Xalqaro moliya yaxlit tizim sifatida faoliyat ko’rsatadi va uning
elementlariga quyidagilar kiradi:
–
Jahon valyuta tizimi
– milliy va zahira valyutalar, xalqaro
jamoaviy valyutalar, o’zaro konvertirlash shartlari,
valyuta pariteti,
valyuta kursi, valyuta kurslarini tartibga solishning milliy va xalqaro
mexanizmlaridan tashkil topgan.
–
Xalqaro hisob-kitoblar
– moliyaviy instrumentlar, ishlab
chiqarish omillari, tovarlar xarakati,
shuningdek, xalqaro hisob-
kitoblar bilan bog’liq barcha operatsiyalarni aks ettiruvchi to’lov
balansiga xizmat qiladi.
–
Xalqaro
moliya
bozorlari
va
muayyan
moliyaviy
instrumentlar savdosi mexenizmlari
– valyuta, kredit, qimmatli
qog’ozlar.
–
Xalqaro soliqqa tortish
– pul mablag’lari fondlarini
shakllantirish metodi sifatida.
–
TMKlarning xalqaro moliyaviy menejmenti, bunda transmilliy
moliyalashtirish, risklarni boshqarish,
xalqaro investitsiyalash
jarayoni asosiy o’ringa chiqadi.
26.2. Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaromoliya
munosabatlarining tutgan
o’rni
Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar
va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bog’liq. Ushbu
bog’liqlik asosida xalqaro moliya munosabatlari yuzaga keladi.
Xalqaro moliya munosabatlari bu xalqaro moliya bozori
ishtirokchisi bo’lgan shaxsning qaroriga muvofiq tarzda o’ziga
tegishli bo’lgan xorijiy valyutalarning harakat jarayonini tavsiflovchi
fundamental iqtisodiy kategoriyadir.
1970 yillarda xalqaro moliya tizimida sezilarli o’zgarishlar sodir
bo’ldi va mazkur o’zgarishlar ta’sirida zamonaviy jahon valyuta-
moliya tizimi shakllana boshladi. Jahon moliya tizimidagi o’zgarishlar
va xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishi ko’p jihatdan
trasmilliy korporatsiyalar faoliyati bilan bog’liq bo’lib, ular tomonidan
butun dunyo bo’ylab ishlab chiqarish tarmoqlarini
vujudga keltirish
hamda barcha resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan
global strategiya amalga oshirildi. Shuningdek, xalqaro moliya
munosabatlari rivojlanishida moliyaviy jihatdan barqaror hamda ko’p
sonli xorijiy filiallarga ega bo
’lgan transmilliy banklar muhim rol
o’ynadi.
Xalqaro kreditlashdan foydalanish xususiyatining o’zgarishi
bilan bog’liq ravishda xalqaro kredit bozori hajmi keskin ortib bordi.
Uning oxirgi yo’nalishi nafaqat xalqaro ayriboshlash sohasi
(mahsulotlar, xizmatlar va boshq.) balki, ishlab chiqarish sohasi ham
bo’ldi.
Bu holat, birmuncha yirik kreditlarni uzoq muddatlarga jalb
etishni,
shuningdek,
moliya-kredit
xizmatlari
majmuasini
rivojlantirishni talab etardi. 1970 yillarda xalqaro kreditni to’lov
balansining taqchilligini bevosita yoki bilvosita moliyalashtirish
uchun foydalana boshladilar. Xususiy firmalar bilan bir qatorda yirik
qarzdorlar sifatida hukumatlar, davlat tashkilotlari va korxonalar,
xalqaro kredit tashkilotlari yuzaga keldi.
Ushbu
davrda
neft
import
qiluvchi
rivojlangan
va
rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balanslari jami taqchilligining
qariyb 60% xalqaro kapital bozorlari hisobiga moliyalashtirildi.
Xalqaro kredit hajmining oshishi nafaqat evrokreditlarning o’sishi
hisobiga balki, xorijiy kreditlash bozorlari
kengayishi hisobiga sodir
bo’ldi. Yaponiya milliy valyutasi “iena” hisobiga xorijiy kreditlar bozori
hajmining oshishi natijasida Tokioda ienadagi xorijiy obligatsiyalar
emissiyasi hajmi keskin ortdi. Mazkur holat natijasida Yaponiya
ienasi evrovalyuta bozorida keng qo’llanila boshlandi.
1970 yillarda xalqaro kapital bozori kengayishiga bir qator
omillar ta’sir ko’rsatdi va natijada xalqaro resurslar aylanishi va
likvidligi oshib bordi. Ushbu davrda jahon iqtisodiyoti ikkita neft
inqirozini boshdan kechirdi va neft narxining birdaniga keskin
o’zgarishiga sabab bo’ldi. Mazkur holat
natijasida neft eksport
qiluvchi mamlakatlarda yirik valyuta ortiqchaligi, neft import
qiluvchilarda esa, jumladan ko’plab rivojlangan mamlakatlarda joriy
hisoblar bo’yicha taqchillik yuzaga keldi. Bu taqchillik asosan
retsipient-mamlakatlarga xalqaro banklar, evroobligatsiyalar bozori
orqali tushgan neftedollarlar hisobiga qoplandi.
Jahon iqtisodiyotida ro’y bergan boshqa muhim o’zgarishlar
ham xaqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga
ijobiy va salbiy
jihatdan sezilarli darajada ta’sir ko’rsatdi. Ushbu o’zgarishlar
jumlasiga, jahon va hududiy valyuta tizimlaridagi o’zgarishlar,
valyuta tizimi tamoyillarining o’zgarishi, qarzdorlik inqirozlari,
mamlakatlar tomonidan iqtisodiy integratsion birlashmalarning
tuzilishi, xalqaro va mintaqaviy moliya tashkilotlarining vujudga
kelishi, transmilliy korporatsiya va banklar faoliyatining kengayishi,
jahonda ro’y bergan moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarni kiritish mumkin.