Boquvchisini yo’qotganligi uchun pensiya
vafot etgan
shaxsning qaramog’ida bo’lgan va uning mehnatga layoqatsiz oila
a’zolariga tayinlanadi.
Vafot etgan boquvchining qaramog’ida bo’lgan mehnatga
qobiliyatsiz oila
a’zolari boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi olish
huquqiga ega
bo’ladi. Bunda farzandlarga va yoshidan va mehnat
qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva,
buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari,
aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga
qarash uchun ish
haqi saqlanmagan ta’tilda bo’lish huquqini beradigan
yoshga to’lgunga qadar boqish bilan mashg’ul bo’lsa va ishlamasa
pensiya ular
boquvchining qaramog’ida turgan-turmaganidan qat’i
nazar tayinlanadi. Marhumning qaramog’ida turmagan ota-onasi va eri
(xotini) ham, keyinchalik kun kechirish uchun
zarur mablag’
manbaidan mahrum bo’lib qolsalar, pensiya olish huquqiga ega
bo’ladilar.
Quyidagilar
oilaning
mehnatga
qobiliyatsiz
a’zolari
hisoblanadilar:
bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga
to’lmagan bo’lsa yoki 16 yoshdan katta bo’lsa ham 16 yoshga
to’lmasdan nogiron bo’lib qolgan bo’lsalar. Bunda aka-ukalar, opa-
singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi
bo’lmasa;
ota,
ona, o’gay ota, o’gay ona, xotin, er, basharti, ular
umumbelgilangan pensiya yoshiga to’lgan yoki nogiron bo’lsalar;
yoshidan va
mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri
yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot
etgan
boquvchining
bolalari,
aka-ukalari,
opa-singillari
yoki
nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan
ta’tilda bo’lish huquqini beradigan yoshga to’lgunga qadar boqish bilan
mashg’ul bo’lsa va ishlamasa;
buva va buvi
— agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart
bo’lgan kishilar bo’lmasa.
O‘quvchilar 18 yoshga to’lgunga qadar boquvchisini yo’qotganlik
pensiyasi olish
huquqiga egadirlar. Boquvchisini yo’qotganlik
pensiyasi olish huquqiga ega
bo’lgan voyaga etmagan farzandlar, ular
farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab
qoladilar. O‘gay
o’g’il va o’gay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan bo’lsalar,
haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar. O‘gay ota
va
o’gay ona, agar vafot etgan o’gay o’g’ilni (qizni) 18 yoshga
to’lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqqan bo’lsalar,
haqiqiy ota va ona singari pensiya olish huquqiga ega
bo’ladilar.
Bedarak yo’qolganlarning oilalariga ham, agar boquvchining bedarak
yo’qolganligi belgilangan tartibda tasdiqlangan bo’lsa, vafot etganlar
oilalariga taalluqli hamma qoidalari tegishli ravishda ushbu oilalarga
ham joriy qilinadi.
Ko’rsatib o’tilgan oila a’zolari, agar ular marhumning to’liq
boquvida bo’lgan yoki undan yordam olib turgan bo’lsalar, bu yordam
ular uchun doimiy va asosiy kun
kechirish mablag’ining manbai
hisobl
angan
bo’lsa,
marhumning
qaramog’ida
turgan
deb
hisoblanadilar. Marhumning biron turdagi pensiya olayotgan oila
a’zolari, agar marhumning yordami ular uchun doimiy va asosiy kun
kechirish mablag’ining manbai hisoblangan bo’lsa — boquvchisini
yo’qotganlik pensiyasiga o’tish huquqiga egadirlar.
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik
oqibatida vafot etgan boquvchining oilasiga, shuningdek marhum
pensionerning oilasiga pensiya boquvchining ish
stajidan qat’i nazar
tayinlanadi. Boquvchi vafot etgan kunga qadar unga nogironlik
pensiyasi tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega
bo’lgan bo’lsa,
umumiy kasallik yoki ish
bilan bog’liq bo’lmagan mayiblanish oqibatida
vafot etgan boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tayinlanadi.
Boshqa
m
amlakatlardan
ko’chib
kelgan
O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolarining oilalariga, basharti, boquvchi O‘zbekiston
Respublikasida ishlamagan bo’lsa, pensiyalar quyidagi hollarda
tayinlanadi:
boshqa mamlakatlarda boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini
olgan oilalarga
— boquvchisining ish stajidan qat’i nazar;
pensiya olmagan oilalarga
— basharti, boquvchi ishlash
to’xtatilgan kunga qadar tegishli stajga ega bo’lgan bo’lsa, mehnatda
mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan
taqdirda esa
— boquvchining ish stajidan qat’i nazar.
Umumiy kasallik oqibatida vafot etgan hamda nogironlik
pensiyasini tayinlash uchun etarlicha ish
stajiga ega bo’lmagan
boquvchisini yo’qotgan oila a’zolariga pensiya boquvchining bor
stajiga mutanosib ravishdagi miqdorda tayinlanadi.
Er (xotin)ning vafot etganligi sababli tayinlangan pensiya
pensioner yangi nikohdan o’tganida ham saqlanib qoladi. Oilaning
pensiya olish huquqiga ega
bo’lgan barcha a’zolariga bitta umumiy
pensiya tayinlanadi. Oila a’zosining talabi bilan uning pensiyadagi
ulushi ajratilib, alohida to’lanadi. Pensiyadan ulush ajratib berish
pensiyani bo’lish to’g’risida ariza tushgan oydan keyingi oyning birinchi
kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir
mehnatga layoqatsiz a’zosiga — pensiyani hisoblash uchun qabul
qilinadigan o’rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida, biroq yoshga
doir eng kam pensiyaning 50 foizidan kam
bo’lmagan miqdorida, har
ikkala ota-onasini
yo’qotgan bolalarga (chin etimlarga) boquvchisini
yo’qotganlik pensiyasi uchun yoki vafot etgan yolg’iz onaning
bolalariga har bir bola uchun
— pensiyani hisoblash uchun qabul
qilinadigan o’rtacha oylik ish haqining 30 foizi, biroq yoshga doir eng
kam pensiyaning 100 foizidan kam
bo’lmagan miqdorda pensiyaning
tayanch miqdori belgilanadi.
Pensiya miqdorini hisoblash tartibi yoshga doir pensiyalarni
hisoblash tartibi bilan bir hil.
Boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari oilaning har bir mehnatga
layoqatsiz a’zosiga — boquvchi o’rtacha oylik ish haqining 0,5 foiziga
oshiriladi.
Har ikkala ota-
onasini yo’qotgan bolalarga (chin etimlarga)
tayinlanadigan boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha pensiyalarini
oshirish eng kam oylik ish haqining
o’n baravari miqdori doirasida har
ikkala ota-onaning ish haqi umumiy miqdoridan amalga oshiriladi.
Bunda har ikkala ota-
onasini yo’qotgan bolalarga (chin etimlarga)
tayinlanadigan boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi miqdori har ikkala
ota-onaning umumiy ish staji miqdoridan kelib chiqqan holda
aniqlanadi, ya’ni pensiya tayinlash va talab etiladigandan ortiq staj
uchun pensiyani oshirish har ikkala ota-onaning umumiy ish staji
miqdori bo’yicha amalga oshiriladi.
Agar ota-onadan birining ish staji va ish haqidan kelib chiqqan
holda hisoblangan boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi miqdori har
ikkala ota-onaning umumiy ish staji va ish haqidan kelib chiqqan holda
hisoblangan boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi miqdoridan ko’p
bo’lsa, u holda, chin etim maqomini saqlab qolgan holda, murojaat
etganning xohishi bo’yicha ota-onadan birining ish staji va ish haqidan
kelib chiqqan holda hisoblangan pensiyaning eng
ko’p miqdori
tayinlanadi.
O‘zbekistonda aholining ijtimoiy ta’minotini yanada yaxshilash va
pensionerlarning
farovonligini
qo’shimcha
mablag’lar
bilan
ta’minlash maqsadida 2004 yil 2 dekabr kuni “Fuqarolarning
jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonuni qabul
qilindi. Bu qonunga binoan quyidagilar belgilangan:
2005 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolarning amaldagi davlat
pensiya ta’minoti tizimiga qo’shimcha ravishda jamg’arib boriladigan
pensiya tizimi joriy etildi;
2005 yil 1
yanvardan boshlab fuqarolarning shaxsiy jamg’arib
boriladigan pensiya hisob raqami fuqarolarning asosiy ish joyidagi
Xalq banki filialida amalga oshiriladi;
fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya hisob raqamiga
majburiy har oylik badallar jismoniy shaxslarning qonun hujjatlariga
muvofiq hisoblab chiqarilgan daromad solig’i summasidan tegishli
ravishda chiqarib tashlangan holda xodimning hisoblangan ish haqi
(daromad)ning 2018 yilda ikki (2019 yilning 1 yanvaridan boshlab
0,1) foizi miqdorida o’tkaziladi;
jamg’arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida
qatnashadigan
fuqarolar
tomonidan
shaxsiy
pensiya
hisob
raqamlariga badallar miqdori va to’lash muddatlari mustaqil ravishda
belgilanishi ham mumkin va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va
fuqaroligi bo’lmagan shaxslar jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti
olish huquqiga ega. Ish beruvchilarning, shuningdek mehnat
faoliyatini
mehnat
shartnomasi
asosida
amalga
oshiruvchi
fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etishi,
agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan
bo’lsa, majburiydir. Yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs
tashkil etmagan holdagi dehqon xo’jaliklarining a’zolari, shuningdek
boshqa fuqarolar jamg’arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik
asosida ishtirok etadilar.
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda
ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ish beruvchining
talabnomasiga muvofiq mazkur fuqarolarning asosiy ish joyidagi
Xalq banki filialida amalga oshiriladi.
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida
ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ularning arizasiga muvofiq
mazkur fuqarolarning yashash joyidagi Xalq banki filialida amalga
oshiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar jamg’arib boriladigan pensiya
tizimiga fuqarolarni hisobga qo’yish, shuningdek shaxsiy jamg’arib
boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish uchun O‘zbekiston
Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida
elektron ariza berishga haqli.
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish
quyidagilarni o’z ichiga oladi:
shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish;
jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasini berish.
Xalq
banki
jamg’arib
boriladigan
pensiya
tizimida
fuqarolarning
shaxsiy hisobini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yuritadi. Jamg’arib
boriladigan pensiya tizimida fuqarolarning shaxsiy hisobini yuritishga
doir hamda shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga
taal
luqli ma’lumotlar Xalq bankining yagona ma’lumotlar elektron
bazasida shakllantiriladi va saqlanadi.
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olinayotganda
fuqarolarga Xalq banki umrbod qilib belgilanadigan, doimiy shaxsiy
tartib raqaml
i shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari
ochadi. Shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga
tartib raqami berish fuqarolarning pasportidagi ma’lumotlar asosida
amalga oshiriladi. Fuqarolarning yashash yoki ish joyi yoxud
pasportid
agi ma’lumotlar o’zgargan taqdirda shaxsiy jamg’arib
boriladigan pensiya hisobvarag’i tartib raqami o’zgarishsiz qoladi va
yangi shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’i ochish
talab etilmaydi. Fuqaroning jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlarini
olish huquqini tasdiqlovchi jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi
fuqaroga shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’i
ochilganidan keyin Xalq banki tomonidan beriladi.
Jismoniy shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab
chiqarilgan daro
mad solig’ining tegishlicha kamaytirilgan summasi
hisobiga jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallarini ish
beruvchi har oyda to’lab boradi.
Jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallarining miqdori
xodimlarning, shu jumladan ishlayotgan pensionerlarning ish haqi va
boshqa daromadi summasi asosida hisoblab chiqariladi hamda har
yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
navbatdagi yilga mo’ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat
byudjetini shakllantirish vaqtida belgilanadi.
Jamg
’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’lari Xalq bankida
shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida mablag’larni
jamlash yo’li bilan shakllantiriladi. Shaxsiy jamg’arib boriladigan
pensiya hisobvaraqlarida mablag’larni shakllantirish manbalari
quyidagilardan iborat:
jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallari;
jamg’arib boriladigan ixtiyoriy pensiya badallari;
shaxsiy
jamg’arib
boriladigan
pensiya
hisobvaraqlari
mablag’lariga hisoblab chiqarilgan foizlar;
qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa mablag’lar.
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’laridan jamg’arib
boriladigan pensiya to’lovlari to’lash uchun foydalaniladi. Jamg’arib
boriladigan pensiya tizimi mablag’laridan jamg’arib boriladigan
pensiya tizimi bilan bog’liq bo’lmagan majburiyatlarni bajarish uchun
foydalanish mumkin emas. Xalq banki jamg’arib boriladigan pensiya
tizimi mablag’larining alohida hisobini yuritadi.
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larini ko’paytirish
hamda ularni pul qadrsizlanishidan himoya etish maqsadida bunday
mablag’lardan investitsiya va kredit resurslari sifatida, shuningdek
moliyaviy vositalarga joylashtirish uchun foydalanilishi mumkin.
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’laridan investitsiya va
kredit resurslari sifat
ida foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq banki tomonidan amalga
oshiriladi. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larini
moliyaviy vositalarga joylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirli
gi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan belgilanadi.
Jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallaridan, shaxsiy
jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag’larga
hisoblab chiqarilgan foizlardan hamda bunday mablag’lar
foydalanilishidan fuqarolar va Xalq banki oladigan boshqa
daromadlardan, jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlaridan,
shuningdek jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’lari
aylanmasidan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar olinmaydi.
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi fuqarolar
pensiya to’lovlari oluvchi sifatida jamg’arib boriladigan pensiya
to’lovlarini qonun hujjatlariga muvofiq davlat pensiyasini olish huquqi
yuzaga kelgan taqdirda olish huquqiga ega. Fuqaro vafot etgan
taqdirda, shax
siy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’ida
jamg’arilgan mablag’lar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
merosga o’tadi va merosxo’rga bir yo’la to’la hajmda to’lanadi. uqaro
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy yashash
joyiga chiqi
b ketayotgan bo’lsa, shaxsiy jamg’arib boriladigan
pensiya hisobvarag’ida jamg’arilgan mablag’lar bir yo’la to’la hajmda
to’lanadi.
Jamg’arib
boriladigan
pensiya
to’lovlari
O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya
j
amg’armasining tuman (shahar) bo’limi tomonidan berilgan
jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlarini olish huquqi to’g’risidagi
guvohnoma asosida bunday to’lovlarni oluvchining yashash joyidagi
Xalq banki filiali tomonidan
to’lanadi.
Dostları ilə paylaş: |