25.2.
Uy xo’jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning
o’ziga xos xususiyatlari
Uy xo’jaligi iqtisodiy va moliyaviy qarorlarni mus-taqil ravishda
qabul qiluvchi xo’jalik yurituvchi sub’yektdir. Bir vaqtning o’zida, u
faoliyati butun uy xo’jaligining jami va uning har bir ishtirokchisining
ijtimoiy namoyon bo’lishi va rivojlanishiga xizmat qiluvchi
mikrosotsium ham hisoblanadi. Ijtimoiy-
iqtisodiy tizimdagi uy xo’jali-
gining bunday o’rni uning maqsadga yo’naltirilganligi faoliyati va u
tomonidan qabul qilinishi lozim bo’lgan qarorlarning o’ziga xosligini
belgilab beradi.
Bolalar tarbiyasi, bilim darajasining o’sishi, sog’liqni saqlash
masalalari, dam olishni tashkil eti
sh, uy xo’jaligi keksa a’zolari
to’g’risida g’amxo’rlik qilish va boshqa sotsial maqsadlar uy
xo’jaligida birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Aynan ana shular uy
xo’jaligi ichida ma’lum bir o’zaro hamkorlikning me’yorlari va
qarorlar qabul qilishning k
o’zga ko’rinmaydigan mexanizmlarini
(hayotiy tajriba, an’analar, sub’yektiv ravishda ustuvorlik berish,
jamoat-
chilik fikri va shunga o’xshashlarni) shakllantiradi. Amalga
oshirilishi uning ishtirokchilari hayotiy faoliyatini ta’minlab turish
uchun zarur b
o’lgan to’lanmagan ishlar salmog’ining ancha kattaligi
uy xo’jaligining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlaridan biridir. To’langan
va to’lanmagan ishlar ko’rinishlari o’rtasidagi nisbat tarixiy jihatdan
o’zgarib boradi va u uy xo’jaligining ijtimoiy tarkibi hamda butun
jamiyatning ijtimoiy rivojlanish darajasiga
bog’liq.
Uy xo’jaligi tomonidan moliyaviy qarorlar qabul qilinadigan
me’yorlar va qoidalar tashqi omillar ta’siri natijasida shakllanadi.
Bunday tashqi omillarga quyi-dagilar kiradi:
ijtimoiy munosabatl
arni me’yoriy-huquqiy tartibga solish;
umumiy iqtisodiy vaziyat;
tarkibiy
o’zgarishlar;
inflyatsion kutishlar;
investitsion muhit;
davlatning ijtimoiy siyosati;
va boshqalar.
Tashqi omillar moliyaviy qaror qabul qilishda institutsional
chegaralarni aniqlab
beradi. Bir vaqtning o’zida, iqtisodiy
faoliyatning sub’yekti sifatida uy xo’jaliklari maqsad va unga erishish
vositalarini tanlashda mustaqil hisoblanadilar va qabul qilingan
iqtisodiy va moliyaviy qarorlar uchun mas’uldirlar (javobgardirlar).
Uy xo’jaligining moliyaviy xatti-harakati quriladigan ichki
me’yorlar tizimi quyidagilarga bog’liq:
sotsio-madaniy muhit, xususan, sotsial holati, savod-xonlik
darajasi, uy xo’jaligidan tashqaridagi va uning ichidagi sotsial
aloqalar, dam olish shakllari va boshqa-larga;
uy xo’jaligi faoliyatining iqtisodiy va huquqiy tavsifnomasi, shu
jumladan, iqtisodiy xatti-
harakatning tipiga (o’z-o’zini ta’minlash,
hayot uchun kurash yoki rivojlanish rejimiga), tadbirkor maqomining
yuridik jihatdan rasmiylashtirilganligiga va boshqalarga;
axloqiy printsiplarga, shaxsiy salohiyatiga
– bunga fikr
yuritishning o’ziga xos xususiyatlari, risk tomon qadam tashlashga
qodirligi va h.k.lar kiradi.
Uy xo’jaligining moliyaviy qarorini resurs jihatdan ta’minlash
quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiri-ladi:
dastlabki (boshlang’ich) manbalar;
jamg’ariladigan manbalar;
joriy manbalar.
Resurslar dastlabki (boshlang’ich) manbalarining tarkibi meros
bo’yicha yoki ko’chmas mulk, naqd pullar, moliya-viy aktivlarning
hadya etilishi natijasida berilgan boyliklarning turli moddiy
shakllaridan iborat. Uy xo’jaliklarining jamg’armalari va investitsion
qo’yilma-lari resurslarning jamg’ariladigan manbasini tashkil etadi.
Resurlarning joriy manbalariga doimiy tushilma-lar (mehnat haqi,
tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar, sotsial transfertlar)
va bir martalik xarakterga ega bo’lgan pulli daromadlar (masalan,
iste’mol krediti, lotereyadagi yutuqlar) kiradi.
Kerakli fondlarni shakllantirish uchun uy xo’jaligi-ning ixtiyoriga
kelib tushuvchi pul mablag’larining barcha manbalari uy xo’jaligining
moliyaviy resurslarini tashkil etadi. Funktsional mo’ljallanganligiga
ko’ra uy xo’jalik-larining moliyaviy resurslari quyidagi tarkibiy
tuzilmaga ega bo’lishi mumkin:
joriy xara
jatlar uchun mo’ljallangan pul mablag’lari – oziq-ovqat
mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini (poyafzal,
ust-bosh) sotib olish xara-
jatlari, davriy ravishda iste’mol qilinadigan
xizmat-larning haqi va h.k.;
kapital xarajatlar uchun mo
’ljallangan pul mablag’lari – uzoq
davr foydalanishga mo’ljallangan tovarlar (mebel, uy-joy, transport
vositalari) uchun xarajatlar, uy xo’jaligi a’zolari tomonidan iste’mol
qilinadigan xizmatlarning (maorif, tibbiy xizmat ko’rsatish, sayyohlik
yo’llanmalari) haqini to’lash;
pul jamg’armalari.
Uy xo’jaliklari ma’lum davrdagi moliyaviy qarorla-rining majmui
ularning moliyaviy xatti-harakatini bel-gilab (aniqlab) beradi.
Moliyaviy qarorlarni qabul qilishda sub’yektiv motivlar, ustuvorliklar
va c
heklanmalar rolining katta bo’lganligi uchun bunday xatti-
harakat juda xilma-
xildir. Buning ustiga, uy xo’jaliklarining moliyaviy
xatti-
harakati dinamikali, tez o’zgaruvchan jarayon hisoblanadi. Shu
munosabat bilan uy xo’jaliklarining moliyaviy qarorlari miqdoriy va
sifat pozitsiyalaridan (shu jumladan, marketingli), iqtisodiyot,
sotsiologiya va sotsial psixologiya nuqtai-nazarlaridan tadqiq etiladi.
Bu narsa uy xo’jaligining jamg’arma va investitsion salohiyatini
o’rganish, uning iste’mol, qarz va kreditga oid xatti-harakatini tahlil
qilish uchun zarur. Jahon amaliyotida bunday tadqiqotlar ijtimoiy
ustuvorlik,
fikr
va
kutilmalarda
sodir
bo’layotgan
transformatsiyalanishni aniqlash maqsadida doimiy ravishda olib
boriladi.
Uy xo’jaligidagi moliyaviy qarorlar, qanday bo’lishidan qat’iy-
nazar, baribir ularning pul fondlarini shakl-lantirish va ulardan
foydalanish bilan bog’liq. Shu nuqtai-nazardan, uy xo’jaliklarining
moliyaviy qarorlari bir-
biri bilan uzviy ravishda bog’langan quyidagi
bloklarni qamrab oladi:
uy xo’jaligining daromadlarini shakllantirish;
iste’mol xarajatlarining hajmi va tarkibiy tuzil-masi (uy
xo’jaligining iste’mol fondi);
jamg’ariladigan fondlarni yaratish imkoniyati va zarurligi.
Yuqorida keltirilgan ikkinchi va uchinchi yo’nalishlar, ko’rinib
turibdiki, pul fondlaridan foydalanishga doir moliyaviy qarorlarni
qamrab oladi. Endi har bir blokka (yo’nalishga) tegishli bo’lgan uy
xo’jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning xususiyatlari
to’g’risida to’xtalib o’tamiz.
Yakuniy iste’molning manbai va xarajatlarda byudjet
cheklanmalarini aniqlab berganligi uchun uy xo’jaliklarida
daromadlarni shakllantirish jarayoni
136
printsipial jihat-dan muhim
ahamiyatga ega. Daromadlar qancha ko’p bo’lsa, uy xo’jaliklarining
moliyaviy imkoniyatlari shuncha yuqori va moliyaviy qarorlar
diapazoni shuncha keng bo’ladi. Moliyaviy qarorlar uy xo’jaliklarining
aktivlarini hisobga olgan holda kelgusi davr daromadlarining tarkibiy
tuzilmasini shakllantirishga ham tegishli bo’lishi mumkin.
136
Gap bu erda uy xo’jaliklarining sof daromadi, ya’ni soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langanidan keyingi
daromadi xususida ketayapti. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash bo’yicha moliyaviy qarorlar uy
xo’jaliklarining vakolatiga kirmaydi va ular mavjud me’yoriy-huquqiy bazasiga (asosga), aholining ijtimoiy madaniyati
va fuqarolik majburiyatlariga bog’liq bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo’jaliklarining daromadlarini
shakllantirish bo’yicha moliyaviy qarorlar qabul qilish asosida
mulkchilik munosabatlari yotadi. Ishlab chiqarish omillariga nisbatan
bo’lgan
mulkchilik
daromadlarni
funktsional
(birlamchi)
taqsimlanishini aniqlab beradi va uy xo’jaliklari moliyaviy
salohiyatining o’sishi uchun iqtisodiy asos bo’lib xizmat qiladi. Bir
vaqtning o’zida daromadning funktsional taqsimlanishi yollanib
mehnat qiluvchi shaxs va kapital egasining sotsial maqomi bir tarzda
(bir xilda) identifikatsiya qilingan sharoitdagina uni fuqarolar
o’rtasida real taqsimlanishini ifodalaydi. Chunki zamonaviy iqtisodiy
tizimlarning o’ziga xos xususiyati sotsial maqomning aralashib
(qorishib) ketganligi bilan xarakterlanadi. Unga ko’ra, yollanma
ishchilar qimmatli qog’ozlarning turli ko’rinishlarini egallab,
kapitalning egasiga aylanishi, ko’chmas mulkka ega bo’lib, o’zining
biznesini tashkil qilishi mumkin. Boshqacha so’zlar bilan aytganda,
uy xo’jaliklari darajasida daro-madlarni shakllantirish bo’yicha
moliyaviy qarorlar quyidagilarga bog’liq bo’ladi:
mol-mulk va undan foydalanish (buyumlashgan yoki pul
shaklida) imkoniyatining mavjudligiga;
uy xo’jaligi ishtirokchilari ish vaqti fondining taqsimlanishiga –
uy xo’jaligi a’zolari ishlovchilarining soni, ularning ish joylari, ish vaqti
rejimi va h.k.;
uy xo’jaligi a’zolarining tashabbuskorligiga, faolli-giga va inson
kapitalidan foydalanishga;
uy xo’jaligi faoliyat ko’rsatadigan tashqi muhitga.
Daromadlarni shakllantirish omillari va baholarning darajasi bu
yerda
cheklanmalar
sifatida
amal
qiladi,
ya’ni
iste’mol
tanlanmasining y
o’l qo’yilishi mumkin bo’lgan variantlari majmuini
belgilab beradi. Ana shu nuqtai-
nazardan uy xo’jaliklarining iste’mol
fondi minimal va ratsional iste’mol byudjetlari yoki yanada detallash-
tirilgan tarzda quyidagicha klassifikatsiya qilinishi mumkin:
hayotiy minimum byudjeti;
minimal iste’mol byudjeti;
optimal iste’mol byudjeti.
Hayotiy minimum byudjeti o’z ichiga uy xo’jaligi a’zolarining
minimal, odatda, fiziologik ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan
oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovar-lari va xizmatl
ari to’plamini qamrab
oluvchi iste’mol savatchasi asosida aniqlanadi.
Minimal iste’mol byudjeti uy xo’jaligi a’zolarining nisbatan
kengroq bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi va
iste’molning tiklanuvchi darajasini ta’min-laydi.
Opt
imal iste’mol byudjeti esa uy xo’jaligi doirasida inson
kapitalini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash va
rivojlantirishga moliyaviy imkoniyat yaratadi. Chunki bu byudjet
insonning faqat zaruriy ehtiyojlarini emas, balki undan ham
yuqoriroq
bo’lgan ehtiyojlarini qondiradi. Optimal iste’mol byudjetini
quyidagi ikki darajadagi byudjetlarga ajratish mumkin:
o’rtacha darajadagi etarlilik byudjeti;
yuqori darajadagi etarlilik byudjeti.
Iste’molga xarajatlarning har qanday ko’rinishi
va uning
umumiy hajmiga oid har qanday moliyaviy qarorlar uy xo’jaliklari
ma’lum ko’rinishdagi byudjetlari doirasidagi ratsional tanlashga
asoslanadi. Agar uy xo’jaligining daromadi faqat hayotiy minimumni
qoplashga etadigan bo’lsa, u holda moliyaviy qarorlar uy xo’jaligi
iste’mol fondini minimallashtirishga va bir vaqtning o’zida
daromadlarning yangi manbalarini qidirib topishga hamda hayot
kechirishning
moslashtirilgan mexanizmlarini (o’z-o’zini ta’minlash,
ikkilamchi bandlik, qarindoshlar va davlatning yordami, mayda-
chuyda savdo va boshqalar) “yoqish”ga qaratilgan bo’lishi kerak.
Daromadlarning o’sishi bilan iste’molning hajmi oshadi va uning
tarkibiy tuzilmasi o’zgaradi. Biroq, bu holda ham iste’molning o’sish
sur’atlari daromadning o’sish sur’atlaridan pastligicha qolaverishi
lozim. Bunday qonuniyat iqtisodiy adabiyotda J.M.Keyns
137
tomonidan ifodalangan “asosiy psixologik qonun” nomini olgan.
Moliyaviy qarorlarda bu uy xo’jaligi iste’mol fondi va jamg’armalar
yo’nalishini optimal-lashtirish tendentsiyasi sifatida namoyon bo’ladi.
Jamg’ariladigan fondlarni shakllantirish bo’yicha uy
xo’jaliklarining moliyaviy qarorlari ishlab chiqilib, qabul qilinayotgan
paytda quyidagilar hisobga olinishi kerak:
ega bo’lingan daromad pasaygan paytda joriy iste’-molning
odatdagi darajasini saqlab turish uchun sug’urta rezervlari
yaratishning zarurligi;
uzoq muddatga foydalanishga mo’ljallangan qimmat turuvchi
predmetlarni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan kapital xarajatlar
darajasini oshirish uchun pul rezerv-larini yaratish kerakligi;
pensiya rezervlarining lozimligi;
137
Qarang: Keyns Dj.M. Obshchaya teoriya zanyatosti, protsenta i deneg. – M., 1999. s.96.
uy xo’jaligining daromadlilik darajasini oshirish maqsadida
kelgusida
investitsiyalashtirish
uchun
pul
fondini
vujudga
keltirishning zarurligi.
Daromadlar va ustuvor yo’nalishlarni shakllantirish hamda
ulardan
foydalanishda
umumiqtisodiy
o’lchamlardan
(parametrlardan) tashqari uy xo’jaligining iste’mol va moliyaviy xatti-
ha
rakatida, jamg’ariladigan fondlarni yaratishda sotsial va psixologik
jihatlar muhim rol o’ynaydi. Ularga quyidagilar kiradi:
davlat va moliyaviy institutlarga nisbatan
bo’lgan ishonch
darajasi;
o’tmishdagi (oldingi yillardagi) moliyaviy xatti-harakat tajribasi
va uning sub’yektiv bahosi;
asosiy moliyaviy instrumentlarni bilish;
qo’yilmalarning imkoniyatlari to’g’risida ma’lumotlarga egalik
qilish.
Jamg’ariladigan fondlarni shakllantirish bo’yicha uy xo’jaliklari
moliyaviy xatti-
harakatlarining o’ziga xos xususiyatlari jamg’arma
strategiyalarining elementlari va turlarini ajratib ko’rsatishga imkon
beradi. Uy xo’ja-ligining har qanday jamg’ariladigan strategiyasi
mustaqil bo’lgan uch komponetdan tarkib topadi:
jamg’arish me’yori, ya’ni uy xo’jaligi jami daromadining
jamg’arishga yo’naltiriladigan ulushi asosida jamg’arishning amalga
oshirilishi;
risk va daromadlilikning diversifikatsiyalanish miq-dorlarini
hisobga olgan holda investitsion instrumentni tanlash;
pul mablag’larini joylashtirish muddatlari.
Y
uqoridagi ko’rsatkichlarning kombinatsiya qilinishi uy
xo’jaligining jamg’arish strategiyasini belgilab beradi. Uning
quyidagi turlari bo’lishi mumkin:
“0”li strategiya – jamg’arish amalga oshirilmaydi, barcha
daromadlar joriy ehtiyojlarni qondirishga
yo’naltiriladi;
yuqori risk strategiyasi
– qo’yilmalar faqat yuqori riskli moliyaviy
aktivlarga
yo’naltiriladi;
real strategiya
– mablag’lar past va bo’lishi mumkin bo’lgan
riskli aktivlarga qo’yiladi, risklar diversifikatsiya qilinadi.
Uy xo’jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga,
shuningdek, bank tizimi va moliyaviy bozor-larning rivojlanganlik
darajasi, ya’ni tashqi muhit ham keskin ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Bunda qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalar, bank
operatsiyalari, pensiya ta’minoti, sug’urta ishi va shu kabilarning
huquqiy jihatdan ta’minlanganlik darajasi ham muhim rol o’ynaydi.
Hozirgi paytda turli moliyaviy instrumentlarning daromadlik
darajasida bir-birlariga yaqinlashish tenden-
tsiyasi paydo bo’layapti.
Bu qo’yilmalar riskini pasaytirish va moliyaviy aktivlar portfelining
barqarorligini oshirish maqsadida uy xo’jaliklari aktivlari portfelini
diversifikatsiyalashga asoslangan real jamg’arish strategiyasining
shakllanganligida namoyon bo’lmoqda.
Dostları ilə paylaş: |