T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

bir haftalik muddatda 
etkazadi. 
20.4. Davlat byudjetini ijro etish 
 
Byudjetni ijro etish uni 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tasdiqlagandan va mamlakat Prezidenti imzola-
gandan so’ng 
boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi quyi 
ijroiya organlari va mahalliy o
’zini o’zi boshqarish organlari bilan 
muvofiqlashtirilgan holda davlat byudjeti ijrosi tartibini tashkil qiladi. 
Davlat byudjeti jarayonining bu bosqichi o’z ichiga davlat 
byudjetining daromadlar va xarajatlar qismining bajari-lishini qamrab 
oladi. 
Byudjetni ijro etishning eng muhim vazifasi ikkiyoqlamalik 
xarakterga ega 
bo’lib, u bir tomondan, soliqlar va boshqa to’lovlarning 
yoppasiga hamda har bir manbalar bo’yicha to’liq va o’z vaqtida 
tushib turishini ta’minlashni, ikkinchi tomondan esa, davlat byudjeti 
tasdiqlangan yil uchun shu moliyaviy yil davomida byudjetda 
tasdiqlangan summalar chegarasida barcha tadbirlarni moliyalash- 
tirilishni taqozo etadi. 
Davlat byudjeti ijrosi davomida davlat ishlab chiqarishni 
intensifikatsiyalash va samaradorligini oshirish hisobidan resurslarning 
oshishidan, mablag’larni sarflashda iqtisod rejimiga rioya qilinishidan, 
soliqli daromadlarning 
to’liq jalb qilinishidan manfaatdordir. 
Davlat byudjetining ijrosini ta’minlashda quyidagi masalalarning 
hal et
ilishiga jiddiy e’tibor bermoq lozim: 

davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish; 

davlat byudjeti mablag’larini sarflash; 

qabul qilingan davlat byudjeti bo’lmagan taqdirda byudjetni ijro 
etish; 

byudjetdan ajratiladigan mablag’larga o’zgartirishlar kiritish; 

davlat byudjetini belgilangan parametrlar doira-sida ijro etish; 

davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini bosh-qarish; 

davlat byudjetining kassa ijrosini ta’minlash; 

davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish. 
Davlat byudjeti ijrosiga oid bevosita ishlar Moliya vazirligi va uning 
tegishli bo’linmalari hamda organlari, Davlat soliq qo’mitasi hamda 


Davlat bojxona qo’mitasi va ularning joylardagi organlari tomonidan 
amalga oshiriladi. Shuningdek, bu jarayonda Moliya vazirligining 
muhim tarkibiy tuzilmalaridan biri 
bo’lgan Davlat G’aznachilik tizimi va 
uning quyi organlari alohida rolni 
o’ynaydi
101

Davlat g’aznachilik tizimi davlat byudjeti ijrosi bo’yicha 
quyidagilarni amalga oshiradi: 

davlat byudjeti daromadlarining tushishini qayd etish; 

davlat byudjeti majburiyatlarini, ya’ni davlat byud-jeti 
to’g’risidagi qonunga muvofiq ravishda vujudga keladigan ma’lum 
muddat davomida xarajatlarni sarflash majburiyatini qabul qilish 
muddatlari va hajmlarini tartibga solish; 

ajratilgan davlat byudjeti majburiyatlari limiti doirasida 
xarajatlarni amalga oshirish huquqiga ruxsat yozuvlarini sodir etish; 

byudjetdan mablag’ oluvchilar nomidan to’lovlarni amalga 
oshirish; 

va boshqa funksiyalar. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining ijrosi moliya yili 
mobaynida va qo’shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi. Keyingi 
yilning yanvar oyi moliya yiliga qo’shimcha vaqt davri bo’lib, bu davr 
mobaynida o’tgan yil uchun davlat byudjeti tizimi byudjetlarining 
ijrosi amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
davlat byudjeti tizimi byudjetlarining qo’shimcha vaqt davridagi ijrosi 
bo’yicha operatsiyalarni o’tkazish tartibini va oxirgi muddatlarini 
belgilaydi. 
O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetining ijrosi 
g’aznachilik ijrosi asosida amalga oshiriladi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin