T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

22.3. Ijtimoiy nafaqalar 
 
Ij
timoiy nafaqalarning turli ko’rinishlari aholining ijtimoiy 
himoyalash tizimida muhim o’rin egallaydi. Ularning tarkibi 
Bolalikdan nogironlarga va o’n sakkiz yoshga to’lmagan OIV 


infektsiyasiga chalingan shaxslarga, pensiya tayinlash uchun zarur 
bo’lgan ish stajiga ega bo’lmagan qariyalarga va mehnatga 
layoqatsiz fuqarolarga, homiladorlik va tug’ish, farzand tug’ilganda, 
bola parvarishi va boshqa holatlar bo’yicha vaqtinchalik mehnat 
qobiliyatini yo’qotganligi uchun, kam ta’minlanganlik, ishsizlik 
nafaqalardan va boshqalardan iborat bo’lishi mumkin. 
Bolalikdan nogironlarga va 
o’n sakkiz yoshga to’lmagan 
OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa. 
Ushbu nafaqa 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 aprel 
kuni qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti 
to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga hamda O‘zbekiston 
Respublikasining Mehnat kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar 
kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish 
uchun zarur bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 
gi Qaroriga asosan tayinlanadi. 
Nafaqa olish huquqiga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari 
(TMEK) tomonidan bolalikdan I guruh nogironlari, bolalikdan II guruh 
nogironlari deb e’tirof etilgan 16 yoshdan katta shaxslar, kasallikning 
bosqichidan qat’i nazar, o’n sakkiz yoshga to’lmagan OIV 
infektsiyasiga chalingan shaxslar, shuningdek nafaqa olish huquqini 
beradiga
n tibbiy xulosa mavjud bo’lgan taqdirda 16 yoshgacha 
nogiron bolalar egadirlar. Nafaqa olish huquqiga ega bo’lgan 
shaxslar nafaqa olish huquqi paydo bo’lgandan so’ng biror-bir 
muddat bilan cheklashsiz, istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun 
murojaat qilishlari mumkin. Nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan 
miqdorda tayinlanadi. Bunda o’n sakkiz yoshga to’lmagan OIV 
infektsiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa qonun hujjatlarida 
bolalikdan nogironlar uchun belgilangan miqdorda tayinlanadi. 
Nafaqani tayinlash 
Nafaqani tayinlash va to’lash O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasining 
tuman 
(shahar) 
bo’limlari 
tomonidan, 
moliyalashtirish uchun mablag’lar davlat byudjeti hisobidan amalga 
oshiriladi. 
Nafaqa barcha 
zarur hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirda 
murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi. 16 yoshdan katta 
bolalikdan 
nogironga 
nafaqa 
nogironlikning 
butun 
davriga 
tayinlanadi. Nogiron bolaga nafaqa tibbiy xulosa berilgan muddatga 
tayinlanadi. OIV infektsiyas
iga chalingan shaxsga nafaqa u o’n 
sakkiz yoshga to’lgungacha bo’lgan muddatga tayinlanadi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin