Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar. Valyuta kursiga ta’sir
etuvchi fundamental omillarning 4 turini alohida ajratib ko’rsatish
mumkin. Xususan:
1. Iqtisodiy omillar . Iqtisodiy omillarning asosiylari sifatida
mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi
to’g’risidagi ma’lumotlar(YaIM,
Sanoatning o’sishi, ishsizlik va aholining mehnat bilan bandligi,
inflyatsiya, foiz stavkalar va h.k.)ning o’zgarishi (1-jadvalga qarang),
mamlakatlar markaziy banklari boshliqlarining chiqishlari va
yig’ilishidagi qarorlar, valyuta interventsiyasi, moliya bozorining
valyutadan tashqari boshqa bozorlaridagi o’zgarishlarni qayd etib
o’tish mumkin.
2. Siyosiy omillar . Siyosiy omillarning asosiylari sifatida
prezident, davlat va hukumat boshliqlarini saylash jarayoni va uning
natij
alari, ularning iste’foga chiqishi, shuningdek, markaziy banklar
yoki pul-
kredit siyosati bilan shug’ullanuvchi davlat organlari rahbar
kadrlar almashinuvi, geosiyosiy to’qnashuv va inqirozlarni ko’rsatish
mumkin.
3. Turli xabarlar va kutishlar . Global valyuta bozorida
investorlarni harakatga keltiruvchi shunday ibora bor, ya’ni “turli
xabarlar, mish-mish gaplar, ovozalar asosida valyutalarni sotib ol va
fakt (dalil, isbot)larga asoslangan holda ularni sot”. Global valyuta
bozorida oltin qoidaga aylangan ushbu ibora, shuningdek boshqa
psixologik omillar investorlarning bozordagi harakatini faollashtirishi
yoki susaytirishi mumkin.
4. Fors-major holatlari. Favqulotda sodir bo’lgan hodisalar,
masalan, suv toshqini, zilzila, yirik ko’lamli yong’in, turli zararli
epidemiyalarni, gaz va boshqa zarralarni ommaviy tarqalishi, kuchli
to’fon yoki dovullar va h.k.lar natijasida turli darajadagi
vayronagarchilikni
yuzaga
kelishi.
Shuningdek,
mamlakatda
terroristik hurujlarni, hujum va harakatlari sodir etilishi ham valyuta
kurslari o’zgarishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.