Jamg’arma mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishi
va
tijorat banklariga berilgan mablag’larning o’z vaqtida qaytarilishi
ustidan doimiy ravishda monitoring olib boradi hamda kelib tushish
manbalari va ulardan
foydalanishning asosiy
yo’nalishlari bo’yicha
Jamg’arma mablag’larining hisobini yuritadi;
tijorat banklarida ochilgan hisobvaraqlar va ular
bo’yicha amalga
oshirilayotgan operatsiyalar to’g’risidagi har qanday ma’lumotni olish
huquqiga ega
bo’lgan holda, tijorat banklari va qarz oluvchi korxonalar
zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan ularning
faoliyatini
o’rganadi.
Jamg’arma mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish
tartibini takomillashtirish bo’yicha aniq
maqsadli ishlarni amalga
oshiradi;
Jamg’arma faoliyatini takomillashtirish yuzasidan o’z vakolatlari
doirasida choralar ko’radi yoki belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan Jamg’arma
mablag’larining bo’sh qoldiqlarini ishonchli boshqarish to’g’risida
shartnomalar tuzadi;
Jamg’arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan
bog’liq bo’lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash Jamg’armaning
yuqori boshqaruv organi hisoblanadi, uning
tarkibi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: