T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Ish faolligi solig’i 
- bir necha xorijiy mamlakatlarning 
(masalan, AQShda) soliqqa tortish amaliyotida qo’llanilib, o’z 
tarkibiga ikki elementni oladi: 1) korxonaning umumiy yillik 
oborotni soliqqa tortish (odatda 1,0%dan 2,5% gacha); 2) ish haqi 
fondini soliqqa tortish. 
Ish haqi solig’i 
– yuridik shaxslardan ish haqi xarajatlariga 
nisbatan va xodimlarning ish haqidan ma’lum foizda olinadigan 
soliq. 
Import-
eksport solig’i 
– soliqqa tortishning ko’rinishlaridan 
biri; tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish vositasi 
(chorasi). Soliqqa tor
tish ob’yekti bo’lib belgilangan kurs bo’yicha 
milliy valyutada hisoblangan tovarlarning boj qiymati yoki og’irlik 
va miqdor birliklarida ifodalangan tovarlarning soni hisoblanadi. 
Iste’mol solig’i 
– bir necha mamlakatlardagi soliqlar guruhi, 
daromad sarf 
qilinayotgan paytda olinadi. Qo’shilgan qiymat
solig’i va aktsizlar ana shunday soliq tarkibiga kiradi. Bojxona 
bojlarini ham iste’mol soliqlari qatoriga kiritish mumkin. Bu 
soliqlarning ayrimlari davlat foydasiga olinsa, boshqa birovlari 
mahalliy byudjetlarga borib tushadi. 
Ijtimoiy soliqlar 
– ish haqi va ishchi kuchiga nisbatan 
qo’llaniladigan soliqlar va xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning ijtimoiy 
ta’minotga badallaridan (ajratmalaridan) tarkib topadi. 
Imtiyozli soliqqa tortish 
– jismoniy yoki yuridik shaxslarni 
soliqlardan to’liq yoki qisman ozod etish. 
Ijara haqi 
– ijara sharoitida (sharti bilan) taqdim etilgan mulk 
uchun to’lovning turi. Asosiy fondlarning alohida ob’ektlari ijaraga 
olinganda ular ijara shartnomasining butun amal qilish davomida 
teng hissalarda (qismlarda) mahsulot tannarxiga kiritiladi. 


738 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin