25.5.
Jamg’armalarni shakllantirish va ishlatish
Barcha majburiy xarajatlar amalga oshirilganidan, zaruriy
tovarlar va xizmatlar sotib olinganidan so’ng qolgan bo’sh pul
mablag’lari uy xo’jaliklarining jamg’ar-malarini tashkil etadi.
Jamg’armalar, kechiktirilgan iste’mol demakdir. Uy xo’jaliklari
jamg’armalari tashkil topishi jarayonining asosida ehtiyojning
amalda mavjud
bo’lgan darajasi va ularni qondirishning iloji yo’qligi
o’rtasidagi ziddiyat yotadi. Ehtiyojlar darajasini qondi-rishning tashqi
cheklovchisi (chegaralovchisi) tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar
ko’rsatish imkoniyatining cheklangan-ligi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti barqaror rivojlangan mamlakat-larda uy
xo’jaliklarining jamg’armalariga ham alohida rol ajratilgan. Chunki
iqtisodiy o’sish investitsiyalarning muhim manbai bo’lgan jami
jamg’armalarning darajasi bilan uzviy bog’langan. O‘z navbatida,
jamg’armalarning mavjudligi esa mamlakat boyligining belgilaridan
biridir. Jamg’arma munosabatlari sohasida quyidagi ko’p
tomonlamali aloqa-lar, manfaatlar va maqsadlar vujudga keladi va
qo’shilib ketadi:
takror ishlab chiqarish aloqalari, manfaatlari va maqsadlari.
Bunda jamg’armalar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning
muhim tarkibiy qismi sifatida maydonga chiqadi;
uy xo’jaliklari jamg’armalarining aylanishi va milliy iqtisodiyot
moliya-bank sek
torining faoliyat ko’rsatishi bilan bog’langan pul-
moliyaviy aloqalar, manfaatlar va maqsadlar;
aholi turmush darajasining o’sishiga yo’naltirilgan ijtimoiy
aloqalar, manfaatlar, maqsadlar.
Uy xo’jaliklarining jamg’armalarini shakllantirish va ulardan
foydalanish ijtimoiy takror ishlab chiqarishning hajmlari, muvozanat
va taraqqiyotning umumiy maroiqti-sodiy nisbatlari bilan belgilanadi.
Jamg’armalarning miqdoriy o’zgarishiga aholi nominal va real
daromad-
larining o’sish (kamayish) sur’atlari, inflyatsiya, yakuniy
iste’molga mo’ljallangan xarajatlarning o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi.
Uy xo’jaliklari jamg’armalarining o’sishi, ular-dan oqilona va samarali
foydalanish investitsion faollikni oshirish, iqtisodiy taraqqiyot va aholi
turmush darajasining o’sishi muammolarini hal etishga yo’nalti-rilgan
davlat makroiqtisodiy va moliya-kredit siyosatining eng muhim
vazifalaridan biri hisoblanadi.
Jamg’armalarni quyidagi turli belgilarga ko’ra tasnif-lash
mumkin:
jamg’arish(ma) jarayonining maqsadlariga ko’ra;
sabablari nuqtai-nazaridan;
jamg’armalarni to’plash shakllari bo’yicha.
Jamg’arish(ma) jarayonining maqsadlariga ko’ra jamg’ar-
malarni quyidagilarga ajratish mumkin:
joriy
jamg’arma fondlari (uzoq muddat foydalanishga
mo’ljallangan tovarlarni sotib olish);
sug’urta jamg’arma fondlari;
investitsion jamg’arma fondlari.
Jamg’armalarning joriy fondlari qisqa muddatli xarakterga ega,
naqd mablag’larni qo’shib olgan holda, yuqori likvidli aktivlarda
jamg’ariladi (to’planadi).
Sug’urta jamg’arma fondlari ko’zda tutilmagan holatlar
(vaziyatlar) va qarilik uchun mo’ljallangan jamg’armalardan iborat
bo’lib, ular uzoq muddatli hisoblanadi va ularni jamg’arish jarayoni
tugamagunga qadar kamroq likvidli bo’lishi mumkin.
Investitsion jamg’arma fondlari iste’mol ehtiyojlari uchun
mo’ljallanilmaydi. Ularning bosh maqsadi daromad keltiruvchi
aktivlarga investitsiya qilishdan iboratdir.
Sabablari nuqtai-
nazaridan uy xo’jaliklarining jam-g’armalari
motivatsiyali va motivatsiyasiz bo’lishi mumkin. Bu tasniflashga
muvofiq maqsadli jamg’armalar motivatsiyali jamg’armalar sifatida
talqin qilinadi. Biroq jamg’arma-larning sabablarini hamma vaqt ham
aniqlashning iloji bo’lmasligi mumkin. Ular ehtiyojning darajasiga
nisbatan qiyoslaganda to’lovga layoqatlilik imkoniyatining oshishi va
ishlab chiqarishning imkoniyatlari natijasida vujudga kelishi mumkin.
Bunday jamg’armalar motivatsiyasiz jamg’ar-malar deyiladi. Agar
to’lovga layoqatli talab va ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi
tizimli xarakterda bir-biriga mos kel
masa, ular majburiy jamg’armalar
nomini olishi mumkin.
To’plash (yig’ish) shakllari bo’yicha jamg’armalarni bog’-
lanmagan (tashkil qilinmagan) va bog’langan (tashkil qilin-gan)
shakllarga ajratish mumkin. Naqd pullar shaklida uy xo’jaliklari bo’sh
pul
mablarining jamg’arilishi jamg’arma-larning bog’lanmagan
(tashkil qilinmagan) shakli hisobla-
nadi. Agar jamg’armalarni yig’ish
moliyaviy bozor instru-mentlariga joylashtirish, shu jumladan, bank
omonatlari va boshqa investitsion institutlari yordamida amalga
oshirilsa, uy xo’jaliklari jamg’armalarining bunday shakli bog’langan
(tashkil
qilingan)
jamg’armalar
deyiladi.
Jamg’armalarning
bog’lanmagan (tashkil qilinmagan) shakl-lari ustuvor tarzda pulli
shaklda bo’lsa, ularning bog’langan (tashkil qilingan) shakllari turli
quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin:
mablag’larni ishlab chiqarishga to’g’ridan-to’g’ri (bevo-sita)
joylashtirish (masalan, korxonalarning aktsiyalari, obligatsiyalari va
ishtirok etish salmog’ini sotib olish shaklida, ko’chmas mulk sotib
olish va boshqalar);
mablag’larni ishlab chiqarishga bilvosita joylash-tirish. Bunda
mablag’larni to’plash va ularni joylashtirish bilan ixtisoslashtirilgan
moliyaviy institutlar shug’ulla-nadi. Bunga misol tariqasida davlat
qimmatli
qog’ozlarini sotib olish, bank depozitlari, investitsion
fondlarning hissasini (ulushini) sotib olish va boshqalarni ko’rsatish
mumkin.
Hozirgi paytda uy xo’jaliklarida mablag’larni jamg’a-rish
jarayoni, ma’lum darajada, ziddiyatli hisoblanadi. Bir tomondan,
keyingi yillarda unda ba’zi bir ijobiy tendentsiyalar ko’zga
tashlanayaptiki, xususan, ular quyida-gilarda namoyon
bo’layapti:
keyingi yillar davomida uy xo’jaliklariga tegishli bo’lgan
moliyaviy aktivlarning absolyut o’sishi bir necha martaga oshdi;
bo
g’langan (tashkil qilingan) jamg’armalar absolyut va nisbiy
jihatdan ham o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan;
mamlakatda tegishli investitsion muhit mavjud bo’lsa,
jamg’armalarga ega bo’lgan va ularni investitsiyalarga joylashtirishi
mumkin bo’lgan uy xo’jaliklarining guruh-lari shakllandi;
uy xo’jaliklari jamg’armalarini investitsiyalarga transformatsiya
qiluvchi (aylantiruvchi) moliyaviy instru-mentariylar (vositalar,
dastaklar) kengaymoqda: ipoteka-viy kreditlashtirish rivojlanayapti;
investitsion
fondlar
,
nodavlat
pensiya
fondlari,
sug’urta
kompaniyalari faol faoliyat
ko’rsatayapti;
tijorat banklari (shu jumladan, “Xalq banki” va boshqa banklar)
o’rtasidagi raqobatning kuchayishi aholi mablag’-larini jalb qilish
shakllari va metodlarining rivoj-lanishiga
o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatdi:
taqdim etiladigan xizmatlar doirasi (spektri) kengaydi, omonatlarning
yangi turlari yaratildi va boshqalar;
jismoniy shaxslar omonatlarini qisman kompensatsiya qilishni
ko’zda tutuvchi xususiy (shaxsiy) omonatlarni majburiy sug’urta
qilish tizimining yaratilishi bank tuzilmalariga bo’lgan ishonchning
o’sishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi va uy xo’jaliklari jamg’armalar
bog’langan (tashkil qilingan) shakllarining imkoniyatlarini kengay-
tiradi;
jamg’arma
jarayonlarida
foydalaniladigan
moliyaviy
instrumentlar daromadlik darajasining bir-biriga yaqinlashuvi yangi
moliyaviy piramidalarni yaratish yo’liga to’siq bo’lib xizmat qiladi.
Bir vaqtning o’zida jamg’armalar hamon o’zlarining investitsion
salohiyatini to’liq amalga oshirmayapti va uy xo’jaliklari
daromadlarining qo’shimcha manbalariga to’liq aylanmayapti.
Buning ustiga hozirga qadar uy xo’jaliklari jamg’arma fondlarining
o’sishi iste’mol fondi hisobidan, ya’ni daromadlar tarkibiy
tuzilmasining sifat jihatidan
o’zgarishi natijasida emas, balki
iste’molning iqtisod qilinishi hisobidan amalga oshirilayotir.
Jamg’arish jarayonining sog’lomlashtirilishi (normal-lashuvi)
iqtisodiyot va ijtimoiy soha rivojlanishini muvozanatlashtirish
(balanslashtirish) va ularning barqa-
rorligini ta’minlash bilan uzviy
bog’langan. Bu narsa, o’z navbatida, ishlab chiqarish va iste’mol,
daromadlarni taqsimlash va ulardan foydalanish, moliya va pul
muomalasi sohalaridagi saqlanib qolgan nomutanosiblik-larga
barham berilishini taqozo etadi.
Hozirgi sharoitda uy xo’jaliklari jamg’armalari mexa-nizmini
takomillashtirish quyidagi bir necha yo’nalish-lar orqali amalga
oshirilishi kerak:
aholi real daromadlari va sotib olish qobiliyatining o’sishini
ta’minlash. Bu narsa uy xo’jaliklari jamg’arma-larga nisbatan
moyilligining o’sishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi;
mablag’larni investitsion jarayonlarga jalb qilish uchun
valyutalarni sotib olishga xarajat qilinadigan jamg’arma-larning
bog’langan (tashkil qilingan) shakllari rolini ko’tarish va moliyaviy
oborotga (aylanmaga) “aholi qo’lidagi pullarning o’sishi” moddasi
bo’yicha mablag’larni kiritish;
jamg’armalarni
investitsion
resurslarga
aylantira-digan
(transformatsiya
qiladigan)
institutlar
va
instru-mentlarni
rivojlantirish.
Buning
uchun
bank
va
moliya
xizmatlarini
diversifikatsiya qilish va kengaytirish, eng avvalo, badalli investitsion
fondlar va sug’urta kompaniyalari singari jamoa investorlari
institutlari rivojlanishini yangi sifat darajaga o’tkazish, korporativ
obligatsiyalar bozorini shakllantirish kerak va h.k.;
yaxlit olgan holda investitsion iqlimni va jamg’arma-lar
bozorining investitsion muhitini yaxshilash. Bu yo’nalish bo’yicha
investitsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish va
rag’batlantirishning roli yuqori bo’lmog’i lozim.
Dostları ilə paylaş: |