T. Malikov O. Olimjonov moliya


-bob. Davlat byudjeti tizimi va byudjet tuzilmasi85



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

19-bob. Davlat byudjeti tizimi va byudjet tuzilmasi85 
19.1. 
Davlat byudjeti tizimi: ta’rifi, printsiplari, boshqarish 
sohasidagi vakolatlar 
 
Turli darajadagi byudjetlar va davlat byudjeti mablag’lari 
oluvchilar yig’indisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish 
printsiplarini ifodalaydigan, davlat byudjeti jarayonida ular 
o’rtasida, shuningdek, byudjetlar hamda davlat byudjeti 
mablag’lari oluvchilar o’rtasida vujudga keladigan o’zaro 
munosabatlar majmui davlat byudjeti tizimi deyiladi. 
Ko’pchilik 
hollarda, soddaroq tarzda, davlat byudjeti tizimi deyilganda esa 
mamlakatdagi mavjud byudjetlar to’plami (majmui) tushuniladi. 
Davlat byudjeti tizimi mamlakat davlat byudjeti tuzilishining 
tarkibiy qismi bo’lib, uning ma’lum bir qismini o’zida ifoda etadi. Shu 
ma’noda, davlat byudjeti tizimi davlat byudjetiningo’zaro bog’liqlikda 
bo’lgan bo’g’inlarining o’zaro yig’indisidan iboratdir. Mamlakatning 
davlat byudjeti tizimi jamiyatning siyosiy tuzilishiga, davlatning 
iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriy-hududiy bo’linishiga bevosita 
bog’liq. 
U yoki bu mamlakatning davlat byudjeti tizimi ikki yoki uch 
bo’g’inli bo’lishi mumkin. Unitar davlatlarda davlat byudjeti tizimi ikki 
bo’g’indan (markaziy va mahalliy byudjetlar), federativ davlatlarda 
esa uch bo’g’indan (markaziy byudjet, federatsiya a’zolari byudjetlari 
va maha
lliy byudjetlar) iborat bo’lishi mumkin. 
Davlat byudjeti tizimi ma’lum bir printsiplarga asoslanib tashkil 
etiladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
“Byudjeti 
kodeksi”da 
mamlakatimiz davlat byudjeti tizimi shakllantirilishi va faoliyat 
yuritishining printsiplari belgilab berilgan: 

davlat byudjeti tizimining yagonaligi; 

davlat byudjeti tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy- 
hududiy tuzilishiga muvofiqligi; 

davlat byudjeti tizimi byudjetlarining balansliligi va 
o’zaro 
bog’liqligi; 

davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish 
va xarajatlarini rejalashtirish; 

davlat 
byudjeti 
tizimi 
byudjetlari 
mablag’laridan 
foydalanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati; 

davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mustaqilligi; 
85
Darslikning 19-20-boblarini yozishda “O‘zbekiston Respublikasining 


Byudjeti kodeksi” asos qilib olindi

Bu o’rinlarda “Byudjet tizimi” va 
“Davlat byudjeti tizimi” iboralari bir xil tarzda talqin qilinadi. 



davlat 
byudjeti 
tizimi 
byudjetlari 
mablag’laridan 
foydalanishning natijadorligi; 

kassaning yagonaligi; 

davlat byudjeti jarayoni ishtirokchilarining javob-garligi; 

ochiqlik. 
Davlat byudjeti tizimining yagonaligi printsipi huquqiy bazalar, 
pul tizimi, davlat byudjeti hujjatlari shakllari, davlat byudjeti jarayoni 
printsiplari, 
davlat 
byudjeti 
qonunchiligini 
buzganlik 
uchun 
sanktsiyalarning yagonaligi, mamlakat davlat byudjeti tizimi barcha 
darajalari byudjetlari xarajatlarini moliyalashtirish va davlat byudjeti 
mablag’lari buxgalteriya hisobini yurgizish tartibining yagonaligi bilan 
belgilanadi. 
Davlat byudjeti tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy- 
hududiy tuzilishiga mu
vofiqligi har bitta ma’muriy-hududiy birlikning 
o’z mustaqil byudjeti bo’lishi shartligi bilan izohlanadi. Ma’muriy – 
hududiy birlik o’z byudjetini tashkil etish va uning mablag’laridan 
foydala-
nishda muayyan vakolatlarga ega bo’ladi. 
Davlat byudjeti tizim
i byudjetlarining balansliligi va o’zaro 
bog’liqligi printsipining mazmuni shundaki, har bitta davlat byudjeti 
mutlaqo balansli holda tashkil etilishi shart, ya’ni unda amalga 
oshirilishi mo’ljallangan xarajatlar moliya yilida olinajak daromadlar 
miqdoriga 
teng bo’lishi kerak. 
Byudjetlarning balansliligi printsipi byudjetda ko’zda tutilgan 
xarajatlarning hajmi davlat byudjeti daromad-lari va uning defitsitini 
moliyalashtirish manbalaridan tushadigan tushumlarning jami 
hajmiga teng bo’lishi kerak-ligini bildiradi. 
Byudjetni tuzish, tasdiqlash va ijro etish jarayonida vakolatli 
organlar davlat byudjeti defitsiti miqdorini minimallashtirish 
masalasiga alohida e’tibor berishlari kerak. 
Bundan tashqari, daromadlarni yig’ish va mablag’larni xarajat 
qilishda byudjetlarning bir-
biriga bo’ysunadigan yuqori va quyi 
zvenolari qat’iy o’zaro bog’liqlikda harakat qiladi. 
Moliya tizimining tarkibiy qismi sifatida davlat byudjeti tizimi 
byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish 
o’ta muhim printsiplardan biri hisoblanadi. Daromadlarni prognoz 
qilishning asosi bo’lib mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish 
dasturlarining natural ko’rsatkichlari hisoblanadi. Ular bazasida 
kelgusi davrda olinishi mumkin bo’lgan daromad-larning miqdorlari 
prog
noz qilinadi. Xarajatlar ham o’z-o’zidan amalga oshirilmaydi, 
balki oldindan hisob-kitob qilingan aniq miqdorlar asosida 


byudjetlarga ajratiladi. Daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha 
prognoz qilinsa, xarajatlar yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning 
aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati printsipi davlat 
byudjeti mablag’larini konkret oluvchilar ixtiyoriga ularning aniq 
maqsadlarni moliyalash-tirilishi oldindan 
belgilangan holda bo’lib 
berilishini nazarda tutadi. Byudjetda ko’zda tutilgan mablag’lar 
manzilliligini yoki yo’nalishini ko’zda tutil-magan maqsad-larga 
o’zgartirish borasidagi har qanday xatti-harakat mamlakat davlat 
byudjeti qonunchiligini buzish hisob-lanadi
.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mustaqilligi printsipi 
qonunchilik va davlat hokimiyatining ijroiya organlari hamda mahalliy 
o’zini o’zi boshqarish organ-larining mamlakat davlat byudjeti 
tizimining tegishli darajalarida davlat byudjeti jarayonini mustaqil 
amalga oshirish borasidagi huquqlarini bildiradi. Bu printsipning 
amal qilishi qonunchilikka muvofiq mamlakat davlat byudjeti 
tizimining har bir darajasida byudjetlar daro-
madlarining o’z 
manbalariga 
egaligini, 
byudjetlarning 
tartibga 
keltiruvchi 
daromadlarini, 
qonunchilikka 
muvofiq 
ravishda 
tegishli 
byudjetlarning daromadlarini shakllan-
tirish bo’yicha vakolatlarni, 
davlat hokimiyat organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish 
organlarining qonunchilikka muvofiq ravishda tegishli byudjetlar 
xarajatlarining 
sarflanish yo’nalishlarini mustaqil aniqlash huquqini 
qonuniy biriktirilishini, byudjet to’g’risidagi qonunlarni ijro etish 
jarayonida 
olingan qo’shimcha daromadlar, davlat byudjeti 
daromadlarining xarajatlaridan oshgan qismi summalari va davlat 
byudjeti xarajatlari bo’yicha iqtisod qilingan summalarni olishning 
mumkin emasligini, davlat byudjeti to’g’risidagi qonunlarning ijro 
etilishi jarayonida vujudga kelgan daromadlardagi yo’qotmalar va 
qo’shimcha xarajatlarni davlat byudjeti tizimining boshqa daraja-lari 
hisobidan kompensatsiya qilishga yo’l qo’ymas-likni (qonunchilikning 
o’zgarishiga bog’liq holda vujudga kelgan holatlardan tashqari) 
taqozo etadi. Baxtga qarshi, 2016 yilga qadar o’tgan davrda 
mamlakatimiz davlat byudjeti tizimida byudjetlarning mustaqilligi 
printsipiga rioya qilinmagan holatlar yuz berdi. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning 
natijadorligi printsipining mazmuni shundan iboratki, unga muvofiq 
ravishda vakolatli organlar va davlat byudjet
i mablag’larini oluvchilar 
byudjetlarni tuzish va 
ularning ijrosini ta’minlashda, avvalo, ko’zda 
tutilgan maqsadlarga erishishda mablag’larning kamroq hajmidan yoki 


ma’lum bir hajmdagi mablag’lardan foyda-langan holda yuqori natijaga 
erishish zarurligidan kelib chiqishi kerak. 
Kassaning 
yagonaligi 
printsipi 
davlat 
byudjeti 
tizimi 
byudjetlarining barcha daromadlari Yagona g’azna hisobva-rag’iga 
kiritilishi va ularning xarajatlarini to’lash ushbu hisobvaraqdan 
amalga oshirilishini anglatadi. 
Davlat byudjeti jarayoni ishtirokchilarining javobgar-ligi printsipi 
davlat byudjeti jarayonining har bir ishtirokchisi davlat byudjeti 
jarayonining har bir bos-
qichida o’z harakatlari uchun javobgar 
bo’lishidan iboratdir. 
Davlat byudjeti tizimidagi ochiqlik printsipi ochiq matbuotda 
tasdiqlangan davlat byudjeti va uning ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni, 
albatta, e’lon qilinishini, davlat byudjeti ijrosi jarayonida 
ma’lumotlarning to’liq va to’g’ri berilishini, davlat hokimiyati 
qonunchilik organlari va ma
halliy o’zini o’zi boshqarish organlarining 
qarorlariga oid boshqa ma’lumotlarni olish imkoniyatining 
yaratilganligini, davlat byudjeti loyihasi bo’yicha qarorlarni ko’rib 
chiqish va qabul qilish tartiblarining (jumladan, davlat hokimiyati 
qonunchi-lik organi ichida yoki davlat hokimiyatining qonunchilik va 
ijroiya organlari o’rtasidagi qarama-qarshiliklarni ifodalovchi 
masalalar bo’yicha ham) jamiyat va ommaviy axborot vositalari 
uchun albatta, ochiq bo’lishini ko’zda tutadi. Bundan tashqari,
Davlat byudj
eti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari ijrosi 
to’g’risidagi axborot Moliya vazir-ligining rasmiy veb-saytida ham 
joylashtirilishi va yangilanib borishi kerak. 
Maxfiy moddalarni tasdiqlash, odatda, faqat respub-lika byudjeti 
tarkibida amalga oshiriladi. 
Mamlakat davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasida tegishli 
hokimiyat 
organlari 
alohida 
vakolatlarga 
egadir. 
Masalan, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat byudjeti 
tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat
86


Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, 
shuningdek soliq va davlat byudjeti siyosa-
tining asosiy yo’nalishlari 
loyihalarini 
ishlab 
chiqish 
jarayonini 
tashkil 
etadi 
hamda 
muvofiqlashtirib boradi; 

Davlat byudjeti va davlat maqsadli 
jamg’armalari byudjetlari, 
shuningdek soliq va davlat byudjeti siyosa-
tining asosiy yo’nalishlari 
loyihalarini ko’rib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun 
O‘zbekiston Respub-likasi Hisob palatasiga yuboradi; 


86
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 
25 modda
: T.: 
“Adolat”, 2014 y. - 
9-b.



byudjetnoma loyihasini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi; 

byudjetnomani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majli-sining 
palatalariga taqdim etadi; 

davlat boshqaruvi organlarining Davlat byudjetini va davlat 
maqsadli jamg’armalari byudjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini 
muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi; 

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari 
byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni har chorakda ko’rib 
chiqadi; 

o’tgan moliya yili uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli 
jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risi-dagi hisobotlarni tashqi 
audit o’tkazish hamda baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Hisob palatasiga yuboradi; 

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari 
byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni 
tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasiga taqdim etadi; 

Qonunchilikda 
nazarda 
tutilgan 
holatlarda 
moliya 
yili 
mobaynida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’ar-malari 
byudjetlari parametrlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi takliflarni 
ko’rib chiqadi; 

O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining qo’shimcha 
manbalaridan 
foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira 
jamg’armasi mablag’laridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul 
qiladi. 

O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
qonun 
hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni 
ham amalga oshirishi mumkin. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin