T. Malikov O. Olimjonov moliya


Pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan ish stajiga ega



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan ish stajiga ega 
bo’lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga 


nafaqalar. 
Ushbu nafaqa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2011 yil 7 aprel kuni qabul qilingan “Fuqarolarning 
davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga 
o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonunini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan 
normativ-
huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” gi Qaroriga asosan 
tayinlanadi. 
Nafaqa 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
fuqarolariga, 
shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy 
fuqarolarga va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga beriladi Nafaqa 
yoshga doir nafaqa, nogironlik nafaqasi (bolalikdan nogironlardan 
tashqari) hamda boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi bo’yicha 
farqlanadi. Nafaqa olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar nafaqa olish 
huquqi paydo bo’lgandan so’ng biror-bir muddat bilan cheklashsiz
istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin. 
Yoshga doir nafaqa 
ish stajiga ega bo’lmagan, bugungi kunda 
7 yildan kam ish staji mavjud bo’lib, yoshga doir pensiya tayinlash 
uchun etarli ish stajiga ega bo’lmagan shaxslarga tayinlanadi. 
Yoshga doir nafaqa erkaklarga 65 yoshga etganlarida, ayollarga
— 
60 yoshga etganlarida tayinlanadi. Haq to’lanadigan ish 
bajarayotgan yoki boshqa daromad manbaiga ega bo’lgan 
(alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan mustasno) shaxslarga 
yoshga doir nafaqa tayinlanmaydi. Ish stajiga ega bo’lmagan 
shaxsga yoshga doir nafaqa mehnatga layoqatli voyaga etgan 
farzandlari, qarin
doshlari yoki O‘zbekiston Respublikasining Oila 
kodeksiga muvofiq ularni ta’minlashga majbur bo’lgan boshqa 
shaxslar bo’lmagan taqdirda tayinlanadi. Pensiya jamg’armasi 
bo’limi tomonidan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bilan 
birgalikda o’tkazilgan tekshirishda ish stajiga ega bo’lmagan va 
yoshga doir nafaqa so’rab murojaat etgan shaxsni ta’minlashga 
majbur bo’lgan qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning moddiy 
nochorligi aniqlangan hollarda yoshga doir nafaqa yoshga doir 
nafaqa so’rab murojaat qilgan shaxsga moddiy yordam bera 
olmaydigan qarindoshlar yoki boshqa shaxslar bor bo’lgan taqdirda 
ham yoshga doir nafaqa tayinlanishi mumkin. 
Nogironlik nafaqasi 
nogironlik sodir bo’lgan hollarda, yoshidan 
qat’i nazar, ish stajiga ega bo’lmagan I va II guruh nogironligi 
Nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi. 
Nafaqalarni tayinlash va to’lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining 
tuman (shahar) bo’limlari tomonidan amalga oshiriladi. 


bo’lgan shaxslarga tayinlanadi va to’lanadi. Mehnat faoliyatiga 
layoqati cheklanganligi darajasini aniqlash uchun tibbiy tekshirish 
(mehnatga layoqati doimiy yoki uzoq muddat yo’qotilganda) Pensiya 
jamg’armasi bo’limlari yo’llanmalari bo’yicha tibbiy-mehnat ekspert 
komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Qabul qilingan xulosa 
asosida TMEK etti kun muddatda tibbiy tekshirish dalolatnomasidan 
ko’chirmani Pensiya jamg’armasi bo’limiga yuboradi. Ishlayotgan 
yoki hayot kechirishning boshqa manbalariga (alimentlar yoki 
stipendiyalar olish bundan mustasno) ega bo’lgan I guruh 
nogironlarga va II guruh nogironlarga nafaqa tayinlanmaydi. 
Nogironlik nafaqasi mehnatga layoqat yo’qotilishining butun davri 
uchun tayinlanadi. 
Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi. D
avlat pensiyasi olish 
huquqiga ega bo’lmagan shaxsning qaramog’ida bo’lgan oilaning 
mehnatga layoqatli bo’lmagan a’zolari boquvchisini yo’qotganlik 
nafaqasi olish huquqiga egadirlar. 
Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi vafot etganning oila 
a’zolariga vafot etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega bo’lgan 
nafaqaga foiz nisbatida quyidagi miqdorlarda belgilanadi: 

oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz a’zosiga — 
nafaqaning 100 foizi; 

oilaning mehnatga layoqatsiz 
ikki a’zosiga — nafaqaning 75 
foizi; 

oilaning mehnatga layoqatsiz bir a’zosiga — nafaqaning 50 
foizi. 
Nafaqa olish huquqiga ega bo’lmagan shaxs vafot etgan 
taqdirda vafot etganning oila a’zolariga nafaqa pensiya tayinlash 
uchun zarur bo’lgan ish stajiga ega bo’lmagan qariyalar va 
mehnatga layoqatsiz fuqarolarning nafaqasi miqdoridan kelib 
chiqqan holda belgilanadi. 
Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasini olish huquqiga ega 
bo’lgan oila a’zolarining barchasiga bitta umumiy nafaqa tayinlanadi. 
Oila a’zosining talabiga ko’ra uning nafaqadagi ulushi ajratiladi va 
unga alohida to’lanadi. Bunda tayinlangan nafaqaning umumiy 
miqdori oluvchilarning umumiy soniga bo’linadi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin