majburiy ajratmalar (2019 yil 1-yanvardan
boshlab bekor
qilindi);
2. Boshqa
to’lovlar:
boquvchisini yo’qotgan taqdirda, shuningdek mehnatda
mayib bo’lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan
bog’liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik
tufayli tayinlangan
pensiyalarni to’lashga xarajatlarni to’lash uchun regressiv talablar
(da’volar) bo’yicha ish beruvchilar va fuqarolardan “Fuqarolarning
davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga
muvofiq undiriladigan mablag’larning 85 foizi;
“Fuqarolarning davlat pensiya
ta’minoti to’g’risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga
muvofiq
muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni to’lash
xarajatlarini qoplash uchun o’tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi
Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari;
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq
tayinlangan imtiyozli pensiy
alarni to’lash
xarajatlarini qoplash
hisobiga o’tkaziladigan yuridik shaxslar mablag’lari;
dehqon xo’jaliklari a’zolari tomonidan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda to’lanadigan sug’urta badallari;
hisoblangan jarimalar summasining bir qismi hamda majburiy
to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlar o’z vaqtida to’lanmaganligi
uchun penyalar (qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati
organlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-
texnik ta’minlash maxsus
jamg’armasiga hamda Jamg’arma xodimlarini
ijtimoiy rivojlantirish
va
moddiy
rag’batlantirish
jamg’armasiga
undiriladigan
summalardan tashqari);
yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo’jaligi kooperativi
(shirkati), fermer va dehqon xo’jaligi qayta tashkil etilganda yoki
tugatilganda
mehnat vazifalarini
bajarish bilan bog’liq holda mayib
bo’lgan, kasb kasalligiga chalingan yoki sog’lig’iga boshqacha
shikast etkazilgan xodimga etkazilgan zararni qoplash uchun
to’lanadigan summalar;
qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu
jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari va
ixtiyoriy badallar.
Yuqorida ko’rsatilgan xarajatlarning ko’pchiligi bugungi kunda
Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan qoplanmayapti, asosan
davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtirilmoqda