T. Malikov O. Olimjonov moliya


Sug’urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Sug’urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam 
MIQDORLARI
109
Sug’urta faoliyati turlari 
Sug’urtalovchi ustav 
kapitali eng kam miqdori 
Umumiy sug’urtalash tarmog’ida 
7,5 milliard so’m 
Hayotni sug’urtalash tarmog’ida 
10,0 milliard so’m 
Majburiy sug’urtalash bo’yicha 
15,0 milliard so’m 
Faqat qayta sug’urtalash bo’yicha 
30,0 milliard 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, sug’urta tashkilotlari
2018 yilning 1 iyuliga qadar ustav kapitali miqdorlarini yuqorida 
ko’rsatib o’tilgan talabga to’liq muvofiqlashtirgan. Demak, sug’urta 
tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdorlari faoliyat turlariga 
qarab farqlanadi. Masalan, umumiy 
sug’urtalash tarmog’ida faoliyat 
109
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 31 maydagi “Sug’urtachilarning moliyaviy barqarorligini yanada 
oshirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” PQ-1544-son Qaroriga ilova. 


yurituvchi sug’urta tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori 
7,5 milliard so’mga teng bo’lishi kerak. Aks holda, mazkur talabga 
javob bermagan sug’urta tashkilotlarning faoliyati qonunda 
belgilangan tartibda to’xtatiladi. 
Sug’urta shartnomasi ikki yoki undan ortiq shaxs ishtirokida 
tuzilgan yozma bitim bo’lib, unga asosan sug’urta qildiruvchi 
sug’urta mukofotini to’lash, sug’urtalovchi esa sug’urta hodisasi 
sodir bo’lganda sug’urta tovonini to’lash majburiyatini oladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga ko’ra, sug’urta 
shartnomasi faqat yozma shaklda tuzilgan bo’lishi shart. 
Shuningdek, kodeksda sug’urta fuqaro yoki yuridik shaxs 
(sug’urta qildiruvchi) sug’urta tashkiloti (sug’urtalovchi) bilan 
tuzadigan mulkiy yoki shaxsiy sug’urta shartnomalari asosida 
amalga oshiriladi, deb 
ko’rsatilgan. 
Sug’urta shartnomasi yuridik yoki jismoniy shaxsning yozma 
yoki og’zaki arizasiga asosan tuziladi. Arizada sug’urta qildiruvchi 
yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, manzili, shu 
jumladan elektron manzili, telefon raqaml
ari ko’rsatilgan bo’ladi. 
Jismoniy shaxslar esa arizada familiyasi, ismi va otasining ismi, uy 
manzili, telefon raqamlari to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. 
Bundan tashqari, arizada sug’urtaga qabul qilinayotgan ob’ektlar, 
uning qiymati haqida ham a
niq ma’lumotlar keltirilishi zarur. 
Arizadagi ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun mas’uliyat sug’urta 
qildiruvchi shaxsning zimmasiga yuklanadi. Aks holda, sug’urta 
qildiruvchi shaxs tomonidan arizada noto’g’ri, soxta ma’lumotlarning 
taqdim etilishi sug’urtalovchi tomonidan aniqlangan taqdirda, 
sug’urta hodisasi sodir bo’lishi oqibatida yuzaga kelgan zararlar 
qoplanmaydi. 
Sug’urta shartnomasi tuzishdan oldin sug’urta tashkilotining 
vakili yoki sug’urta syurveyeri sug’urta qilinayotgan ob’ektni obdan 
ko’zdan kechirishi va albatta, arizada keltirilgan ma’lumotlarga 
qanchalik mos kelishini tekshirishi shart. Sug’urta syurveyeri 
quyidagilar bo’yicha xizmatlar ko’rsatuvchi, o’z shtatida tegishli 
mutaxassislarga ega bo’lgan yuridik shaxs yoki professional bilim va 
malakaga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir: 

sug’urta shartnomasi tuzilguniga qadar sug’urta ob’yektini 
ko’zdan kechirish va tekshirish; 

sug’urta shartnomasi tuzilguniga qadar barcha faktlarni va 
tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish, tavakkalchilik darajasini 
aniqlash; 

tekshirilayotgan sug’urta ob’yekti bo’yicha xulosa tuzish. 


Sug’urta shartnomasida sug’urtanalayotgan ob’ekt, mazkur 
ob’ekt bo’yicha sug’urta javobgarligi, sug’urta tarifi, sug’urta mukofoti 
va sug’urta hodisasi sodir bo’lganda taraflar, ya’ni sug’urta tashkiloti 
va sug’urta qildiruvchi o’rtasida vujudga keladigan o’zaro 
munosabatlarni tartibga solish shartlari o’z aksini topadi. 
Shuningdek, sug’urta shartnomasida uning amal qilish muddati, 
ishtirok etuvchi taraflarning huquq va majburiyatlari, javobgarligi 
hamda manzillari, mas’ul shaxslarning imzolari va muhrlari qayd 
etiladi. 
Sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchining javobgarligi 
sug’urta qildiruvchi tomonidan sug’urta mukofoti to’langandan so’ng 
boshlanadi. Agar sug’urta qildiruvchi tomonidan sug’urtalovchining 
hisob raqamiga sug’urta mukofoti shartnomada ko’rsatilgan 
muddatda va tartibda to’lanmasa, sug’urta shartnomasi o’z kuchini 
yo’qotadi. 
Sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchining sug’urta 
qildiruvchi oldida sug
’urta javobgarligining boshlanganligi sug’urta 
qildiruvchiga sug’urta polisini rasmiylashtirish va taqdim etish yo’li 
bilan tasdiqlanadi. Sug’urta polisi qatiy hisobda turuvchi hujjat bo’lib, 
unda polisni taqdim etgan sug’urta tashkilotining nomi, manzili, 
telefon raqamlari, polisning amal qilish muddati, sug’urta 
qildiruvchining nomi, sug’urta ob’yekti, sug’urta summasi va sug’urta 
mukofotining miqdori keltirilgan bo’ladi. Sug’urta polisining orqa 
tarafida sug’urtalash qoidasidan ko’chirma o’z ifodasini topgan 
bo’lishi lozim. Sug’urta polisining asl nusxasi sug’urta qildiruvchiga 
beriladi, nusxasi esa sug’urta tashkiloti yoki uning vakilida qoladi. 
Sug’urta munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning huquq va 
majburiyatlari qonunchilik hujjatlarida, sug’urta shartnomalarida o’z 
aksini topadi. Sug’urta shartnomasi sug’urtalovchi va sug’urta 
qildiruvchi o’rtasida tuziladi hamda unda ikkala tomonning ham 
huquq va majburiyatlari ko’rsatiladi. 
Sug’urta tashkilotining huquqlariga quyidagilar kiradi: 

sug’urta ob’yektini ko’zdan kechirish, shu jumladan, sug’urta 
qildiruvchining arizasida keltirilgan ma’lumotlarning sug’urta 
ob’yektining haqiqiy holatiga muvofiq kelishini tekshirish; 

sug’urta hodisasi sodir bo’lganda uning oqibatlarini bartaraf 
etish va kamaytirishda 
ishtirok etish, bu borada sug’urta 
qildiruvchiga zarur ko’rsatmalar berish; 

sug’urta tashkilotiga sug’urta hodisasi yuz berish ehtimolini va 
ehtimoli bo’lgan zararlarning miqdorini aniqlash uchun muhim 


ahamiyatga ega bo’lgan soxta ma’lumotlar taqdim etilganligi ma’lum 
bo’lib qolsa, sug’urta shartnomasini bekor qilish; 

sug’urta hodisasi sug’urta qoplamasini olish maqsadida atayin 
uyushtirilganligi aniqlangan taqdirda sug’urta tovonini to’lamaslik; 
Sug’urta tashkilotining shartnoma doirasidagi majburiyatlariga 
quyidagilar kiradi: 

sug’urta mukofoti kelib tushgandan so’ng sug’urta polisini 
berish; 

sug’urta hodisasi sug’urta tashkiloti tomonidan tan olingan 
taqdirda sug’urta tovonini belgilangan muddatlarda to’lash; 

sug’urta qildiruvchini sug’urtalash qoidalari bilan tanishtirish; 

sug’urta qildiruvchiga tegishli ma’lumotlarning maxfiyligini 
ta’minlash; 

sug’urta tashkilotining manzili, nomi, mulkchilik shakli 
o’zgargan taqdirda yoki litsenziyasi vaqtincha to’xtatilganda, chaqirib 
olinganda bu haqda 
sug’urta qildiruvchiga xabar berish. 
Sug’urta qildiruvchining huquqlariga quyidagilar kiradi: 

sug’urta tashkiloti to’g’risida ma’lumotlar so’rash; 

sug’urta shartnomasi amalda bo’lgan davrda sug’urtaga oid 
maslahatlar olish; 

sug’urta polisi yo’qolgan taqdirda uning nusxasini olish; 

sug’urtalovchi bilan kelishgan holda sug’urta shartnomasiga 
qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish; 
- naf oluvchini mustaqil belgilash; 

sug’urta hodisasi sug’urta tashkiloti tomonidan tan olingandan 
so’ng sug’urta tovonini olish. 
Sug’urta qildiruvchining majburiyatlari quyidagilardan iborat: 

sug’urtalanayotgan ob’ekt, uning risk darajasini oshishiga ta’sir 
ko’rsatuvchi holatlar haqida aniq ma’lumotlar berish; 

sug’urta shartnomasi amal qilayotgan davrda sug’urta 
ob’yektida o’zgarish bo’lganda, ya’ni sotilishi yoki ijaraga berish 
yoxud boshqa o’zgarishlar bo’lganda bu haqda sug’urta tashkilotiga 
xabar berish; 

shartnomada ko’rsatilgan muddatda va tartibda sug’urta 
mukofotini to’lash; 

sug’urta 
ob’yekti 
boshqa 
sug’urta 
tashkilotlarida 
sug’urtalanganmi yoki sug’urtalanmaganligi to’g’risida haqqoniy 
ma’lumotni taqdim etish; 

sug’urta hodisasi sodir bo’lganda bu haqda zudlik bilan 
shartnomada ko’rsatilgan muddat ichida sug’urta tashkilotiga xabar 
berish; 



sug’urta hodisasi yuz berishi natijasida yuzaga kelgan 
zararlarni kamaytirish, yong’in, portlash va avariya holatlari ro’y 
berganligi to’g’risida tegishli vakolatli organlarga xabar berish. 
Sug’urta shartnomasida ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va 
majburiyatlari sug’urta turiga va uning xususiyatlariga hamda 
sug’urta tashkilotining ichki siyosatidan kelib chiqqan holda bir- 
biridan farq qilish mumkin. 
Yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy manfaatlarini tabiiy 
ofatlar va baxtsiz hodisalardan himoyalashda sug’urta samarali va 
ishonchli vosita hisoblanadi. Sug’urta qildiruvchilar sug’urta 
ob’yektining qiymatiga nisbatan juda oz miqdorni tashkil etuvchi 
xizmat haqi 
– sug’urta mukofotini to’lash orqali sug’urta hodisalari 
yuz berishi tufayli yuzaga kelgan katta miqdorda, ba’zan to’langan 
sug’urta mukofotining bir necha yuz baravari miqdorida sug’urta 
tovonini olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Sug’urtaning afzallik tomoni 
ham mana shunda. Yuridik va jismoniy shaxslar o’zlariga tegishli 
mol-
mulklarni yoxud hayotini saqlash bilan bog’liq risklarni sug’urta 
tashkilotiga berish orqali o’z xotirjamligini ta’minlaydi. Shu bois, 
sug’urtani xotirjamlik uchun to’lov sifatida ham talqin etadilar. 
Har qanday jamiyatda fuqarolar va ularning jamoasi o’z 
faoliyatlari jarayonida bir-birlari bilan tegishli ijtimoiy munosabatda 
bo’ladilar. Ushbu munosabatlarni bir qolipga solish uchun ularni 
tartibga keltirish zarur, ya’ni fuqarolar va tashkilotlarning hatti- 
harakat qilish doirasini belgilash zarur. Bayon etilganlar to’laligacha 
sug’urtaga ham taalluqlidir. Sug’urta ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyat 
sifatida huquqiy tomondan mustahkamlanishni talab etadi. Sug’urta 
jamg’armasini tashkil etish va undan foydalanish jarayonida vujudga 
keladigan munosabatlar huquqiy tartibga solinadi. 
Sug’urta sohasida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar 
fuqarolik-huquqiy 
munosabatlar 
tarkibiga 
kiradi. 
Bunday 
munosabatlar fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy 
holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, shartnoma 
majburiyatlarini, shuningdek mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy 
munosabatlarni tartibga soladi. 
Sug’urta sohasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlar quyidagi 
yo’nalishlarda namoyon bo’ladi: 

fuqarolar va sug’urta tashkilotlari o’rtasida shakllanadigan 
fuqarolik-huquqiy munosabatlar; 

sug’urta tashkilotlari o’rtasida yuzaga keladigan o’zaro 
munosabatlar; 



fuqarolar va maxsus vakolatli davlat organlari o’rtasida 
paydo bo’ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar; 

sug’urta tashkilotlari va maxsus vakolatli davlat organi 
o’rtasida yuzaga keladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar. 
Fuqarolar va sug’urta tashkilotlari o’rtasida paydo bo’ladigan 
fuqarolik-huquqiy munosabatlar tegishli shartnoma qoidalariga 
asoslanadi. Bunda bir tomondan sug’urta tashkilotining fuqaro 
oldida, ikkinchi tomondan fuqaroning sug’urta tashkiloti oldidagi 
burch va majburiyatlari paydo bo’ladi. Ya’ni, tuzilgan shartnomaga 
ko’ra, fuqaro o’z vaqtida sug’urta mukofotini to’lashi shart. Sug’urta 
hodisasi ro’y berganda esa, sug’urta tashkiloti sug’urta 
shartnomasida qayd etilgan shart va 
muddatlarda sug’urta tovonini 
(summasini) fuqaroga to’lab berishi lozim. Ko’rinib turibdiki, 
shartnoma
–fuqarolik-huquqiy hujjat sifatida taraflarning o’zaro 
munosabatini huquqiy tartibga soladi. 
Sug’urta tashkilotlarining bir-birlari o’rtasida paydo bo’ladigan 
fuqarolik-
huquqiy munosabatlari sug’urta pulini (yirik ob’ektlarni 
sug’urtalash maqsadida bir nechta sug’urta tashkilotlarining o’zaro 
birlashuvi) va qayta sug’urta qilish bilan bog’liq tuzilgan 
shartnomalar doirasida shakllanadi. Amaldagi qonun hujjatlariga 
ko’ra, sug’urta tashkiloti moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, 
binobarin, sug’urta qildiruvchilar oldida o’z zimmasiga olgan 
majburiyatini bajarilishini ta’minlash maqsadida sug’urta pulida 
ishtirok etishi yoxud boshqa sug’urta tashkilotlari yoki ixtisoslashgan 
qayta sug’urta tashkilotlari bilan shartnomaviy munosabatlarga 
kirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 959- 
moddasida “sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi o’z 
zimmasiga olgan sug’urta tovonini yoki sug’urta pulini to’lash xavfi 
uning tomonidan to’liq yoki qisman boshqa sug’urtalovchida 
(sug’urtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sug’urta qilish 
shartnomasi bo’yicha sug’urtalanishi mumkin” deb alohida qayd 
etilgan. 
Qayta sug’urta qilish shartnomasiga nisbatan, agar qayta 
sug’urta qilish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan 
bo’lsa, Fuqarolik kodeksining tadbirkorlik xavfini sug’urta qilish 
borasida qo’llanishi lozim bo’lgan qoidalari tatbiq etiladi. Qayta 
sug’urta qilish shartnomasini tuzgan sug’urta shartnomasi (asosiy 
shartnoma) bo’yicha sug’urtalovchi keyingi shartnomada sug’urta 
qildiruvchi hisoblanadi. 
Fuqarolar va maxsus davlat organlari o’rtasida paydo 
bo’ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar maxsus vakolatli davlat 


organining sug
’urta qildiruvchilar bo’lgan – fuqarolarning qonuniy 
manfaatlarini himoya etish bilan bog’liqdir. Amaliyotda shunday 
holatlar bo’ladiki, sug’urta tashkiloti sug’urta qildiruvchiga sug’urta 
hodisasi tufayli ko’rilgan zararni qoplashdan asossiz voz kechishi 
mumkin. Bunday paytda o’z manfaatlarini huquqiy himoya etish 
maqsadida sug’urta qildiruvchi maxsus vakolatli davlat organiga 
murojaat etishi mumkin. 
Sug’urta tashkilotlari va maxsus vakolatli davlat organi o’rtasida 
paydo bo’ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar qonun hujjatlari 
asosida tartibga solinadi. Maxsus vakolatli organning sug’urta 
tashkilotlariga 
nisbatan 
yuzaga 
keladigan 
fuqarolik-huquqiy 
munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va 
“Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunda o’z aksini topgan. 
Maxsus vakolatli davlat organi qonunda belgilangan tartibda 
sug’urta tashkilotlarining faoliyatini nazorat etib boradi. Zaruriyat 
bo’lganda esa, sug’urtalanuvchilarning manfaatini himoya etish 
maqsadida undan sug’urta faoliyatini amalga oshirish huquqini 
beruvchi litsenziyani chaqirib olish huquqiga ega. 
Sug’urtani huquqiy tartibga solish davlat tomonidan sug’urta 
munosabati qatnashchilarining hatti-harakatini huquqiy normalar 
vositasida amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy 
huquqlarini har xil oldindan ko’rib bo’lmaydigan sug’urtaviy himoya 
qilish uchun ko’pchilik shaxslar tomonidan tashkil etiladigan maxsus 
jamg’arma hisobidan amalga oshiriladigan sug’urta faoliyati 
jarayonida paydo bo’ladigan ijtimoiy munosabatlar mavjud. Ushbu 
munosabatlarni tartibga soladigan normalar yig’indisiga sug’urta 
huquqi deyiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2002 yilning
5 aprelida qabul qilingan va shu yilning 28 mayida amaliyotga joriy 
etilgan “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonun sug’urta faoliyatini 
tartibga soluvchi maxsus qonun hisoblanadi. 
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, sug’urta munosabatlarida 
ishtirok etuvchi tomonlarning qonuniy manfaatlarini himoya etish 
maqsadida 
1993 yili Oliy Majlis “Sug’urta to’g’risida”gi 
Qonun qabul qilgan edi. 1993-2001 yillar mobaynida mazkur 
qonunga ikki marta qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritildi. Tabiiyki, bu 
qonun o’sha paytda mavjud bo’lgan iqtisodiy jarayonlarni hisobga 
olgan holda ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Boshqacha 
so’z bilan aytganda, ushbu qonun sug’urta munosabatlari 
qatnashchilari uchun biroz yumshatilgan holatda amal qildi. 
Jumladan, unda sug’urta tashkilotlari tugatilgan taqdirda ularning 


sug’urtalanuvchilar oldidagi majburiyatini bajarish tartibi to’liq 
yoritilmagan. Shuningdek, bu qonunda qonunchilik talablarini 
buzganlik uchun tomonlarning javobgarligi o’z aksini topmagan 
hamda davlat sug’urta nazorati organining sug’urta tashkilotlariga 
nisbatan ta’sir qilish imkoniyati keskin chegaralangan edi. 
Bayon etilgan holatlar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti 
bosqichining talablarini hisobga olgan holda, 2002 yilgacha amalda 
bo’lgan 
“Sug’urta 
to’g’risida”gi 
Qonunni 
yangilash 
va 
takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Shun
i e’tiborga olib, 
2002 yilning 4-
5 aprel kunlari bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasida 
“Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi yangidan ishlab chiqilgan qonun 
loyihasi deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi va qabul 
qilindi. 
“Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunning diqqatga sazovor 
joylaridan biri, uning 10-
moddasida sug’urta tashkilotlarini davlat 
ro’yxatidan o’tkazish tartibini aniq ko’rsatib qo’yilganligidir. Ma’lumki, 
qonun hujjatlariga muvofiq, aktsiyadorlik jamiyati shaklida tashkil 
etilgan sug’urta tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligida davlat ro’yxatiga olinganlar. Ammo, uzoq vaqt, aniqrog’i, 
1998 yilning birinchi yarmigacha sug’urta faoliyatini tartibga solish 
va
kolati berilgan davlat sug’urta nazorati organining tashkil 
etilmaganligi va ilgari Adliya vazirligida davlat ro’yxatiga olingan 
tashkilotlarning faoliyati hech kim tomonidan nazorat qilinmaganligi 
oqibatida yangi tashkil etilgan sug’urta tashkilotlarini davlat 
ro’yxatiga olishda muammolar paydo bo’lgan. 
Sug’urta 
munosabatlari, 
avvalo, 
fuqarolik-huquqiy 
munosabatga oid bo’lganligi tufayli 1996 yilda qabul qilingan 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52-bobi sug’urtaga 
bag’ishlangan. Hozirgi kunga qadar amaliyotda sug’urta tashkilotlari 
o’z faoliyatlarini amalga oshirishlarida mazkur kodeksning talab- 
qoidalariga qatiy rioya etadilar. 
Fuqarolik kodeksining sug’urtaga oid bobida jami 47 ta modda 
mavjud bo’lib, ularning har biri sug’urta munosabatlarining u yoki bu 
jihatlarini tartibga soladi. Kodeksda ixtiyoriy va majburiy sug’urta, 
mulkiy sug’urta shartnomasi, sug’urtalashga yo’l qo’yilmaydigan 
manfaatlar, mol-
mulkni sug’urta qilish, shartnoma bo’yicha 
javobgarlikni sug’urta qilish, majburiy sug’urta va uni amalga 
oshirish tartibi kabi huquqiy normalar o’z aksini topgan. 
Kodeksning 916-
moddasida sug’urtalashga yo’l qo’yilmaydigan 
manfaatlar ko’rsatilgan bo’lib, ular quyidagilardan iborat: 


G’ayriqonuniy manfaatlarni sug’urtalashga yo’l qo’yilmaydi. 
Qimor, lotereyalar va garov o’yinlarida ishtirok etishda 
ko’riladigan zararni sug’urtalashga yo’l qo’yilmaydi. 
Garovga olinganlarni ozod qilish maqsadida shaxs majburan 
qilishi mumkin bo’lgan xarajatlarni sug’urtalashga yo’l qo’yilmaydi. 
Shuningdek, Fuqarolik kodeksida majburiy sug’urtani amalga 
oshirish tartibi ko’rsatilgan. Chunonchi, majburiy sug’urta bunday 
sug’urta qilish majburiyati yuklangan shaxs (sug’urta qildiruvchi) 
sug’urtalovchi bilan sug’urta shartnomasi tuzishi orqali amalga 
oshirilishi ko’rsatilgan. 
Majburiy 
sug’urtalanishi 
lozim 
bo’lgan 
ob’ektlar, 
ular 
sug’urtalanishga sabab bo’ladigan xavflar va sug’urta pulining eng 
kam miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Bunga misol 
tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 
yil 24 iyundagi “Transport vositalari egalarining fuqarolik 
javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-
tadbirlari haqida” 141- 
son qarorini keltirish mumkin. Mazkur qar
orga O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamkasining 2017 yil 9 oktyabrdagi 
“O‘zbekiston 
Respublikasi 
Hukumatining 
ayrim 
qarorlariga 
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o’z 
kuchini 
yo’qotgan 
deb 
hisoblash 
to’g’risida 
(O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish 
bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida” 2017 yil 2 
sentyabrdagi 
PF-5177-
son Farmoni)” 810-son qarori bilan 
o’zgartirish kiritilgan bo’lib, unga muvofiq transport vositalari 
egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha 
sug’urta puli 12,0 mln.so’m miqdorida belgilangan. Transport 
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish 
qoidalari Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 24 iyu
ndagi “Transport 
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish 
to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish 
chora-
tadbirlari haqida” 141-son qarori tasdiqlangan. 
Sug’urtalovchi va sug’urta qildiruvchi o’rtasida tuziladigan 
sug’urta shartnomasining shakli va uning mazmuni bo’yicha talablar 
Fuqarolik kodeksida keltirib o’tilgan. Sug’urta shartnomasi yozma 
shaklda tuzilishi lozim. Bu talabga rioya etmaslik shartnomaning 
haqiqiy sanalmasligiga sabab bo’ladi. 
Sug’urta shartnomasi bitta hujjatni tuzish yoxud sug’urtalovchi 
tomonidan sug’urta qildiruvchiga uning yozma yoki og’zaki arizasiga 
binoan sug’urtalovchi imzolagan, sug’urta shartnomasining 


shartlarini o’z ichiga olgan sug’urta polisi (shahodatnomasi, 
sertifikati, kvitantsiyasi)ni topshirish yo’li bilan tuzilishi mumkin. Bu 
holda sug’urta qildiruvchining sug’urtalovchi taklif etgan shartlarda 
shartnoma tuzishga rozi ekanligi sug’urtalovchidan ko’rsatilgan 
hujjatlarni qabul qilib olish va sug’urta mukofoti to’lash yoxud - 
sug’urta mukofoti bo’lib-bo’lib to’langanda - birinchi badalni to’lash 
orqali tasdiqlanadi. Sug’urtalovchi shartnoma tuzish chog’ida 
sug’urtaning alohida turlari bo’yicha sug’urta shartnomasi (sug’urta 
polisi)ning o’zi ishlab chiqqan standart shakllarini qo’llanishga haqli. 
Yuqoridagilar bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksida sug’urta siri, sug’urta puli, sug’urta mukofoti va 
sug’urta badallari, sug’urta shartnomasining haqiqiy emasligi 
to’g’risida me’yorlar qayd etilgan. 
O‘zbekiston Respublikasida sug’urta sohasini huquqiy tartibga 
solishda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqilgan 
va Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan me’yoriy-huquqiy 
hujjatlarning ahamiyati katta. Masalan, 2008 yilning 20 noyabrida 
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining buyrug’i bilan 
tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2008 yil 15 dekabrda 1882-son 
bilan davlat ro’yxatiga olingan “Sug’urtalovchilarning sug’urta 
zaxiralari to’g’risidagi Nizom” sug’urta amaliyotiga joriy etilgan. 
Mazkur Nizomga muvofiq, sug’urta tashkilotlari quyidagi sug’urta 
zaxiralarini shakllantirishlari lozim: 
a) 
ishlab topilmagan mukofot zaxirasi (umumiy sug’urta (qayta 
sug’urta qilish) bo’yicha faoliyatni amalga oshirishda); 
b) mukofotlar zaxiras
i (hayotni sug’urta qilish bo’yicha 
faoliyatni amalga oshirishda); 
v) keyingi yillarda transport vositalari egalarining fuqarolik 
javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha sug’urta to’lovlarini 
amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun mo’ljallangan transport 
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish 
bo’yicha barqarorlashtirish zaxirasi (FJMS BZ) (transport vositalari 
egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha 
faoliyatni amalga oshirishda); 
g) sug’urta hodisasining yuz berishi bilan kelib chiquvchi 
hamda sug’urta shartnomasi shartlari bo’yicha qoplanishi lozim 
bo’lgan zarar (ziyon) hajmiga muvofiq holda aniqlanadigan va 
quyidagilardan tarkib topgan zararlar zaxirasi: 
xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi (XZZ); 
sodir bo’lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi (SXZZ). 


6. Sug’urtalovchi Davsug’urtanazorat bilan kelishilgan holda 
qo’shimcha ravishda: 
ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasini (OChZ); 
falokatlar zaxirasini (FZ); 
zararlilikning tebranishi zaxirasini (ZTZ); 
aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasini (ANZ); 
sug’urta faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan 
boshqa turdagi sug’urta zaxiralarini tashkil etishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2008 yil 26 
dekabrdagi 120-
son buyrug’i bilan “Biznes sohasi uchun sug’urta 
xizmatlari ko’rsatishning yagona talablari va standartlari to’g’risidagi 
Nizom” tasdiqlangan. Bu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligi tomonidan 2009 yil 28 yanvarda 1891-soni bilan davlat 
ro’yxatidan o’tkazilgan. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 
2007 yil 10 apreldagi “Sug’urta xizmatlari 
bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi PQ-618-sonli qaroriga muvofiq biznes sohasi uchun 
sug’urta xizmatlari ko’rsatishning yagona talablari va standartlarini 
belgilaydi. 
Ta’kidlash lozimki, biznes sohasi uchun sug’urta xizmatlarini 
ko’rsatish deganda tadbirkorlik xavflarini sug’urtalash shartnomalari 
bo’yicha sug’urta himoyasini taqdim etish tushuniladi. Mazkur Nizom 
bilan belgilangan yagona talablar biznes sohasi uchun sug’urta 
xizmatlarini taqdim etayotgan sug’urtalovchilar uchun majburiydir. 
Biznes sohasi 
uchun sug’urta xizmatlari ko’rsatishning standartlari 
standart tushunchalar va sug’urta xizmatlari ko’rsatishning standart 
shartlaridan iboratdir. Sug’urta xizmatlari ko’rsatishning standartlari, 
agar qonun hujjatlarida yoki sug’urta shartnomasida boshqacha 
qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, biznes sohasi uchun sug’urta 
xizmatlarini ko’rsatishda qo’llaniladi. 
Sug’urta 
shartnomasi 
tuzilayotganda 
sug’urtalovchi 
iste’molchiga (tadbirkorlik xavfini sug’urtalash shartnomasini 
tuzmoqchi bo’lgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorga) 
quyidagilar haqida haqqoniy va to’liq axborotni taqdim etishi shart: 
a) 
sug’urtalovchi haqida (oshkora axborotni); 
b) 
sug’urtalovchi nomidan va topshirig’iga binoan faoliyat 
ko’rsatayotgan sug’urta vositachilari (sug’urta agentlari) haqida 
(agar iste’molchi tomonidan bunday talab mavjud bo’lgan taqdirda); 
v) sug’urta xizmati, ya’ni uning narxi (sug’urta mukofoti), 
qoplamasi, shartlari, xizmatning maqsadlari, tavakkalchilik omillari, 
kafolatlar, maxsus istisnolari va h. k. haqida; 


g) 
sug’urta xizmatining iste’molchi uchun afzalliklari va 
kamchiliklari haqida; 
d) 
sug’urtalovchi va sug’urta qildiruvchining majburiyatlari 
haqida; 
e) 
sug’urta mukofotlari (badallari) va mablag’larning 
kutilayotgan qaytarilishi haqida (qo’llanilishi mumkin bo’lganda); 
j) 
sug’urta da’volarini hal etish tartibi va sug’urta 
shartnomasining boshqa shartlari haqida. 
Sug’urtalovchi taqdim etayotgan axborot barcha muhim 
shartlar (pozitsiyalar) bo’yicha aniq va ravshan, yanglishtirmaydigan, 
oson tushuniladigan va yozma shaklda yoki tegishli elektron 
tashuvchilarda bo’lishi shart. 
2009 yilning 7 aprelidagi O‘zbekiston Respublikasi moliya 
vazirligining buyrug’iga asosan “Aktuar xizmatlarni ko’rsatish tartibi 
to’g’risida Nizom” tasdiqlangan va bu hujjat 2009 yilning 26 iyunida 
Adliya vazirligida 1975-
son bilan ro’yxatga olingan. O‘zbekiston 
Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq 
sug’urta tashkilotlari bir yilda bir marta moliya yili yakunlangandan 
so’ng keyingi yilning olti oyi ichida aktuar tashkilotining kuzatuvidan 
o’tishlari shart. Aktuar kuzatuvi deganda sug’urta voqeasi yuz 
berishining matematik jihatdan ehtimolligi hisob-kitobini amalga 
oshirish, takroriylik va zarar etkazilish oqibatlarining og’irlik 
darajasini aniqlash, su
g’urta zaxiralarini hisob-kitob qilish, sug’urta 
jarayonini tashkil etish uchun zarur xarajatlar hajmini aniqlash, 
sug’urta xizmatlari tannarxini hisob-kitob qilish, sug’urtaning (qayta 
sug’urta qilishning) har bir turi bo’yicha tarif stavkalarini belgilash, 
investitsiya faoliyati natijalarini baholash, daromadlarni sug’urtaning 
(qayta sug’urta qilishning) har xil turlari bo’yicha rejalashtirish va 
boshqa aktuar xizmatlarini ko’rsatishni o’zi ichiga oluvchi aktuar 
xizmatlari majmuasi tushuniladi. 
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi 
tomonidan tasdiqlangan va milliy sug’urta bozorini tartibga solishga 
qaratilgan barcha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ustida atroflicha
to’xtalib o’tishning imkoniyati mavjud emas. Shu sababli, ayrim 
me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga 
e’tiborni qaratdik. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin