qilindi. Ushbu Qaror
jamg’arma daromadlarini shakllantirish,
taqsimlash va foydalanishini muvofiqlashtirib turuvchi me’yoriy hujjat
bo’lib hisoblandi. Davr o’tishi bilan va bozor iqtisodiyoti printsiplari va
qonunlari milliy iqtisodiyotga bosqichma-bosqich
joriy etishi
jadall
ashishi bilan birga, bandlikni qo’llab-quvvatlash davlat
jamg’armasiga ham mos ravishda ijobiy o’zgarishlar hamda
qo’shimchalar kiritilib borildi.
1998 yil 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi
to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur
qonunni qabul qilinishi va
hayotga tatbiq etilishi Bandlikni qo’llab-quvvatlash jamg’armasining
mavqeini yanada kuchaytirishga turtki bo’ldi. Chunki qonunning 6-
moddasida mehnat qilish huquqi kafolati deb nomlanishining o’ziyoq
jamg’armani yanada takomillashtirishga, resurslarini maqsadli
ishlatilishiga zamin yaratdi.
2003 yil 2 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikni qo’llab-
quvvatlash davlat jamg’armasi mablag’larini
shakllantirish va
foydalanish ta
rtibi to’g’risida”gi Nizomni tasdiqlash bo’yicha 173-
sonli Qarori e’lon qilindi. Mazkur Qaror bevosita “Aholi bandligi
to’g’risida” va “Byudjet tizimi to’g’risida”gi (hozirgi kunda ushbu
Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”ning qabul
qilinishi munosabati bilan bekor qilingan)
qonunlar negizida ishlab
chiqildi.
2016 yil 20 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni
takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 117-sonli Qarori qabul
qilinib, unga ko’ra “O‘zbekiston
Respublikasining Bandlikka
ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini shakllantirish va
ulardan foydalanish tartibi to’g’risida”gi Nizom qabul qilindi hamda
unga muvofiq jamg’armaning mablag’larini shakllantirish va ulardan
foydalanishning asosiy yo’nalishlari belgilanib olindi.
2017 yil 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
faoliyatini
tashkil etish chora-
tadbirlari to’g’risida” gi 3001-sonli
Qarori qabul qilindi va unda O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka
ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini shakllantirish
manbalari va mablag’larini sarflashning asosiy yo’nalishlari qayd
etildi.
Dostları ilə paylaş: