25.3. U
y xo’jaliklari daromadlari
Ma’lum bir davrda uy xo’jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi
pul mablag’lari summalari ularning daro-madlari deyiladi. Bunday
daromadlar turli shakllarda namoyon bo’ladi, miqdoriy va sifat
ko’rsatkichlari tizimi bilan o’lchanadi, iqtisodiy mazmuniga ko’ra turli
manba-lardan tashkil topadi.
Eng umumiy ko’rinishda, uy xo’jaliklarining jami daro-madlarini
ikki guruhga ajratish mumkin:
uy xo’jaliklarining natural shakldagi daromadlari;
uy xo’jaliklarining pul shaklidagi daromadlari.
Natural daromadlar tovar shakliga ega emas va ular o’z-o’zini
ta’minlashga mo’ljallangan uy xo’jaligi a’zolari mehnatining
natijasidan iborat bo’ladi. Ularning tarki-biga quyidagilar kirishi
mumkin:
tomorqadan olingan mahsulotlar;
uy xo’jaliklarida iste’mol qilinadigan va qishloq xo’jaligi
korxonalaridan olingan natural
to’lovlar.
Rasmiy (shakliy) belgisiga ko’ra (mablag’lar tushumining
natural shakli bo’yicha) uy xo’jaliklari daromadlarining bu guruhiga
natural shakldagi sotsial transfertlarni va ish beruvchi tomonidan
taqdim etilgan (berilgan) natural ko’rinishdagi imtiyozlarni ham
kiritish mumkin. Biroq moliyaviy nuqtai-
nazardan, bu mablag’lar uy
xo’jalik-larining o’z-o’zini ta’minlash funksiyasini ifodalovchi natural
daromadlar bo’la olmaydi va ular pul mablag’-larining defitsitligi
sharoitida kompensatsion instru-mentlar sifatida xizmat qiladi.
Umuman olganda, uy xo’jaliklarining jami daromad-larida
natural daromadlarning salmog’i uncha katta bo’lmagan qismni
tashkil etadi. Shunday bo’lishiga qaramas-dan, uning salmog’i
alohida olingan uy xo’jaliklarining an’analari, ustuvorliklari, afzal-
liklari, demografik va ijtimoiy tavsifnomalariga muvofiq ravishda
o’zgarib turishi mumkin. Shu munosabat bilan qayd etish joizki,
aholining kambag’al qatlamlari va qishloq aholisida natural
daromadlarning salmog’i an’anaviy ravishda nisbatan yuqoriroq
bo’ladi. Bir vaqtning o’zida uy xo’jaligining naturallashganligi tashqi
muhitning (masalan, urushlar davrida, tizimli transformatsiyalanish
jarayon-larida va h.k.) noqulay shart-
sharoitlariga o’ziga xos tarzda
moslashish mexanizmi ham bo’lib hisoblanadi.
Turli manbalar hisobidan uy xo’jaliklarining ixti-yoriga kelib
tushuvchi pul mablag’larining barcha summasi pul daromadlari
deyiladi. Bozor munosabatlari taraqqiy etgan sharoitda aynan pul
daromadlari uy xo’jaliklarining hayotiyligini ta’minlash va ular
rivojlanishining asosi hisoblanadi. Uy xo’jaliklari pul daromadlarini
tahlil qilishning asosi aholining shaxsiy daromadlari hisob-lanadiki,
ular quyidagi
ko’rsatkichlar yordamida hisob-lanadi:
nominal daromadlar;
ega bo’lingan daromadlar;
real daromadlar.
Uy xo’jaligi a’zolarining ma’lum davrdagi shaxsiy daromadlari
majmuining puldagi ifodasi nominal daromadlar deyiladi. Bu
ko’rsatkich soliqqa tortish darajasi va baholar dinamikasiga bog’liq
bo’lmagan holda daromadlarni tavsiflaydi. Uy xo’jaliklari nominal
daromadlarining YaIMdagi salmog’i har bir mamlakat iqti-
sodiyotining rivojlanish darajasi va ichki xususiyatlariga bog’liq
bo’lib, taraqqiy etgan mamlakatlarda uning darajasi 65-75% atrofida
tebranadi. Bir vaqtning o’zida, hisoblangan nominal daromadlar va
haqiqatda olingan nominal daromadlar o’rtasidagi farqni anglamoq
ham lozim. Ular bir-birlaridan shu davrda hisoblangan, lekin
to’lanmagan daromadlar, shuningdek, o’tgan davrlar uchun
qarzlarning qaytarilishi natijasida olingan daromadlar summasiga
farq qiladi. Ish haqi bo’yicha to’lash muddati o’tib ketgan
qarzdorlikning mavjud bo’lishi bozor iqtisodiyotiga yaqinda o’tgan
mamlakatlar uchun dolzarb muammolardan biridir.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langanidan so’ng uy
xo’jaligining ixtiyorida qoladigan daromadlarning puldagi ifodasi uy
xo’jaligining ega bo’lingan daromadi deyiladi. Bu daromad yakuniy
iste’mol
va
jamg’arish
uchun
mo’ljallangan.
Yoppasiga
hisoblanganda ega bo’lingan daromad aholining ixtiyoriga borib
tushuvchi YaIMning tegishli qismiga mos keladi. Uy xo’jaliklari ega
bo’lingan daromadlarining o’sishi aholining moliyaviy imkoniyat-larini
salohiyatli ravishda kengaytiradi, ishlab chiqarishni
rag’batlantirishning bozor mexanizmlarini faollashtiradi. Rivojlangan
mamlakatlarda uy xo’jaliklari ega bo’lingan daromadlarining
YaIMdagi salmog’i 70%ni tashkil etayapti.
Baholar darajasiga nisbatan o’zgartirilgan (korrekti-rovka
qi
lingan) ega bo’lingan daromad uy xo’jaliklarining real ega bo’lingan
daromadi deyiladi. Bu ko’rsatkich nominal daromadlarning real sotib
olish qobiliyatini o’zida aks ettiradi. Uning o’zgarishi esa, ma’lum
davrdagi ega bo’lingan daromadlar va iste’mol baholari indeksi (yoki
baholar indeksiga teskari bo’lgan pulning sotib olish qobiliyati
indeksi) o’sish sur’atlarining nisbatiga bog’liq bo’ladi. Agar
baholarning o’sish sur’ati nominal ega bo’lingan daro-madlarning
o’sish tezligidan past bo’lsa, uy xo’jaliklarining real ega bo’lingan
daromadlari o’sadi. Baholarning yuqori sur’atlarda o’sishi sharoitida
real daromadlar qisqaradi. Bu holat, o’z navbatida, aholi iste’mol
talabi va sotib olish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Bu
jarayon iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi ishbilarmonlik faol-
ligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Uy xo’jaliklarining pul daromadlari turli manbalar hisobidan
shakllanadi va ularning byudjetlariga kelib tushadi. Ularning eng
asosiylari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
mehnat haqi;
ijtimoiy
to’lanmalar;
tadbirkorlik faoliyatidan keluvchi daromadlar;
mol-mulkdan keluvchi daromadlar.
Mehnat (ish) haqining tarkibiga quyidagilar kiradi:
bajarilgan ishlar bahosi, tarif stavkalari va mansab ish haqlari
bo’yicha ish haqining hisoblangan summalari;
rag’batlantiruvchi ustama va qo’shimchalar;
ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan
bog’liq bo’lgan
kompensatsion
to’lanmalar;
mukofotlar va bir martalik rag’batlantiruvchi to’lan-malar;
har yillik va qo’shimcha mehnat ta’tillariga haq to’lash-lar;
safar xarajatlari;
berilgan maxsus kiyim-bosh va maxsus ovqatlanishning
qiymati;
va boshqalar.
Uy xo’jaliklari daromadlarining tarkibiy tuzilmasida mehnat haqi
asosiy o’rinni egallaydi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, bozor
munosabatlariga
o’tilishi bilan uy xo’jaliklari daromadlarining
tarkibida uning salmog’i biroz pasaydi. Bu mehnat munosabatlari va
moliyaviy munosabatlar tizimida sodir bo’lgan sifat o’zgarishlari bilan
bog’liqdir. Bir tomondan, qisman ish haqining o’rnini bosuvchi va
undan hayot kechirishning yagona manbai sifatidagi yuklamani olib
tashlovchi yangi imkoniyatlar (masalan, moliya sohasida) va
daromadlarning yangi manbalari (masalan, tadbirkorlik faoliyatining
kengayishi) paydo bo’ldi.
Boshqa bir tomondan esa, ishsizlik, ish haqining past darajasi,
uni tartibga solishning etarli darajada samarali bo’lmagan davlat
siyosati, xufyona iqtisodiyot hajmining o’sishi mehnatga haq
to’lashning
yashirin,
rasmiy
ravishda
hisobga
olinmagan
shakllarining paydo bo’lishiga olib keldi
138
. Iqtisodiyot tarmoqlari
(masalan, neft-gaz sanoatida ish haqining darajasi maorif va qishloq
xo’ja-ligidagi uning darajasidan bir necha barobar yuqori) va turli
mulkchilik shakllaridagi korxonalar (xususan, boshqa mulkchilik
sohalari korxonalaridagi ish haqiga nisbatan byudjet sohasining
korxonalarida ish haqi ancha past) bo’yicha ish haqining
tabaqalanishi
139
o’tkir muammoga aylan-gan.
Mehnatga haq to’lashning quyi chegarasi davlat tomonidan
o’rnatiladi va uni davlat mehnatga haq to’lashning minimal miqdori
(MHTMM) deb qayd etadi. MHTMMning tarkibiga ustamalar,
mukofotlar va boshqa rag’batlantiruvchi to’lan-malar kiritilmaydi.
Byudjet manbalari hisobidan moliya-lashtiriladigan tashkilotlar uchun
MHTMM tegishli byudjet-
lar hisobidan, boshqa sub’yektlar uchun
esa ularning o’z manbalari hisobidan ta’minlanadi.
Byudjet sohasi xodimlarining mehnatiga haq to’lash hozirgi
paytda isloh qilinmoqda. Bu narsa ushbu sohada yig’ilib qolgan
muammolar bilan (mehnatga haq to’lashning xodimlar malakasi va
ular ish
larining haqiqiy natijalari bilan kuchsiz bog’langanligi,
markazdan turib byudjet sohasi xodimlari mehnatiga haq to’lash
jarayoni ustidan to’liq nazoratni amalga oshirishning iloji yo’qligi va
boshqalar) bog’liqdir.
138
Ish haqining yashirin shakllariga quyidagilar kirishi mumkin: a) to’lov hujjatlarini rasmiylashtirmasdan turib pul
tushumlaridan to’lanmalar; b) sug’urta tizimi va banklarning depozit hisobvaraqlaridan beriladigan pul yordamlari,
kreditlar va to’lanmalar; v) xodimlarga ko’chmas mulk, uzoq muddatlarda foydalanilishi mumkin bo’lgan predmetlarni
sotib olish yo’li bilan natural shaklda beriladigan to’lanmalar; g) va boshqalar. Rasmiy statistikada mehnatga haq
to’lashning xufyona shakllarining miqdori bilvosita, balans metodi yordamida aholining pul xarajatlari va jamg’armalari
hamda rasmiy hisobga olingan daromadlar o’rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin.
139
Buning aynan shunday ekanligiga ishonch hosil qilish uchun quyidagi holatga e’tibor berishning o’zi etarli:
mamlakatimizda ayni davrda moliya-bank sohasidagi o’rtacha oylik ish haqi boshqa sohalardagi o’rtacha ish haqiga
nisbatan yuqoriroq. Shunday bo’lishiga qaramasdan, hatto shu sohaning o’zida mehnatga haq to’lash bo’yicha keskin
tebranish bo’layotganligini aniqlashimiz mumkin. Xususan, davlat mulkiga tegishli bo’lgan moliyaviy muassasalarda ish
haqining darajasi aralash va hamkorlikdagi mulkchilik shaklida bo’lgan xuddi shunday muassasalardagi ish haqidan
ancha pastdir.
Ijtimoiy to’lanmalar (sotsial transfertlar) o’zining ahamiyatiga
ko’ra uy xo’jaliklari pul daromadlarining tarkibiy tuzilmasida ikkinchi
o’rinni egallaydi. Ularni turli belgilar va asoslar bo’yicha tasniflash
(klassi-
fikatsiya qilish) mumkin. Xususan, tasniflash me’zonlari
sifatida quyidagilarni qayd etib o’tish maqsadga muvofiqdir:
iqtisodiy mazmuniga
ko’ra;
ijtimoiy to’lanmalarning shakli bo’yicha;
moliyalashtirish manbalariga
ko’ra.
Iqtisodiy mazmuniga
ko’ra ijtimoiy to’lanmalarning quyidagi
ko’rinishlari mavjud:
mehnat pensiyalari bilan bog’liq bo’lgan to’lanmalar - mehnat,
sotsial va harbiy pensiyalar;
ijtimoiy xarakterdagi to’lanmalar – kam ta’minlangan oilalarga,
bola parvarishi bo’yicha, homiladorlik va tug’ish bo’yicha);
individual
foydalanish
xizmatlari
bila
n bog’liq bo’lgan
to’lanmalar – sog’liqni saqlash, maorif, boshqa notijorat tashkilotlar
xizmatlarini
to’lash;
cheklangan harakatga ega bo’lgan to’lanmalar – ishsizlik
bo’yicha nafaqalar, stipendiyalar.
O‘zlarining shakli bo’yicha ijtimoiy to’lanmalar quyidagi
ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin:
pensiyalar
– mehnat, sotsial va harbiy pensiyalar;
nafaqalar
– kam ta’minlangan fuqarolarga nafaqalar, onalik
nafaqasi, ishsizlik bo’yicha nafaqa va boshqalar;
stipendiyalar
– oliy, o’rta-maxsus va kasbiy ta’lim, kurslar
o’quvchilariga, tayanch doktorant va doktorantlarga stipendiyalar;
imtiyozli to’lanmalar, kompensatsiyalar, subsidiyalar – uy-joy-
kommunal xizmatlariga, transport xizmatlari, sanatoriy-kurort
davolashlari va davolash vositalari bilan ta’minlash xizmatlarini
to’lash, uy-joy sotib olishga subsidiya va boshqalar;
sug’urta qoplamalari – ko’zda tutilmagan sabablar bo’yicha
sug’urta hodisasi ro’y bergandagi to’lanmalar;
moddiy yordam
– ishsizlar, qochoqlar va majburiy ko’chib
o’tganlarga bir martalik to’lanmalar va boshqalar.
Moliyalashtirish manbalariga ko’ra ijtimoiy to’lanma-larning
quyidagi ko’rinishlari bor:
barcha darajadagi byudjetlardan moliyalashtiriladigan ijtimoiy
to’lanmalar: respublika byudjetidan – urush ishtirokchilari va
nogironlarini,
jangovor harakatlar faxriylarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-
quvvatlash chora-lari; mintaqaviy va mahalliy byudjetlardan
–
mehnat faxriylari, front orti mehnatkashlarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-
quvvatlash choralari, turli xildagi ustama va
qo’shimchalar;
byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining byud-jetlaridan
moliyalashtiriladigan ijtimoiy to’lanma-lar: Pensiya fondining byudjeti
hisobidan
– mehnat, ijtimoiy pensiyalar, harbiy xizmatchilar va
ularning oilalariga pensiyalar; Ijtimoiy s
ug’urta fondi mablag’lari
hisobidan
– vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yuqotganligi uchun
nafaqalar, oilaviy va onalik nafaqalari va h.k.
korxonalarning mablag’lari hisobidan moliyalashtiri-ladigan
ijtimoiy to’lanmalar
– pensiyalarga ustamalar, pensiyaga
chiqadiganlarga bir martalik nafaqalar va bosh-qalar;
kasaba uyushmalari mablag’lari hisobidan moliyalash-
tiriladigan ijtimoiy to’lanmalar – oilaviy holatlarga ko’ra turli bir
martalik nafaqalar va boshqalar.
Yaxlit olinganda uy xo’jaliklari daromadlarining sotsial
to’lanmalar ko’rsatkichi pensiyalar, nafaqalar, sti-pendiyalar, boshqa
sotsial va sug’urta tushilmalarini o’zida birlashtiradi. Sotsial
to’lanmalarni moddiy-buyumlashgan tarkibiga ko’ra uch ko’rinishga
ajratish mumkin:
pul mablag’lari bilan yordamlashuv;
imtiyozlar;
natural ko’rinishdagi yordam.
Bu sohadagi barcha imtiyozlarni qonuniy tarzda tartibga
keltirish eng kamida quyidagi uch vazifaning echilishini ko’zda
tutadi:
imtiyozlarning taqdim etilish shakllarini o’zgartirish (natural
imtiyozlarni pul kompensatsiyalari bilan almash-tirish) va byudjet
resurslarining cheklanganligi uchun moliyalashtirilishining iloji
bo’lmagan ko’plab imtiyozlarni bekor qilish;
ob’yektiv ravishda muhtoj bo’lgan, kasbiy me’zonlari va alohida
xizmatlari belgilari bo’yicha manzilli qo’llab-quvvatlashga o’tish;
sotsial
qo’llab-quvvatlash
choralarining
moliyalashtirish
manbalarini qat’iy chegaralash.
Yuqorida keltirilgan vazifalarning bajarilishi sotsial transfertlarni
(to’lanmalarni) taqdim qilishning yangi modellariga o’tishning
samarali adaptatsion (mosla-shuvchan) shakllaridan foydalanishni
talab qiladi.
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar uy xo’jaliklari
daromadlarining tarkibiy tuzilishida navbat-
dagi muhim manba bo’lib
xizmat qiladi. Bunday daromad-larning tarkibiga xususiy biznesni
yuritish va uy xo’jali-gida to’plangan mulkning (boylikning) kamayishi
bilan bog’liq bo’lmagan holda vujudga keluvchi daromadlarning har
qanday shakllari kiradi. Bu daromadlar biznesning tashkil qilingan
(qayd etilgan korxona) va tashkil qilinmagan shakllari doirasida
vujudga keladi.
Keyingi yillarda uy xo’jaliklarining daromadlari tarkibida
mulkdan olinadigan daromadlarning salmog’i oshib borayotir.
Bunday daromadlar uy xo’jaliklarining mulkida bo’lgan moliyaviy va
nomoliyaviy noishlab chiqarish aktivlaridan foydalanish natijasida
vujudga keladigan pul daromadlaridan iborat. Bunda moliyaviy
aktivlardan olinadigan daromadlar pul mablag’larini bank omonat-
lariga, qimmatli qog’ozlarga, xorijiy valyutalar bilan operatsiyalarga
joylashtirish natijasida vujudga keladi. Nomoliyaviy noishlab
chiqarish aktivlardan olinadigan daromadlar uy xo’jaliklariga tegishli
bo’lgan uy-joy bino-lari va er uchastkalarini sotish yoki ijaraga berish
natijasida paydo
bo’ladi.
Shunday qilib,
ko’rinib turibdiki, uy xo’jaliklarining mulkdan
olinadigan daromadlari quyidagi ko’rinishlarda amal qiladi:
foizlar;
dividendlar;
rentalar.
Moliyaviy vositachilik, fond bozori, patent huquqi bozori,
xususiy mulkchilik, shu jumladan, erga bo’lgan xusu-siy
mulkchilikning rivojlanishi uy xo’jaliklari daromad-larining umumiy
summasida mulkdan olinadigan daromad-
larning yanada o’sishiga
olib kelishga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Uy xo’jaliklari turli guruhlari daromadlarining tarkibi, tarkibiy
tuzilmasi va dinamikasi bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Bunda
daromadlarning tabaqa-
lanishi juda ko’p ob’yektiv va sub’yektiv
omillar ta’siri ostida sodir bo’ladi. Ularning eng asosiylari quyidagi-
lardir:
mulkchilik omili (uning noteng taqsimlanganligi);
oilaviy sotsioiqtisodiy ahvol (oilaning kelib chiqishi,
a’zolar
soni, ijtimoiy maqomi, to’plangan boyligi;
inson kapitaliga
qo’yilmalar (ma’lumoti, malakasi, kasbiy
mahorati, ularning o’sish salohiyati).
Farovonlikning umumiy darajasiga bog’liq bo’lmagan holda
daromadlarning tabaqalanganligi barcha mamlakatlar uchun xos.
Jamiyatda jami daromadlarning taqsimlanishi-dagi notenglikni Jini
koeffitsienti (daromadlarning kontsentratsiyalashuvi indeksi) yaqqol
ko’rsatadi. Uning umumiy ko’tarilishi (yuqoriligi) jamiyatning chuqur
ijtimoiy qatlamlarga bo’linganligidan darak beradi. Ijtimoiy takror
ishlab chiqarishning o’sishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda barqaror
ijobiy
tendentsiyalarning
shakl-lanishi,
daromadlarni
davlat
tomonidan
tartibga
solish-ning
samarali
instrumentlari,
kambag’allikni ogohlantirish mexanizmlari uy xo’jaliklarida ega
bo’lingan real pul daromadlarining o’sishiga, daromadlarning
notengligi muammosini yumshatishga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |