24.5. Mol-mulk
sug’urtasi
Yuridik va jismoniy shaxslarga sug’urta xizmatlarini ko’rsatish
sug’urta turlari bo’yicha ishlab chiqilgan sug’urta shartnomalarini
tuzish yoki sug’urta polislarini rasmiylashtirish orqali amalga
oshiriladi. Sug’urta turlari ob’yekti va shakliga ko’ra farqlanadi.
Masalan, mulk sug’urtasida sug’urta ob’yekti sifatida yuridik va
jismniy shaxslarga tegishli mol-mulklar, moddiy boyliklarni but
saqlash bo’yicha manfaat yuzaga chiqadi.
Mulkni sug’urtalashning o’zi bir qator sug’urta turlarini o’z ichiga
oladi. Yuridik shaxslarning mol-
mulkini sug’urtalash, jismoniy
shaxslarning mol-
mulkini sug’urtalash va boshqalar mulkni
sug’urtalash turlariga misol bo’ladi.
Mut
axassislarning fikriga ko’ra, hozirgi kunda O‘zbekistonda 200
dan ziyod sug’urta xizmatlari turlari ishlab chiqilgan va salohiyatli
mijozlar
e’tiboriga
etkazilgan.
Mamlakatimizda
faoliyat
ko’rsatayotgan sug’urta tashkilotlari o’rtacha 30-40 ta sug’urta
xiz
mat turlarini ko’rsatadi. Sug’urta xizmatlari turlari ixtiyoriy va
majburiy shakllarda amalga oshiriladi.
Mulkiy sug’urta hayot sug’urtasidan tashqari umumiy sug’urta
tarmog’ida eng asosiy sug’urta turlarini o’z tarkibiga oladi. Hayotiy
tajribadan
ma’lumki, har qanday korxona, tashkilot yoki fuqaro o’z
mol-mulkini avaylab-
asrashga harakat qiladi. Ammo, oldindan ko’rib
bo’lmaydigan ko’ngilsiz voqealarning tasodifan sodir bo’lishi
oqibatida bu mol-
mulklar zararlarlanadi yoki butunlay nobud bo’ladi.
Rejali iqtisodiyot tizimida barcha korxonalar davlat tasarrufida
bo’lganligi bois bunday voqelarning ro’y berishi natijasida etkazilgan
zararlar, aksariyat holatlarda, davlat byudjeti mablag’lari hisobidan
qoplangan.
Ammo, iqtisodiyotni bozor munosabatlariga
o’tkazish bilan
bog’liq iqtisodiy islohotlar mulkiy munosabatlarni tubdan o’zgartirib
yubordi. Mulklar davlat tasarrufidan chiqarilishi tufayli xususiy va
boshqa mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar barpo etildi.
Tabiiyki, yangi sharoitda davlat xususiy sektordagi korxona va
tashkilotlarning mulkiy manfaatlariga etkazilgan zararlar uchun
mas’uliyatni o’z zimmasiga olmaydi. Bir tomondan, bozor sharoitida
raqobatning mavjud bo’lishi hamda turli ichki va tashqi xavf-xatarlar
tadbirkorlik faoliyatini bir maromda amalga oshirishga tahdid solsa,
ikkinchi tomondan, yuqori foyda olishga intilish katta tavakkalchiliklar
qilishni talab etadi.
Mulk sug’urtasi sug’urta tashkiloti va yuridik yoki jismoniy shaxs
bilan tuzilgan sug’urta shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 929-moddasida
sug’urta shartnomasining muhim shartlari ko’rsatilgan bo’lib,
sug’urta tashkilotlari sug’urta shartnomalarini tuzishda mazkur
shartlarni e’tiborga olishlari lozim. Bu shartlar quyidagilardan iborat:
Mulkiy sug’urta shartnomasi tuzishda sug’urta qildiruvchi bilan
sug’urtalovchi o’rtasida quyidagilar to’g’risida kelishuvga erishilishi
lozim:
sug’urta ob’yekti bo’lgan muayyan mol-mulk yoxud boshqa
mulkiy manfaat to’g’risida;
yuz berishi ehtimol tutilib sug’urta amalga oshirilayotgan voqea
(sug’urta hodisasi)ning xususiyati to’g’risida;
sug’urta puli miqdori to’g’risida;
sug’urta tovoni miqdorini aniqlash tartibi to’g’risida, agar
shartnomada uni sug’urta pulidan oz miqdorda to’lash mumkinligi
nazarda tutilgan bo’lsa;
sug’urta mukofotining miqdori va uni to’lash muddati
(muddatlari)
to’g’risida;
shartnomaning amal qilish muddati to’g’risida.
Taraflarning kelishuviga binoan shartnomaga boshqa shartlar
ham kiritilishi mumkin.
Agar sug’urta shartnomasi sug’urta
qildiruvchi, sug’urtalangan shaxs yoki naf oluvchi hisoblangan
fuqaroning ahvolini qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga
nisbatan
yomonlashtiradigan
shartlarni
o’z
ichiga
olsa,
shartnomaning ana shu shartlari o’rniga qonun hujjatlarining tegishli
qoidalari qo’llaniladi.
Yuridik shaxslarning quyidagi mulklarini saqlash bilan bog’liq
ularning mulkiy manfaati sug’urta ob’yekti sifatida qabul qilinishi
mumkin:
binolar, inshootlar, tugallanmagan qurilish
ob’ektlari;
ishchi mashinalar, uzatish qurilmalari, quvvat beruvchi uskunalar;
inventar;
tovar zaxiralari, xom-
ashyo, materiallar, yoqilg’i va boshqalar.
Sug’urtalanuvchiga mulk huquqi sifatida tegishli bo’lgan mol-
mulklar ham, ijara va keyinchalik egalik huquqini berish sharti bilan
qabul qilingan mol-
mulklar ham sug’urtalanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yilning
27 noyabridagi “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish
chora-
tadbirlari to’g’risida” 413-sonli qarorida “mol-mulkni olovdan
va tabiiy ofatlardan sug’urta qilish” 8-klassga oid ekanligi
ko’rsatilgan. Yong’in, portlash, bo’ron, dovul, jala, ko’chki,
tuproqning cho’kishi, emirilish, er osti suvlari, sel, yashin urishi,
zilzila, yadro energiyasi ta’siri natijasida mol-mulk yo’qotilganda
yoki shikastlanganda sug’urta qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi
sug’urta turlarining jami Hukumat qarori bilan tasdiqlangan
“Sug’urta faoliyati klassifikatori”ning 8-klassiga mos keladi. Do’l,
qalin qor yog’ishi yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o’g’irlik
qilish va boshqa voqealar natijasida mol-
mulk yo’qotilganda yoki
shikastlanganda sug’urta qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi
sug’urta turlari 9-klass doirasida amalga oshiriladi.
Sug’urta hodisalari sug’urtalanuvchilarning qo’pol ehtiyotsizligi,
atayin hatti-harakati natijasida voqea sodir etilsa va uning
natijasida mol-
mulkka zarar etkazilsa, bu zararlar sug’urtalovchi
tomonidan qoplanmaydi. Shu yerda siyosiy risklarni sodir bo’lishi
oqibatida ko’rilgan zararlar ham qoplanmasligini eslatib o’tish
o’rinli deb hisoblaymiz.
Sug’urta
tashkilotlari
tomonidan
“Sug’urta
faoliyati
klassifikatori”ga muvofiq, umumiy sug’urta tarmog’ining 8-klassi -
“Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sug’urta qilish”da qayd
etilgan shartlarda, ya’ni yong’in, portlash, bo’ron, dovul, jala, ko’chki,
tuproqning cho’kishi, emirilish, er osti suvlari, sel, yashin urishi,
zilzila, yadro energiyasi ta’siri natijasida mol-mulk yo’qotilganda yoki
shikastlanganda sug’urta qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi
sug’urtaning turlari asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, mazkur
klassifikatorning 9-klassi ham mol-
mulklarni sug’urta qilishga oid
bo’lib, u “Mol-mulkni zarardan sug’urta qilish” deb ataladi. 9-
klassning mazmuni 8-
klassda ko’rsatilmagan do’l, qalin qor yog’ishi
yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o’g’irlik qilish va boshqa
voqealar natijasida mol-
mulk yo’qotilganda yoki shikastlanganda
sug’urta qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urtaning turlari
jamidan iborat.
Shuni al
ohida ta’kidlash joizki, mol-mulkni sug’urta qilish
huquqiga O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan 8 va
9-
klasslar bo’yicha litsenziya olgan barcha sug’urta tashkilotlari
haqlidir.
Mol-
mulkni sug’urta qilish sug’urtalovchilar bilan tuzilgan
shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Sug’urta shartnomasi - tomonlarning aniq yuridik va moliyaviy
munosabatlarini belgilab beruvchi xujjatdir. Shartnomada franshiza
qo’llanilishi mumkin. Franshiza - yuridik shaxslar ko’rgan zararning
muayya
n qismi bo’lib, sug’urta hodisasi yuz berganda sug’urta
tashkiloti ana shu qism doirasida javobgar bo’lmaydi va u to’lanishi
kerak bo’lgan sug’urta qoplamasidan chegirib tashlanadi.
Sug’urtalovchi yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli mol-
mulklarni yo
ng’in, zilzila, toshqin, suv bosishi, ko’chki, bo’ron, er
cho’kishi, ichki sanitariya texnikasi tizimlari buzilishi natijasida to’liq
yoki qisman nobud bo’lganda sug’urta qoplamasini, sug’urtalanuvchi
bo’lgan yuridik shaxslar esa sug’urta mukofotini o’z vaqtida to’lash
va shartnomaning boshqa shartlarini bajarish majburiyatini o’z
zimmasiga oladi. Mana shu qayd etilgan holatlar sug’urta tashkiloti
va yuridik shaxslar o’rtasida mol-mulkni sug’urtalash bo’yicha
tuzilgan shartnomaning predmetini tashkil etadi.
Suturtalovchining
majburiyatlari
sug’urta
mukofoti
sug’urtalovchining hisob-kitob raqamiga kelib tushgan paytdan
e’tiboran kuchga kiradi. So’ng sug’urta polisi sug’urtalanuvchiga
shartnomada ko’rsatilgan muddat ichida beriladi.
Mol-
mulk
sug’urtasi
bo’yicha
yuridik
shaxslar
hamda
sug’urtalovchi
o’rtasida
tuzilgan
sug’urta
shartnomasida
tomonlarning huquq va majburiyatlari aks ettiriladi.
Sug’urtalanuvchi bo’lgan yuridik yoki jismoniy shaxslarning
majburiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
sug’urta ob’yektini ko’zdan kechirish uchun imkoniyat yaratib
berish;
sug’urta mukofotlarini o’z vaqtida to’lash;
shartnoma
tuzilayotganda
sug’urtalovchiga
sug’urta
tavakkalchiligini baholash uchun ahamiyat kasb etuvchi o’ziga
ma’lum barcha holatlar haqida, shuningdek mazkur sug’urta ob’yekti
bo’yicha tuzilgan yoki tuzilajak hamma sug’urta shartnomalari
to’g’risida ma’lumot berish;
Sug’urta hodisasi yuz berganda sug’urtalangan mulkiga zarar
etkazilishining oldini olish va zararni kamaytirish uchun zarur
choralar
ni ko’rish va sug’urtalovchiga sug’urta hodisasi sodir
bo’lganligi haqida sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan muddatlarda
xabar berish.
Yuridik yoki jismoniy shaxslar sug’urtalangan mulkini ko’zdan
kechirish uchun sug’urtalovchiga taqdim qilishi yoki mulkning barcha
zararlangan qismlarining fotosurati yoki videolavhasini oldirishi va
tiklash ishlari boshlangunga qadar o’zi qiladigan ishlarni
sug’urtalovchi bilan kelishib olishi kerak.
Yuridik yoki jismoniy shaxslar quyidagi huquqlarga ega bo’lishi
mumkin:
butun mulkni va ayrim ob’ektlarni tomonlarning qo’shimcha
kelishuvi yoki yangi sug’urta shartnomasi shartlari asosida
qo’shimcha sug’urtalash;
sug’urta hodisasi sodir bo’lganda mustaqil ekspertiza
o’tkazilishini talab qilish;
sug’urta shartnomasi amalda bo’lgan davrda sug’urtalovchidan
sug’urta masalalari borasida maslahatlar olish;
sug’urtalovchi bilan kelishgan holda sug’urta shartnomasiga
qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish.
Yuridik yoki jismoniy shaxslar oldida sug’urta shartnomasiga
muvofiq sug’urta tashkiloti quyidagi majburiyatlarga ega bo’ladi:
shartnomada belgilangan muddatlarda sug’urta polisini berish
va shartnoma tuzishda asoslanilgan sug’urtalash qoidalari bilan
tanishtirish;
sug’urta shartnomasida nazarda tutilgan sug’urta hodisalari yuz
berganda sug’urta hodisasi sodir bo’lganligi haqidagi dalolatnoma
asosida sug’urta qoplamasi to’lash;
sug’urtalanuvchi bilan bo’ladigan munosabatlarda mahfiylikni
ta’minlash.
Shu bilan bir qatorda sug’urta tashkilotining huquqlari
quyidagilard
an iborat bo’lishi mumkin:
agar sug’urta hodisasi:
a)
sug’urtalovchining sug’urta hodisasini keltirib chiqarish uchun
ataylab qilgan hatti-harakatlari natijasida yuz bergan
bo’lsa;
b)
sug’urtalanuvchi tavakkalchilikdagi jiddiy o’zgarishlar haqida
sug’urtalovchini boxabar qilgan bo’lmasa;
v) sug’urtalanuvchi sug’urta hodisasi to’g’risida sug’urtalovchiga
xabar bermagan yoki etkazilgan zarar tafsilotlari, turi va miqdorini
aniqlashda sug’urtalovchi yoxud uning vakili ishtirok etishiga
to’sqinlik qilgan bo’lsa;
g) sug’urtalanuvchi zararni aniqlash uchun zarur bo’lgan
hujjatlarni taqdim etmagan bo’lsa, sug’urta tovoni to’lashni rad etish;
sug’urta shartnomasining muddati mobaynida sug’urtalangan
mulkning ahvoli va qiymatini, shuningdek sug’urtalanuvchi o’z mulki
haqida ma’lum qilgan ma’lumotlarning to’g’riligini tekshirish;
sug’urtalanuvchidan sug’urta hodisasi haqida xabar kelishini
kutib o’tirmasdan, sug’urta hodisasi etkazgan zararni ko’zdan
kechirish va baholashga kirishish;
sug’urta hodisasi yuz berish xavfining darajasini ifodalovchi
qo’shimcha hujjatlarni talab qilib olish.
Sug’urtalanuvchi bo’lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar sug’urta
mukofotini shartnomada ko’rsatilgan muddatda to’lamaganda
shartnoma yuridik kuchini yo’qotishi mumkin.
Agar sug’urtalangan mulkning yo’qolishi yoki zararlanishiga
quyidagilar sabab bo’lsa sug’urta tashkiloti sug’urta javobgarligidan
ozod etilishi mumkin:
a)
sug’urtalanuvchining majburiyatlari kuchga kirgunga qadar
mulkda mavjud bo’lgan hamda sug’urtalanuvchi yoki uning
vakillariga ma’lum bo’lgan kamchilik va nuqsonlar;
b)
sug’urtalangan
mulkdan
foydalanish
qoidalarining
sug’urtalanuvchi yoki uning vakillari tomonidan buzilishi natijasida
zarar etkazilishi;
v) sug’urtalanuvchining yoki uning shartnoma bo’yicha
sug’urtalangan mulk ishonib topshirilishi mumkin bo’lgan
xodimlaridan, vakillaridan yoki boshqa shaxslardan birining
ehtiyotsizligi, vijdonsizligi, nosamimiyligi, shuningdek mulkka
mulkdorlik yoxud egalik huquqining qalloblik yo’li bilan boshqa
shaxsga o’tkazilishi;
g) doimiy ta’sir ko’rsatuvchi foydalanish omillari (eskirish,
zanglab chirish) va ob-
havo omillari ta’sirida yoxud sug’urtalangan
narsalardan foydalanmaslik oqibatida asta-sekin zararlanish;
d)
sug’urtalanuvchi yoki uning vakillari tomonidan yong’in
xavfsizligi qoidalarining buzilishi;
e) engil alangalanadigan modda va materiallarni saqlash yoki
ulardan foydalanish qoidalarining buzilishi;
z) sug’urtalanuvchi zararlangan narsalarni yoki ularning
qoldiqlarini sug’urtalovchiga ko’rsatishdan bosh tortgan taqdirda,
butunlay yo’q bo’lib ketishi mumkin bo’lgan narsalar bundan
mustasnodir;
i) urush yoki urush harakatlari (urush e’lon qilingani-
qilinmaganidan qati nazar), g’alayon, inqilob, qo’zg’olon, isyon, fitna,
ish tashlash, noqonuniy y
o’l bilan hokimiyatni qo’lga olish, suiqasd,
qo’poruvchilik harakati, amalda yoki qonuniy mavjud bo’lgan
hukumatning yoki biror hokimiyat organining farmoyishi bilan
musodara qilish, rekvizitsiya, buzish yoki zararlantirish, yadro
reaktsiyasi, yadro nurlanishi yoxud radioaktiv zararlanish.
Ichki sanitariya texnikasi tizimlari buzilganda quyidagi:
a)
agar falokat sug’urtalanuvchining ehtiyotsizligi yoki noshud
hatti-harakatlari tufayli yuz bergan;
b) basharti falokat uchinchi shaxslarning ataylab qilgan yoki
ataylab qilmagan xatti-harakatlari oqibatida yuz bergan hollarda
sug’urta tashkiloti etkazilgan zarar uchun javob bermaydi.
Sug’urta qoplamasi sug’urtalanuvchining zararni qoplash
to’g’risidagi
yozma arizasi, shuningdek, vakolatli organlardan
olingan tegishli hujjatlar asosida to’lanadi. Bunday hujjatlarning
taqdim
etilmasligi
sug’urtalovchiga
ushbu
hujjatlar
bilan
tasdiqlanmagan zarar uchun tovon to’lashni rad etish huquqini
beradi.
Sug’urtalanuvchi sug’urta hodisasi sodir bo’lgani haqida ariza
bergandan
so’ng
komissiya
tuzilib,
uning
tarkibiga
sug’urtalanuvchining, sug’urtalovchining, zarur hollarda esa vakolatli
tashkilotlarning ham vakillari kiritiladi.
Komissiya muayyan muhlat ichida zararlanish sabablari va
miqdorini aniklaydi. Komissiya s
ug’urta hodisasini e’tirof ettan
taqdirda yo’qotish va zararlar mikdori, shuningdek to’lanishi lozim
bo’lgan sug’urta qoplamasining miqdori aniqlanadi. Tomonlar buni
dalolatnomada qayd etadilar.
Mazkur
dalolatnoma
sug’urtalanuvchiga
sug’urtalovchi
tomonida
n sug’urta tovoni to’lanishi uchun asos bo’ladi.
Zarar sabablari va mikdori xususida tomonlar o’rtasida nizolar
paydo bo’lgan hollarda mustaqil ekspertiza o’tkazilishi mumkin.
Sug’urtalanuvchi
zararni
qoplash
haqidagi
arizasida
quyidagilarni ko’rsatishi shart:
-
sug’urta hodisasi yuz bergan sana va uning tavsifi;
-
sug’urta hodisasi sodir bo’lganda sug’urtalanuvchi qilgan ishlar;
-
zarar miqdori va sug’urtalanuvchi da’vo qilayotgan sug’urta
tovonining miqdori. Bunda tegishli ro’yxat va summa ko’rsatilishi
kerak;
-zararni qoplash uchun uchinchi shaxslardan olingan tovon
mikdori.
Mabodo zarar to’liq qoplangan bo’lsa yoki sud qaroriga ko’ra
zarar aybdor shaxs tomonidan
qoplanadigan
bo’lsa,
sug’urtalanuvchi sug’urta tovoni olish huquqidan mahrum bo’ladi.
Quyidagi hollarda sug’urta tovoni to’lanmaydi:
-
agar sug’urtalanuvchi zarar etkazilishiga olib keluvchi hatti-
harakatlarni ataylab yoki qo’pol ehtiyotsizligi tufayli sodir etgan yoki
ularga yo’l qo’ygan bo’lsa;
-basharti zarar kelib chiqishiga olib kelgan holatlar huquqni
muhofaza qilish organlari tomonidan tekshirilayotgan bo’lsa,
tekshiruv tamom bo’lgunga qadar.
Mabodo sug’urtalanuvchi yoki naf oluvchi shaxs zarar uchun
aybdor yoki uchinchi shaxslardan tovon olgan bo’lsa, sug’urtalovchi
sug’urta shartlariga ko’ra to’lanishi lozim bo’lgan pul bilan aybdor
yoxud uchinchi shaxslardan olingan pul o’rtasidagi farqning o’zini
to’laydi.
Shartnoma imzolagandan so’ng tavakkalchilik darajasida ro’y
bergan va sug’urta hodisasi yuz berish ehtimolini oshiradigan
barcha o’zgarishlar sug’urtalovchiga sug’urta shartlarini o’zgartirish
hamda qo’shimcha sug’urta mukofoti to’lanishi talab qilish huquqini
beradi. Sug’urtalanuvchi qo’shimcha sug’urta mukofotini to’lashdan
bosh tortgan taqdirda m
azkur shartnoma yuridik kuchini yo’qotadi,
to’langan sug’urta mukofoti esa qaytarib berilmaydi.
Shartnomada kelishilgan zararlarni qoplash uchun sug’urtalovchi
tomonidan amalga oshirilgan har bir to’lov majburiyatlar chegarasini
ana shu to’lov miqdorida, ammo agar mas’uliyat chegarasini qayta
tiklash
uchun
qo’shimcha
sug’urta
mukofoti
to’lanmasa,
dalolatnomada qayd etilgan zarar mikdoridan ko’p bo’lmagan
hajmda kamaytiradi.
Shartnoma tomonlar unda ko’rsatilgan majburiyatlarini bajarmay
qo’ygunlariga qadar kuchda bo’ladi.
Tomonlardan birining kamida 30 kun oldin beriladigan yozma
arizasiga binoan shartnoma istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin.
Agar sug’urtalanuvchi shartnomani muddatidan oldin bekor
qilishini ma’lum qilsa, sug’urta mukofoti unga qaytarilmaydi.
Sug’urta shartnomasi bekor qilinishini sug’urtalovchi talab etgan
takdirda:
a)
sug’urtalanuvchiga sug’urta mukofoti muddati tamom
bo’lmagan davrga mutanosib mikdorda qaytariladi, bunda o’tgan
davrda qilingan xarajatlar sug’urta mukofotidan ushlab qolinadi;
b)
basharti sug’urta shartnomasi bekor qilinishining talab
etilishiga
ushbu
shartnomada
kelishilgan
shartlarning
sug’urtalanuvchi tomonidan buzilishi sabab bo’lsa, faqat sug’urta
mukofoti muddati tamom bo’lmagan davrga mutanosib mikdorda
qaytariladi.
Sug’urta tovoni to’lash haqida dalolatnoma tuzilgandan keyin
sug’urtalanuvchining zarar etkazilishi uchun javobgar shaxslarga
nisbatan bo’lgan huquqlari to’langan pul miqdorida sug’urtalovchiga
o’tadi. Bunda sug’urtalanuvchi aybdor shaxslardan talab qilish
huquq
ini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni
sug’urtalovchiga berishi shart.
Sug’urtalanuvchi zarar etkazgan shaxsga bo’lgan da’vosidan
yoki unga nisbatan bo’lgan talablarning amalga oshirilishini
ta’minlovchi huquqlaridan voz kechganda, shuningdek regress
talabni qo’yish uchun zarur bo’ladigan hujjatlarni sug’urtalovchiga
berishdan bosh tortganda sug’urtalovchi sug’urta tovoni to’lashdan
ozod
bo’ladi.
Shartnomaga kiritiladigan hamma qo’shimcha va o’zgartirishlar,
shuningdek prolongatsi
ya, bekor qilish yoki to’xtatish tomonlarning
roziligi bilan o’zaro xabar berilgan holda yozma ravishda amalga
oshirilmog’i darkor.
Sug’urta shartnomasidan kelib chiquvchi barcha nizo va
kelishmovchiliklar tomonlarning muzokara olib borishi yo’li bilan hal
etiladi, kelishuvga erishib bo’lmagan taqdirda esa tegishli muddat
ichida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
tartibda qarab chiqish uchun xo’jalik sudiga oshiriladi.
Yuridik shaxslar mulkini sug’urtasi bo’yicha sug’urta summasi
mol-mulk balans qiymatiga nisbatan foizlarda hisoblanadi. Tarif
stavkasini aniqlashda mol-
mulkning joylashgan o’rni, eskirganlik
va risk darajasi kabi omillar hisobga olinadi. Jismoniy shaxslarning
mol-
mulkini sug’urta qilishda sug’urta ob’yekti bahosi bozor narxi
asosida aniqlanadi.
Ixtiyoriy sug’urta turlari bo’yicha tarif stavkasi sug’urta tashkiloti
tomonidan risk darajasi, ish yuritish xarajatlari va bozordagi talab
hamda taklifdan kelib chiqqan holda belgilanadi. Majburiy sug’urta
turlari bo’yicha tarif stavkalari qonunchilikda belgilangan tartibda
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Sug’urta mukofoti tarif stavkasi asosida sug’urtaga qabul
qilinayotgan ob’ektning sug’urta summasidan kelib chiqqan holda
hisoblanadi. Misol. Korxonaga tegishli va su
g’urtalash uchun qabul
qilingan stanokning qoldiq qiymati 150 000 so’m. Tarif stavkasi – 1,0
foiz. Sug’urta mukofoti (Sm) quyidagicha hisoblanadi.
150 000x1
Sm =-----------------
= 1500 so’m
100
Sug’urta mukofotining miqdori va to’lash muddatlari sug’urta
s
hartnomasida ko’rsatiladi. Shuningdek, sug’urta qildiruvchilar
sug’urta tashkiloti bilan kelishgan holda sug’urta mukofotini bo’lib-
bo’lib ham to’lashlari mumkin. Agar, sug’urta hodisasi sug’urta
mukofotining bir qismi to’langandan so’ng ro’y bergan bo’lsa, u
holda zarar sug’urta mukofotining to’langan qismiga mutanosib
ravishda qoplanadi. Misol. Korxonaga tegishli stanokning qiymati
150 000 so’m. Sug’urta summasi ham 150 000 so’mga teng. Tarif
stavkasi
– 1,0 foiz. Hisoblangan va sug’urtalovchiga to’lanishi lozim
bo’lgan sug’urta mukofoti miqdori 1500 so’mni tashkil etadi. Sug’urta
shartnomasi muddati
– 1,0 yil. Sug’urta shartnomasida mazkur
sug’urta mukofotini bo’lib-bo’lib to’lash nazarda tutilgan. Shunga
asosan sug’urta qildiruvchi shartnoma tuzilgandan so’ng 3 kun
ichida hisoblangan sug’urta mukofotining 750,0 so’mini to’ladi.
Sug’urta hodisasi shartnoma tuzilgandan so’ng 15 kun ichida sodir
bo’ldi. Bunday holatda va mazkur sug’urta hodisasi sug’urta
tashkiloti tomonidan tan olingan taqdird
a sug’urta qildiruvchiga zarar
to’langan sug’urta mukofotiga mutanosib ravishda, ya’ni 50 foizi
miqdorida qoplab beriladi.
Sug’urta qoplamasi sug’urtalanuvchining zararni qoplash
to’g’risidagi yozma arizasi, shuningdek vakolatli organlardan olingan
tegishl
i hujjatlar asosida to’lanadi. Bunday hujjatlarning taqdim
etilmasligi sug’urtalovchiga ushbu hujjatlar bilan tasdiqlanmagan
zarar uchun tovon to’lashni rad etish huquqini beradi.
Sug’urta hodisasi sodir bo’lganligi haqidagi xabarni sug’urta
qildiruvchi sh
artnomada ko’rsatilgan muddati ichida sug’urtalovchiga
etkazishi shart. Aks holda, sug’urta tashkiloti zararni qoplashdan voz
kechishi mumkin.
Sug’urtalanuvchi sug’urta hodisasi sodir bo’lgani haqida ariza
bergandan so’ng sug’urta tashkiloti tomonidan komissiya tuziladi va
uning tarkibiga sug’urtalanuvchining, sug’urtalovchining, zarur
hollarda esa vakolatli tashkilotlarning ham vakillari kiritiladi.
Komissiya muayyan muhlat ichida zararlanish sabablari va
mikdorini aniqlaydi. Komissiya sug’urta hodisasini e’tirof ettan
taqdirda yo’qotish va zararlar miqdori, shuningdek to’lanishi lozim
bo’lgan sug’urta qoplamasining mikdori aniqlanadi. Tomonlar buni
dalolatnomada qayd etadilar.
Mazkur dalolatnoma sug’urtalanuvchiga sug’urta tashkiloti
tomonidan sug’urta tovoni to’lanishi uchun asos bo’ladi.
Zarar sabablari va miqdori xususida tomonlar o’rtasida nizolar
paydo bo’lgan hollarda mustaqil ekspertiza o’tkazilishi mumkin.
Sug’urtalanuvchi
zararni
qoplash
haqidagi
arizasida
quyidagilarni ko’rsatishi shart:
-
sug’urta hodisasi yuz bergan sana va uning tavsifi;
-
sug’urta hodisasi sodir bo’lganda sug’urtalanuvchi qilgan ishlar;
-
zarar miqdori va sug’urtalanuvchi da’vo qilayotgan sug’urta
tovonining miqdori. Bunda tegishli ro’yxat va summa ko’rsatilishi
kerak;
-zararni qoplash uchun uchinchi shaxslardan olingan tovon
mikdori.
Mabodo zarar to’liq qoplangan bo’lsa yoki sud qaroriga ko’ra
zarar aybdor shaxs tomonidan
qoplanadigan
bo’lsa,
sug’urtalanuvchi sug’urta tovoni olish huquqidan mahrum bo’ladi.
Quyidagi hollarda sug’urta tovoni to’lanmaydi:
-
agar sug’urtalanuvchi zarar etkazilishiga olib keluvchi hatti-
harakatlarni ataylab yoki qo’pol ehtiyotsizligi tufayli sodir etgan yoki
ularga yo’l qo’ygan bo’lsa;
-basharti zarar kelib chiqishiga olib kelgan holatlar huquqni
muhofaza qilish organlari tomonidan tekshirilayotgan bo’lsa,
tekshiruv tamom bo’lgunga qadar.
Mabodo sug’urtalanuvchi yoki naf oluvchi shaxs zarar uchun
aybdor yoki uchinchi shaxslardan tovon olgan bo’lsa, sug’urtalovchi
sug’urta shartlariga ko’ra to’lanishi lozim bo’lgan pul bilan aybdor
yoxud uchinchi shaxslardan olingan pul o’rtasidagi farqning o’zini
to’laydi.
Shartnoma imzolagandan so’ng tavakkalchilik darajasida ro’y
bergan va sug’urta hodisasi yuz berish ehtimolini oshiradigan
barcha o’zgarishlar sug’urta tashkilotiga sug’urta shartlarini
o’zgartirish hamda qo’shimcha sug’urta mukofoti to’lanishini talab
qilish huquqini beradi. Sug’urtalanuvchi qo’shimcha sug’urta
mukofotini to’lashdan bosh tortgan taqdirda mazkur shartnoma
y
uridik kuchini yo’qotadi, to’langan sug’urta mukofoti esa qaytarib
berilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |