T. Malikov O. Olimjonov moliya


O‘zbekiston Respublikasining respublika byudje-tidan



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

O‘zbekiston Respublikasining respublika byudje-tidan 
quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi
76

1) ijtimoiy soha va 
aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari, 
shu jumladan: 

maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb- 
hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, maktabdan 
tashqari ta’lim, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta 
tayyorlash muassasalari, bolalar uylari, ta’lim muassasalarini axborot- 
uslubiy jihatdan ta’minlash muassasalari, vazirliklar va idoralar 
tasarrufidagi 
ta’lim muassasalari, boshqa yordamchi muassasalarni 
saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida 
O‘zbekiston 
76
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 70 modda: T.: 


“Adolat”, 2014 y. - 9-b. 


Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda 
tutilgan ta’lim tizimi tadbirlarining xarajatlari; 

respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, OITSga qarshi 
kurashish respublika markazi, Davlat sanitariya-epidemiologiya 
nazorati, karantin va 
o’ta xavfli infektsiyalar profilaktikasi, ilmiy-tadqiqot 
institutlari va oliy 
o’quv yurtlarining klinikalari, qon quyish xizmati va 
sud-tibbiyot 
ekspertizasi 
respublika 
muassasalari, 
respu-blika 
vazirliklari va idoralari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika 
muassasalari hamda yordamchi tashki-lotlarni saqlab turish, 
shuningdek qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining 
respublika byudjetidan moliya-lashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlar 
haqini to’lash xarajatlari; 

qonun hujjatlariga muvofiq ayrim toifadagi fuqa-rolarga tibbiy 
xizmatlar ko’rsatilganligi uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlari 
xa
rajatlarining o’rnini qoplash (subsidiyalar); 

qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqaro-larning 
sog’lig’ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari; 

respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi madaniyat, 
jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, tele- va 
radiodasturlar yaratish hamda ularni tarqatishga doir xizmatlar 
ta’minoti va ularga haq to’lash, hukumatning alohida qarorlariga ko’ra 
ommaviy axborot vositalarini saqlab turish, kino- va videomahsulotlar 
yaratish, mada
niy meros ob’ektlarida restavratsiya ishlarini bajarish, 
tasdiqlangan kalendar rejalarga muvofiq madaniyat va sportni 
rivojlantirish bo’yicha qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining 
respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan maqsadli 
tadbirlar xarajatlari; 

fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining davlat 
ilmiy-texnik 
dasturlari doirasida grantlar bo’yicha amalga oshiriladigan 
ilmiy-texnik loyihalar, noyob ilmiy 
ob’ektlarni va fanga xizmat 
ko’rsatuvchi muassasalarni saqlab turish, ilmiy loyihalar ekspertizasini 
o’tkazish 
hamda 
qonun 
hujjatlariga 
muvofiq 
O‘zbekiston 
Respublikasining respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladigan 
fanga doir alohida tadbirlar xarajatlari; 

davlat arxivlarini saqlab turish xarajatlari; 

respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda 
mehnat faxriylari uchun pansionatlar va sanatoriylarni, aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish muassasalarini saqlab turish, shuningdek qonun 
hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan 


moliyalashtirilishi nazarda tutilgan, aholini ijtimoiy muhofaza qilishga 
doir maqsadli tadbirlar xarajatlari; 

davlat mukofotlari, davlat pul mukofotlari bilan taqdirlanganligi 
munosabati bilan bir 
yo’la beriladigan davlat pul mukofotlari va 
mukofotlarini to’lash xara-jatlari; 

bolalikdan nogironlarga va bola 
tug’ilganda berila-digan 
nafaqalarni, qonun hujjatlarida ayrim toifadagi shaxslarga belgilangan 
kompensatsiyalarni to’lash uchun vakolatli organga mablag’lar ajratish 
xarajatlari; 

Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan 
shaxslarni va radiatsiya-
yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o’tagan 
pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ayrim 
toifadagi shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va 
kompensatsiyalarni to’lash xarajatlari jamoat ishlarini moliyalashtirish; 
2) davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida 
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlari faoliyatini davlat tomo-
nidan qo’llab-quvvatlash xarajatlari; 
3) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan: 

qishloq va suv 
xo’jaligi sohasidagi respublika nazorat 
organlarining xarajatlari, suv, 
qishloq, o’rmon xo’jaligi xarajatlari, 
qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish 
muassasalarining xizmatlariga haq 
to’lash va ularni saqlab turish 
xarajatlari; 

hosildorligi past erlarda davlat ehtiyojlari uchun 
qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini etishtiruvchi fermer 
xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab- 
quvvatlash xarajatlari; 

qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan 
to’lanadigan yagona yer solig’i bo’yicha tushumlarga muvofiq 
byudjetdan ajratiladigan mablag’lar va O‘zbekiston Respu-blikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug’oriladigan erlarning meliorativ 
holatin
i yaxshilash jamg’armasining har yili tasdiqlanadigan asosiy 
parametrlari doirasida byudjetdan ajratiladigan maqsadli 
mablag’lar; 

qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika 
byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan standartlashtirish va 
sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr, 
shuningdek geologiya qidiruv ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini 
yuritish xarajat-lari, chegaradosh davlatlarga haq evaziga yerdan 
foydalanish to’lovi, gidrometeorologiya xizmati muassasalarini saqlab 
turish xarajatlari; 



atrof muhit va landshaftning muhofaza qilinishini, biologik xilma- 
xillikning himoya qilinishini ta’minlash bilan bog’liq xarajatlar; 

«Sof ichimlik suvi» jamg’armasi orqali ichimlik suvi bilan 
ta’minlash tizimini rivojlantirish bilan bog’liq xarajatlar. 
4) 
respublika vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralari 
buyurtmachi 
bo’lgan 
markazlashtirilgan 
investitsiya-larni 
moliyalashtirish xarajatlari; 
5) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va 
prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari, shu jumladan: 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarini; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonini; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini; 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komis-siyasini; 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini; 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari 
bo’yicha vakili (ombudsman) kotibiyatini; 

qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining res-publika 
byudjeti mablag’laridan saqlab turilishi nazarda tutilgan davlat 
boshqaruvi organlarini; 

O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi muassasa-larini 
saqlab turish xarajatlari; 

adliya va prokuratura organlarini. 
6) sudlarni saqlab turish xarajatlari; 
7) 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira 
jamg’armasini shakllantirish xarajatlari; 
8) boshqa xarajatlar: 

siyosiy partiyalarga ularning ustavida belgilangan faoliyatini 
moliyalashtirish uchun ajratiladigan 
mablag’lar; 

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo’shilgan qiymat 
solig’ining o’rnini qoplash; 

O‘zbekiston 
Respublikasi 
ishtirokchi 
bo’lgan 
xalqaro 
tashkilotlarga a’zolik badallarini to’lash va ularni moliyalashtirishda 
ishtirok etish xarajatlari; 

davlat qarzi bo’yicha xizmat ko’rsatish va O‘zbekiston 
Respublikasining 
kafolatlangan majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq 
xarajatlar; 

davlat buyurtmasi bo’yicha statistika ishlariga haq to’lash; 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiya-sining 
saylovlar va 
referendumlarga tayyorgarlik ko’rish hamda ularni 


o’tkazish bo’yicha xarajatlari, shu jumladan okrug va uchastka saylov 
komissiyalarini, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish; 

xo’jalik jamiyatlaridagi davlat ulushini boshqarish bo’yicha davlat 
ishonchli vakillarining xizmatlariga haq 
to’lash; 

davlat zaxiralari va strategik zaxiralarni vujudga keltirish, saqlab 
va 
yangilab turish bilan bog’liq xarajatlar; 

mudofaaga, jamoat tartibi va 
xavfsizligini ta’minlashga, bojxona 
organlariga ajratiladigan mablag’lar, shu jumladan harbiy xizmatni, 
ichki 
ishlar organlarida, bojxona organlarida xizmatni o’tagan shaxslar 
hamda ularning oilalariga pensiyalar va nafaqalar uchun xarajatlar, 
shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq faoliyati O‘zbekiston 
Respublikasining 
respublika 
byudje-tidan 
moliyalashtiriladigan 
muassasalar, tashkilotlar va idoralarga ajratiladigan 
mablag’lar; 

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xarajatlar. 
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan: 

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va 
Toshkent shahar 
mahalliy byudjetlariga subventsiyalar, o’tkazib 
beriladigan daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar; 

davlat maqsadli jamg’armalariga davlat byudjeti ssudalari va 
dotatsiyalar; 

yuridik shaxslarga davlat byudjeti ssudalari va kredit liniyalari 
hamda chet davlatlarga kreditlar belgilangan tartibda ajratilishi 
mumkin. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin