24.9.
Qayta sug’urta qilishning mohiyati va turlari
Qayta sug’urtalash tarixi sug’urtadan ancha keyin boshlangan,
chunki qayta sug’urtalash, ta’bir joiz bo’lsa, sug’urtalovchilarni
sug’urtalashdir. O‘rta asrlar oxirida dengiz yuklarini sug’urtalashning
rivojlanishi bilan sug’urtalovchilarning qayta sug’urtaga bo’lgan
ehtiyojlari orta boshladi. Birinchi yuridik ahamiyatga ega bo’lgan
qayta sug’urtalash shartnomasi Genuyada 1370 yili ikki savdogar
orasida tuzilgan
122.
shartnoma Genuyadan Bryuggega dengiz orqali
jo’natilgan sug’urta ob’yektini qayta sug’urtalashdan iborat edi.
Yevropada XIX asrda sanoat rivojlanishi bilan qayta
sug’urtalashga bo’lgan ehtiyojni faqat etarli moliyaviy resurslari va
chet el mamlakatlarida sho’’ba korxonalari mavjud bo’lgan
sug’urtalovchilar qondirish qobiliyatiga ega bo’lgan. Keyinchalik
fakultativ qayta sug’urtalash shartnomalari, risklarni to’liq yoki
qisman qoplash shartnomasi ishlab chiqildi va joriy etildi. Bunday
shartnoma
birinchi bo’lib
1821 yilda tuzilgan.
Qayta sug’urta operatsiyalari XIX asrning o’rtalarida alohida
tadbirkorlik turiga aylandi. 1846 yilda Keln qayta sug’urta jamiyati
tashkil etildi. Dastlab, qayta sug’urta sug’urtalovchining sug’urta
shartnomalari bo’yicha javobgarligida ishtirok etishdan iborat bo’lgan
bo’lsa, o’tgan davrlar mobaynida u tavakkalchilikni ikkilamchi
122
Kristofor Pfayffer: “Vvedenie v perestraxovanie” Anikl 2002, 14b.
taqsimlovchi kuchli mexanizmga aylandi va keng miqyosdagi
turlarga hamda shakllarga ega bo’ldi.
Qayta sug’urta sug’urta faoliyatini va sug’urta operatsiyalarining
moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi zaruriy mexanizm hisoblanadi.
Ma’lumki, sug’urta ehtimollar nazariyasiga asoslangandir. Ko’p
hollarda sug’urta tashkilotlari to’laqonli muvozanatlashgan risklar
portfelini yaratish imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Bunga sabab
sug’urtalangan ob’ektlar miqdori ko’p emas yoki portfel tarkibida
katta yoki xavfli risklar joylashganligidir. Bundan tashqari
amaliyotdan ma’lumki, har qanday sug’urta tashkiloti, hatto risklarni
sug’urtaga qabul qilishda ularni yaxshi o’rganib chiqqan taqdirda
ham, odatda sug’urta shartlari turli xatarlarni qoplaganligi uchun,
sug’urtalangan ob’ektlarga suv toshqini, bo’ron, zilzila kabi tabiiy
ofatlar va yong’in natijasida birdaniga zarar etishi mumkin.
Sug’urtalovchining mablag’lari va hatto barcha aktivlari uning
sug’urtalanuvchi oldida portfel bo’yicha javobgarligining uncha katta
qismini
tashkil etmaydi, lekin yuqoridagi ko’rsatilgan ofatlar esa
uning moliyaviy holatiga katta ta’sir ko’rsatish bilan birga, hatto
inqirozga yuz tutishiga olib kelishi mumkin.
Sug’urtaga qabul qilingan risklar bo’yicha sug’urta summasini
tenglashtirish va sug’urta portfeli muvozanatini ta’minlash,
sug’urtalovchining moliyaviy imkoniyatlariga asoslanib, sug’urta
summalari bo’yicha javobgarliklarni to’g’ri taqsimlashda va sug’urta
operatsiyalarini
moliyaviy
mustahkamligini
va
rentabelligini
ta’minlash maqsadida qayta sug’urta tizimi tashkil etilganligini
ta’kidlash kerak.
Qayta sug’urtalash orqali sug’urtalovchi o’zining faoliyatiga
xavf soladigan quyidagi 3 ta riskning oldini oladi:
1. Tasodifan yuzaga keladigan zararlar xavfi:
-
sug’urta hodisasi ro’y berishining aniqligi;
-
tabiiy ofat natijasida juda ko’p polislar bo’yicha bitta riskdan
sug’urtalovchi majburiyatlarining yuzaga kelishi.
2. Davr xavfi:
-
pulning qadrsizlanishi natijasida sug’urtalovchi to’plagan sug’urta
mukofotlarining sug’urta qoplamasini to’lashga etmasligi;
-
texnologiyaning taraqqiy etishi natijasida belgilangan sug’urta
stavkasi va sug’urta shartlarining olingan majburiyatga to’g’ri
kelmasligi.
3. Xatolik xavfi:
-
sug’urta ta’riflarini noto’g’ri hisoblash (statistika axborotlarini
noto’g’ri talqin qilish).
Har bir sug’urta tashkilotining maqsadi mana shu risklarning
oldini olish va qayta sug’urtalash imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanish
hisoblanadi.
Qayta sug’urtalashning iqtisodiy mohiyati sug’urta tashkilotlari
tasarrufida dastlabki tashkil
etilgan jamg’armani qayta taqsimlashdir,
ya’ni bevosita sug’urtada sug’urtalovchi sug’urta mukofotlari
hisobidan jamg’arma tashkil qiladi. Qayta sug’urtalashda esa yangi
jamg’arma tashkil etilmasdan, sug’urta kompaniyalari tashkil etgan
jamg’armani yo’naltirish va qayta taqsimlash bilan jamg’arma tashkil
etiladi. Risklarning va jamg’armalarning ikkilamchi taqsimlanishi,
ya’ni qayta sug’urtalash sug’urtanuvchiga ma’lum bo’lmasligi
mumkin. Bunday qayta taqsimlanish ikkinchi darajali bo’lib, bu
jarayon sug’urtalovchi va qayta sug’urtalovchi o’rtasida ro’y beradi.
Bunday fikrlarni Kristofer Pfayffer
123,
Shaxov V.V
124
, Folkner
Xenke
125,
U. Konkelar
126
o’zlarining ilmiy ishlarida ko’rsatib o’tganlar.
Jamg’armalarning qayta taqsimlanishi sug’urta tashkilotlari uchun
yangi sug’urta turlarini yaratish va rivojlantirishga hamda sug’urta
operatsiyalarini kengaytirishga sharoit yaratadi.
Mutaxassislar sug’urta bozorini tahlil qilib, uni bevosita sug’urta
bozori va qayta sug’urta bozoriga ajratishadi. Bevosita sug’urta
bozori
– bu sug’urta tashkilotlari bilan ularning mijozlari o’rtasida
yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Biroq, bitta sug’urta
tashkiloti har doim ham sug’urtalanuvchiga ishonarli sug’urta
himoyasini ta’minlab bera olmaydi, ayniqsa agar gap sug’urta
qiymati va xavfi katta bo’lgan ob’ektlar haqida ketganda. Shuning
uchun ham sug’urta tashkilotlari muvozanatlashgan sug’urta
portfelini yaratish, moliyaviy barqarorligini oshirish va zimmasiga
olgan majburiyatlarni to’liq bajarish uchun qayta sug’urtalash bozori
xizmatlariga murojaat etadi.
Har bir sug’urta tashkilotining mijozi shuni bilishi kerakki, uning
oldida sug’urta qoplamasini to’lashda, u bilan shartnoma tuzgan
sug’urta tashkiloti javobgar bo’ladi. Zero O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining 959-
moddasida ko’rsatilgandek: “Qayta
sug’urtalashda sug’urta tovoni yoki sug’urta pulini to’lash uchun
asosiy sug’urta shartnoma bo’yicha sug’urtalovchi javobgar bo’lib
qolaveradi”. Bundan ko’rinib turibdiki, qayta sug’urtalovchi
sug’urtalovchiga, faqat, ulushi miqdorida zararni qoplashga kafolat
123
Kristofor Pfayffer “Vvedenie v perestraxovanie” Ankil 2002. 3 b.
124
Shaxov V.V. “Vvedenie v straxovanie”. Moskva, Finansi i Statistika 1992. 150 b.
125
Folkner Xenke “Voprosu nadzora nad perestraxovochnimi predpriyatiyami” INRE 1996, №3. 14 b.
126
U.Knoke “Osnovnie aspekti nadzora za deyatelnostno perestraxovochnix kompanii” INRE 1996, №2 17b.
beradi va sug’urtalanuvchi bilan munosabatda bo’lmaydi. Ba’zan,
sug’urta tashkiloti reklama sifatida sug’urta qildiruvchiga risklari
mashhur va ishonchli qayta sug’urta tashkilotlarida sug’urtalashini
ma’lum qiladi. Lekin, bu holat sug’urta tashkilotiga sug’urta
qoplamasini to’lab bera olmaganda, qayta sug’urtalovchidan
to’g’ridan-to’g’ri qoplamasini talab qilish huquqini bermaydi.
Qayta
sug’urta
operatsiyalari
faoliyati
faqat
qayta
sug’urtalashga ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkilotlari yoki
bevosita o’rnatilgan talablarga javob beradigan sug’urta tashkilotlari
tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda
sug’urta tashkilotlari ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkilotlari
xizmatidan foydalanadi. Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi
sug’urta bozorida ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkilotlari tashkil
etilmagan. Hozirda O‘zbekistonda qayta sug’urtalash ishlari,
bevosita, belgilangan tartibda sug’urta tashkilotlari tomonidan
amalga oshiriladi.
Qayta sug’urta, so’zsiz, sug’urta tizimida muhim ahamiyatga
ega. Sug’urtalanuvchi nuqtai nazaridan, sug’urtalovchining qayta
sug’urtalashda ishtirok etishi yuqori sifatli sug’urta xizmatlarini taqdim
etishga, zararlarni
o’z vaqtida va to’liq qoplashga ko’mak beradi. U
sug’urtalovchining ishonchlilik darajasini oshiradi va shu bilan birga
mijoz bilan o’zaro munosabatlarini samarali bo’lishini ta’minlaydi.
Sug’urta sug’urtalashga riskni qabul qilish bilan bog’liq iqtisodiy
munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi joylashtirish). Sug’urtalovchi
muvozanatlashgan sug’urta portfelini yaratish va sug’urta
operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini t
a’minlash maqsadida
qabul qilib olingan riskning bir qismini o’zaro kelishilgan holda
boshqa sug’urtalovchiga berishi (riskni ikkilamchi joylashtirish)
mumkin. Qayta sug’urta aktiv (riskni berish) va passiv (riskni qabul
qilib olish) ko’rinishga ega. Bundan tashqari, qayta sug’urta nisbiy
va nonisbiy shaklda bo’ladi. Ayrim holatlarda, qayta sug’urta
operatsiyalari qayta sug’urta brokeri - ikkita tomon, ya’ni sug’urta
tashkiloti va qayta sug’urta tashkiloti o’rtasida vositachilik qiluvchi
shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Qayta sug’urta munosabatlarining uzoq rivojlanish davomida
uning yangi shakl va
turlari paydo bo’ldi. Eng qadimiy qayta sug’urta
shartnomasi shakllaridan biri fakultativ qayta sug’urta shartnomasidir.
Fakultativ qayta
sug’urtalashda sug’urtalovchi riskni, xohlasa
qayta sug’urtalashga beradi, xohlasa o’zida olib qoladi va mos
ravishda qayta sug’urtalovchi xohlasa riskni o’ziga oladi, xohlasa
olmaydi
127.
Obligatorli
qayta
sug’urtalash
bir
martalik
qayta
sug’urtalashdan
farqli,
unda
tomonlarning
munosabatlari
mustahkamlanadi. Obligatorli qayta sug’urtalashning asosiy jihati
ekstsedent qayta sug’urtalash va ulush xajmini aniqlash bilan
bog’liq.
Obligatorli qayta sug’urtalash shartnomasiga asosan sug’urta
tashki
loti o’ziga qabul qilgan riskni qayta sug’urtalash
shartnomasiga asosan qayta sug’urta tashkilotiga berishi shart, o’z
navbatida qayta sug’urtalovchi bu riskni qabul qilishi shart.
Obligatorli qayta sug’urtalashda sug’urta tashkilotining sug’urta
mukofotl
arini, sug’urta tariflarini, sug’urta xodisalarini oldini olish va
sug’urta qoplamalarini to’lash huquqi o’zida qoladi. Lekin, ularning
hammasi
sug’urtalovchining
va
qayta
sug’urtalovchining
manfaatlarini ko’zda tutgan holda bo’lishi kerak.
Obligatorli qay
ta sug’urta shartnomasi bo’yicha qayta sug’urta
to’lovlarining hammasi sug’urta mukofotidan foizlar hisobida
to’lanadi. Obligatorli qayta sug’urtalash shartnomasi noaniq
muddatga tuzilib ikki tomonning roziligi bilan bekor qilinishi mumkin.
Bunday shartnom
a sug’urta tashkiloti uchun foydalidir, chunki bunda
hamma qabul qilingan risklar qayta sug’urta himoyasiga ega.
Obligatorli qayta sug’urta fakultativ qayta sug’urtadan farqli, u
sug’urta portfelining katta qismini o’z ichiga oladi. Obligatorli qayta
sug’urta shartnomasi fakultativ qayta sug’urta shartnomasidan
ancha arzonroq. Shuning hisobiga xalqaro qayta sug’urta bozorida
ushbu qayta sug’urta turi katta salmoqni tashkil etadi.
Obligatorli qayta sug’urtadan farqli, fakultativ qayta sug’urtada
qayta sug’urtalovchi o’ziga qabul qilayotgan risk haqida to’liq
ma’lumotga ega bo’ladi. Ushbu shartnoma bo’yicha bir martalik
bitimlar amalga oshiriladi. Fakultativ qayta sug’urta shartnomasi
tomonlarga to’liq erkinlik beradi.
Sug’urta tashkilotining qayta sug’urtalovchiga fakultativ qayta
sug’urtalash bo’yicha berayotgan taklifida risk haqida quyidagi
ma’lumotlar ko’rsatilishi kerak:
-
sug’urta tashkilotining nomi va manzili;
-
qayta sug’urta turi: proportsional yoki noproportsional;
-riskning joylashgan joyi;
-
sug’urta manfaati;
127
Gomellya V. Rubin Yu “Straxovoy portfel” Moskva 1994. 347 b.
-shartlar-
sug’urtalangan xavflar (qaysi risklardan sug’urtalanadi va
qaysilaridan sug’urtalanmaydi (istisnolar) to’liq ko’rsatiladi);
-
umumiy sug’urta summasi, qoplamaning qaysi valyutada to’lanishi,
stavkalar;
-franshiza;
-qayta
sug’urtalovchiga mukofot, qayta sug’urta komissiyasi va
boshqa xarajatlar;
-
fakultativ qayta sug’urtaning boshlanishi va tugash sanasi;
-taklif qilingan ulush;
-zararning oldini olish imkoniyati va choralari;
-ekspert xulosasi;
-
bevosita sug’urtadagi sug’urtalovchining ulushi.
Odatda fakultativ qayta sug’urtalash jarayoni sekin kechadi,
chunki qayta sug’urtalovchi riskni obdon o’rganguncha bir muncha
vaqt ketadi. Qayta sug’urtalovchi riskni o’rganib bo’lib, sug’urta
tashkilotiga o’zi qabul qila oladigan ulush miqdorini aytadi. Yirik qayta
sug’urtalovchilar
o’zlarining
fakultativ
qayta
sug’urtalash
bo’linmalariga
ega.
Fakultativ
qayta
sug’urtalashda
qayta
sug’urtalovchining
vazifasi
bevosita
sug’urta
tashkilotining
imkoniyatini kengaytirish bilan cheklanib qolmasdan, balki riskni
baholash, sug’urta shartnomalari shartlarini belgilash, zararni oldini
olish va ushbu masalalar bo’yicha maslahat berishdan ham iborat.
Fakultativ qayta
sug’urta sug’urtalovchi va qayta sug’urtalovchiga
ko’p qulayliklar yaratishi bilan birga kamchiliklarga ham ega.
Fakultativ qayta sug’urtaning asosiy kamchiliklari quyidagilardan
iborat:
1.
qayta sug’urtaga berilayotgan risk bo’yicha ma’muriy ishlar
hajmining ko’pligi;
2. riskni joylashtirishda
sug’urtalovchining har bir qayta
sug’urtalovchi bilan aloqada bo’lishiga ketadigan ko’p vaqt;
3.
sug’urtalovchi sug’urtalanuvchidan birdaniga uning moliyaviy
imkoniyatlaridan katta riskni qabul qila olmaydi;
4. fakultativ qayta
sug’urtalovchi tomonidan o’rnatiladigan
komission haq nisbatan kamroq
bo’ladi.
Yuqoridagi sanab o’tilgan kamchiliklarga qaramasdan
fakultativ qayta sug’urta quyidagi sabablarga ko’ra amalda
qo’llaniladi:
1.
oddiy sug’urta shartnomalariga to’g’ri kelmaydigan maxsus
risklarni qayta sug’urtalashda;
2.
obligatorli qayta sug’urtalash shartnomasida qayta
sug’urtalash limitidan oshgan summani qayta sug’urtalashda;
3.
shartnoma bo’yicha risklarning zarar xavfi juda yuqori
bo’lganda va qayta sug’urtalovchining javobgarligini cheklashda;
4.
bozorning boshqa sug’urta tashkilotlari band etgan
segmentida sug’urta tashkilotining teng ishtirok etishi.
5.
sug’urta qildiruvchi faoliyatining yangi yo’nalishlarini
sug’urtalayotganda sug’urtalovchining moliyaviy imkoniyatlarni
oshirishda;
6.
sug’urtalovchiga sug’urtaga qabul qilish amaliyotini
baholashda;
7.
alohida ahamiyatga ega bo’lgan risklarni sug’urtalashda
qayta sug’urtalovchining tajriba va salohiyatidan foydalanish.
Qayta sug’urta qilish operatsiyalari nisbiy va nonisbiy shaklda
amalga oshiriladi. Nonisbiy qayta sug’urta qilishga nisbatan nisbiy
qayta sug’urtalash ancha ilgari paydo bo’lgan. Shu nuqtai nazardan
qaraganda nisbiy qayta sug’urtalashni, ba’zan, an’anaviy qayta
sug’urtalash ham deb atash qabul qilingan.
Nisbiy qayta sug’urta qilishning asosiy mohiyati shundaki,
qayta sug’urta tashkilotining riskni taqsimlashdagi ulushi sug’urta
tashkiloti aniqlagan nisbat asosida oldindan aniqlanadi. Ushbu
nisbatga qarab, qayta sug’urtalash mukofotining va sug’urta
tashkilotining tegishli ulushi aniqlanadi. Nisbiy qayta sug’urta
qilishning printsipi “qayta sug’urtalovchi sug’urta tashkilotining riskini
bo’ladi”, degan fikrdan iborat.
Qayta sug’urta shartnomasining asosiy shartlari O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 959-
moddasida o’z ifodasini
topgan. Xususan, unda qayd etilishicha “sug’urta shartnomasi
bo’yicha sug’urtalovchi o’z zimmasiga olgan sug’urta tovonini yoki
sug’urta pulini to’lash xavfi uning tomonidan to’liq yoki qisman
bosh
qa sug’urtalovchida (sug’urtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta
sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urtalanishi mumkin
128
”.
Qayta sug’urta qilish shartnomasini tuzgan sug’urta shartnomasi
(asosiy shartnoma) bo’yicha sug’urtalovchi keyingi shartnomada
sug’urta qildiruvchi hisoblanadi.
Qayta sug’urta qilishda sug’urta tovonini yoki sug’urta pulini
to’lash uchun asosiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta
qildiruvchi oldida ushbu shartnoma bo’yicha sug’urtalovchi javobgar
bo’lib qolaveradi.
Biroq asosi
y sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalanuvchi
hisoblangan sug’urta tashkiloti sug’urta hodisasi yuz berishidan
128
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. – T.: Adolat, 2002.
oldin tugatilgan taqdirda, uning ushbu shartnoma
bo’yicha huquq va
majburiyatlarining qayta sug’urta qilingan qismi qayta sug’urta qilish
shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchiga o’tadi.
Ikki yoki bir nechta qayta sug’urta qilish shartnomalarini ketma-
ket tuzishga yo’l qo’yiladi. Bunday shartnomalarning har biri keyingi
qayta sug’urta qilish shartnomasiga nisbatan asosiy sug’urta
shartnomasi deb hisoblanadi.
Xalqaro amaliyotda sug’urta tashkilotlari va ixtisoslashgan qayta
sug’urta tashkilotlari o’rtasida vositachilik faoliyatini amalga
oshiruvchi qayta
sug’urta brokerlari muhim rol o’ynaydi. Shuni
inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta
faoliyati to’g’risida”gi Qonunida qayta sug’urta brokeri tushunchasiga
quyidagicha ta’rif berilgan: “O‘z nomidan va qayta sug’urta qilish
shartnomasi
bo’yicha sug’urta qildiruvchi tariqasida ishtirok etuvchi
sug’urtalovchining topshirig’iga binoan qayta sug’urta qilish
shartnomasi tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish bo’yicha faoliyat
yurituvchi yuridik shaxs qayta sug’urta brokeri hisoblanadi”
129
. Biroq,
2019 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida birorta ham
qayta sug’urta bilan shug’ullanadigan brokerlik idoralari tashkil
etilmagan. Holbuki, xalqaro qayta sug’urta bozorlarida qayta
sug’urta brokerlarining faoliyati keng taraqqiy etganligini inobatga
olsak, bunday tashkilotlarning keyinchalik milliy sug’urta bozorimizda
tashkil etilishiga shubha qilmasa ham
bo’ladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, 2007 yil 15 sentyabrda amalda
bo’lgan “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga qo’shimcha va
o’zgartirishlar, shu jumladan yangi 8
1
modda kiritilgan. Bu moddada
sug’urta hamda qayta sug’urta brokerlarining huquq va
majburiyatlari yoritilgan. Quyida sug’urta hamda qayta sug’urta
brokerlarining huquq va majburiyatlarini keltirib
o’tamiz:
Su
g’urta va qayta sug’urta brokerlari quyidagi huquqlarga ega:
sug’urtaning (qayta sug’urta qilishning) har qanday turi bo’yicha
vakolatlar doirasida vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasi tuzilgan taqdirda,
su
g’urtalovchini (qayta sug’urtalovchini) tanlash;
sug’urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining
miqdorlari, sug’urta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar
to’g’risida, shuningdek sug’urtalovchining to’lovga qobiliyatliligi va
moliyaviy
b
arqarorligiga doir boshqa ko’rsatkichlar haqida
ma’lumotlar olish;
129
O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga qo’shimcha va o’zgarishlar kiritish
to’g’risida. – Xalq so’zi, 2007 yil 15 sentyabr.
ekspert va
maslahat xizmatlari ko’rsatish.
Sug’urta va qayta sug’urta brokerlari qonun hujjatlariga hamda
o’zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega
bo’lishlari mumkin.
Sug’urta va qayta sug’urta brokerlari:
sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya
etishi;
sug’urta shartnomasini tuzish va ijro etish bo’yicha to’liq,
ishonchli hamda xolisona axborotni mijozlarning so’rovlariga ko’ra
taqdim etishi;
mijozning tijorat sirini va boshqa sirini tashkil etadigan
ma’lumotlarni oshkor qilmasligi shart.
Sug’urta va qayta sug’urta brokerlarining zimmasida qonun
hujjatlariga hamda o’zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa
majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
Qayta sug’urta qilish shartnomalari bir tomondan sug’urta
tashkilotlari o’rtasida o’zaro tuzilishi yoki ikkinchi tomondan, sug’urta
tashkiloti va ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkiloti o’rtasida tuzilishi
mumkin. Dastlab, sug’urta tashkiloti o’zining moliyaviy qobiliyatini
mustahkamlash maqsadida qabul qilib olingan riskning bir qismini
boshqa sug’urta tashkilotida yoki ixtisoslashgan qayta sug’urta
tashkilotida sug’urtalash to’g’risida qaror qabul qiladi. Ushbu
qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida sug’urtalovchi ixtisoslashgan
qayta sug’urta tashkilotiga murojaat qiladi. Agar qayta sug’urta
tashkiloti riskni qayta sug’urta qilishga rozilik bildirsa, ular o’rtasida
qayta sug’urtalash shartnomasi tuziladi. Shuni alohida ta’kidlash
lozimki, shartnoma shartlarida, unda ishtirok etuvchi tomonlarning
huquqlari va majburiyatlari, olingan majburiyatlarning bajarilishi
yuzasidan javobgarlik, shartnomani kuchga kirishi, amal qilish va
bekor etilishi qoidalari mujassam bo’lishi kerak. Shuningdek,
shartnomada qayta sug’urtalash mukofoti miqdori va javobgarlik
hajmi ko’rsatilishi zarur.
Qay
ta sug’urta qilish shartnomalari ba’zi o’ziga xos belgilariga
ega bo’lib, ushbu holat uni boshqa turdagi shartnomalardan
farqlaydi. Shuning uchun ham qayta sug’urta sohasini nazariy
jihatdan qaysi sug’urta tarmog’iga kiritish yoxud uni mustaqil
sug’urta sohasi sifatida qarash ancha bahs munozarani talab qiladi.
Agar sug’urta hodisasi ruy bersa, bu haqda sug’urta
kompaniyasi qayta sug’urta kompaniyasiga darhol xabar qilishi
kerak. O‘z navbatida, qayta sug’urta kompaniyasi shartnomada
ko’zda tutilgan qoplamani to’lashi shart. Qayta sug’urta kompaniyasi
shartnoma buyicha o’z majburiyatlarini to’la-tukis bajarsa, u holda
shartnoma bajarilgan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |