T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Xarajatlar 
smetasi

Xarajatlar 
smetasi 
davlat 
byudjeti 
tashkilotning moliyaviy rejasi hisoblanadi. Davlat byudjeti tashkilotini 
moliyalashtirish daromad bo’lmasdan, faqat tashkilotning xarajatlari 
hajmi va 
ularning maqsadli yo’naltirilganligiga teng bo’lgan 
mablag’larning tushuvidan iborat bo’lganligi uchun smeta 
daromadlar qismiga ega emas. Smeta asosida moliya organlari 
ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlarning hajmini aniqlaydi va u narsa 
joriy yilning byudjeti tarkibiga kiritiladi. Bunda quyidagi holatlarga 
alohida e’tibor berilishi kerak: 
1. Ijtimoiy ehtiyoj xarajatlarining bir qismi byudjet-dan 
boshqacharoq tarzda moliyalashtiriladi. Masalan, ana shunday 
tarzda ommaviy axborot vositalari va teatr-tomosha korxonalarining 
etishmagan mablag’lari ta’min-lanadi. Bu korxonalarning xizmatlari 
to’lovli (haqli) bo’lsa-da, o’z daromadlari ularning barcha xarajatlarini 
qoplashga etmaydi. Bunday korxonalarning daromadlari va xara- 
jatlari o’rtasidagi etishmagan farq byudjetdan qop-lanishi kerak. 
2. Ilm-fanni moliyalashtirish davlat byudjeti xarajat-larining 
mustaqil guruhi hisoblanadi. Ular uchun byudjet-
dan mablag’lar eng 
muhim istiqbolli nazariy izlanishlar va umumdavlat maqsadli ilmiy- 
texnikaviy dasturlar bo’yicha yo’naltiriladi. Ana shu maqsadlar uchun 
mablag’lar bevosita ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini 
amalga oshirish bilan shug’ullanuvchi Fanlar Akademiyasi, ilmiy – 
tadqiqot institutlari, tarmoq akademiyalari, oliy o’quv yurtlari, arxivlar 
va boshqa tashkilotlarga ajratiladi. 
3. Ilmiy tashkilotlarni moliyalashtirish smeta yordamida amalga 
oshiriladi. 
Barcha tashkilotlarda aniq mavzular bo’yicha xarajatlar 


smetasi tuziladi. Xarajatlarni rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi 
bu yerda ijtimoiy-
madaniy ehtiyojlar xarajatlarida qo’llanila-digan 
usul bilan bil xildir. 
4. Milliy mudofaa xarajatlari davlatning funksiya-laridan kelib 
chiqadi. Mudofaa xarajatlarining umumiy miqdori va darajasi 
quyidagi turli xildagi ichki va tashqi omillarga bog’liq: 

xalqaro vaziyat; 

mamlakat 
hududining 
kattaligiga 
bog’liq 
bo’lgan 
chegaralarning uzunligi va xarakteri; 

harbiy ishning zamonaviy taraqqiyoti va armiyaning texnikaviy 
jihatdan qurollanganlik ahvoli; 

shaxsiy tarkib turmush darajasini yuqori pog’onaga 
ko’tarishning va Qurolli Kuchlarda ijtimoiy-madaniy tadbir-larni amalga 
oshirishning zarurligi; 

mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlari; 

va boshqalar. 
Mudofaa xarajatlari ob’yektiv zarurat bo’lishiga qaramasdan ular 
noishlab chiqarish xarakteriga ega. Shuning uchun ham davlatlar 
tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshira borib, harbiy xarajatlarni 
qisqartirishga harakat qiladi. 
Byudjetda ko’zda tutilgan milliy mudofaa xarajatla-rining guruhi
asosan, Mudofaa vazirligi orqali o’tadigan to’g’ri (bevosita) harbiy 
xarajatlarni o’z ichiga oladi. Bu xarajatlarning tarkibiga armiyani 
saqlash, qurol-
yarog’ va harbiy texnika sotib olish, kapital qurilish, 
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, harbiy xizmatchilarga 
maosh, pensiya va nafaqalar berish va boshqa xarajatlar kiradi. Bu 
xarajatlarning barchasi Mudofaa va-
zirligining maxsus smetasida o’z 
aksini topadi va respublika byudjetining xarajatlari tarkibiga kiritiladi. 
Milliy mudofaa xarajatlarini rejalashtirishning o’ziga xos bo’lgan 
xususiyati shundan iboratki, bu yerda birinchi navbatda, Mudofaa 
vazirligi bo’yicha xarajat-larning umumiy hajmi aniqlanadi. Undan 
so’ng esa harbiy okruglar va harbiy qismlarning smetalari tuziladi. 
Bunday tartibning amal qilishi harbiy xarajatlar katta qismining 
(qurol-
yarog’, harbiy texnika, yoqilg’i, oziq-ovqat va shunga 
o’xshashlar) Mudofaa vazirligi orqali moliyalashtirilishi bilan 
izohlanadi. 
To’g’ri (bevosita) harbiy xarajatlarning boshqa bir qismi davlat 
byudjeti 
xarajatlarining 
boshqa 
bo’linmalari 
bo’yicha 
moliyalashtiriladi. Masalan, ichki va chegara qo’shinlarini saqlash 
xarajatlari hamda xavfsizlik organlarining faoliyati huquqni 


muhofaza qilish faoliyati va davlat xavfsizligini ta’minlash bo’limi 
orqali moliyalash-tiriladi. Bu xarajatlarni rejalashtirish va moliyalash- 
tirish smeta tartibida amalga oshiriladi. 
Egri (bilvosita) harbiy xarajatlar byudjetda, asosan, Qurolli 
Kuchlar faxriylari va ularning oilalariga to’lanadigan pensiya va 
nafaqalardan iborat. Bu xarajatlar davlat byudjetiningijtimoiy himoya 
bo’limi bo’yicha moliyalash-tiriladi. 
5. Davlat byudjetiningboshqaruv xarajatlari quyidagi guruh- 
lardagi xarajatlardan iborat: 

huquq-tartibot organlari, sudlar va prokuratura organlarini 
saqlash xarajatlari; 

davlat hokimiyat organlarini saqlash xarajatlari. Prezdent 
Devoni, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik 
palatasi, 
Konstitutsiyaviy 
sud, 
vazirliklar, mahalliy o’zini-o’zi 
boshqarish organlari, diplomatik muassasalar va boshqa idoralarni 
saqlash xarajatlari; 

saylovlar va 
referendumlarni o’tkazish xarajatlari. Bular 
deputatlar, Prezident, mahalla oqsoqollarini saylash, referendumlar 
o’tkazish xarajatlaridan iborat. 
Boshqaruv xarajatlarini rejalashtirish va moliyalash-tirish ijtimoiy 
ehtiyoj xarajatlari bilan bir xil tartibda amalga oshiriladi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin