Birinchi bosqich, majburiy sug’urta shartnomasi imzolangan
paytdan sug’urta hodisasi sodir bo’lgan kun yoki majburiy sug’urta
shartnomasi muddati tugagan sanagacha davom etadi. Ikkinchi
bosqich, majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta hodisasi
yuzaga kelgan paytdan boshlanadi. Birinchi bosqich, sug’urta
munosabatlarida faqat sug’urtaning ushbu turini amalga oshirgan
sug’urtalovchi va ish beruvchi kabi sub’yektlar ishtirok etadi. Mazkur
bosqichda majburiy sug’urta shartnomasi tuziladi va sug’urtaning
ushbu turi bo’yicha sug’urta mukofoti to’lanadi. Sug’urta
shartnomasiga binoan sug’urtalovchi kelishilgan haq sug’urta
mukofoti evaziga s
ug’urta hodisasi yuzaga kelganda ish beruvchi va
jabrlanuvchi yoki naf oluvchiga sug’urta
shartnomasida kelishilgan
sug’urta summasi doirasida sug’urta to’lovlarini to’lash majburiyatini
zimmasiga oladi.
Ta’kidlash lozimki, majburiy sug’urta shartnomasining asosiy
shartlari qonunning o’zi bilan muvofiqlashtiriladi. Mazkur shartlar
asosida Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko’rsatilgan qarori bilan
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish
qoidalari tasdiqlangan. Ushbu qoidalar majburi
y sug’urtaning
mazkur turini amalga oshirishning umumiy qoidalari, subrogatsiya,
sug’urtalovchini almashtirish yoki annuitetlar shartnomasiga ko’ra
sug’urtalovchini o’zgartirish, yakuniy qoidalar kabi umumiy shartlarni
o’z ichiga oladi.
Bundan tashqari, qoidalar fuqarolik javobgarligini
majburiy sug’urta qilish shartnomasiga tegishli shartlarni ham o’z
ichiga oladi. Bu shartlar majburiy sug’urta shartnomasini tuzish,
o’zgartirish va muddatidan avval bekor qilish, sug’urta summasi,
sug’urta mukofoti va uni to’lash qoidalari, majburiy sug’urta
shartnomasida
ishtirok
etayotgan
tomonlarning
huquq
va
majburiyatlari, sug’urta hodisalarini ko’rib chiqish tartibi, ko’rilgan
zarar hajmini aniqlash va majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha
sug’urta qoplamasini to’lash, shuningdek, annuitetlar shartnomasiga
tegishli shartlar, sug’urta summasi, sug’urta mukofoti va
annuitetlar
shartnomasi bo’yicha qaytarib sotib olish summasi, annuitetlar
shartnomasida
ishtirok
etuvchi
tomonlarning
huquq
va
majburiyatlari, annuitetlar sh
artnomasi bo’yicha joriy to’lovlar
shaklida sug’urta qoplamalarini to’lash tartibi, annuitetlar
shartnomasini o’zgartirish va muddatidan avval bekor qilish
tartibidan iborat.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta
qilish shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi va bir yil
muddatga tuziladi. Ammo, agar ish beruvchining faoliyati bir yildan
kam muddat davom etishi mo’ljallangan bo’lsa, u holda shartnoma
ish beruvchi tomonidan ushbu faoliyatni olib borish muddatiga
tuziladi.
Majburiy sug’urtaning ushbu turi bo’yicha sug’urta summasi
quyidagicha
belgilanadi
121
.
majburiy sug’urta shartnomasi tuzilayotgan sanaga kelib, bir
yildan ko’p faoliyat olib borgan ish beruvchi uchun – ish beruvchi
barcha xodimlarining ushbu shartnoma tuz
ilgan kungacha o’tgan 12
oyda olgan yillik ish haqi hajmidan;
o’z faoliyatini yangidan boshlayotgan ish beruvchi uchun
barcha xodimlarning majburiy sug’urta shartnomasi tuzilgan kundan
keyin keladigan 12 oy uchun oladigan ish haqi hajmidan. Bunda
yillik is
h haqi miqdori birinchi oydagi ish haqini 12 ga ko’paytirish
yo’li bilan hisoblanadi.
o’z faoliyatini kamida bir yil avval boshlagan ish beruvchi uchun
ish beruvchining barcha xodimlari ish beruvchining ushbu faoliyatini
amalga oshirish muddatida olgan ish haqi hajmida.
Majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta mukofoti sug’urta tariflari
asosida hisoblanadi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug’urtalash bo’yicha sug’urta
tarifi ikki tarkibiy qismda
shakllantiriladi:
Bazaviy stavka va ish beruvchi olib borayotgan faoliyatning
xavflilik darajasiga ko’paytiriladigan koeffitsent. Bazaviy stavka ish
beruvchilar va sug’urtalovchilar uchun yagona hisoblanadi hamda
ish beruvchining fuqarolik javobgarligi shartnomasi bo’yicha sug’urta
summasining yillik 0,1 foiz miqdorida belgilanadi. Bazaviy stavkaga
ko’paytiriladigan koeffitsent ish beruvchi olib borayotgan faoliyatning
xavflilik darajasiga qarab belgilanadi. Faoliyat xavfliligi esa ish
beruvchi faoliyat turining xavflilik darajasi klassifikatsiyasi darajasiga
muvofiq belgilanadi. Ish beruvchi faoliyat turining xavflilik darajasi
klassifikatsiyasi
qoidalar
asosida
tasdiqlangan
ushbu
klassifikatsiyaga binoan iqtisodiyot sohalari kasbiy xatarlarining 20
ta klassiga ajratilgan. Har bir klass bo’yicha tegishli koeffitsientlar
belgilangan. Agar, ish beruvchi klassifikatsiyada
keltirilmagan
faoliyat turi bilan shug’ullanayotgan bo’lsa, faoliyatning bu turiga
nisbatan kasbiy xatarlar klasslari bo’yicha o’rtacha sug’urta
tariflariga teng 3,400 hajmidagi koeffitsi
ent qo’llaniladi.
Shuningdek, sug’urtaning ushbu turi bo’yicha sug’urta tariflari
tarkibi ham belgilangan bo’lib, bunda sug’urta mukofoti hajmidagi
121
“Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida” O‘zbekiston Respublikasining
Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik hujjatlari to’plami. – T.: Adliya vazirligi, 2009 yil, 16-son.
netto-
stavka va sug’urta mukofoti hajmida majburiy sug’urtani
amalga oshirish xarajatlari ulushi belgilab beriladi. Sug’urta tarifi
tarkibiga muvofiq, tarif stavkasining 70 foizi ish beruvchining
fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash shartnomasi bo’yicha
to’lovlar va 30 foizi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug’urtalash xarajatlari (shu jumladan, sug’urta hodisalarini oldini
olishga oid ogohlantirish tadbirlari zaxirasiga chegirmalar tarifning
5,0 foizini tashkil etadi)dan iborat.
Shubhasiz, respublika
da majburiy sug’urtaning ijtimoiy
yo’naltirilgan
tizimi
shakllantirilgan.
Bu
tizim
mamlakat
iqtisodiyotining zamonaviy talablariga to’liq javob beradi. Majburiy
sug’urta turlarining tatbiq etilishi yaqin yillar ichida mamlakat
sug’urta bozorini rivojlantirishga qudratli turtki beradi va majburiy
sug’urtaning aholini ijtimoiy himoyalashda ishtirokini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: