25.6. Shaxsiy sug’urta va uning turlari
Sug’urta o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra ijtimoiy himoyaning
muhim vositasi hisoblanadi. Masalan, baxtsiz hodisa ro’y berishi
natijasida fuqaro tan jarohati olish yoki mehnat qobiliyatini vaqtincha
yoxud umrbod yo’qotishi mumkin. Agar, fuqaro baxtsiz hodisalardan
ehtiyoti shart sug’urtalangan bo’lsa, u holda sug’urta tashkiloti
fuqaroning boshiga baxtsiz hodisa ro’y berishi oqibatida kulfat
t
ushganda unga moddiy ko’mak beradi, shu fuqaroni oyoqqa turib
olishiga imkon beradi. Ayniqsa, tibbiy sug’urtaning fuqarolarni
ijtimoiy himoyalanishidagi ahamiyati katta. Fuqaro kasallikka duchor
bo’lganda tibbiy sug’urta shartnomasi bo’yicha davolanish, dori-
darmon sotib olish bilan bog’liq xarajatlar sug’urta tashkiloti
tomonidan
to’lab
beriladi.
Bugungi
kunda
O‘zbekiston
Respublikasidagi qator sug’urta takshilotlari tibbiy sug’urta turlarini
amalga oshirmoqdalar.
Shaxsiy sug’urtada insonlarning hayoti, salomatligini saqlash
bilan bog’liq manfaatlar sug’urta ob’yekti bo’lib hisoblanadi.
Shaxsiy sug’urta shartnomasi tuzishda sug’urta qildiruvchi bilan
sug’urta tashkiloti o’rtasida quyidagilar to’g’risida kelishuvga
erishilishi lozim:
sug’urtalangan shaxs to’g’risida;
sug’urtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimol tutilib sug’urta
amalga oshirilayotgan voqea (sug’urta hodisasi)ning xususiyati
to’g’risida;
sug’urta puli miqdori to’g’risida;
sug’urta mukofotining miqdori va uni to’lash muddati
(muddatlari)
to’g’risida;
shartnomaning amal qilish muddati to’g’risida.
Shaxsiy sug’urta deganda insonning sog’ligi, hayotini saqlash
bilan bog’liq manfaatlarini himoyalashga qaratilgan sug’urta turlari
tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002
yil 27 noyabrda qabul qilingan “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada
rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 413-son qarori bilan
tasdiqlangan “Sug’urta faoliyati klassifikatori”ning umumiy sug’urta
sohasiga oid 1-
klassi “Baxtsiz hodisalardan ehtiyoti shart sug’urta
qilish” va 2-klassi “Kasallikdan ehtiyoti shart sug’urta qilish” shaxsiy
sug’urta tarmog’iga mansub. Shuningdek, hayotni sug’urta qilish
sohasining barcha klasslari doirasida amalga oshiriladigan sug’urta
turlari ham shaxsiy
sug’urta tarkibiga kiradi. Shaxsiy sug’urtaga oid
eng ommaviy sug’urta turlariga quyidagilar kiradi:
-
fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug’urta qilish;
-
xorijga chiquvchi fuqarolarni sug’urta qilish;
- tibbiy
sug’urta;
-
bonus to’lovli hayot sug’urtasi;
-
ta’lim olish uchun hayotni uzoq muddatga sug’urtalash;
-
nikoh uchun hayotni uzoq muddatga sug’urta qilish.
Shaxsiy sug’urtaning yuqorida keltirilgan dastlabki uchta turini
umumiy sug’urta sohasida faoliyat ko’rsatuvchi sug’urta tashkilotlari
ham, hayotni sug’urta qilish sohasida faoliyat ko’rsatuvchi sug’urta
tashkilotlari ham o’tkazishlari mumkin. Ammo, so’ngi uchta sug’urta
turi hayotni sug’urta qilish sohasiga oid bo’lib, ularni faqat shu
sohada faoliyat yuritish uchun tegishli litsenziyaga ega sug
’urta
tashkilotlari amalga oshirishlari mumkin. 2019 yilning 1 yanvar
holatiga O‘zbekiston Respublikasida hayotni sug’urta qilishga
ixtisoslashgan 6 ta sug’urta tashkiloti (“O‘zbekinvest Hayot” va “Alfa
life”, “New Life insurance”, “Agros Hayot”, “Evroasia-Life”, “Kafolat
Hayot” sug’urta kompaniyalari) faoliyat ko’rsatmoqda.
Inson hayoti quvonch va tashvishlardan iboratligini yaxshi
bilasiz. Ayniqsa, inson boshiga tashvish tushganda, aniqroq qilib
aytganda baxtsiz hodisa sodir bo’lganda u har doim moddiy
ehtiyojlik sezadi. Hayot sug’urtasi fuqarolarning ma’lum bir
yoshgacha yashashi yoxud vafot etishi bilan bog’liq xarajatlarni
qoplash imokniyatini beradi.
Shu jihatdan ta’kidlash mumkinki, hayot sug’urtasi ijtimoiy
himoyaning samarali vositasidir. Aslida,
sug’urta qildiruvchi
shaxsning sug’urta muddati tamom bo’lgungacha yoki sug’urta
shartnomasida
belgilangan
yoshgacha
yashashi,
sug’urta
qildiruvchining vafot etishi holatlarda sug’urta summalarini to’lash
bo’yicha sug’urta tashkilotining majburiyatlarini nazarda tutuvchi va
sug’urta muddati bir yildan ortiq bo’lgan sug’urta turlariga hayot
sug’urtasi deyiladi.
Hayot sug’urtasi bo’yicha sug’urta shartnomalari sug’urta
tashkiloti va sug’urta qildiruvchi o’rtasida tuziladi. O‘zbekistonda
hayot sug’urtasining keng tarqalgan turlaridan biri hayotni jamg’arib
boriladigan tarzda sug’urtalash hisoblanadi. Bu sug’urta turi sug’urta
qildirgan shaxsni sug’urta holati yuz bergan taqdirda moddiy yordam
bilan ta’minlaydi. Quyidagi holatlarning yuz berishi sug’urta
hodisal
ari
deb
hisoblanadi:
sug’urta
qildirgan
shaxsning
(shartnomada belgilangan muddatgacha) yashashi yoki vafot etishi.
Sug’urtalash shartlari: sug’urta qildirgan shaxs har oyda (har
chorakda) cyg’ypta mukofotlari to’laydi. Ularning miqdori belgilangan
tarifla
rga muvofiq aniqlanadi. Tariflar ikkita ko’rsatkichga: sug’urta
qildirgan shaxsning yoshiga va sug’urtalash davriga bog’liq bo’ladi.
Bunda jamg’arilgan resurslardan tashqari har oyda O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasidan
kelib chiqqan holda bonus yozib boriladi.
Shuni aytish kerakki, foiz stavkalari ancha yuqori bo’lgan bank
depoziti bu sug’urta bilan raqobatlashadigan mahsulotdir.
Depozitning afzalligi shundaki, mijoz shartnoma (talab qilib
olinguncha saqlanadigan omonat) amal kilib turgan davrda
daromadning bir qismini olishi mumkin, holbuki, hayotni jamg’arib
boriladigan usulda cyg’yptalashda sug’urta shartnomasi tuzilgan
paytdan boshlab mijoz sug’urta davrida o’z mablag’larining bir
qismini olish huquqig
a ega bo’lmaydi. U shartnoma amal qilish
muddati tugaganidan keyin summaning hammasini olishi mumkin.
Hayotni jamg’arib boriladigan usulda sug’urtalashning bank
depozitiga
nisbatan
afzalligi
ham
bor.
Fuqaroning
hayoti
sug’urtalanganida sug’urta qildirilgan shaxs shartnoma amal qilib
turgan har qanday davrda vafot etgan taqdirda sug’urta to’lovlari
amalga oshiriladi. Holbuki, depozit bo’yicha bunday to’lovlar yo’q.
Merosho’rlar cyg’ypta tashkilotidan butun sug’urta summasini, ya’ni
sug’urta qildiruvchi cyg’yptalash davri oxirida olishi kerak bo’lgan
summani oladilar.
O‘zbekistonda
amalda
bo’lgan
“Sug’urta
faoliyati
klassifikatori”ning hayotni sug’urta qilish tarmog’iga oid jami 4 ta
klass mavjud bo’lib, shu sohaga ixtisoslashgan sug’urta
kompaniyalari o’z faoliyatlarini ana shu klasslar doirasida tashkil
etadilar. Quyidagi hayotni sug’urta qilish tarmog’iga oid klasslarning
tasnifi keltirilgan:
Hayotni sug’urta qilish tarmog’i
111
Klass tartib
raqami
Klassning
nomi
Mazmuni va sug’urta qilish shartlari bo’yicha
talablar
I klass
Hayot va
annuitetlar
Quyidagi hollarda sug’urta summalari to’lash
bo’yicha sug’urtalovchining majburiyatlarini
nazarda tutuvchi, bir yildan ortiq muddatga
amal qiluvchi hayotni sug’urta qilish turlari
jami:
-
sug’urta qilinuvchining sug’urta muddati
tamom
bo’lgungacha
yoki
sug’urta
shartnomasida
belgilangan
yoshgacha
yashashi;
-
sug’urta qilinuvchining vafot etishi;
shuningdek
sug’urta shartnomasi amal
qilishi davridagi joriy to’lovlar (annuitetlar), III
klass bundan mustasno
II klass
Nikoh va
tug’ilish
Nikohga kirishda yoki bola tug’ilganda
sug’urta summasi to’lanishini ta’minlovchi,
bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi
hayotni sug’urta qilish turlari jami
III klass
Hayotni uzoq
muddatli
Umrbod renta
to’lanishi bilan birgalikda
hayotni sug’urta qilish turlari jami
111
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 413-son qarori asosida tasdiqlangan.
sug’urta qilish
IV klass
Sog’liqni
sug’urta qilish
Ko’rsatib o’tilgan sug’urta davri kamida besh
yildan kam bo’lmagan muddatga yoki
sug’urta qilinuvchining pensiya yoshiga
etguniga qadar belgilanishi sharti bilan
baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz
hodisa yoki kasallik yoki kasallanish tufayli
qattiq shikastlanish natijasida mehnatga
layoqatlilikni
yo’qotganda
sug’urta
summalari to’lanishini ta’minlovchi hayotni
sug’urta
qilish
turlari
jami.
Bunda
shartnomada ko’rsatilgan sug’urta davri
sug’urtalovchi tomonidan bir tomonlama
tartibda bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi
mumkin emas.
Hayotni sug’urta qilish bo’yicha tarif stavkasi va sug’urta
summasini hisoblashda, sug’urta hodisalari sodir bo’lish ehtimolini
aniqlashda hayotiylik jadvali muhim o’rin tutadi. Ushbu jadval ilk
marta angliyalik olim Galley tomonidan 1693 yilda yaratilgan va
e’lon qilingan. Hayotiylik jadvali turli demografik ko’rsatkichlar
joylashgan ustunlardan iborat bo’lib, aholi statistikasi ma’lumotlari
asosida tuziladi.
Hayotiylik jadvali ma’lumotlari asosida insonlarning qancha
yoshgacha
yashash
ehtimolini
aniqlash
mumkin.
Statistik
qonuniyatlar o’lim hodisasi ro’y berish ehtimolini inson yoshiga
bog’liqligini tasdiqlaydi. Bola dunyoga kelgandan keyin uning
dastlabki yillarida o’lim hodisasi yuz berishi ko’payishi, so’ngra uning
kamayib borishi va 10-15 yoshlarda keskin pasayishi aniqlangan. 16
yoshdan oshgandan so’ng o’lim hodisasining sekinlik bilan oshishi
va inson keksayishi bilan o’lim hodisasi ro’y berish sur’atining
oshishi kuzatilgan. Hayotiylik jadvali asosida sug’urta shartnomasi
muddati va sug’urta qildiruvchining yoshi e’tiborga olingan holda
hayotni sug’urtalash shartnomalari tuziladi. Bu o’z navbatida,
sug’urta tashkilotiga sug’urta qildiruvchi shaxs to’laydigan sug’urta
mukofoti miqdorini va shartnoma muddati tugagandan so’ng yoki
sug’urta qildiruvchi vafot etganda qancha sug’urta summasi to’lash
bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: |