to’g’risida”gi 2006 yil 11 maydagi PF–3751-sonli Farmoniga muvofiq
tashkil etilgan. Jamg’arma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy
muassasa bo’lib, faoliyatining asosiy maqsadi iqtisodiyotning yetakchi
, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash
va texnikaviy
qayta qurollantirish bo’yicha loyihalarning amalga oshirilishini
ta’minlash, shuningdek mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib
ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda samarali
tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirishdan iborat.
Jamg’arma
loyihalarni
moliyalashtirish
(qo’shma
moliyalashtirish) quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:
Jamg’armani boshqarish bo’yicha
Kengash qarori bilan
tasdiqlanadigan ro’yxatga kiritilgan vakolatli banklarning (keyingi
o’rinlarda — tijorat banklari) buyurtmanomalariga binoan — muddatli,
to’lovli va qaytarish asosida kreditlar berish va kredit liniyalarini ochish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bo’yicha ayrim
investitsiya loyihalarining dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy
asoslarini
ishlab
chiqish
uchun
Iqtisodiyot
vazirligi
buyurtmanomalariga binoan
— grantlar yoki
foizsiz kreditlar berish
(yiliga Jamg’armaning o’tgan yildagi foydasining 5 foizidan ko’p
bo’lmagan miqdorda);
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tijorat
banklari va qarz
oluvchining buyurtmanomalari bo’yicha hamda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari asosida —
Davlat
byudjeti mablag’lari hisobidan qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish;
tashkil etilayotgan korxona va
tashkilotlarning ta’sis hujjatlariga
va
ularni tashkil etish to’g’risidagi Hukumat qarorlariga muvofiq —
yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar
hamda iqtisodiyotning
bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik
ahamiyatga ega
bo’lgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya
kiritish (korxona yoki tashkilot ustav kapitali (fondi)ning 25
foizidan
ko’p bo’lmagan miqdorda).
Shuningdek, Jamg’arma mablag’lari quyidagilarga ishlatilishi
mumkin:
Moliya vazirligining buyurtmanomalari bo’yicha va tegishli
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga asosan — davlatning
tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institutlari va
xorijiy kreditorlar
oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin
to’lash;
tasdiqlangan
davlat
dasturlariga
muvofiq
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti qarorlari
bo’yicha — yangi zamonaviy xorijiy
texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega
bo’lgan boshqa tovarlarni xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar berish.
Dostları ilə paylaş: