T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

23- 
bob. Davlat krediti 
23.1. Davlat kreditining mazmun-mohiyati va funksiyalari 
 
Davlat krediti hokimiyat va boshqaruv organlari orqali, bir 
tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, jismoniy va yuridik shaxslar 
o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan 
iborat bo’lib, unda davlat qarz oluvchi, kreditor (qarz beruvchi) va 
kafil sifatlarida maydonga chiqadi. Bunday iqtisodiy (kredit) 
munosabat-lar(i)ning mumtoz (klassik) shaklida davlat, odatda, mab- 
lag’larni qarz oluvchi bo’lib hisoblanadi. 
Agar davlat yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarish va haq 
(to’lov, to’lash) asosida mablag’larni taqdim etib, kreditor (qarz 
beruvchi) sanalsa, unda amalga oshirilishi lozim bo’lgan 
operatsiyalar hajmi ancha kamayadi (pasayadi). 
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olingan qarzlarni uzish 
(qaytarish) 
yoki 
ularning 
boshqa 
majburiyatlarini 
bajarish 
javobgarligini davlat o’z zimmasiga olgan holatda, u kafilga aylanadi. 
Markazlash-
tirilgan pul fondlarining o’lchamiga bevosita ta’sir 
ko’rsatuvchi kredit munosabatlarining dastlabki ikki ko’-rinishidan 
(qarz oluvchi va kreditor) farq qilgan holda davlat tomonidan 
kafolatning berilishi o’sha markazlashtirilgan pul fondining, albatta, 
o’zgarishiga olib kelmasligi mumkin. Agar qarzdor o’zining 
zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar bo’yicha to’liq hajmda va o’z 
vaqtida hisob-kitob qilishni uddalay olsa, kafil hech qanday 
qo’shimcha xarajatlarni amalga oshirmaydi. Biroq ama-liyotda etarli 
darajada ishonchli bo’lgan qarz oluvchilar davlat kafolatiga muhtoj 
bo’lmaydi. Ular mustaqil ravishda kredit bozoridan mablag’larni jalb 
qilishga qodirdir. Odatda, davlat kafolatlari etarli darajada ishonchli 
bo’lmagan qarz oluvchilarga nisbatan qo’llaniladi va bu narsa 
shunga mos ravishda, markazlashtirilgan pul fondidan xarajatlarning 
o’sishiga olib keladi. 
Davlat krediti iqtisodiy kategoriya sifatida ikki 
ko’rinishdagi – 
moliya va kredit 
– pul munosabatlarining o’rtasida joylashgan bo’lib, 
shunga mos ravishda, u ham moliyaga, ham kreditga tegishli 
bo’lgan 
xususiyatlarga egadir. Moliya tizimining alohida olingan 
bo’g’ini sifatida 
esa davlat krediti davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini (byudjet 
va byudjetdan tashqari fondlarni) shakllantirish va ulardan foydalanish 
jarayoniga xizmat qiladi. 


Kreditning bir turi sifatida davlat krediti klassik (mumtoz) 
moliyaviy kategoriyalardan, masalan, soliqlardan farq qiluvchi bir 
necha o’ziga xos bo’lgan quyidagi xususiyatlarga egadir: 

davlat krediti soliqlarga nisbatan ixtiyoriylik xarakteriga ega. 
Ayrim hollarda amaliyotda, u yoki bu davlatlar tarixida bu printsipdan 
chekinish va davlat zayomlarini joylashtirishda majburiylik holatlariga 
ham yo’l qo’yiladi; 

agar soliqlar faqat bir yo’nalishda - soliq to’lovchilardan 
byudjetga yoki byudjetdan tashqari jamg’armalarga - harakat qilsa 
(bunga teskari yo’nalishdagi harakat faqat ortiqcha to’langan yoki 
xato undirilgan soliqlar qaytarilayotgandagina sodir bo’lishi mumkin), 
qaytaruvchanlik va h
aqlilik (to’lovlilik) davlat kreditining asosini 
tashkil etadi. Haqiqatdan ham davlat kreditiga ma’lum bir vaqt 
o’tganidan so’ng o’tkazilgan summa foizi bilan qaytarilishi kerak. 
Umuman 
olganda, 
davlat 
krediti 
boshqa 
moliyaviy 
kategoriyalardan o’zining quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan 
farqlanadi: 

agar bank kreditini taqdim etishda ta’minlanganlik elementi 
sifatida konkret boyliklar 
– ombordagi tovarlar, tugallanmagan ishlab 
chiqarish va boshqa shunga o’xshashlar maydonga chiqadigan 
bo’lsa, davlat tomonidan mablag’lar qarzga olinayotganda uning 
egaligida bo’lgan barcha mol-mulk, ma’lum bir hududiy birlikning 
mulki yoki uning qandaydir bir daromadi davlat kreditining ta’minlan- 
ganlik elementi bo’lishi mumkin; 

Markaziy hukumat darajasida davlat krediti aniq maqsadli 
xarakterga ega bo’lmaydi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, 
hokimiyatning quyi darajalarida olingan qarziy mablag’lar aniq 
ifodalangan maqsadli xarakterga yo’naltirilgan bo’ladi. Masalan, 
yangi yo’llarni va turar-joy massivlarini qurish uchun olingan qarz 
mablag’lari ana shunday xarakterga egadir; 

har qanday qarz oluvchi singari davlat ham mablag’larni 
oldindan belgilangan muddatlarga jalb qiladi va bu muddatlar davlat 
kreditining aniq shartlarida o’z ifodasini topadi. 
Davlat 
kreditining 
mazmun-mohiyati 
uning 
bajaradigan 
funksiyalari orqali yaqqol namoyon bo’ladi. Moliyaviy kategoriya 
sifatida davlat krediti quyidagi funksiyalarni bajaradi: 

taqsimlash; 

tartibga solish; 

nazorat. 


Davlat kreditining taqsimlash funksiyasi orqali davlatning 
markazlashtirilgan pul fondlarini shakllan-tirish yoki muddatlilik, 
haqlilik va qaytaruvchanlik printsiplari asosida ulardan foydalanish 
amalga oshiriladi. Davlat qarz oluvchi (qarzdor) sifatida maydonga 
chiqib, o’z xarajatlarini moliyalashtirishni qo’shimcha mablag’lar 
bilan ta’minlaydi. Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarda davlat 
qarzlari byudjet defitsitini moliyalashtirishning asosiy manbai bo’lib 
hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat qarzlari 
orqali olinadigan tushumlar byudjet xarajatlarini moliyalash-tirishning 
soliqlardan keyingi ikkinchi metodidir. Bu narsa soliq tushumlarining 
oshishiga nisbatan byudjet xarajatlari o’sish sur’atlarining yuqoriligi 
bilan izohlanadi. 
Kapital 
xaraktyerdagi xarajatlarni qarzga olingan mablag’lar 
hisobidan moliyalashtirish ma’lum chegaralarda ijobiy ahamiyatga 
ega. Masalan, maktab yoki kutubxona uzoq muddatga xizmat 
qilganligi uchun bir emas, bir necha avlodning ehtiyojlarini qondirishi 
mumkin. Shunday ekan, nega ularning qurilishi maktab va 
kutubxonaning xizmatidan foydalanishga ulgurmaydiganlarning 
soliqlari hisobidan bir necha yilga to’lanishi kerak? Bunday 
holatlarda ana shunga o’xshagan ob’ektlarni qurish bilan bog’liq 
bo’lgan moliyalashtirish masalalarini ularning xizmatlaridan 
foydalanishi mumkin bo’lgan barcha avlodning zimmasiga yuklash 
oqilonadir. O‘z navbatida, moliyalashtirish manbalarini vaqt nuqtai 
nazaridan uzaytirish (cho’zish) o’sha muddatga zayomlar chiqarish 
yo’li bilan ta’minlanishi mumkin. Bu holda maktab yoki kutubxona 
qurayotgan avlod keyingi avlod bilan bir xil moliyaviy yukni o’z 
elkasida ko’tarishiga erishiladi. Chunki bu holda ular tomonidan to’- 
lanadigan soliqlar hisobidan asosiy qarz, ular bo’yicha foizlar ham 
qaytariladi. 
Shunday qilib, davlat krediti taqsimlash funksiyasining ijobiy 
ta’siri natijasida, vaqt nuqtai nazaridan, soliq yuki og’irligining 
nisbatan tekisroq taqsimlanishiga erishiladi. Davlat qarzlari hisobidan 
xarajatlarni moliyalashtirish davrida olinayotgan soliqlar miqdori 
oshmaydi va uning 
og’irgi ortmaydi. Aks holda, ya’ni xarajatlarni 
moliyalashtirishga davlat tomonidan qarzga olingan mablag’lar jalb 
qilinmasa, bu narsani, boshqa sharoitlar teng bo’lgan taqdirda, faqat 
soliqlar miqdorini oshirish va uni
ng og’irligini orttirish evaziga 
moliyalashtirish mumkin. Shuning uchun ham olingan kreditlar 
qaytarilayotgan paytda soliqlar ularni to’lash uchun olinmasdan, 
balki qarzlar bo’yicha foizlarni qaytarish uchun ham olinadi. 


Davlat qarziga xizmat 
qilish va uni qaytarish bilan bog’liq bo’lgan 
xarajatlarni moliyalashtirishda soliqlar asosiy, lekin yagona manba 
emas. Bunday xarajatlarni moliyalashtirish manbalari mablag’lardan 
foydalanishning yo’nalishlariga bog’liq. Agar davlat tomonidan jalb 
qiling
an kapitallar unumli joylashtirilsa, qurib bitkazilgan ob’ekt ishga 
tushganidan so’ng foyda keltira boshlaydiki, uning hisobidan, 
jumladan, olingan qarzlar qaytarilishi mumkin. Bu holda soliq yuki 
og’irligining kuchaytirilishiga hech qanday hojat qolmaydi. 
Davlat qarzlarini jalb qilish evaziga olingan kapitallardan unumsiz 
foydalanilsa, masalan, ular hisobidan harbiy yoki ijtimoiy xarajatlar 
moliyalash-tirilsa, ularning qaytarishning yagona manbai soliqlar yoki 
yangi qarzlar bo’lishi mumkin. Oldin chiqarilgan zayomlarni qaytarish 
uchun davlatning yangi zayomlarini joylashtirilishiga davlat qarzlarini 
qayta moliyalashtirish deyiladi. 
Davlatning qarz olishi natijasida soliq 
og’irligining kuchayishi 
ularning muddatiga va qarz 
oluvchi tomonidan to’lanadigan 
kred
itlarning foizlari darajasiga bog’liq. Investor uchun davlat qarzining 
daromadlilik darajasi qancha yuqori bo’lsa, davlat shunchalik katta 
soliqlar qismini ularni qaytarish uchun yo’naltirishga majbur. Davlat 
qarzining o’lchami qanchalik katta bo’lsa, boshqa sharoitlar teng 
bo’lgan taqdirda, ularga xizmat qilish uchun yo’naltirilayotgan 
mablag’larning salmog’i shuncha yuqori bo’ladi. 
Davlat o’z krediti orqali kredit munosabatlariga kirisha turib, 
ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda pul muomalasining holatiga, pullar va 
kapitallar bozoridagi foiz stavkalarining darajasiga, ishlab chiqarishga 
va 
aholi bandliligiga ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyotni tartibga solish 
vositasi sifatida davlat kreditidan ongli ravishda foydalanib, u yoki bu 
moliyaviy siyosatni amalga oshirishi mumkin. 
Davlat qarzlarni investorlarning turli guruhlari o’rtasida 
joylashtirib, pul muomalasini tartibga soladi; jismoniy shaxslarning 
mablag’larini jalb qilib, ularning to’lovga qobiliyatli talabini 
kamaytiradi. Davlat krediti hisobidan ishlab chiqarish xarajatlari, 
masalan, investitsiyalar moliyalashtirilsa, muomaladagi naqd pul 
massasining mutlaq qisqarishi sodir 
bo’ladi. Shuningdek, davlat krediti 
hisobidan o’qituvchilar va tibbiyot xodimlari-ning ish haqlari 
moliyalashtirilsa, aholining to’lovga qobiliyatli talabining tarkibiy 
tuzilishi o’zgarsada muomaladagi naqd pul massasi o’zgarmasdan 
qolaveradi. 
Davlat qimmatli qog’ozlarini sotish-sotib olish yoki ularning 
garovi asosida kreditlar berish 
bo’yicha Markaziy bank tomonidan 


amalga oshiriladigan operatsiyalar mamlakat tijorat banklari likvidligini 
tartibga solishning muhim vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi. 
Moliyaviy bozorda qarz oluvchi sifatida maydonga chiqib, davlat 
qarziy mablag’larga bo’lgan talabni oshiradi va buning hisobidan 
kredit baholarining ortishiga 
o’z ta’sirini ko’rsatadi. Davlatning talabi 
qancha yuqori bo’lsa, boshqa sharoitlar teng bo’lgan taqdirda, ssuda 
foizining darajasi shuncha yuqori bo’ladi va tadbirkorlar uchun kredit 
shunchaga qimmatlashadi. Qarz 
mablag’larining qimmatligi ishlab 
chiqarish sohasida tadbirkorlar investitsiyalarining qisqarishiga majbur 
qiladi va bir 
vaqtning o’zida, u davlat qim-matli qog’ozlarini sotib olish 
ko’rinishidagi jamg’armalarni rag’batlantiradi. 
Ma’lum chegaraga etgunga qadar bu jarayon ishlab chiqarishga 
keskin salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Agar mamlakatda erkin kapitallar 
etarli darajada bo’lsa, ular to’liq qo’shib olingunga qadar salbiy ta’sir 
darajasi nolga teng bo’lib qolaveradi. Shundan keyingina moliyaviy 
bozordagi da
vlatning faolligi ssuda foizining o’sishida o’z ifodasini 
topadi, pul jamg’armalarining katta qismini unumsiz foydalanishga 
jalb qilinishi esa iqtisodiy o’sish sur’atlarini susaytiradi. Davlat 
kreditor va kafil sifatida faoliyat ko’rsatib, xorijdan qarzga olingan 
mablag’lar hisobidan milliy ishlab chiqarish mahsulotlariga talabni 
vujudga keltirib, ishlab chiqarish va aholi bandliligiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatadi. Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarda kichik biznes, 
mahsulot eksporti yoki ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi 
kuzatilayotgan alohida mintaqalarda tegishli dasturlarga muvofiq 
banklar tomonidan berilayotgan kreditlarni davlat tomonidan 
kafolatlanishi yo’li bilan ishlab chiqarishni rag’batlantirish tizimi keng 
tarqalgan. 
Kichik biznesni qo’llab-quvvatlashning kasodga uchrashi sodir 
bo’lganda davlatning kichik tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan kreditlar 
bo’yicha banklarga bo’lgan qarzlarni qaytarishni o’z zimmasiga 
olinishini anglatadi. Dunyoning sanoati rivojlangan ko’plab 
mamlakatlarida davlat yoki yarimdavlat kompaniyalari faoliyat 
ko’rsatadiki, ular milliy mahsulotlarni eksport qiluvchilarning to’lovga 
qobiliyatsiz risklarini past stavkalar bo’yicha sug’urta qila-dilar. Shu 
yo’l bilan milliy mahsulotning yangi bozorlarni o’zlashtirishi 
rag’batlantiriladi. 
Ishlab chiqarishni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashni 
rag’batlantirishda hududlar byudjetlari va byudjetdan tashqari 
jamg’armalari hisobidan beriladigan kreditlar katta rol o’ynaydi. 
Ularning yordamida ma’lum bir mintaqalar va u yoki bu hududlar 


iqtisodiyoti kerakli yo’nalishlarining yuqori sur’atlar bilan rivojlanishi 
ta’minlanadi. 
Davlat kreditining nazorat funksiyasi moliyaning nazorat funksiyasi 
bilan organik ravishda qo’shilib ketgan. Lekin uning bu funksiyasi shu 
kategoriyaning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan quyidagi 
xarakterli belgilarga ega: 

davlatning faoliyati va markazlashtirilgan pul 
mablag’lari 
fondining ahvoli bilan uzviy 
bog’langan; 

qiymatning ikki tomonlama harakatini qamrab oladi, chunki 
mablag’lar olinishining qaytarilishi va tiklanishini taqozo etadi; 

faqat moliyaviy tarkibiy tuzilmalar tomonidan emas, balki 
kredit institutlari tomonidan ham amalga oshiriladi. 
Davlat kreditining nazorat funksiyasi orqali mablag’lar maqsadli 
foydalanilishi, ularning qaytarilish muddatlari va foizlarning 
o’z vaqtida 
to’lanishi nazorat ostiga olinadi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin