26.4. Valyuta kursi va valyuta bozorlari Valyuta ayirboshlash kursi mamlakat iqtisodiyotini boshqa
mamlakatlar bilan bog’lovchi asosiy omillardan biridir.
Bir valyutaning boshqa valyuta birligidagi bahosi valyuta kursi
deb ataladi. U mamlakat iqtisodiyotiga, hatto aholining turmush
tarziga ham ta’sir ko’rsatadi. Buning sababi shundaki, birinchidan,
valyuta kursining o’zgarishi mamlakat eksport tovarlarining
raqobatbardoshlik darajasiga ta’sir qiladi, ikkinchidan, milliy valyuta
almashuv kursining pasayishi import tovarlari va xizmatlarining milliy
valyutadagi bahosining oshishiga olib keladi va shuning asosida
aholi xarid quvvatiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi.
Valyuta yoki ayriboshlash kursi ma’lum bir mamlakatni tashqi
dunyo bilan bog’lab turadi, shuningdek milliy iqtisodiyot holatini
tashqi dunyo bilan taqqoslash, xalqro iqtisodiy operatsiyalar
samaradorligini
baholash
imkonini
beradi.
Valyuta
kursi
mamlakatning joriy iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy holati va istiqboldagi
rejalari to’g’risidagi barcha ma’lumotlarni o’zida mujassam etadi.
Iqtisodiyoti nisbatan ochiq mamlakatlar uchun valyuta kursi muhim
ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Chunki uning iqtisodiyotga bevosita
yoki bilvosita ta’sir etishi, valyuta kursidagi keskin o’zgarishlar esa,
milliy iqtisodiyotda inqirozli holatlarni yuzaga keltirishi mumkin.
Xususan, valyuta kursining o’zgarishi mamlakatdagi umumiy talab
hajmiga, narxlar darajasiga, foiz stavkalar o’zarishiga, mamlakat
ichidagi daromadlar taqsimotiga, va iqtisodiyotning boshqa
sohalariga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Valyuta kursi inflyatsiyani hisobga olishiga ko’ra nominal va
real almashuv kurslariga bo’linadi.