tomondan qarzning berilishi bo’lsa boshqa tomondan esa,
uning
qaytarilishi va foizlarning to’lanishi namoyon bo’ladi. Shunday qilib,
mazkur oqimlar asosida moliyaviy resurslarning mamlakatlar
o’rtasidagi xarakati yuzaga keladi. Ularning taqsimlanishi bir
tomondan valyuta kurslari asosida ikkinchi tomondan esa, bojxona
tariflari asosida boshqariladi.
Moliyaviy resurslar xalqaro moliya tashkilotlari va institutlari
faoliyati jarayonida shakllanadi va foyda-laniladi. Mazkur institutlar
va
tashki
lotlar davlatlararo tuzilmaga ega bo’lib muayyan
funksiyalarni bajaradi. Ularning moliyaviy ta’minoti umumlashgan
(masalan, BMT byudjeti) yoki maqsadli (aniq dasturlar va tadbirlar
uchun mo’ljallangan) fondlar orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy resurslarning muayyan qismini xalqaro darajada
markazlashuvi jahon xo’jaligi ehtiyojlarini ta’minlaydi, bunday
resurlarni shakllantirishning iqtisodiy shart-
sharoitlari bo’lib, iqtisodiy
integratsiyaning kuchayishi, turli sohalardagi xalqaro loyiha va
dasturlarni amalga oshirishda
mamlakatlarning ishtiroki, kredit va
savdo munosabatlarini rivojlanishi hisoblanadi.
Shunday qilib, xalqaro moliya
– bu xalqaro moliya bozori va
xalqaro
institutlar
tomonidan
shakllanishi,
taqsimlanishi
va
ishlatilishini o’z ichiga olgan moliyaviy resurslar xarakati asosida
hosil bo’lgan munosabatlar tuzilmasi bo’yicha murakkab tizimdir.
Mamlakat
davlat
moliyasining
xususiyatlari
sifatida
quyidagilarni keltirish mumkin:
–
bitta mamlakat xududidan chiqmaydi;
–
xorijiy sub’yektlarni jalb qilmaydi;
–
milliy qonunchilik asosida amalga oshiriladi;
–
mamlakat ichida amalga oshiradigan hisob-
kitoblarni o’zida
ifodalaydi.
Xalqaro moliya esa turli xildagi jihatlarni o’rganadi. Bularga:
–
iqtisodiy
kategoriya sifatida
– moliyaviy resurs-larning
fondlari bo’lib, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish asosida
tashkil etilgan hamda xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan umumiy
ehtiyojlarni qondirish va jahon darajasida ijtimoiy takror ishlab
chiqarishning renta-
belligini va uzluksizligini ta’minlash uchun
foydalaniladi.
–
institutsional jihatdan
– bu banklar, valyuta va fond birjalari,
xalqaro moliya institutlari, mintaqaviy moliya-kredit tashkilotlari,
xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlar
va birlashmalar majmui
bo’lib ular orqali jahon moliyaviy oqimlarining xarakati amalga
oshiriladi.