lozim. Eng avvalo, “uy xo’jaligi” aniqlilik darajasining “oila”ga
nisbatan kamroq darajada cheklangan
xarakterga ega ekan-ligini
qayd etib o’tmoq kerak. Masalan, o’zlarining o’g’il-lariga tegishli
bo’lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy xo’jaligining
a’zolari bo’lsalar-da, uning oilasi bo’la olmaydi. Xuddi shuningdek,
bir xonani ijaraga olgan talaba uy-
joy egasining uy xo’jaligi tarkibiga
kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kira olmaydi va h.k. Boshqacha
aytganda, uy xo’jaligi qarindosh bo’lmaganlarni ham o’z ichiga olishi
yoki bir kishid
an (shaxsdan) iborat ham bo’lishi mumkin.
Yuqorida bayon etilgan holatlarni inobatga olgan holda
ta’kidlash joizki, uy xo’jaligining iqtisodiy
mazmunini tushunishda
oilaviy aloqalar asosiy omil bo’la olmaydi. Buning ustiga, uy
xo’jaligining miqdoriy tarkibi ham o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga
ega. Bu xususiyatlar, eng avvalo, shu bilan belgilanadiki,
birgalikda
yashayotgan va umumiy xo’jalikni yuritayotgan shaxslar guruhi ham
va bir vaqtning o’zida, o’zining iste’molini mustaqil ravishda ta’min-
layotgan
yagona bir shaxs ham uy xo’jaligi bo’lib hisoblanishi
mumkin. Uy xo’jaligini xo’jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va
moliyaviy birligi sifatida ajratilishi quyidagi me’zonlar asosida amalga
oshirilmog’i lozim:
birgalikda (bir joyda) yashash;
umumiy byudjetning mavjudligi;
iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish.
Uy xo’jaliklari moliyasi moliyaviy tizimning muhim elementi
hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo’jaliklarida iste’mol
maqsadlari va jamg’arish uchun pul mablag’lari fondlarini
shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli bo’lgan
iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ana shuni e’tiborga
olgan holda uy xo’jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish
mumkin:
Dostları ilə paylaş: