usullari faqat berilayotgan bu kreditning 100% dan kam bo’lmagan
miqdordagi bank kafolatlari, mol-mulk garovi,
shu jumladan,
aktsiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar, badallar ko’rishidagi garovlar
va boshqalar
bo’lishi mumkin. Majburiyatlarni ijro etish ta’minoti yuqori
darajadagi likvidlikka ega bo’lgan bo’lishi kerak. Moliya organlari
tomonidan qarz oluvchining moliyaviy ahvolini oldindan tekshirish va
oldin berilgan davlat byudjeti kreditlar
i bo’yicha muddati o’tkazib
yuborilgan qarzlarning mavjud emasligi davlat
byudjeti kreditlarini
taqdim etishning majburiy shartlaridir.
Navbatdagi yil uchun davlat byudjeti tasdiqlanayotgan paytda
davlat byudjeti kreditlari berilayotgan maqsadlar,
ularni taqdim
etishning shartlari va tartibi ko’rsatiladi. Bir vaqtning o’zida ana
shular bilan birgalikda davlat byudjeti yili doirasidagi muddatda va
undan chetga chiqadigan muddatlarda taqdim etilishi mumkin
bo’lgan davlat byudjeti kre-ditlarining limitlari
hamda qarz oluvchi
sub’yektlar bo’yicha cheklanmalar o’rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: