uy xo’jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg’arish
uchun pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, ularni
taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) bo’lgan iqti-sodiy
(moliyaviy) munosabatlar majmui uy xo’jaliklari moliyasi
deyiladi (1).
Iqtisodiy fanlarda ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning alohida olingan
sohasida bir xilda va doimiy ravishda vujudga keladigan
munosabatlar mustaqil iqtisodiy kategoriyaning mazmunini tashkil
etishi umum e’tirof etilgan. Bu o’rinda gap “uy xo’jaliklari moliyasi”
katego-riyasining sotsial-iqtisodiy mazm
uni to’g’risida ketayotir. Ana
shuni inobatga olgan holda uy xo’jaliklari moliyasiga quyidagicha
ta’rif ham berish mumkin:
o’zlarining ijti-moiy-iqtisodiy faoliyatlari
jarayonida uy xo’jaliklari va ularning alohida a’zolari ishtirokida
pul ma
blag’-lari maqsadli fondlarini shakllantirish, taqsimlash
va
foydalanish
borasida
vujudga
keladigan
pul
munosabatlarining majmui uy xo’jaliklari moliyasi deb ataladi
(2)
132
.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo’jaliklari o’zlari-ning ichida va
o’zlariga nisbatan tashqi bozor sub’yektlari bilan moliyaviy
munosabatda bo’ladi. Shunga muvofiq ravishda uy xo’jaliklarida
mavjud bo’lgan moliyaviy munosabatlar majmuini ikki guruhga
bo’lish mumkin:
ichki;
tashqi.
Individlar
– uy xo’jaligi a’zolarining ehtiyojlarini yanada to’laroq
qondirish maqsadida zaruriy pul fond-
larini (joriy iste’mol darajasini,
pul rezervlarini, investitsiyalashtirishni ushlab (saqlab) turish uchun
va h.k.) shakllantirish va ulardan foydalanishga oid uning ishti-
rokchilari (a’zolari) o’rtasida vujudga keladigan munosa-batlar uy
xo’jaligining ichki moliyaviy munosabat-lari hisoblanadi.
Uy xo’jaliklarining tashqi moliyaviy munosabatlari ularning
boshqa iqtisodiy sub’yektlar bilan bo’lgan o’zaro aloqalari orqali
namoyon bo’ladi. Korxonalar va tashki-lotlar moliyasi bilan uy
xo’jaliklari bevosita o’zaro bog’langan: firmalarga iqtisodiy
resurslarni taqdim etib (berib), ularning egalari sifatida uy xo’jaliklari
yara-
tilgan mahsulotning qiymatidan o’z hissalarini oladilar va
demak, ular shu bilan yalpi mahsulotni birlamchi taqsimlashda
ishtirok etadilar. Bu munosabatlar o’zining yana bir muhim iqtisodiy
tomoniga ega: ular iqtisodiyotda aholi daromadlarining boshlang’ich
darajasini belgilab beradiki, bu holat, o’z navbatida, iste’molning
shaklla-nishi, k
o’lami va tarkibiy tuzilmasiga, to’lovga layoqatli
talabning shakllanishiga va nihoyat, uy xo’jaliklari tomonidan
jamg’arish funksiyasining amalga oshirilishiga to’g’ridan-to’g’ri o’z
ta’sirini ko’rsatadi.
Davlat va uy xo’jaliklari o’rtasidagi moliyaviy muno-sabatlar
ham to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) va qaytarma (yana orqaga
qaytariluvchi) aloqalar asosida tashkil etiladi (vujudga keladi) va
ular byudjet hamda byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirish va
ulardan foydalanishdagi munosabatlarni ifodalaydi. Uy
132
Ushbu betda keltirilgan (1) va (2) ta’riflar shaklan bir-biridan biroz farq qilsa-da, mohiyatan uy xo’jaliklari
moliyasining mohiyatini, uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochib berishga xizmat qiladi va bir-birini to’ldiradi,
boyitadi.
xo’jaliklarining daromad-lari va mol-mulklari soliqqa tortilish ob’yekti
sifatida maydonga chiqadi va demak, byudjet tizimi daromadlar
bazasining tuzilmaviy elementi hisoblanadi. Bir vaqtning o’zida
soliqlar, pensiya tizimi, sotsial transfertlar orqali davlat moliyaviy
oqimlarni uy xo’jaliklarining turli guruhlari o’rtasida qayta taqsimlaydi.
Uy xo’jaliklari va davlat o’rtasidagi moliyaviy munosabatlarni amalga
oshirish
jarayonida
milliy
daromadning
ikkilamchi
qayta
taqsimlanishi sodi
r bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat uy
xo’jaliklariga tegishli bo’lgan daromadning taqsimlanish jarayoniga
to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilish instrumentlariga ega emas. Moliyaviy
munosabatlarning bu sohasi davlat tomonidan eng kam darajada
reglam
entatsiya qilinadi. Buning sababi shundaki, uy xo’jaliklari pul
fondlarini shakllantirishning zarurligi, usuli va maqsadi to’g’risida,
ularni sarflashning o’lchami va vaqti xususida qarorlar qabul qilishda
mustaqildir. Shu bilan birgalikda davlat uy xo’jaliklariga tegishli
bo’lgan daromad va yakuniy iste’molning miqdoriga ta’sir qilishga
qodir. Bu holat, jumladan, quyidagilar orqali amalga oshirilishi
mumkin:
soliqlar yordamida tartibga solish;
mehnat haqini to’lash stavkalarini o’rnatish;
birinchi darajali zaruriy mahsulotlar baholarini tartibga solish;
imtiyozlar tizimi;
sog’liqni saqlash va maorifni byudjetdan moliyalash-tirish orqali
ijtimoiy ta’minotni rivojlantirish;
va boshqalar
133
.
Uy xo’jaliklarining o’zlari o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar uy
xo’jaliklari sektorining ichida moliyaviy resurslarning harakatlanishi
jarayonida vujudga keladigan munosabatlar hisoblanadi. Bu yerda
ushbu jarayon hamma vaqt ham oydinlashmagan va kuchsiz
tartibga solinuvchi hisob-lanadi. Moliyaning bu sohasiga, jumladan,
quyidagi opera-tsiyalarni kiritish mumkin:
fermer xo’jaliklarining hamkorlikdagi maqsadli fondlari;
iste’mol kooperatsiyasiga xizmat ko’rsatuvchi fondlar;
uy xo’jaliklari o’rtasidagi norasmiy kredit munosa-batlari;
uy xo’jaliklari sektori doirasida hamkorlikdagi pul fondlarini
shakllantirish
va
ulardan
foydalanish
xusu-sidagi
boshqa
munosabatlar.
133
Keyingi yillarda ayrim mamlakatlarda natural shakldagi ijtimoiy transfertlar uy xo’jaliklari oxirgi iste’moli tarkibiy
tuzilishining 15%dan ko’proq bo’lgan qismini tashkil etayotir. Bu uy xo’jaliklariga xizmat ko’rsatayotgan davlat
muassasalari va notijorat tashkilotlarga maorif, sog’liqni saqlash, uy-joy-kommunal xo’jaligi, madaniyat va san’at
sohasida taqdim etilgan moddiy imtiyozlardan iborat.
Uy xo’jaliklarining moliyaviy institutlar bilan o’zaro aloqalari
moliyaviy munosabatlarning alohida guruhini ifodalaydi. Ularning
kredit muassasalari bilan munosa-
batlari uy xo’jaligi byudjeti
defitsitini to’ldirish (iste’mol krediti yordamida), bo’sh turgan pul
mablag’larini bank hisobvaraqlariga joylashtirish yoki ularni saqlash
va jamg’arish maqsadida boshqa moliyaviy aktivlarga qo’yish orqali
namoyon bo’ladi. Uy xo’jaliklarining sug’urta kompa-niyalari bilan
bo’ladigan munosabatlari esa turli ko’rinishdagi sug’urta fondlarini
shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida gavdalanadi.
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon
bo’lganligi uchun uy xo’jaliklari moliyasining mohiyati ham uning
funksiyalari yordamida ifodalanadi
134
. Uy xo’jaliklari moliyasining
funksiyalari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin
135
:
taqsimlash;
takror ishlab chiqarish;
nazorat;
tartibga solish;
rag’batlantirish;
ijtimoiy.
Uy xo’jaliklari moliyasining bu funksiyalari o’zaro bog’langan va
bir-birini
doimiy ravishda to’ldirib turadi. Bir vaqtning o’zida, ma’lum
ma’noda va ma’lum darajada ular o’zlarining namoyon bo’lishiga
qarab moliyaning umumiy funksiyalaridan biroz farqlanishi ham
mumkin.
Ma’lumki, uy xo’jaliklarining moliyasi taqsimlash jarayonini
oxirgi bosqichgacha, ya’ni aniq individgacha yoki uy xo’jaligining har
bir a’zosigacha etkazadi. Uy xo’jaliklari moliyasi taqsimlash
funksiyasining amalga oshirilishi aholi hayotiy mablag’lari fondini
shakllantirishni taqozo etadi, insonni takror ishlab chiqarish uchun
iqtisodiy (moliyaviy) asos yaratadi.
134
Bir vaqtning o’zida shu narsani ta’kidlash kerakki, iqtisodiy adabiyotlarda uy xo’jaliklari moliyasining funktsiyalari
ayrim hollarda keng ma’noda, boshqa bir hollarda esa, tor ma’noda talqin qilinmoqda. Tor ma’noda uy xo’jaliklari
moliyasining funktsiyalari uy xo’jaliklaridagi iqtisodiy munosabatlarda, xususan, moliyaning funktsiyalari (taqsimlash
va nazorat) orqali ochib beri-layapti. Keng ma’noda esa, bu erda umuman moliyaga xos bo’lgan funktsiyalar ajratilib
ko’rsatilishi bilan birgalikda, uy xo’jaliklari moliyasining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini ifodalovchi funktsiyalarga
ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
135
Bu erda uy xo’jaliklari moliyasiga tegishli bo’lgan funktsiyalar sonining oltitaga etkazilganligidan “Bir butun
moliyaning o’zi ikki funktsiyani bajarishi, asosan, umumiy e’tirof etilgan bir paytda, uning tarkibiy qismi bo’lgan uy
xo’jaliklari moliyasi qanday qilib oltita funktsiyani bajarishi mumkin?” degan savol tug’ilishi tabiiy. Jiddiy mulohaza
yuritilsa, bu erda bayon etilgan uy xo’jaligi moliyasiga tegishli bo’lgan olti funktsiya, oxir oqibatda, moliyaga xos
bo’lgan ikki funktsiyaga borib taqalishi mumkinligini aniqlash mumkin. Shuning uchun ham “moliyaning ikki
funktsiyasi” va “uy xo’jaliklari moliyasining olti funktsiyasi” o’rtasida keskin farqlarning bo’lishi mumkinligini
isbotlashga urinish behudaga vaqtni sarflash bilan barobardir.
Ma’lumki, uy xo’jaliklarining ishtirokchilari qatoriga balog’at
yoshiga etmaganlar yoki etgan bo’lsa-da, turli sabablarga ko’ra
ishlamayotgan oila a’zolari ham kiradi. Uy xo’jaliklarining hissasiga
to’g’ri kelgan milliy daromadning bir qismi uy xo’jaliklari moliyasining
taqsimlash funk-tsiyasi doirasida uning barcha ishtirokchilari
o’rtasida u yoki bu nisbatlarda (proportsiyalarda) taqsimlanadi. Uy
xo’ja-liklarining moliyasi taqsimlash funksiyasini bajara borib, har bir
shaxsni (kishini) uning hayotiyligi u
chun kerak bo’lgan resurslar bilan
ta’minlab, oxir oqibatda, ishchi kuchi takror ishlab chiqarish
jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi. Bu o’rinda taqsimlash
funksiyasining ta’sir ob’yekti uy xo’jaligiga tegishli bo’lgan (uy
xo’jaligi egalik qilayotgan) daromad hisoblanadi. Taqsimlash
jarayonining sub’yektlari sifatida esa uy xo’jaliklarining barcha
ishtirokchilari maydonga chiqadi.
Uy xo’jaliklari moliyasining taqsimlash funksiyasi turli
shakllarda, jumladan, investitsion-taqsimlash funk-tsiyasi sifatida
amalga oshirilishi mumkin. Uning bu (investitsion-taqsimlash) shakli
shu bilan xarakterlanadiki, uy xo’jaliklari iqtisodiyot uchun moliyaviy
resurslarni asosiy etkazib beruvchilardan biri hisoblanadi. Uy
xo’jaliklari daromadlarining o’sishi bu funksiya baja-rilishining
moddiy asosini tashkil etadi. Ko’pchilik hollarda uy xo’jaliklarining
investitsion funksiyasi faqat kapitallashtiriladigan daromadlarning
salmog’i, ya’ni daromadning jamg’arma sifatida foydalaniladigani
(mablag’larni turli moliyaviy institutlarga va haqiqiy ishlab
chiqarishga joylashtirish) bilan bog’lanadi. Biroq bunday yondoshuv
bir tomonlamalik xarakteriga ega. Haqiqa
tda esa, o’z navbatida,
iste’mol salmog’ining oshishi ham iqtisodiyotga investitsiyalarning
o’sishiga ta’sir ko’rsatadigan omil hisoblanadi.
Bir vaqtning o’zida, yuqoridagi asoslarda takror ishlab chiqarish
jarayoni ishchi kuchi va shuningdek, uy xo’jalik-larining pul
mablag’lari bilan ta’minlanadi. Bu yerda uy xo’jaliklari moliyasining
takror ishlab chiqarish funksiyasi alohida rol o’ynaydi. Uy xo’jaliklari
daromadlari, xarajatlari va jamg’armalarining o’sishi jamiyatdagi
takror ishlab chiqarish jarayoni u
chun moddiy asos bo’lib xizmat
qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo’jaliklari mustaqil xo’jalik
yurituvchi sub’yekt hisoblanadi, ya’ni uy xo’jalik-lari a’zolarining
turmush darajasi uning hissasiga to’g’ri kelayotgan daromadning
miqdoriga to’liq bog’liqdir. Turli omillar ta’siri natijasida bu hajm
ortishi yoki qisqarishi ham mumkin. Shuning uchun ham iste’molning
odatdagi darajasini ushlab (saqlab) turishni olingan daromad-larning
turli fondlarga taqsimlanishi va ularning maqsadli foydalanishi
ustidan nazorat qilishsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Shuningdek, uy
xo’jaliklarining farovon-ligini qo’llab-quvvatlash va ularni taraqqiy
ettirish uchun ular byudjetlarining holatlari, ularga tegishli bo’lgan
daromadlarning taqsimlanishi, daromad manbalarining dinamikasi
ustidan nazorat ham ob’yektiv ravishda zarur. Ana shularda uy
xo’jaliklari moliyasining nazorat funksiyasi o’zini namoyon etadi.
Uy xo’jaliklari moliyasi tartibga solish funksiya-sining namoyon
bo’lishini quyidagi ikki nuqtai-nazardan qarash maqsadga muvofiq:
makroiqtisodiyot;
mikroiqtisodiyot.
Makroiqtisodiy yondoshuv nuqtai-
nazaridan uy xo’ja-liklari
moliyasi, bir vaqtning o’zida, davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga
solishning ob’yekti va instrumenti hisoblanadi. Uy xo’jaliklari
moliyasini tartibga sola-verib, davlat, eng avvalo:
bozor
munosabatlariga
xos
bo’lgan
daromadlarni
differentsiatsiya qilish (tabaqalashtirish) muammosining o’tkirligini
kamaytiradi;
aholi
daromadlari
manbaining
tarkibiy
tuzilishi
va
dinamikasidagi (o’zgarishidagi) tendentsiyalarni shakllan-tiradi;
iste’molning minimal (eng kam) darajasini tartibga soladi;
uy xo’jaliklarining investitsion salohiyatiga ta’sir ko’rsatadi.
Mikroiqtisodiy
yondoshuv
nuqtai-nazaridan
esa
uy
xo’jaliklarining iqtisodiyoti uning turli ishtirokchilari o’rtasidagi etarli
darajada murakkab bo’lgan munosabatlar kompleksiga asoslanadi.
Bu munosabatlar yosh borasidagi farqlar, xarakterning belgilari,
odamlarning qiliqlari, ular daromadlari va ehtiyojlarining xilma-xil
darajasi bilan belgilanadi. Shu bilan birgalikda, faqat uning
ishtirokchilari iqtisodiy (moliyaviy) qarorlar qabul qilishda o’zaro
tushunishga ega (yakdil) bo’lsalargina, uy xo’jaliklarining sog’lom
(normal) rivojlanishi sodir bo’lishi mumkin. O‘z navbatida, uy
xo’jaliklarining turli ishtirokchilari iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlash-
tirish ularni tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Bu yerda “ularni
tartibga solish” deyilganda, uy xo’jaligining bir a’zosiga to’g’ri
keladigan daromad bir qismining o’zgartirilishi nazarda tutilayapti.
Demak, bundan uy xo’jaliklari moliyasining yana bir funksiyani –
iqtisodiy
birlik
sifatida
uy
xo’jaligining
balanslashtirilgan
(muvozanatli) tarzda rivojlanishini qo’llab-quvvatlovchi tartibga solish
funksiyasini
– bajarishi yaqqol ko’rinib turibdi.
Uy xo’jaliklari moliyasining rag’batlantiruvchi funk-tsiyasi turli
shakl va mazmunda o’zini ifoda etadi. Bir tomondan, u o’z o’sib
boruvchi ehtiyojlarini (ehtiyojlarning o’sib borishi ob’yektiv iqtisodiy
qonunining harakatiga muvofiq ravishda) qondirish uchun zarur
bo’lgan daro-madlarni uy xo’jaliklari tomonidan oshirishga intilish
tufayli namoyon bo’ladi. Boshqa bir tomondan esa, uy xo’jaliklari
daromadlarining o’sishi mehnat faoliyatining sifati va natijalariga
asoslangan bo’lmog’i lozim.
Uy xo’jaliklari moliyasining rag’batlantiruvchi funk-tsiyasi aholi
real daromadlarining o’sishiga yo’naltirilgan ishlab chiqarish
jarayonining
rivojlanishiga
va
samarali
byudjet
siyosatiga
asoslangan rag’batlantiruvchi moliya mexanizmini yaratish orqali
amalga oshiriladi.
Uy xo’jaliklari moliyasi amal qilishining ijtimoiy jihatlari unga
tegishli bo’lgan yuqoridagi barcha funksiya-larning tahlilida
kuzatiladi. Shunday bo’lishiga qaramas-dan, ijtimoiy funksiyaning uy
xo’jaliklari moliyasiga tegishli bo’lgan alohida funksiya sifatida
qaralishini, ma’lum ma’noda, etarli darajada asoslangan deb
hisoblash mumkin. Chunki uy xo’jaliklarining daromadlari, xarajat-lari
va jamg’armalari aholi va uning alohida guruhlari sotsial-iqtisodiy
holatini bevosita aks ettiradi, shaxsning shakllanishi va demografik
jarayonlarga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ana shu ma’noda, uy xo’jaliklari
moliyasi jamiyat barcha a’zolarining hayotiy ta’minlanish darajasini
shakllantirish va iste’mol talabi tarkibiy tuzilishining xususiyatlarini
aniqlaydi,
aholi
daromadlarini
taqsim-
lashdagi bog’liqliklarni
ifodalaydi, jamiyat ijtimoiy-
iqtisodiy holatiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy
omil bo’lib hisoblanadi. Moliyaviy indikatorlar (masalan, o’rtacha jon
boshiga to’g’ri keluvchi pul daromadlari, aholi daromad-larining
differentsiatsiyalanish
(tabaqalanish)
koeffitsi-enti,
yashash
minimumi, minimal ish haqi va boshqalar) ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish dasturlarining majburiy elementi hisoblanadi, davlat
ijtimoiy siyosatining ishlab chiqilishi uchun
asos bo’lib xizmat qiladi,
jamiyatning farovonlik darajasini baholashga imkon beradi.
Uy xo’jaliklari moliyasining samarali faoliyat ko’rsatishi uy
xo’jaliklaridagi
moliyaviy
munosabatlarning
masshtabi,
bu
munosabatlar namoyon bo’lishi xilma-xilli-gining to’liqligi va ularning
rivojlanishini ta’minlovchi mexanizmlarga bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: |