na
faqasi ular haq to’lanadigan jamoat ishlarida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda
ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi. Ishsizlik nafaqasi ularga mahalliy
mehnat organida ro’yxatga olingan birinchi kundan e’tiboran yoziladi
va to’lanadi. Ishsizlik nafaqasi ko’pi bilan ishdan
va ish haqidan
(mehnat daromadidan) mahrum bo’lgan yoki uzoq (bir yildan ortiq)
tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat
qilayotgan shaxslarga o’n ikki oylik
davr mobaynida yigirma olti
kalendar hafta, ilgari ishlamagan va birinchi bor ish qidirayotgan
shaxslarga esa o’n ikki oylik davr mobaynida o’n uch kalendar hafta
to’lanadi.
Ishsiz ishsizlik nafaqasini olish davrida ish qidirishi va har ikki
haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga ishga yoki
kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga, malakasini oshirishga
yo’llanma olish uchun murojaat qilishi shart. Ishdan va ish haqidan
(mehnat daromadidan) mahrum bo’lgan shaxslar uchun ishsizlik
nafaqasi oldingi ish joyidagi oxi
rgi bir yilgi o’rtacha ish haqiga foiz
nisbatida belgilanadi. Boshqa hollarda ishsizlik nafaqasi qonun
hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga foiz nisbatida
belgilanadi. Qaramog’ida o’n olti yoshga to’lmagan
bolalari va
boshqa kishilar bo’lgan ishsiz shaxslarga nafaqa miqdori o’n foizga
oshiriladi.
Ish haqiga koeffitsientlar belgilangan joylarda yashovchi
shaxslarga tayinlanadigan ishsizlik nafaqasi miqdorlari ularning shu
joylarda yashagan davri uchun mazkur joyda noishlab chiqarish
tarmoqlari
ning xodimlariga belgilangan koeffitsientni qo’llagan holda
aniqlanadi. Ishsizlik nafaqasi miqdorini hisoblab chiqishda rayon
koeffitsientlarini qo’llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va
mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo’lgan
taqdirda, ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo’lgan
shaxslarga
oldingi ish joyidagi o’rtacha ish haqining ellik foizi miqdorida, ammo
qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo’lmagan
va nafaqani hisoblash paytida O‘zbekiston Respublikasida tarkib
topgan o’rtacha ish haqidan ortiq bo’lmagan miqdorda ishsizlik
nafaqasi to’lash kafolatlanadi.
Harbiy xizmatdan, Ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati
organlaridan bo’shatilishi munosabati bilan ish haqidan mahrum
bo’lgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.
Harbiy
xizmatdan, Ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati organlaridan
bo’shatilgan hamda mahalliy mehnat organlariga murojaat qilishdan
oldin ishlamagan shaxslarga nafaqa miqdori qonun hujjatlarida
belgilangan eng kam ish haqi miqdori darajasida hisoblab
chiqariladi.
Ilgari ishlamagan, birinchi marta ish
qidirayotgan va ishsizlik
nafaqasi olish huquqiga ega bo’lgan shaxslarga mahalliy mehnat
organi tomonidan kasbga tayyorlash yoki ishga joylashish imkoniyati
berilmagan taqdirda, ularga qonun hujjatlarida belgilangan eng kam
ish haqining kamida etmish besh foizi miqdorida nafaqa to’lash
kafolatlanadi.
Uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini
qayta
boshlashga
harakat
qilayotgan
ishsiz
shaxslarga
mutaxassisligi bo’lgan
shaxslar uchun, shuningdek o’n ikki oy
mobaynida haq to’lanadigan ish bilan bandligi o’n ikki kalendar
haftadan kam bo’lmagan shaxslar uchun, agar ularning ishga
joylashishi u
chun kasbga qayta o’rgatishni yoki malakasini oshirishni
talab qilmasa, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan
oz bo’lmagan miqdorda va boshqa hollarda, shu jumladan,
mutaxassisligi bo’lmagan shaxslarga,
mahalliy mehnat organi
tomonidan kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish
imkoniyati berilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida
belgilangan eng
kam ish haqining etmish besh foizi miqdoridamiqdorda nafaqa
to’lash kafolatlanadi.
Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishlab chiqarishdan ajralgan
holda kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o’tgandan, malaka
oshirishni tugatgandan keyin qonun hujjatlarida belgilangan eng
kam ish haqidan oz bo’lmagan miqdorda ishsizlik nafaqasi olish
huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: