24.7. Transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug’urta qilish
Yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan uchinchi shaxslarning
mol-
mulki va sog’ligiga zarar etkazilganda, ularning yuzaga kelgan
zararni qoplash bo’yicha fuqarolik javobgarligi–javobgarlikni sug’urta
qilishning ob’yekti hisoblanadi. Javobgarlikni sug’urtalash turlari
“Sug’urta faoliyati klassifikatori”ning umumiy sug’urta tarmog’iga oid
10-
klass “Avtofuqarolik javobgarligini sug’urta qilish”, 11-klass
“Aviatsiya sug’urtasi doirasidagi javobgarlikni sug’urta qilish”, 12-
klass “Dengiz sug’urtasi doirasida javobgarlikni sug’urta qilish” va
13-
klass “Umumiy fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish” doirasida
o’tkazadilar. Javobgarlikni sug’urtalashni faqat yuqorida ko’rsatilgan
klasslar bo’yicha litsenziyaga ega sug’urta tashkilotlari amalga
oshirish huquqiga ega.
Javobgarlikni
sug’urtalash majburiy va ixtiyoriy shakllarda
o’tkazilishi mumkin.
Javobgarlikni
sug’urtalashning majburiy turlariga quyidagilar
kiradi:
-transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug’urta qilish;
-
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta
qilish;
-
xavfli ishlab chiqarish ob’yektiga ega korxonalarning xavfli
ishlab chiqarish ob’yektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa
shaxslarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof
muhitga zarar etkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy
sug’urta qilish;
-
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish.
Javobgarlikni sug’urta qilishning ixtiyoriy turlariga quyidagilar
kiradi:
- shifokorlar, advokatlar va boshqa kasb egalarining kasbiy
javobgarligini sug’urta qilish;
- a
ktsiyadorlik jamiyatlarining o’z investorlari oldidagi fuqarolik
javobgarligini sug’urta qilish;
-
qarz oluvchining bank oldidagi javobgarligini sug’urta qilish va
boshqalar.
Hozirgi kunda javobgarlikni sug’urtalashning eng keng tarqalgan
turlaridan
biri
– transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug’urta qilish hisoblanadi.
Majburiy sug’urtaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi
ahamiyatini e’tiborga olgan holda 2008 yil 21 aprelda “Transport
vositalari egalarining fuqarolik j
avobgarligini majburiy sug’urta qilish
to’g’risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi
112
. Qonun
41 ta moddadan iborat bo’lib, unda mazkur qonunning maqsadi,
asosiy tushunchalar, majburiy sug’urtaning asosiy printsiplari,
majburiy
sug’urtani amalga oshirish shartlari va tartibi, sug’urta
hodisalari bo’yicha zararning o’rnini qoplash, kompensatsiya
to’lovlari, majburiy sug’urta bo’yicha to’lovlarni kafolatlash kabi
boblar mavjud.
Qonun qabul qilingandan so’ng uni amalga oshirishni
ta
’minlashga qaratilgan Hukumat qarorini qabul qilishga zarurat
tug’ildi va 2008 yilning 26 iyunida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug’urta qilish to’g’risida” 141-sonli qaror qabul qildi.
Mazkur qarorga asosan “Transport vositalari egalarining
fuqarolik
javobgarligini
majburiy
sug’urta
qilish
qoidalari”
tasdiqlandi
113
. Shuningdek, qarorda transport vositalari egalarining
fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha to’lovlarni
kafolatlash jamg’armasini tashkil etish va uning asosiy vazifalari
ko’rsatib o’tilgan. Eng muhimi, mazkur qaror asosida majburiy
sug’urtani amalga oshirish huquqini olish uchun sug’urta
tashkilotlariga muayyan talablar belgilandi. Ular quyidagilardan
iborat:
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug’urta qilish huquqini olish uchun sug’urtalovchilar ustav
kapitalining eng kam miqdori qonun hujjatlarida belgilangan
me’yordan kam bo’lmasligi kerak;
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug’urta qilish huquqini olish uchun sug’urta tashkilotlari
Qoraqalpog’iston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent
shahrida majburiy sug’urta shartnomalarini tuzish, jabrlanuvchi
(uning merosxo’ri yoki huquqiy vorisi)ning sug’urta to’lovlari
to’g’risidagi talablarini ko’rib chiqish va sug’urta to’lovlarini amalga
oshirish vakolati berilgan o’z filiallariga va boshqa alohida
bo’linmalariga ega bo’lishi shart.
Davlat tomonidan majburiy sug’urtani amalga oshirishda
sug’urta tashkilotlariga nisbatan bunday talabning o’rnatilishi bejiz
emas, albatta. Buni shu bilan izohlash mumkinki, majburiy sug’urta
butun
O‘zbekiston xududini qamrab oladi va yo’l-transport hodisasi
112
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida” O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari to’plami. – T.: Adliya vazirligi, 2008 yil 17-son.
113
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi
141-sonli qarori. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami. – T.: Adliya vazirligi, 2008 yil, 26-27-son.
mamlakatimizning qaysi joyida sodir bo’lishidan qatiy nazar, yuridik
yoki jismoniy shaxslarning mulkiy manfaatlariga etkazilgan zarar,
transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligining majburiy
sug’urtasi bo’yicha sug’urta tashkiloti tomonidan jabrlanuvchiga
zarar qoplab berilishi lozim.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida transport
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish
huqu
qiga quyidagi sug’urta tashkilotlari haqlidirlar:
1.
“O‘zagrosug’urta” aktsiyadordik jamiyati.
2.
“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi.
3.
“Kafolat sug’urta kompaniyasi” aktsiyadorlik jamiyati.
4.
“Kapital sug’urta” aktsiyadorlik jamiyati.
5.
“Alfa invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati.
6.
“Asia insurans” sug’urta kompaniyasi.
7.
“Alskom” sug’urta kompaniyasi.
8.
“Ishonch” banklararo sug’urta kompaniyasi.
9.
“Universal sug’urta” aktsiyadorlik jamiyati.
10.
“Gross insurance” mas’uliyati cheklangan jamiyati.
11.
“Ingo Uzbekistan” yopiq aktsiyadorlik jamiyati.
12.
“Evroasia insuranse” mas’uliyati cheklangan jamiyati
shaklidagi qo’shma korxona.
13.
“Temiryo’l-sug’urta” sug’urta kompaniyasi.
Yuqorida nomlari keltirilgan sug’urta tashkilotlarining ustav
kapitali 2018 yil 1 iyuldan
sug’urtalovchilarning ustav kapitallariga
nisbatan o’rnatilgan yangi talablarga to’la-tukis mos keladi.
Ma’lumki, 2018 yil 1 iyuldan majburiy sug’urtani amalga oshiruvchi
sug’urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdori 15,0
milliard so’mdan kam bo’lmasligi shart. Bu haqda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentyabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o’zgartish va
qo’shimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o’z kuchini yo’qotgan
deb hisoblash to’g’risida”gi PF-5197-son Farmonida aniq
ko’rsatilgan
114
. Shuningdek, mazkur sug’urta tashkilotlarining
O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida filiallari mavjud.
Ta’kidlash joizki, transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug
’urta qilishni joriy qilish kutilgan natijani
berdi. Mustaqil tahlilchilarning fikrlariga ko’ra, majburiy sug’urtaning
amaliyotga joriy etilishi mamlakat miqyosida sug’urtaning aholi
barcha qatlamlari orasiga kirib borishiga va shu orqali sug’urta
114
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug’urtachilarning moliyaviy barqarorligini yanada oshirishga oid
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2011 yil 31 maydagi PQ-1544-son qarori.
madaniyatini oshishiga xizmat qilgan. Bundan tashqari, majburiy
sug’urtaning amaliyotga joriy etishdan ko’zlangan asosiy maqsad
yo’l-transport hodisalari sodir bo’lishi oqibatida jabrlangan shaxslarni
ijtimoiy himoyasini kafolatlaydigan samarali tizimni shakllantirish edi.
Ma’lumki, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug’urta qilish tizimining ijtimoiy yo’naltirilgan jihatlaridan
biri mazkur sug’urta bo’yicha to’lovlarni kafolatlash jamg’armasining
tashkil etilganligi hisoblanadi. Transport vositalari egalarining
fuqarolik javo
bgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha to’lovlarni
kafolatlash
jamg’armasining funksiya va vazifalari O‘zbekiston
Respublikasining
“Transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi Qonunida
115
va
Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini majburiy
sug’urta qilish to’g’risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari
haqida”
2008 yil 24 iyundagi 141-son qarorida
116d
a atroflicha qayd etib
o’tilgan.
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunining 30-
moddasida majburiy sug’urta bo’yicha to’lovlarni
kafolatlash jamg’armasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
ekanligi
ko’rsatib
o’tilgan:
“transport
vositalaridan
foydalanilayotganda jabrlanuvchilarga etkazilgan zararning o’rni
ularga ushbu Qonun talablariga muvofiq kompensatsiya to’lovlarini
amalga oshirish orqali kafolatli qopla
nishini ta’minlash; ushbu
Qonunga muvofiq sug’urta mukofotlari bo’yicha siylovlar olish
huquqiga ega bo’lgan fuqarolarning ayrim toifalarini qo’llab-
quvvatlash tizimini mazkur siylovlarni kompensatsiya qilish orqali
moliyaviy jihatdan ta’minlash; majburiy sug’urta to’g’risidagi
ma’lumotlarni, shu jumladan majburiy sug’urta shartnomalari,
sug’urta hodisalari, sug’urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar
shaxsiga oid ma’lumotlarni o’z ichiga olgan axborot ma’lumotlar
bazasini
shakllantirish,
shuningdek
mazkur
ma’lumotlar
sug’urtalovchilar va To’lovlarni kafolatlash jamg’armasi o’rtasida
qonun hujjatlarida belgilangan sug’urta siri to’g’risidagi talablar
ta’minlangan holda ayirboshlanishini tashkil etish; ushbu moddaga
115
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida” O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik hujjatlari to’plami. – T.: Adliya vazirligi, 2008 yil 17-
son.
116
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug’urta qilish to’g’risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008
yil 24 iyundagi 141-sonli qarori. O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik hujjatlari to’plami. – T.: Adliya vazirligi,
2008 yil 26-27-son.
muvofiq To’lovlarni kafolatlash jamg’armasi zimmasiga yuklatilgan
asosiy vazifalarni amalga oshirish bo’yicha uning faoliyatini tartibga
soluvchi qoidalarni maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan
holda ishlab chiqish va tasdiqlash”
117.
Jamg’arma tashkil etilgan paytdan boshlab o’z zimmasiga
yuklangan vazifalarni sifatli va to’liq bajarilishini ta’minlash
maqsadida yo’l-transport hodisasi sodir bo’lishi natijasida
jabrlanuvchilarga
kompensatsiya to’lovlari bo’yicha kelib tushgan
arizalarni ko’rib chiqish va to’lovlarni amalga oshirish tartibini
belgilovchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqdi. Mazkur hujjatlar
jamg’arma tomonidan tegishli arizalarni o’z vaqtida ko’rib chiqish va
kompe
nsatsiya to’lovlarini amalga oshirish imkoniyatini berdi.
Qonunga muvofiq, sug’urtalovchiga nisbatan bankrotlik tartib-taomili
qo’llanilganda, jabrlanuvchiga etkazilgan zarar uchun javobgar
shaxs noma’lum bo’lganda va foydalanilayotganda zarar etkazgan
tra
nsport vositasining egasi o’z fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish
bo’yicha majburiyatini bajarmaganda jamg’arma tomonidan
kompensatsiya to’lovlari amalga oshiriladi.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug’urta qilish bo’yicha to’lovlarni kafolatlash jamg’armasining asosiy
vazifalaridan yana biri amaldagi qonunchilikka asosan sug’urta
mukofotlarini to’lashda siylovlar berilishi belgilab qo’yilgan shaxslar
tomonidan to’lanishi lozim bo’lgan sug’urta mukofotlari summasining
50 foizini sug’urtalovchilarga to’lash hisoblanadi. “Transport
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish
to’g’risida”gi Qonunning 13-moddasiga ko’ra quyidagi shaxslar
sug’urta mukofotlari bo’yicha siylovlar olish huquqiga quyidagilar
ega
118:
-1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari yoki partizanlari
yoxud ularga tenglashtirilgan shaxslar;
-1941-1945 yillardagi urush davri mehnat fronti faxriylari;
-kontsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari;
-harbiy
xizmat
majburiyatlarini
bajarishda
yaralanganligi,
kontuziya bo’lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda
bo’lish bilan bog’liq kasallik tufayli halok bo’lgan harbiy
117
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida” O‘zbekiston
Respublikasining Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik hujjatlari to’plami. – T.: Adliya vazirligi, 2008 yil
17-son.
118
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida” O‘zbekiston
Respublikasining Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik hujjatlari
to’plami. – T.: Adliya vazirligi, 2008 yil 17-son.
xizmatchining ota-onasidan biri yoki boshqa turmush qurmagan
bevasi;
-Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar;
-pensionerlar;
-nogironlar.
Majburiy sug’urta shartnomasini tuzish uchun sug’urta
qildiruvchi sug’urta tashkiloti va uning joylardagi vakillariga majburiy
sug’urta shartnomasini tuzish to’g’risidagi ariza-anketani har bir
transport vositasi bo’yicha taqdim etadi, unga quyidagi hujjatlarning
nusxalari ilova qilinadi:
a)
transport vositasini boshqarishga qo’yilgan sug’urta
qildiruvchi
— jismoniy shaxsning va boshqa shaxslarning pasporti
yoki boshqa shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasi (fotosurati va
ro’yxatga olinganlik to’g’risidagi oxirgi yozuv qayd etilgan varaqlari);
b)
transport
vositasining
texnik
pasporti
(schyot-
ma’lumotnomasi) yoki uning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi
to’g’risidagi guvohnoma (transport vositasining oldi-sotdi (almashish,
hadya qilish) shartnomasining nusxasi);
v) transport vositasini boshqarishga berilgan ishonchnoma
yoxud ushbu transport vositasiga egalik huquqini tasdiqlovchi
boshqa hujjat
— agar majburiy sug’urta shartnomasi transport
vositasini boshqarishga faqat muayyan shaxslargina boshqarishga
qo’yilishi sharti bilan tuzilgan bo’lsa (transport vositasini
boshqarishga qo’yilgan barcha shaxslar uchun, transport vositasi
egasidan tashqari);
g) transport vositasini bo
shqarishga qo’yilgan barcha
shaxslarning
haydovchilik
guvohnomasi
yoki
barcha
haydovchilarning
transport
vositasini
boshqarish
huquqini
tasdiqlovchi boshqa hujjatlar
— transport vositasini boshqarishga
faqat muayyan shaxslar qo’yilishi sharti bilan majburiy sug’urta
shartnomasi tuzilgan taqdirda;
d) sug’urta qildiruvchi — jismoniy shaxslarning sug’urta
mukofoti bo’yicha siylov olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar
toifasiga tegishliligini tasdiqlovchi (guvohnoma, ma’lumotnomalar va
shu kabilar) hujjatlar (aga
r bo’lsa).
Sug’urta qildiruvchi sug’urtalovchiga taqdim etilayotgan
ma’lumotlar va hujjatlarning to’liqligi va haqiqiyligi uchun javobgar
hisoblanadi.
Sug’urta puli majburiy sug’urta shartnomasida milliy valyutada
ko’rsatiladi. Majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta
Суғурта суммаси
Жабрланувчининг ҳаёти ва
соғлигига зарар етказилганда
тўланадиган сумманинг энг
юқори миқдори – суғурта
суммасининг 65,0 гача миқдорга
тенг
Жабрланувчининг мулкига зарар
етказилганда тўланадиган
сумманинг энг юқори миқдори –
суғурта суммасининг 35,0 гача
миқдорга тенг
mukofotining miqdori hukumat qarori bilan tasdiqlangan sug’urta
tariflariga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Hozirgi paytda transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha sug’urta summasining
eng yuqori miqdori 12,0 mln.so’mga teng qilib belgilangan. Uning 35
foizgacha bo’lgan qismi yo’l-transport hodisasi sodir bo’lishi
natijasida jabrlanuvchining
– yuridik yoki jismoniy shaxsning mulkiga
etkazilgan zararni qoplash uchun sarflanadi.
Sug’urta
summasining
65
foizgacha
bo’lgan
qismi
jabrlanuvchining hayoti va sog’ligiga etkazilgan zararni qoplash
uchun to’lanadi. Buni yuqorida keltirilgan chizmada yaqqol ko’rsatish
mumkin.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug’urta qilish bo’yicha sug’urta mukofotini hisoblashda tarif stavkasi
quyidagilarni e’tiborga olgan holda o’zgaradi:
transport vositasining turi;
transport vositasining yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli
ekanligi;
transport vositasi harakatlanadigan (ro’yxatga olingan) xudud;
oldingi davrlarda sug’urta hodisalarining sodir bo’lganligi yoki
bo’lmaganligi;
haydovchining yoshi;
transport vositasidan mavsumiy foydalanish;
haydovchining staji.
Masalan, Toshkent shahrida davlat ro’yxatidan o’tgan va shu
xududda harakat qiladigan dvigatel hajmi 1200 kub. santimetrgacha
bo’lgan jismoniy shaxslarga tegishli engil avtomashinalar uchun
bazaviy tarif stavkasi 0,4 foizni tashkil eta
di. Sug’urta summasining
eng yuqori miqdori 12,0 mln.so’m etib belgilangan. Demak, bazaviy
stavka 48,0 ming so’mga teng. Mashina Toshkent shahrida harakat
qilganligi uchun unga 1,4 koeffitsent qo’llaniladi va natijada sug’urta
summasi 67,2 ming so’mga teng bo’ldi. Agar, haydovchining staji 5
yildan ortiq bo’lsa, u holda unga 1,0 koeffitsent qo’llaniladi, ya’ni
sug’urta mukofoti o’zgarmasdan qoladi.
Jabrlanuvchilarga zarar etkazilishiga olib kelgan yo’l-transport
hodisasi ishtirokchisi bo’lgan sug’urta qildiruvchi (fuqarolik
javobgarligi majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalangan
boshqa shaxs) mazkur hodisaning boshqa ishtirokchilari talabiga
ko’ra ularga ushbu transport vositasi egalarining fuqarolik
javobgarligi
sug’urtalangan
majburiy
sug’urta
shartnomasi
to’g’risidagi ma’lumotlarni xabar qilishi shart.
Sug’urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug’urta
shartnomasi bo’yicha sug’urtalangan boshqa shaxs) yoki uning
vakolatli vakili sug’urta hodisasi sodir bo’lganda:
-jabrlanuvchiga
(uni
ng
merosxo’rlariga
yoki
huquqiy
vorislariga) yo’l-transport hodisasi kunidan boshlab uch kalendar
kundan kechiktirmay sug’urta polisining nusxasini topshirishi;
-
davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining etib
kelishini kutishi, imkoni boricha
yo’l-transport hodisasi guvohlarining
familiyasi va manzilini yozib olishi;
-
darhol, yo’l-transport hodisasidan keyin 72 soatdan
kechiktirmay, sodir bo’lgan hodisa haqida yozma shaklda, sug’urta
polisining nusxasini ilova qilgan holda sug’urtalovchiga (uning
filialiga) yo’l-transport hodisasi sodir bo’lgan joydagi va transport
vositasi ro’yxatdan o’tkazilgan joydagi davlat yo’l harakati xavfsizligi
xizmatiga bildirishi kerak. Bildirishnomada hodisaning xususiyati,
sodir bo’lgan payti, ko’rilishi taxmin qilingan zararning miqdori, yo’l-
transport hodisasiga aloqador barcha shaxslarning, shu jumladan
taxmin qilingan da’vogarlarning nomlari va manzillariga taalluqli
axborot imkon qadar to’liq hajmda, shuningdek sug’urta qildiruvchi
hodisa haqida ilk marotaba qa
y tarzda xabardor bo’lganligi va
sug’urta qildiruvchining nega hodisani talabnoma bildirishga sabab
bo’lishi mumkin deb hisoblashiga oid tafsilotlar majburiy tartibda
ko’rsatilishi kerak;
-
sug’urtalovchiga sug’urta hodisasi munosabati bilan unga
nisbatan qo’yilayotgan barcha talablar yoki unga qarshi boshlangan
sud muhokamasi to’g’risida darhol xabar qilishi, zarar etkazilishi
holatlari to’g’risidagi barcha ma’lumotlarni va vakolatli organlardan
olingan, sug’urta hodisasining sabablari hamda oqibatlarini,
zararning xususiyati va miqdorini belgilash uchun zarur bo’lgan
hujjatlarni sug’urtalovchiga taqdim etishi;
zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish yuzasidan mumkin
bo’lgan barcha choralarni ko’rishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |