T. Malikov O. Olimjonov moliya


 Davlat byudjeti loyihasini tuzish



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

20.2. Davlat byudjeti loyihasini tuzish 
 
Davlat byudjeti loyihasini tuzish davlat byudjeti jarayonining eng 
muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayonda quyidagi 
masalalar yechiladi yoki ularga aniqlik kiritiladi: 

davlat byudjetininghajmi; 

navbatdagi (kelgusi) yil uchun soliq va pul-kredit siyosati; 

davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishning asosiy 
yo’nalishlari va davlat byudjeti defitsitini qoplash usullari; 

daromadlarni davlat byudjeti tizimining 
bo’g’inlari o’rtasida 
taqsimlash. 

Davlat 
byudjeti 
va 
davlat 
maqsadli 
jamg’armalari 
byudjetlarining loyihalari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 
ustuvor yo’nalishlari va kelgusi moliya yili uchun mo’ljallangan 
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozlari asosida tuziladi. 
Davlat byudjetining loyihasini tuzish bo’yicha ishlar yangi davlat 
byudjeti yilining boshlanishidan, masalan, GFR da 
– 6 oy, 
Yaponiyada 
– 8 oy, Fransiyada – 14 oy, AQShda – 18 oy, 
O‘zbekistonda – 7 oy oldin boshlanadi. Uning loyihasini tuzish ijroiya 


hokimiyat organlari, odatda, Moliya vazirligi tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Davlat byudjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organ-lar 
quyidagilardir
98

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi; 
vazirliklar, davlat 
qo’mitalari va idoralar, mahal-liy davlat 
hokimiyati organlari, byudjetlar loyihalarini tuzish, O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan so’ralgan axborot va 
ma’lumotlarni taqdim etishga taal-luqli qismi bo’yicha. 
Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organ-lar davlat 
maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyi-halarini tuzish uchun 
mas’ul organlardir. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbe-kiston 
Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga bir moliya yilidan ortiq 
muddatga 
tuzilgan 
Davlat 
byudjetini 
va 
davlat 
maqsadli 
jamg’armalari byudjetlarini qabul qilish to’g’risida taklif kiritishga 
haqli. 
Davlat byudjetining va davlat maqsadli 
jamg’arma-lari 
byudjetlarining loyihasini tuzish
99


davlat byudjeti so’rovini tuzish tartibini yuborishni

davlat byudjeti 
so’rovlarini hamda asosiy makroiq-tisodiy 
ko’rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni; 

davlat byudjeti so’rovlarini ko’rib chiqish va jamlashni; 

byudjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi. 
Ba’zi bir mamlakatlarda davlat byudjeti loyihasini tuzish davlat 
ijroiya hokimiyati boshlig’ining kelgusi yilga mo’ljallangan ijtimoiy- 
iqtisodiy siyosatning umumiy yo’nalishlari muammolari bo’yicha 
chiqishidan (ma’ruzasidan) boshlanadi. Masalan, AQShda Prezident 
Amerika xalqiga Byudjetnoma bilan murojaat qilib, unda moliya-pul 
siyosatining asosiy vazifalari haqida axborot beriladi
.
Davlat byudjeti loyihasini tuzish (yaratish, ishlab chiqish)da 
quyidagi maqsadlar kun tartibiga qo’yiladi: 

iqtisodiyotning samaradorligini oshirishda byudjet-ning faol 
ta’sirchanligini ta’minlash; 

moliyaviy va boshqa resurslarning hukumat iqtisodiy va 
ijtimoiy dastur-bashoratlari bilan muvofiqligiga erishish; 
98
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” 
84 modda
: T.: “Adolat”, 


2014 y. - 
9-b.
99
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 
83 modda
: T.: 
“Adolat”, 2014 y. - 
9-b.



mablag’larni sarflashda zaruriy proportsiyalar va ustuvorliklar 
o’rnatish; 

davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun manbalarni qidirib 
topish. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin