T. Malikov O. Olimjonov moliya


 Davlat kreditini boshqarish



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə222/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

23.3. Davlat kreditini boshqarish 
 
Davlat kreditini boshqarishni keng va tor ma’nolarda ko’rib 
chiqish mumkin. 
Keng ma’noda 
davlat kreditini boshqarish 
deyilganda qarzdor, kreditor va garant (kafil) sifatida davlatning 
fao
liyati 
bilan 
bog’liq 
bo’lgan 
uning 
moliyaviy 
siyosati
yo’nalishlaridan birini shakllantirish tushuniladi. 
Moliyaviy siyosatning yo’nalishlaridan biri sifatidagi davlat kreditini 
boshqarish davlatning boshqaruv va hokimiyat organlari qo’lidadir. 
Faqat ular byudjet defitsitining umumiy hajmini va demak, uni 
moliyalashtirish uchun zarur bo’lgan qarzlarning hajmini, pul 
muomalasi, kredit, ishlab chiqarish, aholi bandligiga ta’-sir qilishning 
asosiy yo’nalishlari va maqsadlarini hamda kichik biznes va 
mamlakat 
ayrim 
mintaqalarini 
qo’llab-quvvatlash 
bo’yicha 
umumdavlat 
dasturlarini 
amalga 
oshirishning 
maqsadga 
muvofiqligini aniqlaydi. 
Davlat byudjetining doimiy yoki xronologik tarzda defitsitliligi va 
yuqori darajadagi davlat qarzlarining mavjudligi hozirgi sharoitda 
sanoati rivojlangan barcha davlatlarga xosdir. Davlatning kredit 
ekspansiyasi natijasida boshqa qarz oluvchilar moliyaviy bozordan 
siqib chiqarilayapti, kreditga nisbatan bo’lgan yuqori foiz stavkalari 
hamon saqlanib qolmoqda. Davlat qarzlariga xizmat 
qilish bo’yicha 
katta xarajatlar soliq tushumlarining katta qismini o’ziga tortayapti. 
Shuning uchun ham byudjet defitsiti va davlat qarzini qisqartirish 
sanoati rivojlangan mamlakatlar boshqaruv organlari tomonidan eng 
dolzarb masalalardan biri sifatida 
e’tirof etilayapti. 
Tor 
ma’noda 
davlat kreditini boshqarish deyilganda davlatning 
qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarish va joylashtirish, davlat 
qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish, davlat qarziga xizmat 
ko’rsatish va uni qaytarish (uzish), ssuda va garantiyalar taqdim 
etish bilan bog’liq bo’lgan harakatlar majmui tushuniladi. 


Davlat kreditini boshqarish jarayonida quyidagi vazifalarni 
yechish ko’zda tutiladi: 

qarzdorning qarzi qiymatini minimallashtirish; 

bozorni davlatning qarz majburiyatlari bilan ortiqcha to’lib 
ketishiga va ular 
kursining keskin tebranishiga yo’l qo’ymaslik; 

jalb qilingan mablag’lardan samarali foydalanish va ajratilgan 
kreditlarning maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga 
oshirish; 

kreditlarning o’z vaqtida qaytrilishini ta’minlash; 

moliyaviy siyosat bilan aniqlangan vazifalarni maksimal yechish. 
Davlat kreditini boshqarishni boshqaruv organlari, moliya va 
kredit institutlari amalga oshiradi. Uni tezkor boshqarish esa mamlakat 
hukumatining rahbarligi ostida Moliya vazirligining Markaziy bank 
bilan hamkorligida ta’minlanadi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin