lib, sug’urta xizmatlari oldi-
sotdisi bilan bog’liq. “Sug’urta xo’jaligi” sug’urta sohasidagi sug’urta
xizmatlarini ko’rsatish, sotish va iste’mol qilish bilan bog’liq
munosabatlar yig’indisidan iborat. Umumjahon xo’jaligi miqyosida
“jahon sug’urta xo’jaligi” atamasini qo’llash mumkin. Ana shu
ma’noda “sug’urta xo’jaligi” sug’urta tashkilotlarining ta’sis etilishi,
tashkiliy tuzilmasi, faoliyati, boshqaruvi bilan bog’liq munosabatlarni,
shuningdek, sug’urta tashkilotlarining yoki sug’urta bozorining
boshqa turdagi sub’yektlarining sug’urtaga oid faoliyatini davlat
tomonidan tartibga solish munosabatlarini, iqtisodiy munosabatlarda
sug’urtadan foydalanish shart-sharoitlari va asoslarini ifoda etadi.
Xorijiy adabiyotda bu borada tegishli ravishda “sug’urta iqtisodiyoti”
va “jahon sug’urta iqtisodiyoti” tushunchalari ishlatiladi.
Iqtisodiyot hamda zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi nuqtai
nazaridan sug’urta bozorini xaridorlar – sug’urtalanuvchilarning
sug’urta xizmatlariga bo’lgan talablari va sotuvchilar – sug’urta
tashkilotlarining sug’urta himoyasi bo’yicha takliflari nisbati bilan
boshqariladigan iqtisodiy makon yoki tizim sifatida tasavvur etish
mumkin. Sug’urta himoyasiga talab ikki bosh omil bilan: xo’jalik
yurituvchi sub’yektning va alohida fuqaroning risk-menejmentining
elementi sifatidagi sug’urtaga nisbatan bo’lgan talabi va shuningdek,
sug’urtalovchilarning sug’urta xizmatini sotib olish orqali o’z talabini
qondirishga imkon yaratadigan sotib olish layoqati bilan belgilanadi.
Ijtimoiy qayta ishlab chiqarishga xos bo’lgan ehtimoldagi xavf
sifatida xatar iqtisodiy munosabatla
r yuksalishi bilan sug’urta
xizmatlariga bo’lgan talabning kuchayishiga olib keladi. Ayni vaqtda
davlat ijtimoiy sug’urta va ta’minot tizimi orqali taqdim etiladigan
sug’urta himoyasining qisqarishi ham shuningdek, sug’urta
xizmatlariga talabning oshishiga
sabab bo’ladi.
Sug’urta bozori – ma’lum bir pul munosabatlari sohasi bo’lib,
unda savdo-
sotiq ob’yekti sifatida sug’urta himoyasi qatnashadi
hamda unga talab va taklif shakllanadigan maxsus ijtimoiy-iqtisodiy
tarmoq hisoblanadi. Sug’urta bozori keng ma’noda sug’urta
xizmatlarining oldi-sotdisi yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy
munosabatlar yig’indisini aks ettiradi. Sug’urta bozorining ob’yektiv
asosini kutilmagan tabiiy, texnogen va baxtsiz hodisalar oqibatida
etkazilgan zararni bartaraf etish yo’li bilan ishlab chiqarish
jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash hisoblanadi. Qolaversa,
sug’urta bozori iqtisodiyotni qo’shimcha moliyalashtirishda ham
muhim o’rin tutadi. Sug’urta bozori faoliyat yuritishining asosiy sharti
bo’lib sug’urta xizmatlariga jamiyat ehtiyojining mavjudligi va ushbu
ehtiyojni qondira oladigan sug’urta tashkilotlarini mavjud bo’lishi
hisoblanadi. Faoliyat ko’rsatayotgan sug’urta bozori turli tarmoq
bo’limlarini biriktirgan murakkab, integratsiyalashgan tizimni o’zida
aks ettiradi.
Sug’urta bozori ishtirokchilari sifatida sotuvchilar, xaridorlar va
vositachilar hamda ularning uyushmalari qatnashadilar. Sotuvchilar
toifasini sug’urta va qayta sug’urta tashkilotlari tashkil etadi.
Xaridorlar sifatida u yoki bu sotuvchi b
ilan sug’urta shartnomasini
rasmiylashtiruvchi sug’urtalanuvchilar - jismoniy va yuridik shaxslar
ishtirok etadilar. Sotuvchilar va xaridorlar o’rtasidagi vositachilar
bo’lib, o’z harakatlari bilan sug’urta shartnomalarini tuzishga
ko’maklashuvchi sug’urta agentlari va sug’urta brokerlari
hisoblanadi.
Sug’urta bozorida taklif etilayotgan o’ziga xos tovar - sug’urta
xizmati hisoblanadi. Uning xarid qiymati bo’lib sug’urta qoplamasi
shaklini ifodalovchi sug’urta himoyasini ta’minlash hisoblanadi.
Sug’urta xizmatining narxi sug’urta tarifida aks ettiriladi. U talab va
taklifga asoslangan raqobat asosida shakllanadi.
Rivojlangan
va
rivojlanayotgan
sug’urta
bozorlarining
muammosi sug’urtalanuvchilar tomonidan zarur darajada sotib olish
layoqatiga ega bo’lmaslikda ifodalanishi mumkin. Bu muammoning
hal etilishi bir jihatdan aholining sotib olish layoqatining o’sishiga va
xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy barqarorligiga, ikkinchi
jihatdan
davlat
tomonidan
umummilliy
darajada
mamlakat
makroiqtisodiyoti mi
qyosida sug’urta xizmatlarini sotib olish
layoqatini o’stirishga qaratilgan muayyan chora-tadbirlarga bog’liq.
Mutaxassislar diqqatni sug’urta xizmatlariga talab sub’yektiv
xususiyatga ega ekanligiga qaratadilar, ya’ni sug’urta himoyasi bilan
ta’minlanishga ongli talab ko’p jihatdan iste’molchining ana shunday
xizmat mavjud ekanligidan, uning iste’mol sifatlaridan, samarasidan,
bahosidan bexabarligi va shu kabi sabablarga ko’ra amalga oshmay
qolishi mumkin. Bu holat sug’urta tashkilotlaridan “sug’urta riskini
qoplashga doir yashirin talabni ochishga” qaratilgan marketing
tadbirlarini o’tkazishni taqozo qiladi.
Sug’urta
xizmatlarining
taklif
etilishi
etarli
darajada
ixtisoslashgan
va
moliyaviy
barqaror,
ehtimoldagi
sug’urtalanuvchilarning talablarini qondirishga layoqatli sug’urta
tashkilotlarining mavjud bo’lishi orqali ta’minlanadi. Investorlarning
sug’urta tashkilotiga qiziqishi, sug’urta tariflarini hisoblab chiqish
uchun zarur statistik va axborot bazasining mavjudligi, moliya
bozorining
sug’urta tashkilotlarining investitsiyalarining qaytarilishini
va daromadliligini kafolatlaydigan darajada samarali faoliyat
ko’rsatishi,
shuningdek,
sug’urta
tashkilotlarida
malakali
menejerlarning va sug’urta xizmati anderraytingi bo’yicha
mutaxassislarn
ing mavjudligi sug’urta bozorini shakllantirishning
muhim omili bo’lib hisoblanadi.
Sug’urta xizmatlari bozori faoliyat turiga qarab umumiy sug’urta
xizmatlari bozori va hayotni sug’urta qilish bozoriga bo’linadi.
O‘zbekiston Respublikasida sug’urta xizmatlari bozori 2002 yilning
oxirlariga qadar universal tusga ega bo’lgan, ya’ni sug’urta
tashkilotlari bir paytning o’zida ham umumiy, ham hayotni
sug’urtalash turlarini amalga oshirib kelgan. 2002 yilning 27
noyabrida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Sug’urta
xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi
413-
son qaroriga asosan “Sug’urta faoliyati klassifikatori”
tasdiqlandi. Unga muvofiq sug’urta tashkilotlarining faoliyati ikkiga
ajratildi: umumiy sug’urta va hayotni sug’urta qilish sohasi.
Umumiy sug’urta tarmog’i quyidagi 17 ta klassdan iborat:
Klass
tartib
raqami
Klassning nomi
Mazmuni va sug’urta qilish shartlari bo’yicha
talablar
1-klass
Baxtsiz
hodisalardan
ehtiyot
shart
sug’urta qilish
Quyidagi hollarda:
a) baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz
hodisa
natijasida
sog’liqning
qattiq
shikastlanishi, yoxud;
b) baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz
hodisa natijasida vafot etgan taqdirda, yoxud;
v) kasallik yoki muayyan turdagi kasallik
natijasida mehnat
qobiliyatini yo’qotish, shu
jumladan ishlab chiqarishda jarohatlanish va
kasb kasalliklari, biroq 2-klass va IV klass
bo’yicha sug’urta shartnomalarini istisno qilgan
holda, sug’urta qilingan shaxsga sug’urta
ta’minotining belgilab qo’yilgan pul summasi
yo
ki pul kompensatsiyasi to’lanishini
ta’minlovchi sug’urta turlari jami
2-klass
Kasallikdan
ehtiyot
shart
sug’urta qilish
Sug’urta ta’minotining belgilab qo’yilgan pul
summasi to’lanishini yoki kasallik yoki
sog’liqning izdan chiqishi munosabati bilan
sug’urta qildiruvchining pul kompensatsiyasi
(yoki uning ham, buning ham kombinatsiyasi)ni
ta’minlovchi sug’urta turlari jami, biroq hayotni
sug’urta qilish tarmoqlarining IV klassi bo’yicha
shartnomalarni istisno qilgan holda
3-klass
Er
usti
transport
vositalarini
sug’urta qilish
Transport vositalari, o’zi yurar mashina va
mexanizmlar, harakatlanadigan temir yo’l
tarkibi bundan mustasno, yo’qotilganda yoki
shikastlanganda sug’urta qoplamasi to’lanishini
ta’minlovchi sug’urta turlari jami
4-klass
Harakatlana-
digan temir yo’l
tarkibi-
ni
sug’urta
qilish
Harakatlanadigan
temir
yo’l
tarkibi
yo’qotilganda yoki shikastlanganda sug’urta
qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urtaning
turlari jami
5-klass
Aviatsiya
sug’urtasi
Havo kemasi, havo kemasining mashina
asbob-uskunalari, jihozlari, inventari, ehtiyot
qismlari yo’qotilganda yoki shikastlanganda
sug’urta qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi
sug’urtaning turlari jami
6-klass
Dengiz
sug’urtasi
Dengiz va ichki daryo kemalari, kemalarning
mashina asbob-uskunalari, asbob-uskunalari,
inventari, ehtiyot qismlari yo’qotilganda yoki
shikastlanganda sug’urta qoplamasi to’lanishini
ta’minlovchi sug’urtaning turlari jami
7-klass
Yo’ldagi
mol-
mulkni sug’urta
qilish
Transportning har xil turlari bilan tashishda
yuklar, bagaj va boshqa mol-
mulk yo’qotilganda
yoki shikastlanganda sug’urta qoplamasi
to’lanishini ta’minlovchi sug’urtaning turlari jami
8-klass
Mol-mulkni
olovdan
va
tabiiy ofat-
lardan sug’ur-
ta qilish
Yong’in, portlash, bo’ron, dovul, jala, ko’chki,
tuproqning cho’kishi, emirilish, er osti suvlari,
sel, yashin urishi, zilzila, yadro energiyasi ta’siri
natijasida mol-mulk (3 va 7- klasslarda
ko’rsatilganlar bundan mustasno) yo’qotilganda
yoki shikastlanganda sug’urta qoplamasi
to’lanishini ta’minlovchi sug’urtaning turlari jami
9-klass
Mol-mulkni
zarardan
sug’urta qilish
8-
klassda ko’rsatilmagan do’l, qalin qor yog’ishi
yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o’g’irlik
qilish va boshqa voqealar natijasida mol-mulk
(3 va 7-
klasslarda ko’rsatilgandan boshqa)
yo’qotilganda yoki shikastlanganda sug’urta
qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urtaning
turlari jami
10-klass Avtofuqaro-
lik javobgar-
ligini sug’ur-
ta qilish
Er usti transport vositalari va boshqa o’ziyurar
mashinalar va mexanizmlardan foydalanish
oqibatida, tashuvchilarning javobgarligi ham
shu jumlaga kiradi,
uchinchi shaxslarga
(jismoniy
va
yuridik shaxslarga)
zarar
etkazilgan taqdirda
sug’urta
qoplamasi
to’lanishini ta’minlovchi sug’urta turlari jami
11-klass Aviatsiya
sug’urtasi
doirasidagi
javobgarlik-
ni
sug’urta
qilish
Havo
kemasidan
foydalanish
oqibatida,
aviatashuvchilarning javobgarligi ham shu
jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va
yuridik shaxslarga) zarar etkazilgan taqdirda
sug’urta qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi
sug’urta turlari jami
12-klass Dengiz
sug’ur-
tasi doira-
sida
javobgarlikni
sug’urta qilish
Dengiz va ichki kemalardan foydalanish
oqibatida, dengiz tashuvchisining javobgarligi
ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga
(jismoniy
va
yuridik
shaxslarga)
zarar
etkazilgan taqdirda sug’urta qoplamasi
to’lanishini ta’minlovchi sug’urta turlari jami
13-klass Umumiy
fuqarolik
javobgarligini
sug’urta qilish
10,
11
va
12-
klasslarda ko’rsatilmagan
tavakkalchiliklar oqibatida uchinchi shaxslar
(jismoniy va yuridik shaxslar) oldida fuqarolik
javobgarligi paydo bo’lgan taqdirda sug’urta
qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urta
turlari jami
14-klass Kreditlarni
sug’urta qilish
Sug’urta qildiruvchining debitori nochorligi
(bankrotlik) yoki debitorning sug’urta qildiruvchi
oldidagi
qarzlarni
qaytarish
majburiyati
bajarilmasligi (nochorlikdan tashqari) natijasida
sug’urta qildiruvchi zarar ko’rganda sug’urta
qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urta
turlari jami
15-klass Kafillikni
(kafolatlar-
ni)
sug’urta
qilish
Sug’urta qildiruvchining o’ziga berilgan kafolatni
bajarishi
majburiyati
natijasida
sug’urta
qildiruvchi zarar ko’rganda sug’urta qoplamasi
to’lanishini ta’minlovchi sug’urta turlari jami
16-klass Boshqa moliya-
viy tavakkal-
chiliklardan
sug’urta qilish
Quyidagi hollarda:
a)
sug’urta qildiruvchining biznesi (xo’jalik
faoliyati) uzilib qolishi yoki sug’urta qildiruvchi
tomonidan
amalga
oshirilayotgan
biznes
(xo’jalik faoliyati) ko’lami kamayishi natijasida
sug’urta qildiruvchi zarar ko’rganda;
b) oldindan nazarda tutilmagan xarajatlar
natijasida sug’urta qildiruvchi zarar ko’rganda
(17-
klassda ko’rsatilgandan tashqari);
v) shartnomalar tuzilishi va bajarilishi bilan
bog’liq faoliyatni amalga oshirish natijasida
mazkur darajaning a) va b) bandlarida
ko’rsatilgandan boshqa nobudgarchiliklarga
uchraganda sug’urta qoplamasi to’lanishini
ta’minlovchi sug’urta turlari jami
17-klass Huquqiy
Sud
muhokamasi
bilan
bog’liq ko’rilgan
himoya
qilish
xarajatlar natijasida sug’urta qildiruvchi zarar
bilan
bog’liq ko’rganda sug’urta qoplamasi to’lanishini
xarajatlarni
ta’minlovchi sug’urta turlari jami
sug’urta qilish
Umumiy sug’urta xizmatlari hayot sug’urtasidan tashqari
barcha sug’urta xizmat turlarini qamrab oladi. Hozirgi kunda umumiy
sug’urta xizmatlari bozorida faoliyat ko’rsatayotgan sug’urta
tashkilotlari “Sug’urta faoliyati klassifikatori”ning umumiy sug’urta
tarmog’iga oid barcha sug’urta klasslari doirasida sug’urta
xizmatlarini ko’rsatayapti. Umumiy sug’urta xizmatlari bozorini
tavsiflovchi asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat:
-
sug’urta polisi amal qilish muddatining bir yildan oshmasligi.
Shunday sug’urta xizmat turlari borki, uularning muddati hatto bir
soatni tashkil etadi. Masalan, havo yo’llari orqali yo’lovchilarni
tashishda qo’llaniladigan tashuvchining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug’urtalashda polisning amal qilish muddati uchish va
qo’nish masofasidan kelib chiqqan holda bir soatga teng bo’lish
mumkin.
-
investitsiyaga yo’naltirilgan mablag’larning qisqa muddatli
ob’ektlarga joylashtirilishi.
2019 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston sug’urta bozorida
jami
30 ta sug’urta tashkiloti faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib,
uning 24 tasi yoki
80,0 foizi umumiy sug’urta xizmatlari
bozoriga tegishlidir. Umumiy sug’urta xizmatlari bozorida faoliyat
ko’rsatayotgan
eng
yirik
sug’urta
tashkilotlari
jumlasiga
“O‘zbekinvest”
eksport-import
milliy
sug’urta
kompaniyasi,
“O‘zagrosug’urta” va “Kafolat sug’urta kompaniyasi” aktsiyadorlik
jamiyatlarini kiritish mumkin.
Dunyoning taraqqiy etgan davlatlarida hayotni sug’urta qilish
bozori umumiy sug’urta xizmati bozoriga qaraganda yuksak
darajada rivojlangan. Masalan, AQSh, Yaponiya va Yevropaning
ba’zi davlatlarida sug’urtalovchilar tomonidan to’plangan jami
sug’urta mukofotlari tarkibida hayotni sug’urtalash bo’yicha yig’ib
olingan sug’urta mukofotlari katta salmoqqa ega.
O‘zbekistonda hayotni sug’urta qilish bozori shakllanish
jarayonini boshidan kechirmoqda. 2002 yil 5 aprelda “Sug’urta
faoliyati to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi munosabati bilan
hayotni
sug’urta qilish sug’urta faoliyatining, binobarin sug’urta
bozorining alohida tarmog’iga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi “Sug’urta xizmatlari
bozorini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 413-son
qarori bilan tasdiqlangan “Sug’urta faoliyati klassifikatori”ga muvofiq
hayotni sug’urta qilish tarmog’i 4 ta klassdan iborat. Ushbu klasslar
to’g’risida oldingi mavzularda to’xtalib o’tilgan.
2003 yil dekabrda “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta
kompaniyasi muassisligida hayotni sug’urtalashga ixtisoslashgan
dastlabki sug’urta kompaniyasi – “O‘zbekinvest Hayot” shu’ba
sug’urta tashkiloti tashkil etildi. Mazkur shu’ba sug’urta tashkiloti
O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslariga hayot
va sog’likni sug’urta qilish maqsadida tashkil etilgan bo’lib, uning
asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
hayotni sug’urtalash tarmog’ining barcha klasslari va umumiy
sug’urta tarmog’ining I va II klasslari bo’yicha sug’urta xizmatlarini
ko’rsatish;
tegishli sug’urta mahsulotlarini taqdim etish orqali O‘zbekiston
Respublikasi aholisi keng qatlamini ijtimoiy himoyalash vositalarini
rivojlantirish;
hayotni va sog’likni sug’urtalashning xalqaro standartlari
amaliyotini joriy etish;
xorijiy, xalqaro, milliy sug’urta tashkilotlari bilan hamkorlikni
rivojlantirish;
Hozirgi kunda
“O‘zbekinvest Hayot” sug’urta tashkiloti
respublikamizning barcha mintaqalarida o’z filiallariga ega va ular
tomonidan quyidagi sug’urta xizmatlari ko’rsatiladi:
bonus to’lovli hayot sug’urtasi. Mazkur sug’urta turining amal
qilish muddati 13 oydan 20 yilg
acha bo’lgan muddatni tashkil etadi.
Sug’urta summasi sug’urta qildiruvchi tomonidan aniqlanadi va
shundan kelib chiqqan holda sug’urta mukofoti hisoblanadi. Sug’urta
mukofotining miqdori sug’urtalangan shaxsning yoshi, sug’urta
muddati va badallarni to’lash tartibi bilan bog’liq. Sug’urta
mukofotlari sug’urta qildiruvchi shaxs uchun qulay usulda: bir
marotaba, har yili, yarim yilda bir marta yoki har chorak yoxud har
oyda to’lab borilishi mumkin. Sug’urta summasini to’lash quyidagi
holatlarda amalga oshiriladi:
-
shartnoma amal qilishining oxirgi muddatigacha yashash
(bunda sug’urta summasi ilgari to’langan barcha sug’urta mukofotlari
yig’indisi va kompaniya tomonidan to’lanadigan bonusga teng);
-
sug’urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda (bunday holatda
sug’urta summasi sug’urtalangan shaxsning qachon vafot etganidan
va qancha sug’urta mukofoti to’laganidan qatiy nazar
sug’urtalangan shaxs tomonidan qancha sug’urta mukofoti to’lanishi
kerak bo’lgan summaga teng bo’ladi).
Bu sug’urta mahsulotini sotib olish uchun sug’urta qildirmoqchi
bo’lgan shaxsning yoshi 18-60 yosh oralig’ida bo’lishi lozim.
ta’lim olish uchun hayotni uzoq muddatli sug’urta qilish. Bunda
ota-
onalarning farzandlarini ta’lim muassasalarida o’qishi bilan
bog’liq xarajatlarini sug’urta yo’li bilan qoplash nazarda tutiladi.
Sug’urta shartnomasining muddati 13 oydan 20 yilgacha bo’lgan
muddatni tashkil etadi. Mazkur sug’urta turi bo’yicha sug’urta
summalarini to’lash quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
-
farzandning oliy ta’lim muassasasi, kasb-hunar kolleji,
akademik litsey yoki maktabga o’qishga kirishi;
-
farzandning sug’urta polisida ko’rsatilgan yoshga kirishi (agar
bola qayd etilgan muddatda o’qishga kira olmagan taqdirda).
Sug’urta qildiruvchiga to’lanadigan sug’urta summasi miqdori
ilgari to’langan barcha sug’urta mukofotlari yig’indisi va sug’urta
tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan bonusga teng.
nikohga hayotni uzoq muddatli sug’urta qilish. Mazkur sug’urta
mahsuloti farzandning nikohga kirish munosabati bilan uning ota-
ona
si sarflaydigan xarajatlarni moliyaviy ta’minlash masalasini hal
etishga ko’mak beradi. Sug’urta shartnomasining butun amal qilish
davomida ishonchli sug’urta himoyasi ta’minlanadi. Hatto, oila
boquvchisini yo’qotgan taqdirda ham nikoh arafasida farzand
su
g’urta polisida belgilangan summani oladi. Bu sug’urta turida ham
sug’urta polisining amal qilish muddati 13 oydan 20 yilgacha bo’lgan
muddatni tashkil etadi. Sug’urtalangan shaxsga sug’urta summasi
farzand nikohga kirganda yoki u sug’urta polisida ko’rsatilgan
yoshga etganda to’lanadi. Sug’urta summasining miqdori sug’urta
qildiruvchi tomonidan ilgari to’langan barcha sug’urta mukofotlari
miqdoriga va sug’urtalovchi tomonidan taqdim etiladigan bonusga
teng.
Hayotni sug’urta qilish bozorida yuqorida ko’rsatilgan sug’urta
xizmat turlari bilan bir qatorda hayot sug’urtasi ham amalga
oshiriladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hayotni sug’urtalash
bozorini yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi soliq imtiyozlari
berilgan:
yuridik shaxslarning
uzoq muddatli hayot sug’urtasi bo’yicha
sug’urta mukofotlarini to’lash bilan bog’liq xarajatlari boshqa
xarajatlar tarkibiga kiritiladi va foyda solig’ini hisoblashda hisobga
olinmaydi;
yuridik shaxslarning uzoq muddatli hayot sug’urtasi bo’yicha
sug’urta mukofotlarini to’lashga yo’naltirilgan xarajatlari jismoniy
shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi;
jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlaridan uzoq
muddatli hayot sug’urtasi bo’yicha to’lagan sug’urta mukofotlari
daromad solig’iga tortilmaydi.
Ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda hayotni sug’urtalash bozorini
rivojlantirish uchun davlat tomonidan katta imkoniyatlar yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |