daromadlarning hajmiga bog’liq bo’lmagan
va hayotiy
minimum darajasiga rasman muvofiq keluvchi avtonom (qat’iy)
xarajatlar;
daromadlarning dinamikasiga bog’liq bo’lgan elastik xarajatlar.
Ayrim hollarda uy xo’jaliklari xarajatlarining ana shunday
tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) doirasida kam elastikli xarajatlar
alohida guruhga ajratiladi va uning
tarkibiga uy-joy kommunal
xizmatlari va transport chiqimlarini to’lash bilan bog’liq bo’lgan
xarajatlar kiri-tiladi.
Real pul xarajatlarining turlari bo’yicha ham uy xo’jaliklarining
xarajatlari ikki guruhdan tashkil topadi:
iste’molga yo’naltirilgan xarajatlar;
jamg’arishga yo’naltirilgan xarajatlar
Uy xo’jaliklarining iste’molga yo’naltirilgan xarajat-lari (iste’mol
xarajatlari) ular tomonidan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib
olishga sarf
qilinadigan ega bo’lingan daromadning bir qismidan
iborat. Iste’mol xarajatlarining miqdori quyidagilarga bog’liq:
ega bo’lingan
daromadga;
baholar darajasiga;
iste’molchilarning mol-mulklariga;
real foiz stavkalariga;
iste’mol bo’yicha qarzdorlikning miqdoriga;
iste’molchilarning soliqqa tortilish darajasiga.
Uy xo’jaliklari byudjetlaridagi iste’mol xarajatlari sub’yektiv
omillarga ham ta’sirchan bo’lib, ularning
orasi-dan quyidagilarni
alohida ajratib ko’rsatish mumkin:
iste’mol qilishga bo’lgan intilishning chegarasi;
baholarning
o’zgarishiga
nisbatan
iste’molchilarning
kutuvchanligi;
pul daromadlari;
soliqlar;
tovarlarning mavjudligi;
va boshqalar.
Makroiqtisodiy nuqtai-
nazardan uy xo’jaliklari byud-jetlarining
iste’mol xarajatlari ikki eng muhim xususiyatga ega:
birinchidan, iste’mol xarajatlari
yalpi mahsulot doi-raviy
aylanishi modelida yalpi talab va yalpi xara-jatlarni tashkil qilishning
eng katta qismi hisoblanadi;
ikkinchidan, uy xo’jaliklari byudjetlarining iste’mol xarajatlari
qisqa muddatli davrda bandlik va inve-stitsiyalar
darajasini tartibga
solish orqali ta’sir etish mumkin bo’lgan yalpi talabning nisbatan
barqaror tarkib toptiruvchisidir.
Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlari tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va
dinamikasini tahlil qilish, odatda, aholining daromadlari va xarajatlari
balansi asosida amalga oshiriladi. Bu balansning eng umumiy
ko’rinishi quyidagicha bo’lishi mumkin:
Dostları ilə paylaş: