uch ish kuni ichida qabul qilinadi. Xalq deputatlari tumanlar va
shaharlar Kengashlarining qarorlariga muvofiq tumanlar va
shaharlar
hokimlari
tumanlar
va
shaharlar
byudjetlarining
daromadlari hamda xarajatlari hajmlarini tasdiqlash bo’yicha
uch ish kuni ichida qarorlar qabul qiladi.
Davlat byudjeti qabul qilingandan so’ng uning mablag’lari
byudjetdan
mablag’ oluvchilarga o’rnatilgan tartibga muvofiq
ravishda etkazilishi kerak. Unga ko’ra O‘zbekiston Respub-likasi
Moliya vazirligi:
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlari va xarajatlari
hajmlarini, shuningdek ularga O‘zbekiston Respublikasi respublika
byudjetidan
beriladigan
sub-
ventsiyalar, o’tkazib beriladigan
daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar hajmlarini
Qoraqal-
pog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklari e’tiboriga —
uch ish kuni ichida ;
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar va davlat
maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar uchun belgilangan
daromadlar va xarajatlarning hajm-
larini ularning e’tiboriga —
o’n ish kuni ichida etkazadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy byudjetlari tasdiqlangandan keyin Qoraqalpog’iston
Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklarining moliya boshqarmalari:
tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari va
xarajatlari
hajmlarini,
shuningdek
ularga
tegishincha
Qoraqalpog’iston
Respublikasining
respublika
byudjetidan,
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar
byudjetidan beriladigan subventsiyalar, o’tkazib beriladigan
daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar hajmlarini
tumanlar va shaharlar hokim-
liklari e’tiboriga —
uch ish kuni ichida;
Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan,
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar
byudjetidan moliyalashtiri-ladigan davlat byudjeti tashkilotlari hamda
davlat byudjeti mabl
ag’lari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda
tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hajmlarini —
bir haftalik muddatda etkazadi.
Tumanlar va shaharlar byudjetlari tasdiqlanganidan keyin
tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari tumanlar va
shaharlar byudjetlaridan moliya-lashtiriladigan davlat byudjeti
tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar e’tiboriga
ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’larning
hajmlarini