736
Ikki marta soliqqa tortish
– 1) soliqlarni daromad
(kapital)ning yagona manbaidan olinishi; 2) qo’shma
korxona
xorijiy ishtirokchisining foydasini xorijga
o’tkazilayotgan paytda
soliqqa tortish va xuddi shu foydani xorijiy ishtirokchi mamlakatida
soliqqa
tortilishi; 3) sof foyda (daromad) (korporatsiyalar foydasi)
va undan to’lanadigan dividentlarni ular shaxsiy daromadga
aylanayotgan paytda soliqqa tortish. Boshqa mamlakatda
to’langan soliqlarni bu mamlakatda
hisobga olish yoki bir
mamlakatdagi soliqqa tortish manbaini ikkinchi mamlakatda
soliqqa tortishdan ozod qilish yo’li bilan ikki marta soliqqa
tortishdan qutilish mumkin. 1979
yilda BMT tomonidan
manfaa
tdor davlatlar o’rtasidagi munosabatlarda ikki marta
soliqqa tortishga barham berish uchun maxsus konventsiya ishlab
chiqilgan bo’lib, uning asosida ikki tomonlama bitimlar imzolanadi.
Ular tomonidan o’rnatilgan soliqqa tortish tartibiga ko’ra qo’shma
korx
ona xorijiy ishtirokchisi o’z foydasini xorijga o’tkazayotgan
paytda qo’shimcha soliqdan ozod qilinadi.
Dostları ilə paylaş: