T. Malikov O. Olimjonov moliya


 Davlat krediti klassifikatsiyasi



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

23.2. Davlat krediti klassifikatsiyasi 
 
Byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun davlat boshqaruv 
organlari qarz mablag’larini, qarzlarni jalb qilishga majburdir. 
Qarz mablag’larini, qarzlarni jalb qilish, odatda, qarz 
shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Unga ko’ra, bir tomon (qarz 
beruvchi) ikkinchi tomonning (qarz oluvchining) mulkiga ma’lum 
belgilarga ega bo’lgan pul mablag’lari yoki boshqa buyumlarni 
beradi, qarz oluvchi esa shu summadagi pul mablag’lari (qarz 
summasi) yoki teng miqdor va sifatdagi buyumlarni qarz beruvchiga 
qaytarish majburiyatini oladi. Shartnoma bo’yicha qarz oluvchi davlat 
yoki uning sub’yektlari, qarz beruvchilar esa fuqarolar yoki yuridik 
shaxslar hi-
soblanadi. Davlat qarzlari ixtiyoriy bo’lib, muomalaga 
chiqarilgan qarzlarning shartlarini o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi. 
Davlat krediti quyidagi bir necha belgilarga ko’ra klasssifikatsiya 
qilinadi: 
1) 
emitentlar 
bo’yicha


markaziy boshqaruv organlari tomonidan joylashti-riladigan 
qarzlar; 

hududiy boshqaruv organlari tomonidan joylashti-riladigan 
qarzlar; 
2) 
joylashtirilish joyiga qarab


ichki qarzlar; 

tashqi qarzlar. 


3) 
bozorda aylanishiga qarab


bozorli qarzlar; 

bozorsiz qarzlar. 
Bozorli qarzlar erkin sotiladi va sotib olinadi. Ular byudjet defitsitini 
moliyalashtirishda asosiy omil 
bo’lib hisoblanadi. Bozorsiz qarzlar 
erkin ravishda 
o’z egalarini almashtirishi mumkin emas. Ular qimmatli 
qog’ozlar bozorida muomalada bo’lmaydi. Ma’lum bir investorlarni jalb 
qilish uchun bunday qarzlar davlat tomonidan chiqariladi va shu 
investorlarning o’ziga xos bo’lgan manfaatlariga mos keladi. Masalan, 
g’arb mamlakatlarida bozorsiz davlat obliga-tsiyalari davlat pensiya 
fondlari, sug’urta kompaniyalari va kichik investorlarning mablag’larini 
jalb qilish uchun chiqariladi. 
4) 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin