kasb
kasalligi
yoki
xizmat
burchini
bajarayotgan
vaqtida
salomatligiga
ziyon
etgan
fuqarolarning
ijtimoiy
himoyasini
ta’minlashdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ish beruvchilarning
fuqarolik
javobgarligini majburiy
sug’urta qilish bo’yicha tegishli
ruxsatnomaga ega sug’urta tashkilotlari tomonidan amalga
oshiriladi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil
24 iyundagi “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug’urta qilish to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini
amalga oshirish chora-
tadbirlari haqida” 177-sonli qaroriga muvofiq
tasdiqlangan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug’urta qilish Qoidalari”da o’z ifodasini topgan. Majburiy
sug’urtalash qoidalari ushbu sug’urtani amalga oshirish vakolatiga
ega barcha sug’urtalovchilar uchun bir xilda amal qiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat
kodeksi bugungi kunda xizmat burchini bajarayotgan paytida jarohat
olgan xodimlarning ijtimoiy muhofazasini ko’zda tutadi. Mehnat
kodeksi ish beruvchining xodimga etkazilgan
ziyon uchun javobgar
ekanini belgilagan. Ma’lumki, Mehnat kodeksining 189-192
moddalariga binoan ish beruvchi olgan jarohati, kasb kasalligi yoki
mehnat jarayoni bilan bog’liq ravishda sog’ligiga etgan zararni,
shuningdek, boquvchini yo’qotganlik uchun etgan zararni o’rnatilgan
tartibda to’liq qoplashi shart. Ko’rinib turibdiki, xizmat burchini
bajarayotgan paytda jarohat olgan xodimlarni moddiy jihatdan
himoyalash ish beruvchi hisobidan amalga oshiriladi. Xodimning
xizmat burchini bajarayotgan paytda
olgan jarohati uchun ish
beruvchi javobgar hisoblanadi. Shu bilan birga, ish beruvchi
qoplashi zarur bo’lgan zarar hajmi ish beruvchining moliyaviy
imkoniyatlariga doimo ham mos kelavermaydi yoki ish beruvchining
moliyaviy holatiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Chunki, ish beruvchi qoplashi kerak bo’lgan zarar hajmiga bir vaqtda
va har oyda to’lanishi kerak bo’lgan kompensatsiya to’lovlari ham
kirishi mumkin. Masalan, Mehnat kodeksining 190-
moddasiga binoan xodimning sog’ligiga etgan zarar uchun
qoplanishi kerak bo’lgan mablag’ xodim jarohat olgan vaqtga qadar
olgan o’rtacha oylik ish haqiga qo’shimcha ravishda xodim olgan
jarohat darajasiga qarab belgilangan oylik foiz, jarohat olishi bilan
bog’liq
xarajatlarni qoplash, shuningdek, nafaqa ko’rinishidagi bir
marotabalik to’lanishi kerak bo’lgan to’lovdan iborat.
Bir marotaba
to’lanadigan nafaqa hajmi jamoa shartnomasida,
agar shartnoma tuzilmagan bo’lsa, ish beruvchi va kasaba
uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakolatli organi o’rtasidagi
kelishuvga binoan belgilanadi. Bunda jarohat olgan xodimga
to’lanadigan bir martalik nafaqa hajmi jarohatlangan shaxsning bir
yillik o’rtacha ish haqidan kam bo’lmasligi, halok bo’lgan xodimning
oila a’zolariga beriladigan nafaqa hajmi esa halok bo’lgan xodimning
6 yillik o’rtacha ish haqidan kam bo’lmasligi kerak.
Shu munosabat bilan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug’urta qilish to’g’risida” Qonun barcha ish beruvchilarga
ularning xodimlari xizmat burchini o’tayotgan paytda hayoti yoki
salomatligiga ziyon etgan taqdirda majburiy tarzda sug’urta
himoyasini taqdim etishni nazarda tutadi.
Qonun xodimlarning
xizmat burchini o’tayotgan paytda hayoti yoki salomatligiga ziyon
etishi yoki kasb kasalligiga uchrashi, halok bo’lishi yoxud kasb
kasalligi oqibatida vafot etishi bois ish beruvchining javobgarligi
yuzaga kelgan hollar
da sug’urtalovchilar tomonidan davriy va bir
martalik to’lovlarni to’lash uchun zarur mablag’larni to’lashni
ta’minlovchi tizim uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Sug’urtaning ushbu turining majburiyligi,
birinchi navbatda,
mamlakatning barcha ish beruvchilarini qamrab olish imkonini
beradi. Bu esa o’z navbatida, sug’urtaning ushbu turi bo’yicha eng
kam sug’urta tariflarini qo’llashga imkoniyat yaratadi. Mohiyatan,
majburiy sug’urtaning bu turi mamlakat ish beruvchilari o’rtasidagi
jabr ko’rgan ish beruvchilar ko’rgan zararlarni qoplash uchun
mo’ljallangan mablag’larni qayta taqsimlash mexanizmi sifatida
namoyon bo’ladi. Bu mexanizm, birinchi navbatda, jabr ko’rgan
xodimlarga etkazilgan zararlarni qonunda belgilangan sug’urta
summasi
doirasida qoplash kafolati
ni ta’minlaydi. Ikkinchidan,
majburiy sug’urta ish beruvchi o’zining jabr ko’rgan xodimiga zarar
qoplab berilganda ham moliyaviy barqarorligi saqlanib qolishi va ish
beruvchining faoliyatini qo’llab-quvvatlovchi eng maqbul usul bo’lib
qoladi.
Darhaqiqat, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug’urta qilish tizimida sug’urta qildiruvchi sifatida ish beruvchi —
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy shaxs bilan mehnat
shartnomasi (kontrakt) tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs asosiy
sub
’yekt hisoblanadi. Jabrlanuvchi — o’z mehnat vazifalarini
bajarishi bilan bog’liq holda mehnatda mayib bo’lishi, kasb
kasalligiga chalinishi yoki sog’lig’ining boshqacha tarzda
shikastlanishi munosabati bilan sog’lig’iga zarar etkazilgan, sug’urta