T. Malikov O. Olimjonov moliya


Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi 
quyidagi 
hollarda beriladi: 

vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotish bilan bog’liq kasallikda 
(shikastlanishda); 

sanatoriy-kurortlarda davolanganda; 

kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo’lganda; 

karantinda; 

sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga 
o’tkazilganda; 

mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo’ydirish 
uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun 
faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik 


varaqasi (kasallik varaqasi) asos bo’ladi. Vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa mehnat qobiliyati yo’qolgan birinchi 
kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy-mehnat ekspertiza 
komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilangunga qadar, 
hatto bu davrda xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan 
hollarda ham beriladi. 
Oliy, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini, 
magistratura, 
aspirantura, 
klinik 
ordinatura, 
doktoranturani 
tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan shaxslarga 
nafaqa ular ishga chiqishi lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi. Ish 
haqi, sutkalik va ko’chish bo’yicha xarajatlarni olish huquqiga ega 
bo’lgan xodimga ish joyiga borayotgan davrda boshlangan 
mehnatga qob
iliyatsizlik kunlari uchun nafaqa to’lanadi. Xodimning 
mehnatga qobiliyatsizlik kunlari yillik (asosiy va qo’shimcha) ta’til 
davriga to’g’ri kelgan hollarda, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik 
varaqasida ko’rsatilgan barcha kunlar uchun nafaqa to’lanadi. 
Sanatoriy-
kurortda davolanishda, agar asosiy va qo’shimcha 
ta’til xodimning sanatoriyda davolanishi uchun etarli bo’lmasa, 
nafaqa beriladi. Bunday holda sanatoriy-kurortda davolanishning 
barcha davri uchun (yo’llanma, davolanish muddati) sanatoriyga 
borish-ke
lish vaqtini qo’shib, ammo xodimning yillik ta’tilini chiqarib 
tashlagan holda nafaqa beriladi. Asosiy va qo’shimcha ta’tildan 
sanatoriyga borishdan oldin foydalangan bo’lsa ham nafaqa uni 
chiqarib tashlagan holda beriladi. Bunda ish beruvchi ta’tilning 
etmaydigan vaqti uchun xodim bilan kelishib, unga ish haqi 
saqlanmagan ta’til beradi. 
1941 
— 1945 yillardagi urush nogironlariga, baynalminal 
jangchilarga, Chernobil AES falokati oqibatlarini tugatishda 
qatnashgan shaxslarga, shuningdek, sanatoriyga davolanishni 
davom ettirish uchun davolash muassasalaridan o’tkir miokard 
infarkti bilan kasallangan, jarrohlik uslubi bilan yurakning 
aortakoronar shuntrovkasi va anevrizmlari, oshqozonning yaralik 
kasalligi, o’n ikki barmoq ichak kasalligidan davolangan va o’t 
pufagini olib tashlashdan keyin bevosita yuborilgan xodimlarga, 
shuningdek sil kasalligi bilan og’riganlarga nafaqa sanatoriyda 
bo’lgan barcha vaqt uchun beriladi. 
O‘n olti yoshgacha bo’lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota- 
onalardan biriga (homiyga yoki vasiyga), nogiron bolaning 
sanatoriyda davolangan barcha davri uchun (sanatoriyga borib- 
kelish vaqtini hisobga olib) unga yakka tartibda parvarish zarurligi 
to’g’risidagi tibbiy xulosa mavjud bo’lganda nafaqa beriladi. 


Uch yoshgacha bo’lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo’lgan 
nogiron bolani parvarishlashda band bo’lgan ona kasal bo’lib, bolani 
parvarishlashga qurbi etmay qolgan hollarda, parvarish bilan band 
bo’lgan ishlayotgan boshqa oila a’zolari yoki qarindoshlariga 
(mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi. 
Oilaning kasal bo’lgan a’zosiga qarash bo’yicha vaqtincha 
mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor birovning parvarishiga 
muhtoj bo’lgan, lekin 7 kalendar kunidan oshmagan davr uchun 
beriladi. O‘n to’rt yoshga etmagan bemor bolaga qarash uchun 
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak 
bo’lgan, ammo 14 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi. 
Agarda xodim karantin vaqtida sanitariya-epidemiologiya 
xizmati organlari tomonidan atrofidagi shaxslar orqali yuqumli 
kasallikka chalinish xavfini oldini olish maqsadida ishdan 
chetlatilgan bo’lsa nafaqa berilad i.Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga 
chalingan xodim davolanish qoidasini buzmagan holda boshqa ishni 
bajarish imkoniga ega bo’lib, u tibbiy-maslahat komissiyasi (TMK) 
xulosasi (bunday komissiyalar bo’lmagan joylarda esa davolovchi 
shifokorning, davolash muassasasining bosh shifokori tomonidan 
tasdiqlangan xulosasi) asosida vaqtincha boshqa ishga o’tkazilishi 
mumkin. 
Xodimga, vaqtinchalik kamroq haq t
o’lanadigan ishga o’tgan 
vaqt uchun, lekin ikki oydan ortiq bo’lmagan muddat davomida 
kasallik varaqasi bo’yicha yangi ishda beriladigan ish haqiga 
qo’shilganda avvalgi ishidagi to’liq ish haqidan oshib ketmaydigan 
miqdorda nafaqa to’lanadi. Bunda kasb kasalligi oqibatida boshqa 
ishga o’tkazilgan shaxslarga nafaqa, agar u amaldagi qonun 
hujjatlariga binoan avvalgi ish haqi bilan yangi ish haqi o’rtasidagi 
farqni korxonadan olish huquqiga ega bo’lmasa beriladi. Basharti, 
kasallik varaqasida ko’rsatilgan muddatda ish beruvchi xodimga 
boshqa ish topib berolmagan bo’lsa, u holda shuning oqibatida 
bekor o’tgan ish kunlari uchun nafaqa umumiy asoslarda to’lanadi. 
Reabilitatsiya muassasalarida bo’lgan barcha vaqt uchun va 
unga kelib-
ketish vaqti uchun nafaqa to’lanadi. Mavsumiy va 
vaqtinchalik ishlarda band bo’lgan xodimlarga mehnatda 
mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa umumiy 
asoslarda, boshqa sabablar oqibatidagi vaqtincha mehnatga 
q
obiliyatsizlik bo’yicha nafaqa mavsumiy yoki vaqtinchalik ish 
to’g’risida tuzilgan mehnat shartnomasida ko’rsatilgan ish kunlari 
doirasida 
to’lanadi. 


Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik 
bo’yicha nafaqa mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb 
kasalligidan tashqari, ketma-ket ikki oydan va kalendar yilda uch 
oydan oshmagan muddatga beriladi. Ishlayotgan 1941 
— 1945 
yillardagi urush nogironlariga va imtiyozlari jihatdan ularga 
tenglashtirilgan boshqa nogironlarga, Chernobil AESdagi falokat 
yoki uning oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha ishlarni bajarish bilan 
bog’liq sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan shaxslarga vaqtincha 
mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi (mehnatda mayiblanish hodisalari 
yoki kasb kasalligidan tashqari) ketma-
ket to’rt oygacha yoki 
kalendar yilda besh oygacha beriladi. 
Agar 
ishlovchi 
nogironning 
vaqtinchalik 
mehnatga 
qobiliyatsizligi mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi tufayli yuz 
bersa, nafaqa u to’la sog’aygunga yoki mehnatda mayiblanish 
yoxud kasb 
kasalligi bilan bog’liq nogironlik guruhi qayta ko’rib 
chiqilgunga qadar 
to’lanadi. 
Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik 
bo’yicha nafaqa shaxs to’la sog’aygunga qadar, lekin ko’pi bilan 10 
oyga beriladi. Xodim sil kasalligi bilan qayta kasallanganda yoki sil 
kasalligi oqibatida nogiron deb topilganda nafaqa ko’pi bilan 6 oyga 
beriladi. TMEK ko’rigidan belgilangan muddatda qayta o’tmagan 
nogironga nafaqa mazkur bandda belgilangan muddatlarga 
to’lanadi. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik 
quyidagi davrlarga to’g’ri 
kelganda nafaqa to’lanmaydi: 

ish haqi saqlanmagan 
ta’til; 

bolani parvarishlash bo’yicha ta’til; 

ish vaqtincha to’xtatilgan; 

xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi 
to’lash 
to’xtatib qo’yilganligi sababli ishlamagan; 

harbiy o’quv yoki tekshiruv yig’ini; 

ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’quv yurtlarida tahsil 
olish munosabati bilan berilgan qo’shimcha ta’til. 
Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga 
qobiliyatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) 
lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda 
berilmaydi: 



ishdan yoki boshqa vazifalardan bo’yin tovlash maqsadida o’z 
salomatligiga ataylab ziyon etkazgan yoxud o’zini kasallikka 
solganda; 

giyohvandlik yoki mastlik bilan bog’liq harakatlar oqibatida, 
shuningdek, spirtli va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish 
natijasida kasallikka chalinganda (jarohatlanganda); 

jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda; 

sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruhiy 
kasallardan tashqari); 

hibsda bo’lgan davrda; 

sud-
tibbiyot ekspertizasidan o’tish davrida. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining 
davomiyligidan qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida 
quyidagilarga to’lanadi: 

ishlayotgan 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga; 

baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa 
shaxslarga; 

qaramog’ida 16 yoshga (o’quvchilar 18 yoshga) etmagan uch 
yoki undan ortiq bolalari bo’lgan xodimlarga; 

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan 
xodimlarga; 

Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish 
zonasidan evakuatsiya qilingan va ko’chirilgan, qon hosil qiluvchi 
organlar kasalliklari (o’tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) 
va xavfli o’smalar bilan bog’liq kasalliklarga chalingan xodimlarga; 

mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha 
mehnatga qobiliyatsiz bo’lgan xodimlarga. 
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan kasalliklar (sil kasalligi, 
onkologiya 
kasalliklari, yangidan paydo bo’ladigan xatarli o’simtalar, 
jinsiy yo’l bilan o’tadigan kasalliklar, SPID, moxov (lepra) kasalligi, 
ruhiy kasalliklar) bo’yicha hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan 
davlat ijtimoiy sug’urta badali to’lagan davrining (umumiy ish 
stajining) davomiyligiga bog’liq ravishda vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to’lanadi: 

umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga ish 
haqining 100 foizi miqdorida; 

umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha 
bo’lgan xodimlarga ish 
haqining 80 foizi miqdorida; 

umumiy ish staji 5 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 60 
foizi miqdorida. 


Yuqorida ta’kidlangan xodimlardan tashqari qolgan xodimlarga 
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa quyidagi 
miqdorlarda to’lanadi: 

umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga 
hamda 21 yoshga etmagan chin (sag’ir) etimlarga ish haqining 80 
foizi miqdorida; 

umumiy ish staji 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 60 
foizi miqdorida. 
Tayi
nlangan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha 
nafaqa quyidagi miqdorlarda to’lanadi: 

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safidagi muddatli 
xizmatdan bo’shatilgandan so’ng bir oy ichida kasal bo’lib qolgan 
sobiq harbiy xizmatchilarga 
— respublikada belgilangan eng kam 
ish haqi miqdorida; 

boshqa hollarda 
— ish haqining 60 foizi miqdorida. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa barcha 
hollarda belgilangan eng kam ish haqidan kam bo’lmasligi va nafaqa 
hisoblab chiqarilgan ish haqidan yuq
ori bo’lmasligi lozim. Nafaqa 
miqdori vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan kungacha, 
mehnat daftarchasi yoki uning o’rniga berilgan boshqa hujjat, 
shuningdek ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan berilgan 
ma’lumotnoma asosida hisoblangan umumiy ish stajiga muvofiq 
aniqlanadi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin