qiladi. Birinchidan, bu soliqlar mamlakat byudjet tizimining turli
byudjetlari darajalarida daro-
madlarning etarli tushishini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, jismoniy shaxslarning daromad-laridan olinadigan soliq-
lar daromadlardan ratsional foydalanishni rag’batlanti-rish va ularni
shakllantirish yo’llari bilan uy xo’jaliklari byudjetlarining tarkibiy
tuzilmasiga o’z ta’sirini ko’rsa-tadi. Uchinchidan, soliqlar vositasida
daromadlarning bir qismi jamiyat va uy xo’jaliklarining sotsial
muammolarini yechish uchun qayta taqsimlanadi.
Amaldagi
qonunchilikka
muvofiq
mamlakat
fuqarolari
daromadlaridan, mol-
mulkidan (shu jumladan, yer solig’i va er
uchun ijara haqi) soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va yig’imlar
(masalan, ma’muriy jarimalar, jismoniy shaxs-lardan olinadigan
xilma-
xil mahalliy yig’imlar) va davlat bojlarini to’laydi. Bir vaqtning
o’zida, uy xo’jaliklarining real daromadlariga, aholi daromadlari va
xarajatla-
rining balansida majburiy to’lovlar sifatida hisobga
olinmaydigan egri (bilvosita) soliqlar ham o’zining ta’sirini ko’rsatadi.
Chunki bu soliqlar (aktsizlar, qo’shilgan qiymat solig’i, bojxona bojlari
va boshqalar) tovar bahosining tarkibida bo’lib, ular tovar sotib
olinayotganda to’lanadi. Tovarlar bahosining darajasini faqat egri
(bilvosita) soliqlar
oshirib qolmasdan, balki ayrim to’g’ri (bevosita)
soliqlar (yagona ijtimoiy soliq, korxonalarning foydasidan olinadigan
soliq, tashkilotlarning mol-mulkidan olinadigan soliq va boshqalar)
ham oshiradiki, ular ham qisman yoki to’liq tovarlar bahosi orqali
kompen-satsiya qilinadi.
Aholi daromadlari va xarajatlari balansi xara-jatlar qismining
boshqa moddalari (“omonatlar va qimmatli qog’ozlardagi
jamg’armalarning o’sishi”, “xorijiy valyutalarni sotib olish bo’yicha
aholi xarajatlari” va boshqalar) jamg’arish jarayoni doirasida uy
xo’jalik-larining moliyaviy munosabatlarini aks ettiradiki, ularning
o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari ushbu bobning navbatdagi
paragrafida ko’rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: