Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
“Uy xo’jaligi” tushunchasining mazmuni nimada?
Uy xo’jaligiga tegishli bo’lgan xarakterli xususiyatlarni aytib
bering.
Uy xo’jaliklari moliyasi har bir davlat moliyaviy tizimning
ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadimi va uning moliyaviy ahamiyati
nima bilan belgilanadi?
“Uy xo’jaliklari moliyasi”ning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini
tushuntirib bering.
“Uy xo’jaligi”, “xonadon” yoki “oila” atamalari bir xil ma’noni
anglatadimi? Ular o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni bilasizmi?
“Uy xo’jaligi moliyasi” iborasining o’rniga “xonadon moliyasi” va
“oila moliyasi” iboralarini ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida
ishlatsa bo’ladimi? Ularning farqlarini aytib bering.
Uy xo’jaligini xo’jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy
birligi sifatida ajratilishi qanday me’zonlar asosida amalga
oshirilmog’i lozim?
Uy xo’jaliklari moliyasining ta’rifini aytib bering.
Uy xo’jaliklarida mavjud bo’lgan moliyaviy munosabat-lar
majmuini qanday guruhlarga
bo’lish mumkin?
Qanday munosabatlar uy xo’jaligining ichki moliyaviy
munosabatlari hisoblanadi?
Uy xo’jaliklarining tashqi moliyaviy munosabatlarini tushuntirib
bering.
Korxonalar va tashkilotlar moliyasi bilan uy xo’jalik-larining
o’zaro bog’langanligi nimalarda ko’rinadi?
Davlat va uy xo’jaliklari o’rtasidagi moliyaviy munosa-batlarning
mazmuni nimada?
Davlat uy xo’jaliklariga tegishli bo’lgan daromad va yakuniy
(oxirgi) iste’molning miqdoriga qanday ta’sir qilishi mumkin? Ular
qanday shakllarda amalga oshiriladi?
Uy xo’jaliklarining o’zlari o’rtasidagi (uy xo’jaliklari-aro)
moliyaviy munosabatlar qanday hollarda vujudga keladi va
moliyaning bu sohasiga nimalarni kiritish mumkin?
Uy xo’jaliklarining moliyaviy institutlar bilan o’zaro aloqalarini
tushuntirib bering.
Uy xo’jaliklari moliyasi qanday funksiyalarni baja-radi?
Uy xo’jaliklari moliyasi taqsimlash funksiyasining mazmunini
tushuntirib bering.
Uy
xo’jaliklari
moliyasining
takror
ishlab
chiqarish
funksiyasining mazmuni nimada?
Qay hollarda
uy xo’jaliklari moliyasi nazorat funk-tsiyasini
bajaradi?
Uy xo’jaliklari moliyasi tartibga solish funksiya-sining namoyon
bo’lishini qanday nuqtai-nazardan qarash maqsadga muvofiq?
Uy xo’jaliklari moliyasini tartibga solaverib , davlat, eng avvalo,
qanday ishlarni amalga oshiradi?
Uy xo’jaliklari moliyasining rag’batlantiruvchi funk-tsiyasi
nimalar orqali namoyon bo’lishi mumkin?
Uy xo’jaliklari moliyasi ijtimoiy funksiyasining mazmunini
tushuntirib bering.
Uy xo’jaliklari moliyasining samarali faoliyat ko’rsa-tishi
nimalarga
bog’liq?
Uy xo’jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning o’ziga xos
xususiyatlarini aytib bering.
Uy xo’jaligi tomonidan moliyaviy qarorlar qabul qili-nadigan
normalar va qoidalarning tashqi omillarini bilasizmi?
Uy xo’jaligining moliyaviy xatti-harakatini tashkil etadigan ichki
me’yorlar tizimi nimalarga bog’liq?
Uy xo’jaligining moliyaviy qarorini resurs jihatdan ta’minlash
qanday manbalar hisobidan amalga oshiriladi?
Uy xo’jaligi resurslari dastlabki (boshlang’ich) manbalarining
tarkibini aytib bering.
Uy xo’jaligi resurslarining jamg’ariladigan manbasini nimalar
tashkil etadi?
Uy xo’jaligi resurlarining joriy manbalarini aytib bering.
Uy xo’jaligining moliyaviy resurslarini nimalar tash-kil etadi?
Funktsional mo’ljallanganligiga ko’ra uy xo’jaliklari-ning
moliyaviy resurslari qanday tarkibiy tuzilmaga ega bo’lishi mumkin?
Uy xo’jaliklarining moliyaviy qarorlari bir-biri bilan uzviy
ravishda bog’langan qanday bloklarni qamrab oladi?
Bozor
iqtisodiyoti sharoitida uy xo’jaliklarining daromadlarini
shakllantirish bo’yicha moliyaviy qarorlar qabul qilish asosida
(negizida) nima yotadi?
Uy xo’jaliklari darajasida daromadlarni shakllan-tirish bo’yicha
moliyaviy qarorlar nimalarga bog’liq bo’ladi?
Uy xo’jaliklarining iste’mol fondi minimal va ratsional iste’mol
byudjetlari yoki yanada detallash-tirilgan tarzda qanday tasniflanishi
mumkin?
Hayotiy minimum byudjeti qanday aniqlanadi?
Minimal iste’mol byudjetining mazmuni nimada?
Optimal iste’mol byudjeti nimaga imkoniyat yaratadi?
Optimal iste’mol byudjetini qanday ikki darajadagi byudjetlarga
bo’lish mumkin?
Moliyaviy qarorlarda “asosiy psixologik qonun” nima sifatida
namoyon
bo’ladi?
Jamg’ariladigan
fondlarni
shakllantirish
bo’yicha
uy
xo’jaliklarining moliyaviy qarorlari ishlab chiqilib, qabul qilinayotgan
paytda qanday omillar hisobga olinishi kerak?
Uy xo’jaligining iste’mol va moliyaviy xatti-hara-katida,
jamg’ariladigan fondlarini yaratishda muhim rol o’ynaydigan ijtimoiy
va psixologik jihatlarga nimalar kiradi?
Uy xo’jaligining har qanday jamg’ariladigan stra-tegiyasi
mustaqil bo’lgan qanday uch qismdan tarkib topadi?
Uy xo’jaligi jamg’arish strategiyasining qanday turlari bo’lishi
mumkin?
Hozirgi paytda turli moliyaviy instrumentlarning daromadliligida
qanday tendentsiya paydo bo’layapti va u nimada namoyon
bo’lmoqda?
Uy xo’jaliklari daromadlarining ta’rifini aytib bering.
Eng umumiy ko’rinishda, uy xo’jaliklarining jami daromadlarini
qanday ikki guruhga ajratish mumkin?
Uy
xo’jaliklari natural daromadlari qanday paydo bo’ladi va
uning tarkibi nimalardan tarkib topadi?
Uy xo’jaliklarining natural daromadlari qanday holatlarga
muvofiq ravishda o’zgarib turishi mumkin?
Uy xo’jaliklarining pul daromadlari nima va ular qanday
ko’rsatkichlar yordamida hisoblanadi?
Nominal daromadlar nima va bu ko’rsatkich qanday
daromadlarni tavsiflaydi?
Uy xo’jaliklari nominal daromadlarining YaIMdagi salmog’i
nimaning darajasiga bog’liq?
Hisoblangan nominal daromadlar va haqiqatda olingan nominal
daromadlar o’rtasida qanday farq mavjud?
Ega bo’lingan daromadlar deyilganda nimalar nazarda tutiladi?
Bu daromadlar qanday maqsadlarga
mo’ljal-langan?
Real daromadlar nima va bu ko’rsatkich nimalarni o’zida aks
ettiradi?
Real daromadlarning o’zgarishi nimaga bog’liq bo’ladi?
Agar baholarning o’sish sur’ati nominal ega bo’lingan
daromadlarning o’sish tezligidan past bo’lsa, uy xo’jalik-larining real
ega bo’lingan daromadlari o’sadimi yoki kamayadi?
Baholarning yuqori sur’atlarda o’sishi sharoitida real
daromadlar qisqaradimi yoki
ko’payadi?
Uy xo’jaliklari pul daromadlarining eng asosiy tur-larini aytib
bering.
Mehnat haqining (ish haqining) tarkibiga nimalar kiradi?
Bozor
munosabatlariga
o’tilishi
bilan
uy
xo’jaliklari
daromadlarining
tarki
bida
mehnat
haqi
salmog’i
biroz
pasayganligining sabablari nimada?
Hozirgi sharoitda ish haqining yashirin shakllariga nimalar
kiradi?
Mehnatga haq to’lashning quyi chegarasi kim tomonidan
o’rnatiladi, u nima deb ataladi va uning tarkibiga nimalar kirmaydi?
Byudjet sohasi xodimlarining mehnatiga haq to’lashda hozirgi
paytda qanday muammolar mavjud?
Ijtimoiy to’lanmalarni tasniflash me’zonlarini aytib bering.
Iqtisodiy mazmuniga ko’ra ijtimoiy to’lanmalarning qanday
ko’rinishlari mavjud?
O‘zlarining shakli bo’yicha ijtimoiy to’lanmalar qanday
ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin?
Moliyalashtirish manbalariga ko’ra ijtimoiy to’lanma-larning
qanday ko’rinishlari bor?
Ijtimoiy to’lanmalarni moddiy-buyumlashgan tarkibiga ko’ra
qanday turlarga ajratish mumkin?
Tadbirkorlik
faoliyatidan
olinadigan
uy
xo’jaliklari
daromadlarining tarkibiga nimalar kiradi?
Uy xo’jaliklarining mulkdan olinadigan daromadlari qanday
ko’rinishlarda amal qiladi?
Uy xo’jaliklari turli guruhlari daromadlarining tabaqalanishi
(differentsiatsiya qilinishi) qanday ob’yektiv va sub’yektiv omillar
ta’siri ostida sodir bo’ladi?
Uy xo’jaliklarida ega bo’lingan real pul daromad-larining
o’sishiga, daromadlarning notengligi muammosini yumshatishga
nimalar o’z ta’sirini ko’rsatadi?
Uy x
o’jaliklarining xarajatlari nima?
Uy xo’jaliklarining xarajatlari qanday omillar bo’yicha
tasniflanadi?
Davriylik nuqtai-
nazaridan uy xo’jaliklarining xara-jatlari tarkibini
aytib bering.
Xarajatlarning turlari bo’yicha uy xo’jaliklarining xarajatlari
nimalardan tarkib topadi?
Funktsional
mo’ljallanganligiga
ko’ra
uy
xo’jaliklari
xarajatlarining tarkibi nimalardan iborat?
Avtonomlilik xarakteriga ko’ra uy xo’jaliklarining xarajatlari
qanday guruhlarga
bo’linadi?
Real pul xarajatlarining
turlari bo’yicha uy xo’ja-liklarining
xarajatlari qanday ikki guruhdan tashkil topadi?
Iste’mol xarajatlarining miqdori nimalarga bog’liq?
Uy xo’jaliklari byudjetlaridagi iste’mol xarajatlari sub’yektiv
omillarga ham ta’sirchan bo’lganligi uchun ular-ning orasidan
nimalarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin?
Makroiqtisodiy nuqtai-
nazardan uy xo’jaliklari byud-jetlarining
iste’mol xarajatlari qanday ikki eng muhim xususiyatga ega?
Aholi daromadlari va xarajatlari balansining eng umumiy
ko’rinishi qanday bo’lishi mumkin?
Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansining daromadlar
qismiga nimalar kiradi?
Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansining xarajatlar qismi
nimalardan tashkil topadi?
Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlari hisobidan tovarlarni sotib
olish va xizmatlarni to’lash (iste’mol xarajatlari) o’z ichiga nimalarni
oladi?
Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlarining muhim elementi
sifatida majburiy to’lovlar va ixtiyoriy badal-larning o’sish
tendentsiyasiga ega ekanligi qanday omillar bilan bog
’langan?
Davlat moliyasining taqsimlash funksiyasi doirasida jismoniy
shaxslarning daromadlari va mulkidan olina-digan soliqlar qanday
muhim vazifalarni yechishga xizmat qiladi?
Uy xo’jaliklarining jamg’armalari qachon paydo bo’ladi va uning
asosida qanday ziddiyat yotadi?
Jamg’arma munosabatlari sohasida qanday ko’p tomon-lamali
aloqalar, manfaatlar, maqsadlar vujudga keladi va qo’shilib ketadi?
Uy
xo’jaliklarining jamg’armalarini shakllantirish va ulardan
foydalanish nimalar bilan belgilanadi?
Jamg’armalar hajmining o’zgarishiga qanday holatlar ta’sir
ko’rsatadi?
Jamg’armalarni qanday turli belgilarga ko’ra tasnif-lash
mumkin?
Jamg’arish(ma) jarayonining maqsadlariga ko’ra jamg’ar-
malarni nimalarga ajratish mumkin?
Sabablari nuqtai-nazaridan uy
xo’jaliklari jamg’arma-larining
qanday ko’rinishlari bo’lishi mumkin?
To’plash shakllari bo’yicha uy xo’jaliklari jamg’arma-larining
qanday shakllari mavjud?
Jamg’armalarning bog’langan (tashkil qilingan) shakllari
qanday turli ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin?
Hozirgi paytda uy xo’jaliklarida mablag’larni jamg’a-rish
jarayonida ko’zga tashlanayotgan ijobiy tendentsiyalarni tushuntirib
bering.
|