T. Malikov O. Olimjonov moliya


  Davlat byudjeti defitsiti71 va uni moliyalashtirish



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

16.4. 
Davlat byudjeti defitsiti71 va uni moliyalashtirish 
 
Nazariy jihatdan olib qaralganda davlat 
byudjetiningsog’lom 
(normal) faoliyat ko’rsatishi unga tegishli bo’lgan daro-madlar va 
xarajatlarning tengligini taqozo etadi. Haqi-qatdan ham u yoki bu 
miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun davlat byudjeti shu 
miqdordagi daromadlarga ega 
bo’lishi kerak. Aks holda bu 
xarajatlarni to’la amalga oshirishning iloji bo’lmaydi. Davlat byudjeti 
daromadlari va xa-rajatlari miqdorlarining
o’zaro tengligi davlat 
byudjetiningmuvozanatlashtirilganligidan(balanslashtirilganligidan) 
dalolat beradi. 
Amaliyotda 
davlat 
byudjeti 
daromadlari 
va 
xarajatlari 
hajmlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim 
hollarda davlat byudjetiningdaromadlari uning xara-
jatlaridan ko’p 
bo’lishi mumkin. Bunday davlat byudjeti profitsitli davlat byudjeti 
deyiladi. Aksincha, ba’zi hollarda esa davlat byudjetiningxarajatlari 
uning daromadlaridan ko’proq bo’ladi. Shunga muvofiq ravishda 
davlat byudjeti xarajatlarining davlat byudjeti daro-
madlaridan ko’p 
bo’lishi davlat byudjeti defitsiti deyiladi. 
Boshqa hollar teng bo’lgan sharoitda, davlat byudjeti defitsiti 
vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat 
bo’lishi mumkin: 

iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik hajmdagi davlat kapital 
qo’yilmalarini ishlatish amaliyotining mavjudligi; 

favqulodda hodisalar yuz berishi; 

iqtisodiyotdagi inqiroz holatlar, uning emirilishi; 

moliya-kredit tizimlarining etarli darajada samarali emasligi; 

hukumatning mamlakatdagi moliyaviy holatni etarli darajada 
nazorat qilolmasligi; 

ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi nisbatan pastligi; 
70
Davlat byudjeti xarajatlariga oid ushbu paragrafda ko’tarilgan masalalar 
dars-likning 18-bobida yanada batafsilroq ko’rib chiqiladi. 
71
O‘zbek tilida “davlat byudjeti defitsiti” iborasining o’rnida ko’pchilik 
hollarda “byud-jet kamomadi”, “davlat byudjeti taqchilligi”, “davlat 
byudjeti etishmovchiligi” kabi iboralar ishlatilmoqda. Bu iboralarning 
mavjudligi ona tilimizning nihoyatda boy ekanligini yana bir bor ko’rsatsa-
da, bizning fikrimizcha, bu ishlatilayotgan iboralarning hech biri “davlat 


byudjeti defitsiti” iborasi bilan mazmun va mohiyat jihatidan teng kuchga 
emas. Shuning uchun vaziyat, holat, jarayon yoki voqelikning asl holda aks 
ettirilishini nazarda tutib, o’zbek tilida ham bu o’rinda “davlat byudjeti
defitsiti” iborasini ishlatish maqsadga muvofiqdir. Muammoni hal etishga 
aynan shu tarzda yondashish o’zbek tilining sofligiga ziyon etkazmaydi. 
Aksincha, bu holat, jahon hamjamiyatida va xalqaro maydonda deyarli bir 
xil shaklda qo’llanilib, bir xil ma’noni anglatib kelayotgan yana bir xalqaro 
ibora bilan ona tilimizni boyitgan va bir-birimizni bir xil tushunishda 
o’zining munosib hissasini qo’shgan bo’lur edi. 



tashqi iqtisodiy aloqalarning natijasi nomaqbul ekanligi; 

davlat byudjeti xarajatlari tarkibiy tuzilishi (strukturasi)-ning 
oqilona emasligi; 

mamlakat miqyosida mavjud bo’lmagan mablag’lar hisobidan 
yashashga intilish; 

harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaligi; 

real ichki imkoniyatni etarli darajada hisobga olmagan holda 
boshqa mamlakatlarga yordam berilishi; 

davlatga iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivoj-lantirishga 
rag’batlantiruvchi sifatida foydalanish imko-nini bermaydigan va 
etarli darajada 
samarali bo’lmagan davlat byudjeti mexanizmining 
mavjudligi; 

boshqa sabablar. 
Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelganda unga nisbatan stra- 
tegik yondashuv (strategiya) quyidagi holatlarga alohida e’tibor 
berilishini taqozo etadi: 

davlat byudjeti defitsit
ining mavjudligini matematik yo’l bilan 
hal qilishga harakat qilmaslik kerak. Chunki, bu holda iqtisodiyotning 
“davolanish”i o’rniga “kasalligi” kuchayadi; 

davlat byudjetiningbalansliligi, daromadlarning xarajat-lardan 
ko’pligi 
ba’zan 
iqtisodiyotning 
sog’lom 
va 
uzluksiz 
rivojlanayotganligidan dalolat bermaydi; 

davlat byudjeti defitsitining darajasi, odatda, mamlakat yalpi 
ichki (milliy) mahsuloti miqdorining 2-3%idan oshmasligi lozim. Ana 
shu chegaradan oshilsa, uni tezroq kamaytirish (yoki shu darajaga 
kel
tirish) choralarini ko’rish kerak; 

davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun, eng avvalo, davlat 
kreditining turli shakllaridan foydalanmoq lozim. Shuningdek, davlat 
qimmatbaho qog’ozlarini moliyaviy bozorga joylashtirish ham 
maqsadga muvofiq. Muomalaga ko
’proq miqdorda pul chiqarish 
yo’lidan esa foydalanmaslik kerak; 

davlat byudjeti defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga 
barham 
berish uchun, birinchi navbatda, iqtisodiyotning o’zini 
“davolamoq” lozim. Aks holda, ana shu maqsadga erishish uchun 
ko’zda tutilgan har qanday tadbir, albatta, muvaffa-qiyatsizlikka 
uchraydi. 
Davlat byudjeti defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga 
barham berish borasidagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora- 
tadbirlarning eng asosiy yo’nalishlari quyidagi-lardan iborat: 



davlat byudjeti mablag’larining investitsion yo’nalishini 
o’zgartirish, ularni eng ko’p samara beradigan tarmoq va sohalarga 
sarflash; 

xo’jalik yuritishning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi 
moliyaviy imtiyoz va jazolardan keng foydalanish; 

Davlat byudjetidan moliyalashtirish va davlat iqtisodiyoti 
sohasini qisqartirish; 

harbiy xarajatlar miqdori ni kamaytirish; 

eng muhim ijtimoiy dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlab 
qolish, yirik davlat byudjeti xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabul 
qilishni to’xtatib turish; 

Markaziy bankning 
qarzlarni davlat qimmatbaho qog’ozlari 
shaklida rasmiylashtirmasdan turib hukumat organlariga kredit 
berishini taqiqlab 
qo’yish; 

xorijiy sarmoyalarni jalb etish; 

va boshqalar. 
Davlat 
byudjeti 
defitsiti 
vujudga 
kelgan 
paytda 
uni 
moliyalashtirish 
manbalarini 
aniqlab 
olmoq 
zarur. 
Uni 
moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri davlatning qarz 
olishidir. 
Davlatning qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, 
xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni 
olishdan iborat bo’lib, hukumat oldida qarz oluvchi yoki boshqa qarz 
olganlarning qarzlarni qaytarishi bo’yicha kafolatchi sifatidagi majbu- 
riyatlari vujudga keladi. 
Davlatning ichki qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy 
davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilot-lardan jalb qilinadigan zayom 
va 
kreditlarni olishdan iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchi yoki 
boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo’yicha ham 
kafolatchi sifatida 
hukumatning o’z milliy valyutasida ifodalangan 
qarz majburiyatlari paydo 
bo’ladi. 
Davlatning tashqi qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy 
davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilot-lardan jalb qilinadigan zayom 
va kreditlarni olishdan iborat 
bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchi yoki 
boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo’yicha kafolatchi 
sifatida 
hukumatning 
xorijiy 
valyutada 
ifodalangan 
qarz 
majburiyatlari vujudga keladi. 
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning barcha manba-lari 
jalb qilingan mablag’larning asosiy turlari bo’yicha navbatdagi 


moliyaviy yilga 
mo’ljallangan davlat byudjeti to’g’risidagi qonunda 
qonunchilik hokimiyati organlari tomonidan albatta tasdiqlanishi kerak. 
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning manbai sifa-tida 
mamlakat Markaziy bankining kreditlari va Markaziy bank tomonidan 
hukumatning sotib olingan qarz majbu-riyatlari maydonga chiqishi 
maqsadga muvofiq emas. 
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning barcha manba- 
larin
i ikki guruhga bo’lish qabul qilingan: 
1) ichki manbalar; 
2) tashqi manbalar. 
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning ichki manba-lari 
sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 

mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy 
valyutasida kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar; 

mamlakat 
hukumati 
nomidan 
qimmatbaho 
qog’ozlarni 
chiqarish orqali amalga oshirilayotgan davlat zayomlari; 

davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olingan 
tushumlar; 

davlat zaxiralari va rezervlar 
bo’yicha daromad-larning 
xarajatlardan o’sgan qismi summasi; 

davlat byudjeti 
mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraq- 
laridagi mablag’lar qoldig’ining o’zgarishi; 

va boshqalar. 
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning tashqi manba-lari 
qatoriga quyidagilar kiradi: 

mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni 
chiqarish orqali xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari; 

xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati 
tomonidan jalb qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaro 
moliyaviy tashkilotlarning kreditlari. 
Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar 
va xalqaro huquqning boshqa sub’yekt-lari oldidagi (davlat
kafolatlari bo’yicha majburiyatlarni qo’shgan holda) mamlakat 
hukumatining qarz majburiyatlari hukumatning davlat qarzini 
vujudga keltiradi. Bu qarz davlat byudjetini tashkil etadigan davlat 
mulki bilan to’liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak. Bunda 
davlat 
hokimiyati 
organlari 
mamlakat 
hukumatining 
qarz 
majburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika 
byudjetining 
daromadlarini 
shakllantirish 
bo’yicha 
barcha 
vakolatlardan foydalanadilar. 


Mamlakatning qarz majburiyatlari quyidagi shakllarda bo’lishi 
mumkin: 

qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit 
tashkilotlari, xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan 
tuzilgan kredit bitimlari va shartnomalari; 

mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni 
chiqarish orqali amalga oshirilgan davlat zayomlari; 

mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish 
to’g’risidagi shartnomalar; 

o’tgan 
yillardagi 
mamlakatning 
qarz 
majburiyatlarini 
restrukturizatsiya 
qilish va muddatini o’zgartirish to’g’risi-dagi 
mamlakat hukumati nomidan tuzilgan (shu jumladan, xalqaro) 
bitimlar va shartnomalar; 

va boshqalar. 
Mamlakatning qarz majburiyatlari o’zining muddatiga qarab 
qisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli (bir yildan ortiq va besh 
yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan yuqori) bo’lishi mumkin. 
Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda (zayom 
sh
artlarini, jumladan, to’lov muddatlari, foiz to’lovlarining miqdori, 
muomala muddatlarini o’zgartirmasdan) qaytarilishi kerak. 
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidag-ilardan 
iborat bo’lishi mumkin: 

hukumatning 
davlatni 
qimmatbaho 
qog’ozlari bo’yicha 
qarzining asosiy nominal summasi; 

hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarzning 
hajmi; 

mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar 
bo’yicha 
majburiyatlar hajmi; 

va boshqalar. 
O‘z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari: 

xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va 
xalqaro moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan 
taqdim etilgan davlat kafolatlari bo’yicha majburiyatlar hajmi; 

xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va 
x
alqaro moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo’yicha 
asosiy qarz hajmidan iborat 
bo’ladi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin