mablag’larni jalb qilish muddatiga ko’ra :
qisqa muddatli (bir yilgacha qaytarish muddati bilan);
o’rta muddatli (bir yildan besh yilgacha);
uzoq muddatli (besh yil va undan yuqori).
Qisqa muddatli qarzlardan byudjet daromadlarining kelib
tushishi va xarajatlarini amalga oshirishdagi qisqa muddatli
uzilishlarni moliyalashtirish uchun foyda-laniladi. Odatda, bunday
maqsadlar uchun veksellar chiqaril
adi. Italiyada g’aznachilik veksellari
3, 6, 12 oylik muddatlarda, Yaponiyada
– 60 kunlik, Buyuk Britaniyada
– 91 kunlik muddatlarda chiqariladi. G’aznachilik veksellari
muddatlarda ikki
yilgacha bo’lgan Germaniya bundan mustasnodir.
Ba’zi bir mamlakatlarda nisbatan uzoq muddatlar uchun
mablag’larni jalb qilishda g’aznachilik notalaridan foydalaniladi va
ular veksellarga nisbatan kamroq tarqalgandir. Italiyada bunday
g’aznachilik notalari 2-3 yillik qaytarilish muddati bilan, AQSh da –
bir yildan o’n yilgacha qaytarilish muddatlarida chiqariladi. Uzoq
muddatlar uchun mablag’larni jalb qilish, odatda, obligatsiyalar
yordamida amalga oshiriladi.
5. Qarz majburiyatlari ta’minlanganligiga qarab :
garovli;
garovsiz
bo’ladi
Garovli obligatsiyalar mutlaq yoki aniq mulk
bilan ta’minlanadi.
Xorijning rivojlangan mamlakatlarida tez-tez mahalliy hokimiyat
organlari tomonidan bunday obligatsiyalar muomalaga chiqariladi.
Garovsiz obliga-
tsiyalarda aniq bir narsa ta’minlanmaydi: uning
ta’minlanish asosi bo’lib davlatning yoki mahalliy hokimiyat
organlarining jami mulki hisoblanadi. Markaziy boshqaruv organlari,
odatda, garovsiz obligatsiyalarni muomalaga chiqarishadi. Ularning
ishonchliligi juda yuqori bo’lganligi uchun ular qo’shimcha kafolatga
ehtiyoj sezmaydi.