shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Jamg’arma
hisobvaraqlariga tushgan mablag’larni ular tushgan kuni amalda
bo’lgan Markaziy bankning almashuv kursi bo’yicha chet el
valyutasiga
konvertatsiya
qiladi
va
Jamg’armaning
valyuta
hisobvarag’iga o’tkazadi. Soliq va to’lovlarning ayrim turlari bo’yicha
mablag’larni Jamg’arma hisobvarag’iga o’tkazish belgilangan tartibda
amalga oshiriladi. Jamg’arma mablag’lari tushumi manbalari va
ulardan foydalanish yo’nalishlari har yili belgilangan tartibda
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritiladi va Jamg’arma
balansida aks ettiriladi.
Jamg’arma mablag’lari quyidagi maqsadlar uchun
foydalaniladi:
avvalo
yoqilg’i-energetika
kompleksi,
kimyo
sanoati,
mashinasozlik, rangli metallurgiya va iqtisodiyotning boshqa bazaviy
tarmoqlarida, shuningdek transport va
telekommunikatsiya sohasida
Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan g’oyat muhim loyihalarni
moliyalashtirish, shu jumladan xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar
ishtirokidagi loyihalarda O‘zbekiston Respublikasi ulushini qo’shma
moliyalashtirish;
kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat
ishlab
chiqarishlarini
joylashtirish
uchun
ishlab
chiqarish
infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalash
maqsadida,
shu jumladan Davlat
byudjeti mablag’lari hisobidan
qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish;
yangi
tashkil
etilayotgan
moliyaviy
institutlar
hamda
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida
strategik ahamiyatga ega
bo’lgan korxonalarning ustav kapitaliga
investitsiya kiritish;
davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institutlari va
xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin
to’lash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan tasdiqlangan
modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlari
doirasida tijorat banklariga xorijiy valyutada ochilayotgan kredit
liniyalari orqali investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish hamda
amalga oshirish;
ayrim loyihalarning dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy
asoslarini ishlab chiqishni grant asosida yoki foizsiz kreditlar ajratish
yo’li bilan moliyalashtirish;
yangi zamonaviy
xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar
hamda strategik ahamiyatga ega
bo’lgan boshqa tovarlarni
tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun imtiyozli
kreditlar berish;
birinchi navbatda istiqbolli, ammo etarlicha rivojlanmagan
hududlarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini
shakllantirish bo’yicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat
dasturlari
va loyihalarini, Davlat byudjeti va investitsiya dasturining
tasdiqlangan parametrlari doirasida, grant asosida moliyalashtirish
(qo’shma moliyalashtirish);
tijorat banklari bilan birgalikda qarz oluvchi korxonalarning
investitsiya dasturi (biznes-rejalari)ni, shu jumladan ishlab chiqarishni
texnik
jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarining
ishlatilishini ko’paytirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va
uni eksport qilish hajmlarini oshirish hamda
qo’shilgan qiymat o’sishini
ta’minlashga imkoniyat beruvchi loyihalarni qo’shma moliyalashtirish;
Jamg’arma boshqaruvi va ijro etuvchi apparatining ta’minoti
bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni qoplashga.
Mablag’larni berish muddati va shartlari Jamg’armani
boshqarish bo’yicha Kengash qarori bilan belgilanadi. Jamg’arma
tomonidan beriladigan kredit resurslari bo’yicha foiz stavkasi yiliga 6
foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanadi.
Jamg’armaning kredit resurslari shartnomada belgilangan chet
el valyutasida ajratiladi.
Tijorat banki marjasining eng yuqori chegarasi Jamg’arma va
tijorat banki o’rtasida tuziladigan kredit shartnomasida har bir loyiha
bo’yicha alohida belgilanadi.
Jamg’arma
mablag’lari
hisobidan
birgalikda
moliyalashtiriladigan import kontraktlari bo’yicha avans to’lovlarini
to’lash, qoidaga ko’ra, etkazib beruvchi tomonidan qayta
moliyalashtiruvchi tijorat bankiga birinchi darajali xorijiy bank
tomonidan, avans
to’lovini qaytarishga berilgan kafolatnomani taqdim
etgan holda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: