26.3.
Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya
munosabatlarining roli va ahamiyati
Jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayoni xalqaro moliya
munosabatlarining rivojlanish evolyutsiyasi bilan uzviy bog’liqdir.
Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo’jaligining shakllanishi
jarayonida alohida o’rin tutadi.
Xalqaro moliya munosabatlari asta-sekin
jahon xo’ja-ligining
tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro moliya
munosabatlarini
jahon
xo’jaligining
rivoj-lanishi
natijasida
shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin.
Jahon xo’jaligi – bozor iqtisodiyotining ob’yektiv qonuniyatlariga
bo’ysunuvchi xalqaro moliya munosabatlari orqali o’zaro bog’liq
milliy iqtisodiyotlar yig’indisi sifatidagi global iqtisodiy tizimdir.
Jahon xo’jaligining barqaror rivojlanishida alohida olingan milliy
iqtisodiyotlar holati muhim o’rin tutadi. Chunki, milliy iqtisodiyotlar
jahon iqtisodiyotining asosiy sub’yekti hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida uning tashqi dunyo bilan
aloqalari holati, mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi
ishtiroki muhim o’rin tutadi. Mamlakat-ning xalqaro moliya
munosabatlaridagi
ishtirokining
kuchayishida
xalqaro
moliya
munosabatlarini amalga oshirish mexanizmlarini samarali tarzda
tashkil etish bilan uzviy bog’liqdir.
Ta’kidlash joizki, xalqaro moliya munosabatlarining predmeti
ikkita muhim tarkibiy qismni o’ziga qamrab oladi, ya’ni xalqaro
moliyaviy munosabatlar va ularni amalga oshirish mexanizmi.
Ma’lumki, mamlakatlar o’rtasidagi xalqaro moliya munosabatlari
muayyan mexanizm orqali amalga oshiriladi, bunda xalqaro
tashkilotlar tomonidan belgi-
langan me’yoriy normalar, davlatlararo
darajadagi shart-
noma va bitimlar, mamlakatlar o’rtasida o’zaro
qabul qilingan kelishuvlarga amal qilinadi.
Xalqaro moliya munosabatlari mexanizmiga huquqiy normalar
va ularni amalga oshirish vositalari (shartnomalar, kelishuvlar,
bitimlar,
rezolyutsiya
va
konventsiya)
xalqaro
iqtisodiy
munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan yo’l-yo’riqlarni amalga
oshirishni muvofiqlashtiruvchi xalqaro moliya tashkilotlari kiradi.
Xalqaro moliya munosabatlari
jahon xo’jaligi tizimida tez-tez
takrorlanib turuvchi turli xil darajadagi kompleks, alohida olingan bir
mamlakat va ularning hududiy birlashmalari va sub’yektlari, alohida
tashkilotlar o’rtasidagi aloqalarni o’z ichiga oladi.
Xalqaro moliya munosabatlari tuzilmaviy jihatdan quyidagilarni
o’rganishni taqozo etadi:
–
xalqaro valyuta munosabatlari;
–
xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar;
–
xalqaro savdo munosabatlari;
–
investitsiyalar va kapitalning xalqaro harakati;
–
mamlakatlar to’lov balanslarini boshqarish;
–
xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
–
xalqaro moliya tashkilotlari faoliyati va boshq.
Xalqaro moliya munosabatlarining ob’yektiv asosini xalqaro
mehnat taqsimoti va jahon xo’jaligi hamda undagi iqtisodiy aloqalar
tizimi tashkil qiladi. Hozirgi zamon j
ahon xo’jaligi milliy iqtisodiyotlar
yig’indisidan iborat bo’lgan global iqtisodiy tizim bo’lib, bozor
iqtisodiyotining ob’yektiv qonunlariga, xalqaro mehnat taqsimotiga,
ishlab chiqarish va kapitalning xalqaro harakatiga muvofiq tarzda
o’zgarib boradi.
Xalqaro
moliya
munosabatlari
rivojlanishining
milliy
iqtisodiyotga ta’siri quyidagi muhim xususiyatlar orqali namoyon
bo’ladi:
Moliyaviy globallashuv jarayoni. Mazkur jarayon quyidagi
o’zgarishlarni o’z ichiga qamrab oladi:
–
mamlakatlarni jahon iqtisodiyotidagi jarayonlarga jalb etish;
–
ishchi
kuchi,
texnologiya,
kapital,
mahsulotlar
va
xizmatlarning global bozorlarini barpo etish;
–
jahon xo’jalik aloqalarining global infratuzil-masini yaratish;
–
xalqaro moliya munosabatlari bilan milliy iqtiso-diyotning
qoidalarini universallashtirish;
–
yirik ishlab chiqarishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish
tarmoqlarini vujudga keltirish.
Iqtisodiy integratsion hudud va birlashmalarning tashkil
topishi. Milliy iqtisodiyotlarning xalqaro mehnat taqsimotiga
asoslangan holda iqtisodiy jihatdan birlashish jarayoni hisoblanadi.
Xalqaro moliya bozorlaridagi o’zgarishlar. Milliy iqtisodiyotda
faoliyat ko’rsatayotgan moliya institutlarining jahon moliya
bozorlaridagi ishtirokini muvofiqlashtirib boradi.
Global raqobatlashuv jarayonining keskinlashuvi. Ushbu
holat, milliy iqtisodiyotlar tomonidan jahon bozorlarida o’rin egallash
uchun yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotish
jarayonida vujudga keladi.
Transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar rolining
ortib borishi. Bu holat, jahon iqtisodiyotida transmilliylashish jarayoni
kuchayishi, ya’ni, alohida mamlakatlarga yoki bir nechta
mamlakatlarga tegishli xalqaro kompaniyalar va banklar faoliyatining
rivojlanishi, ular tomonidan xorijiy filiallarning kengaytirilishi orqali
yuzaga keldi.
Mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi.
Mazkur holat, milliy iqtisodiyotning tashqi dunyo uchun ochiqlik
darajasi
orqali
ifodalanadi.
Bunda,
xalqaro
moliya
munosabatlarining
ishtirokchilari
uchun
muayyan
shart-
sharoitlarning yaratilishi, xususan, xalqaro savdoda bojlarning
pasaytirilishi, xorijiy investorlarni keng jalb etishga qaratilgan qulay
investitsiya muhitining yaratilishi hamda valyuta cheklovlarining
bekor qilini
shi kabi tadbirlar amalga oshirilishi muhim o’rin tutadi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarning xalqaro me’yoriy-huquqiy
bazasini qabul etilishi.
Mamlakatlar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlarni xalqaro
jihatdan tartibga solish va nazorat qilish tizimini tashkil qilinishi.
Alohida
olingan
milliy
iqtisodiyotning
xalqaro
moliya
munosabatlaridagi ishtirokini bir necha miqdoriy ko’rsatkichlar bilan
tavsiflash mumkin:
– eksport kvotasining miqdori, bunda eksport hajmi YaMMga
nisbatan foizda hisoblanadi;
–
import kvotasining miqdori, bunda import hajmi YaMMga
nisbatan foizda hisoblanadi;
–
tashqi savdo kvotasining miqdori, bunda tashqi savdo
aylanmasi hajmi YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi.
Mazkur ko’rsatkichlarni hisoblash asosida mamlakatning
xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokini baholash mumkin.
Jahon iqtisodiyotida ro’y bergan o’zgarishlar xalqaro moliya
munosabatlarining istiqbolda rivojlanish tenden-tsiyalarini belgilab
berdi:
–
xalqaro moliya munosabatlari sohasida ikki tomonlama
munosabatlardan
ko’p tomonlama munosabatlarga o’tish;
–
jahon
xo’jaligida
xalqaro
mehnat
taqsimotining
chuqurlashuvi;
–
xalqaro savdo munosabatlarining an’anaviy tovarlar
savdosidan milliy ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita xizmat
ko’rsatish vositasiga aylanib borishi;
– kapital migratsiyasining globallashuvi;
– hududiy iqtisodiy integratsiya jarayonlarining yanada
kengayishi va jadallashuvi.
Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida kapital-ning
xalqaro harakati, ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar
shaklida u yoki bu mamlakatga kirib borishi, shuningdek, xalqaro
savdoning mahsulotlar, turli xizmatlar ko’rsatish, texnologiyalar
sohasidagi rivoji ijobiy omil sifatida ta’sir ko’rsatmoqda.
Jahon savdosining o’sishi, ishlab chiqarishning ixtisos-lashuvi
va kengayishi, xalqaro kapital harakatining rivoji, chegaralararo
tovarlar, xizmatlar hamda ishchi kuchi migra-tsiyasi xalqaro moliya
munosabatlarining
rivojlanishiga,
shuningdek,
jahon
moliya
bozorlarining taraqqiy etishiga hamda transmilliy korporatsiyalar
faoliyatining kengayishiga, xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa
jabhalarini jadal-lashuviga imkon yaratdi
Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro moliyaning vazifalari
sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
–
milliy
iqtisodiyotlarning
yagona
xalqaro
tizimga
integratsiyalashuvini
ta’minlash;
–
xalqaro savdo hamda tovarlar, xizmatlar va kapital
ayirboshlashning oqilona harakatini tashkil etish;
–
milliy
iqtisodiyotlarni
xalqaro
iqtisodiy
va
moliyaviy
o’zgarishlarga moslashtirish;
–
mamlakatlarning milliy moliyaviy siyosatini yuriti-shida
tavsiyalar berish.
Xalqaro moliya munosabatlari tarkibiga xalqaro aylanmaga
kelib
tushgan
va xalqaro
iqtisodiy
munosabatlarda,
ya’ni
rezedentlarning
tashqi
dunyo
bilan
yuzaga
keladigan
munosabatlarida qo’llaniladigan moliyaviy munosabatlar tizimi
kiritiladi. Xalqaro moliya quyidagilarga xizmat qiladi:
Birinchidan, turli mamlakat rezedentlari
o’rtasidagi iqtisodiy
aloqalarga va o’zaro hamkorlikka;
Ikkinchidan, jahon mamlakatlarining turli xil moliyaviy institutlar
bilan yuzaga keladigan o’zaro munosabatlariga;
Uchinchidan, turli mamlakatlar rezidentlarining xalqaro moliya
bozorlaridagi operatsiyalarini tashkil etishga.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida xalqaro moliya
munosabatlari
tobora
rivojlanib
bormoqda.
Bunda,
avvalo
mamlakatlar o’rtasidagi savdo munosabatlarining taraqqiy etishi
alohida o’rin tutmoqda. Ushbu holat o’z navbatida xalqaro valyuta
munosabatlari va xalqaro xisob-
kitoblarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir
ko’rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: |